ANTIGRIPPIN tabletkalari N20

ANTIGRIPPIN tabletkalari N20 o'xshash dorilari


ANTIGRIPPIN tabletkalari N20 qo'llanmasi
Majmuaviy preparat.
Paratsetamol og‘riq qoldiruvchi va isitma tushiruvchi ta’sirga ega; bosh va boshqa turdagi og‘riqlarni bartaraf etadi, yuqori haroratni tushiradi.
Xlorfenamin - gistamin Н-retseptorlari blokatori, allergiyaga qarshi ta’sirga ega, burun orqali nafas olishni yengillashtiradi, burun bitishi hissini, aksirish, ko‘z yoshlanishi, ko‘z qichishishi va qizarishini kamaytiradi.
Askorbin kislotasi (vitamin S) oksidlanish-qaytarilish jarayonlarini, uglevod almashinuvini boshqarishda ishtirok etadi, organizmning chidamliligini oshiradi.
Preparat tavsiya etilgan dozalarda yaxshi o'zlashtiriladi.
Asab tizimi tomonidan: yakka hollarda - bosh og'rig'i, charchoq hissi.
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: yakka hollarda - ko'ngil aynishi, epigastral sohada og'riq.
Endokrin tizimi tomonidan: yakka hollarda - gipoglikemiya (komagacha).
Qon yaratish tizimi tomonidan: yakka hollarda - anemiya, gemolitik anemiya (ayniqsa glyukoza-6-fosfatdegidrogenaza tanqisligi bo'lgan bemorlarda); juda kam hollarda - trombotsitopeniya.
Allergik reaksiyalar: yakka hollarda - teri toshmasi, qichishish, eshakemi, Kvinke shishi, anafilaktoid reaksiyalar (shu jumladan anafilaktik shok), ko'p shaklli ekssudativ eritema (shu jumladan Stivens-Jonson sindromi), toksik epidermal nekroliz (Layell sindromi).
Boshqalar: gipervitaminoz, moddalar almashinuvining buzilishi, issiqlik hissi, og'iz qurishi, akkomodatsiya parezi, siydik tutilishi, uyquchanlik.
Preparatning barcha nojo'ya ta'sirlari haqida bemor shifokorga xabar berishi kerak.
Metoklopramid, domperidon yoki kolestiramin qabul qilinganda ham shifokor bilan maslahatlashish zarur.
Tavsiya etilgandan sezilarli darajada yuqori dozalarda uzoq muddat qo'llanilganda jigar va buyrak funksiyasi buzilishi ehtimoli ortadi, periferik qon manzarasini nazorat qilish zarur.
Parasetamol va askorbin kislotasi laborator tadqiqotlar ko'rsatkichlarini buzishi mumkin (qon plazmasida glyukoza va siydik kislotasi miqdori, bilirubin, jigar transaminazalari, LDG faolligini miqdoriy aniqlash).
Jigar toksik shikastlanishining oldini olish uchun parasetamolni alkogolli ichimliklar qabul qilish bilan birga qo'llamaslik, shuningdek alkogolni surunkali iste'mol qilishga moyil shaxslar qabul qilmasligi kerak. Alkogolli gepatozi bo'lgan bemorlarda jigar shikastlanishlari rivojlanish xavfi ortadi.
Tez proliferatsiyalanuvchi va intensiv metastazlanuvchi o'smalari bo'lgan bemorlarga askorbin kislotasini tayinlash jarayon kechishini og'irlashtirishi mumkin.
Organizmda temir miqdori yuqori bo'lgan bemorlarda askorbin kislotasini minimal dozalarda qo'llash kerak.
- MIO yo'llarining eroziv-yarali shikastlanishlari (zo'rayish bosqichida);
- yaqqol buyrak va/yoki jigar yetishmovchiligi;
- alkogolizm;
- yopiq burchakli glaukoma;
- fenilketonuriya;
- prostata bezi giperplaziyasi;
- 15 yoshgacha bo'lgan bolalar;
- homiladorlik (I va III trimestrlar);
- laktatsiya davri;
- paratsetamol, askorbin kislotasi, xlorfenamin yoki preparatning boshqa har qanday komponentiga yuqori sezuvchanlik.
