ANTIGRIPPIN poroshok so vkusom limona i meda N10

ANTIGRIPPIN poroshok so vkusom limona i meda N10 qo'llanmasi
Farmakologik ta'siri
Majmuaviy preparat.
Paratsetamol analgetik va isitmani tushiruvchi ta'sirga ega; bosh og'rig'i va boshqa og'riq turlarini bartaraf etadi, yuqori haroratni pasaytiradi.
Xlorfenamin - gistamin H-retseptorlari blokatori, allergiyaga qarshi ta'sirga ega, burun orqali nafas olishni engillashtiradi, burun bitishi hissini, aksirish, ko'z yoshlanishi, ko'z qichishishi va qizarishini kamaytiradi.
Askorbin kislotasi (vitamin C) oksidlanish-qaytarilish jarayonlarini, uglevod almashinuvini tartibga solishda ishtirok etadi, organizmning qarshiligini oshiradi.
Nojo'ya samaralari
Preparat tavsiya etilgan dozalarda yaxshi o'zlashtiriladi.
Asab tizimi tomonidan: ayrim hollarda - bosh og'rig'i, charchoq hissi.
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: ayrim hollarda - ko'ngil aynishi, epigastral sohada og'riq.
Endokrin tizim tomonidan: ayrim hollarda - gipoglikemiya (koma rivojlanishigacha).
Qon yaratish tizimi tomonidan: ayrim hollarda - anemiya, gemolitik anemiya (ayniqsa glyukoza-6-fosfatdegidrogenaza tanqisligi bo'lgan bemorlarda); juda kam hollarda - trombotsitopeniya.
Allergik reaksiyalar: ayrim hollarda - teri toshmasi, qichishish, eshakemi, Kvinke shishi, anafilaktoid reaksiyalar ( shu jumladan anafilaktik shok), ko'p shaklli ekssudativ eritema (shu jumladan Stivens-Djonson sindromi), toksik epidermal nekroliz (Layell sindromi).
Boshqalar: ayrim hollarda - C gipervitaminozi, moddalar almashinuvining buzilishi, issiqlik hissi, og'iz qurishi, akkomodatsiya parezi, siydik tutilishi, uyquchanlik.
Preparatning barcha nojo'ya ta'sirlari haqida bemor shifokorga xabar berishi kerak.
Maxsus saqlash sharoitlari
Metoklopramid, domperidon yoki kolestiramin qabul qilinganda ham shifokor bilan maslahatlashish zarur.
Tavsiya etilgandan ancha yuqori dozalarda uzoq muddat qo'llanilganda jigar va buyrak funksiyasi buzilishi ehtimoli ortadi, qon periferik manzarasini nazorat qilish zarur.
Paratsetamol va askorbin kislotasi laboratoriya tekshiruvlari ko'rsatkichlarini (qon plazmasida glyukoza va siydik kislotasi miqdorini, bilirubin, jigar transaminazalari faolligini, LDGni miqdoriy aniqlash) buzishi mumkin.
Jigarning toksik shikastlanishini oldini olish uchun paratsetamolni alkogolli ichimliklar qabul qilish bilan birga qo'llash, shuningdek surunkali alkogol iste'mol qilishga moyil shaxslarga qabul qilish mumkin emas. Alkogolli gepatozi bo'lgan bemorlarda jigar shikastlanishi rivojlanishi xavfi ortadi.
Tez proliferatsiyalanuvchi va jadal metastazlanuvchi o'smalari bo'lgan bemorlarga askorbin kislotasi tayinlash jarayon kechishini og'irlashtirishi mumkin.
Organizmda temir miqdori yuqori bo'lgan bemorlarda askorbin kislotasini minimal dozalarda qo'llash kerak.
1 paketcha asalli-limonli kukun 1,793 g shakar saqlaydi, bu 0,15 NB ga to'g'ri keladi.
1 paketcha moychechakli kukun 2,058 g shakar saqlaydi, bu 0,17 NB ga to'g'ri keladi.
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
- me'da-ichak traktining eroziv-yarali shikastlanishlari (zo'rayish bosqichida);
- yaqqol buyrak va/yoki jigar yetishmovchiligi;
- alkogolizm;
- yopiq burchakli glaukoma;
- fenilketonuriya;
- prostata bezi giperplaziyasi;
- 15 yoshgacha bo'lgan bolalar;
- homiladorlik;
- laktatsiya davri;
- paratsetamol, askorbin kislotasi, xlorfenamin yoki preparatning boshqa har qanday komponentiga yuqori sezuvchanlik.
Ehtiyotkorlik bilan: buyrak va/yoki jigar yetishmovchiligi, glyukoza-6-fosfatdegidrogenaza tanqisligi, tug'ma giperbilirubinemiyalar (Jilber, Dubin-Jonson va Rotor sindromlari), virusli gepatit, alkogolli gepatit, keksa yosh.
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Askorbin kislotasi
Qonda benzilpenitsillin va tetratsiklinlar konsentratsiyasini oshiradi.
Ichakda temir preparatlarining so'rilishini yaxshilaydi (uch valentli temirni ikki valentli temirga o'tkazadi); deferoksamin bilan bir vaqtda qo'llanilganda temirning chiqarilishini oshirishi mumkin.
Salitsilatlar va qisqa ta'sir etuvchi sulfanilamidlar bilan davolashda kristalluriya rivojlanish xavfini oshiradi, buyraklar orqali kislotalarning chiqarilishini sekinlashtiradi, ishqoriy reaksiyaga ega dori vositalarining (shu jumladan alkaloidlarning) chiqarilishini oshiradi, peroral kontratseptivlarning qondagi konsentratsiyasini kamaytiradi.
Etanolning umumiy klirensini oshiradi.
Bir vaqtda qo'llanilganda izoprenalinning xronotrop ta'sirini kamaytiradi.
Antikoagulyant preparatlarning samarasini ham oshirishi, ham kamaytirishi mumkin.
Antipsixotik preparatlar (neyroleptiklar) - fenotiazin hosilalarining terapevtik ta'sirini, amfetamin va tritsiklik antidepressantlarning naychalar reabsorbtsiyasini kamaytiradi.
Barbituratlar bir vaqtda qabul qilinganda askorbin kislotasining siydik bilan chiqarilishini oshiradi.
Xlorfenamin maleat
Xlorfenamin maleat uxlatuvchi dori vositalarining ta'sirini kuchaytiradi.
Antidepressantlar, parkinsonizmga qarshi vositalar, antipsixotik vositalar (fenotiazin hosilalari) nojo'ya samaralar (siydik tutilishi, og'iz qurishi, qabziyat) rivojlanish xavfini oshiradi.
Glukokortikoidlar glaukoma rivojlanish xavfini oshiradi.
Etanol xlorfenamin maleatning sedativ ta'sirini kuchaytiradi.
Paratsetamol
Paratsetamol va jigarda mikrosomal oksidlanish induktorlari (fenitoin, etanol, barbituratlar, rifampitsin, fenilbutazon, tritsiklik antidepressantlar) o'zaro ta'sirlashganda gidroksillangan faol metabolitlar hosil bo'lishi ortadi, bu esa kichik dozani oshirib yuborishlarda og'ir intoksikatsiyalar rivojlanishi ehtimolini keltirib chiqaradi.
Paratsetamol qabul qilish fonida etanol o'tkir pankreatit rivojlanishiga yordam beradi.
Mikrosomal oksidlanish ingibitorlari (shu jumladan simetidin) gepatotoksik ta'sir xavfini kamaytiradi.
Diflunizal va paratsetamol bir vaqtda qabul qilinganda oxirgisining qon plazmasidagi konsentratsiyasi 50% ga oshadi, gepatotoksiklik oshadi.
Barbituratlar bir vaqtda qabul qilinganda paratsetamol samaradorligini kamaytiradi.
Paratsetamol urikozurik preparatlarning samaradorligini kamaytiradi.
Dozirovkasi
Preparat ichga qabul qilinadi. Paketcha tarkibini bir stakan (200 ml) iliq suvda (50-60°S) to'liq eritish kerak va olingan eritmani darhol ichish kerak. Preparatni ovqatlanishlar orasida qabul qilgan ma'qul.
Kattalar va 15 yoshdan katta bolalarga - 1 paketchadan kuniga 2-3 marta. Preparatni qabul qilish oralig'i kamida 4 soat bo'lishi kerak. Maksimal sutkalik doza - 3 paketcha.
Jigar yoki buyrak funktsiyasi buzilgan bemorlarda va keksa yoshdagi bemorlarda preparatni qabul qilish oralig'i kamida 8 soatni tashkil qilishi kerak.
Shifokor maslahatisiz preparatni qo'llash davomiyligi - og'riq qoldiruvchi vosita sifatida tayinlanganda 5 kundan va isitmani tushiruvchi vosita sifatida 3 kundan oshmasligi kerak.
ANTIGRIPPIN poroshok so vkusom limona i meda N10 o'xshash dorilari


