Jaraflyu
Jaraflyu chiqarilish shakllari
Jaraflyu haqida qo'llanma
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
Preparatning alohida komponentlariga yuqori sezuvchanlik. Homiladorlik, emizish davri. Portal gipertenziya, alkogolizm, buyrak etishmovchiligi, glyukozo 6 – fosfatdegidrogenaza fermentini tanqisligi, 12 yoshgacha bo'lgan bolalar.
Quyidagilarda ehtiyotkorlik bilan qo'llaniladi: arterial gipertenziya, qandli diabet, yopiq burchakli glaukoma, jigar va buyraklarning og'ir kasalliklari, o'pka kasalliklari (shu jumladan bronxial astma), prostata bezining adenomasidagi siyishni qiyinlashishlari, qon kasalliklari, tug'ma giperblirubinemiya (Jilber, Dubin - Djonson va roter sindromi).
Tarkibi
Bir paketcha quyidagilarni saqlaydi:
faol moddalar: paratsetamol 325 mg, feniramin maleati 20 mg, fenilefrin gidroxloridi 10 mg, askorbin kislotasi 50 mg.
yordamchi moddalar: Neotam, natriy tsitrati, natriy KMS, natriy benzoati, suvsiz limon kislotasi, saxaroza, suvsiz glyukoza, limon/apelsin aromatizatori, tozalangan suv.
Farmakologik ta'siri
Majmuaviy preparat, isitmani tushiruvchi, yallig'lanishga qarshi, shishga karshi, og'riqni qoldiruvchi, allergiyaga qarshi ta'sirga ega.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari: ko'ngil aynishi, qusish, epigastral sohada og'rik; gepatotoksik va nefrotoksik ta'siri, og'riq hollarda jigar etishmovchiligi, entsefalopatiya va komatoz holat rivojlanadi.
Davolash: me'dani yuvish, birinchi 6 soat faollashtirilgan ko'mir, SH - guruh donatorlarini va doza oshirib yuborilganidan keyin 8-9 soat o'tgach, gluation sintezining o'tmishdoshlari - metionin va 12 soatdan keyin N-atsetilsistein yuborish.
Maxsus ko‘rsatmalari
Jigarning zaharli shikastlanishidan saqlanish uchun, preparatni alkogolli ichimliklar bilan birga qo'llash mumkin emas.
Shikastlangan paketchalardagi dorini ishlatmaslik kerak.
Homiladorlik va laktasiya davrida qo'llanishi
Preparatning tarkibida fenilefrin borligi uchun homilador va emizikli ayollarga vrach maslahatisiz qabul qilish mumkin emas. Fenilefrin organizmdan ko'krak suti bilan chiqariladi.
Avtomobilni va murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Preparatning ayrim nojo'ya ta'sirlari (bosh aylanishi, uyquchanlik, ongning chalkashishi, ko'rish va eshitishni buzilishi, xarakat koordinasiyasini buzilishi) psixomotor reaktsiyalar tezligini pasaytirishi va avtotransport vositalarini boshqarish qobiliyatini yoki potentsial xavfli mexanizmlar bilan ishlashni yomonlashishiga olib kelishi mumkin.
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Monoaminooksidaza ingibitorlarini qabul qilganda preparatni qabul qilishdan saqlanish tavsiya qilinadi. Paratsetamolning gepatotoksik ta'sirini xavfi barbituratlar, difenin, karbamazepin, rifampisin, zidovudin va jigarning mikrosomal fermentlarining boshqa induktorlari bilan bir vaqtda qo'llanilganida oshadi. Sedativ vositalar etanolning ta'sirini kuchaytiradi. Etanol feniraminning sedativ ta'sirini kuchaytiradi.
Antidepressantlar, parkinsonizmga qarshi va antipsixotik vositalar, fenotiazin hosilalari siydikni tutilishi, og'izning qurishi va qabziyatlarni rivojlanishi xavfini oshiradi.
Qo‘llash usuli va dozirovkasi
Ichga. Bir paketcha ichidagisi 1 stakan qaynatilgan issiq suvda eritiladi. Issiq xolida iste'mol qilinadi. Ta'mga karab shakar qo'shish mumkin.
Takroriy dozani xar 4 soat o'ttanidan keyin kabul qilish mumkin (24 soat davomida 3 dozadan ko'p emas).
Gripp va shamollashga karshi Jaraflyuni sutkaning xar qanday vaqtida qo'llash mumkin, biroq eng yaxshi samaraga preparatni tunga, uyqudan oldin qabul qilganda erishiladi. Agarda preparatni kabul kilish boshlanganidan keyin 3 kun davomida belgilarining engillashuvi kuzatilmasa, shifokorga murojaat kilish kerak.
- 1. Dori vositalari va tibbiy buyumlar Davlat reestri (O‘zbekiston Respublikasi)
- 2. Ishlab chiqaruvchining rasmiy yo‘riqnomasi
- 3. Anatomik-terapevtik-kimyoviy tasnif (ATX)