Ehtiyotkorlik bilan: buyrak va/yoki jigar yetishmovchiligi, glyukoza-6-fosfatdegidrogenaza tanqisligi, tug'ma giperbilirubinemiyalar (Jilber, Dubin-Djonson va Rotor sindromlari), virusli gepatit, alkogolli gepatit, keksa yosh.
Qonda benzilpenitsillin va tetratsiklinlar konsentratsiyasini oshiradi.
Ichakda temir preparatlarining so‘rilishini yaxshilaydi (uch valentli temirni ikki valentliga o‘tkazadi); deferoksamin bilan bir vaqtda qo‘llanilganda temirning chiqarilishini oshirishi mumkin.
Salitsilatlar va qisqa ta’sir etuvchi sulfanilamidlar bilan davolashda kristalluriya rivojlanish xavfini oshiradi, kislotalarning buyraklar orqali chiqarilishini sekinlashtiradi, ishqoriy reaksiyaga ega dori vositalarining (shu jumladan, alkaloidlarning) chiqarilishini oshiradi, peroral kontraseptivlarning qondagi konsentratsiyasini pasaytiradi.
Etanolning umumiy klirensini oshiradi. Etanol antigistamin preparatlarning sedativ ta’sirini kuchaytiradi.
Antidepressantlar, parkinsonizmga qarshi vositalar, antipsixotik vositalar (fenotiazin hosilalari) nojo‘ya ta’sirlar (siydik tutilishi, og‘iz qurishi, qabziyat) rivojlanish xavfini oshiradi.
Glyukokortikoidlar glaukoma rivojlanish xavfini oshiradi.
Bir vaqtda qo‘llanilganda preparat izoprenalinning xronotrop ta’sirini kamaytiradi.
Antikoagulyant preparatlarning ta’sirini ham kuchaytirishi, ham pasaytirishi mumkin.
Antipsixotik preparatlar (neyroleptiklar) – fenotiazin hosilalarining terapevtik ta’sirini, amfetamin va tritsiklik antidepressantlarning naychali reabsorbsiyasini kamaytiradi.
Jigarda mikrosomal oksidlanish induktorlari (fenitoin, etanol, barbituratlar, rifampitsin, fenilbutazon, tritsiklik antidepressantlar) gidroksillangan faol metabolitlar ishlab chiqarilishini oshiradi, bu esa kichik dozani oshirib yuborishlarda ham og‘ir intoksikatsiyalar rivojlanishi mumkinligini belgilaydi.
Etanol o‘tkir pankreatit rivojlanishiga yordam beradi.
Mikrosomal oksidlanish ingibitorlari (shu jumladan, simetidin) gepatotoksik ta’sir xavfini kamaytiradi.
Preparatni diflunisal bilan bir vaqtda qabul qilish paratsetamolning qon plazmasidagi konsentratsiyasini 50% ga oshiradi va gepatotoksiklikni kuchaytiradi.
Barbituratlar bilan bir vaqtda qabul qilish paratsetamolning samaradorligini pasaytiradi, askorbin kislotasining siydik bilan chiqarilishini oshiradi.
Paratsetamol urikozurik preparatlarning samaradorligini pasaytiradi, uxlatuvchi dori vositalarining ta’sirini kuchaytiradi.
Preparat ichga qabul qilinadi. Tabletkani bir stakan (200 ml) iliq suvda (50-60°C) to'liq eritish kerak, olingan eritmani darhol ichish kerak. Preparatni ovqatlanishlar oralig'ida qabul qilish yaxshiroq.
Kattalar va 15 yoshdan oshgan bolalarga kuniga 2-3 marta 1 tab. dan buyuriladi. Preparatni qabul qilish orasidagi interval kamida 4 soat bo'lishi kerak. Maksimal sutkalik doza - 3 tab.
Jigar yoki buyrak funksiyasi buzilgan bemorlarda va keksa yoshdagi bemorlarda preparatni qabul qilish orasidagi interval kamida 8 soatni tashkil qilishi kerak.
Shifokor maslahatisiz preparatni qo'llash davomiyligi - og'riq qoldiruvchi vosita sifatida tayinlanganda 5 kundan va isitma tushiruvchi vosita sifatida 3 kundan oshmasligi kerak.
Antigrippin boshqa chiqarish shakllari






ANTIGRIPPIN tabletkalari N20 analoglari






