Antigrippin boshqa chiqarish shakllari







ANTIGRIPPIN poroshok so vkusom limona i meda N10 analoglari






ANTIGRIPPIN poroshok so vkusom limona i meda N10 narxlari va Toshkentdagi dorixonalardagi mavjudligi
{
"data": {
"id": 60706,
"stores_apteka_id": 431403,
"slug": "antigrippin-poroshok-10sht-limon-med",
"stores_apteka_slug": "antigrippin-porosh-romashka-10",
"name": "ANTIGRIPPIN poroshok so vkusom limona i meda N10",
"brand_name": "ANTIGRIPPIN",
"image": "uploads/iblock/919/919bf75cca7f2811fcd5f0cd4df60611.webp",
"atx_code": "N02BE51",
"drug_form_id": 4,
"over_the_counter": false,
"prescription_type": "non_prescription",
"availability": "available",
"reviews_count": 0,
"reviews_rating": 0,
"has_pickup": true,
"has_delivery": true,
"manufacturer": null,
"manufacturer_plain": "Natur Produkt Pharma",
"representative": null,
"representative_plain": null,
"distributor": null,
"distributor_plain": null,
"is_manufacturer_advertiser": false,
"is_representative_advertiser": false,
"is_dietary_supplement": false,
"is_medical_device": false,
"category": {
"id": 488,
"slug": "obezbolivayushchie",
"name": "Og'riq qoldiruvchi",
"external_link_title": null,
"external_link": null
},
"drug_group": {
"id": 7624,
"slug": "antigrippin",
"name": "Antigrippin"
},
"is_purchasable": true,
"country": {
"id": 44,
"slug": "polsa",
"name": "Polsha"
},
"active_ingredients": [
{
"id": 5929,
"slug": "paratsetamol",
"name": "Parasetamol"
},
{
"id": 6393,
"slug": "askorbinovaya-kislota",
"name": "Askorbinovaya kislota"
},
{
"id": 9501,
"slug": "khlorfenamin",
"name": "Xlorfenamin"
}
],
"tags": []
}
}
















