Apteka.uz
SavatKirish

Sorbifer Durules

Sorbifer Durules chiqarilish shakllari

SORBIFER DURULES tabletkalari N50
Retseptli
SORBIFER DURULES tabletkalari N50
Vengriya
Ishlab chiqaruvchi:
Egis Pharmaceuticals Private Limited
•94 ta dorixonada bor
Narxi
69 900 so'm dan
SORBIFER DURULES tabletkalari N30
Retseptli
SORBIFER DURULES tabletkalari N30
Vengriya
Ishlab chiqaruvchi:
Egis Pharmaceuticals Private Limited
•107 ta dorixonada bor
Narxi
55 000 so'm dan
SORBIFER DURULES tabletkalari N30
SORBIFER DURULES tabletkalari N30
Vengriya
Ishlab chiqaruvchi:
Egis Farmasevticheskiy zavod OAO
•107 ta dorixonada bor
Narxi
55 000 so'm dan
SORBIFER DURULES tabletkalari N50
SORBIFER DURULES tabletkalari N50
Vengriya
Ishlab chiqaruvchi:
Egis Farmasevticheskiy zavod OAO
•94 ta dorixonada bor
Narxi
69 900 so'm dan
- Sorbifer Durules qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- Sorbifer Durulesning tarkibi
- Sorbifer Durules ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- Sorbifer Durules narxi Toshkent dorixonalarida

Sorbifer Durules qo'llanmasi

Ishlab chiqarilish joyi
Vengriya
Kategoriya

Qo‘llash ko‘rsatmalari

  • — temir tanqisligi anemiyasini davolash (ovqat bilan organizmga temir yetarli miqdorda tushmaganda, organizmning temirga ehtiyoji oshganda; surunkali qon yo'qotishda); — temir tanqisligi anemiyasi profilaktikasi (sh.j. homiladorlik va laktatsiya davrida, tug'ish yoshidagi ayollarda, jadal o'sish davridagi bolalar va o'smirlarda, keksa yoshdagi shaxslarda).

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

  • — qizilo‘ngach torayishi va/yoki OITning boshqa obstruktiv kasalliklari; — organizmda temirning ortiqcha to‘planishi sababli kelib chiqqan patologik holatlar; — 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar; — preparatga yuqori sezuvchanlik

Tarkibi

  • Har bir qobiq bilan qoplangan tabletka 100 mg Fe2+ va 60 mg askorbin kislotasiga ekvivalent miqdordagi ikki valentli temir sulfatini, shuningdek: magniy stearati, povidon K-25, polieten kukuni, karbomer 934R ni saqlaydi. Qobiq tarkibi: gipromelloza, makrogol 6000, titan dioksidi, temir oksidi sariq, qattiq parafin

Farmakokinetikasi

Durules - bu faol moddaning (temir ionlari) bosqichma-bosqich ajralib chiqishini, dori preparatining bir tekis tushishini ta'minlovchi texnologiya. Kuniga ikki marta 100 mg dan qabul qilish Sorbifer Durules preparatidan temirning oddiy temir preparatlariga nisbatan 30% ga ko‘proq so‘rilishini ta'minlaydi. Temirning absorbtsiyasi va biokiraolishligi - yuqori. Temir asosan 12 barmoqli ichakda va och ichakning proksimal qismida so‘riladi. Plazma oqsillari bilan bog‘lanishi - 90% va undan yuqori. Gepatotsitlar va fagotsitlovchi makrofaglar tizimi hujayralarida ferritin yoki gemosiderin ko‘rinishida, oz miqdori - mushaklarda mioglobin ko‘rinishida to‘planadi. Yarim chiqarilish davri 6 soatni tashkil qiladi.

Farmakologik ta'siri

Temir - gemoglobin hosil bo'lishi va tirik to'qimalarda oksidlanish jarayonlari kechishi uchun zarur bo'lgan organizmning almashtirib bo'lmaydigan tarkibiy qismi. Preparat temir tanqisligini bartaraf etish uchun qo'llaniladi. Durules texnologiyasi faol ingredientning (temir ionlarining) uzoq vaqt davomida bosqichma-bosqich ajralib chiqishini ta'minlaydi. Sorbifer Durules tabletkalarining plastik matriksi ovqat hazm qilish shirasida butunlay inert, ammo faol ingredient to'liq ajralib chiqqandan so'ng ichak peristaltikasi ta'sirida butunlay parchalanadi.

Nojo'ya ta'sirlar

  • Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: yengil ko'ngil aynishi, epigastriyda og'riqlar, diareya yoki qabziyat.

Dori shaklining ta'rifi

  • och sariq rangli qobiq bilan qoplangan dumaloq ikki tomonlama qavariq tabletkalar, bir tomonida "Z" gravirovkasi bor, siniqda yadro kulrang, o'ziga xos hidli Och-sariq rangli qobiq bilan qoplangan tabletkalar, dumaloq, ikki tomonlama qavariq, bir tomonida "Z" gravirovkasi bor; siniqda - kulrang yadro, o'ziga xos hidli

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Durules bir vaqtda qo‘llaniladigan enoksatsin, klodronat, grepifloksatsin, levodopa, levofloksatsin, metildopa, penitsillamin, tetrasiklinlar va qalqonsimon bez gormonlarining so‘rilishini pasaytirishi mumkin. Sorbifer Durules preparati va alyuminiy gidroksidi va magniy karbonati saqlovchi antatsid preparatlarni bir vaqtda qo‘llash temir so‘rilishini pasaytirishi mumkin. Sorbifer Durules preparati va ushbu preparatlardan har qandayini qabul qilish o‘rtasida maksimal darajada mumkin bo‘lgan vaqt intervalini saqlash kerak. Qabullar o‘rtasidagi tavsiya etilgan minimal vaqt intervali 2 soatni tashkil qiladi, tetrasiklinlar qabul qilish hollari bundan mustasno, bunda minimal interval 3 soatni tashkil qilishi kerak. Sorbifer Durulesni quyidagi preparatlar bilan kombinatsiya qilmaslik kerak: siprofloksatsin, doksisiklin, norfloksatsin va ofloksatsin

Umumiy ma'lumot

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

(pasientlar uchun ma‘lumot)

Sorbifer® Durules®

qobiq bilan qoplangan tabletkalar

(temir (II) sulfat/askorbin kislotasi)

 

Ushbu preparatni qo‘llashdan oldin bu yo‘riqnomani to‘liq va diqqat bilan o‘qib chiqing, chunki u Siz uchun muhim bo‘lgan ma‘lumotlarni saqlaydi.

  • Ushbu varaqani saqlab qo‘ying. Ehtimol, Siz uchun uni yana o‘qib chiqish talab qilinadi.
  • Agar Sizda qo‘shimcha savollar paydo bo‘lsa, shifokor yoki farmasevtga murojaat qiling.
  • Bu dori vositasi Siz uchun shaxsan buyurilgan va Siz uni boshqalarga bermang. Xatto ularda kasallikning xuddi shu simptomlari bo‘lsa ham, ularga zarar keltirish mumkin.
  • Agar Sizda qandaydir nojo‘ya ta‘sir paydo bo‘lsa, yoki Siz shu yo‘riqnomada ko‘rsatilmagan nojo‘ya ta‘sirlarni sezsangiz o‘z shifokoringizga yoki farmasevtga murojaat qiling (4 bo‘limga qarang).

Ushbu ilova-varaqa quyidagi ma‘lumotlarni saqlaydi:

  1. Sorbifer® Durules® qobiq bilan qoplangan tabletka preparati nima va u nima uchun qo‘llaniladi.
  2. Sorbifer® Durules® qobiq bilan qoplangan tabletka preparatini qabul qilishni boshlashdan oldin nimalarni bilish kerak.
  3. Sorbifer® Durules® qobiq bilan qoplangan tabletka preparatini qanday qo‘llash kerak.
  4. Bo‘lishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya samaralari.
  5. Sorbifer® Durules® qobiq bilan qoplangan tabletka preparatini qanday saqlash kerak.
  6. Yaroqlilik muddati
  7. Dorixonalardan berish tartibi
  8. O‘ram ichidagisi va boshqa ma‘lumotlar.

 

  1. Sorbifer® Durules® qobiq bilan qoplangan tabletka preparati nima va u nima uchun qo‘llaniladi.
    • Preparat organizmda temir tanqisligidagi anemiyani davolash uchun qo‘llanadi.
    • Ovqat rasioni temirning yetarli miqdorda kirishini ta‘minlamaganda, homilador ayollar va qon donorlarida temir tanqisligini oldini olish uchun qo‘llanadi.

 

  1. Sorbifer® Durules® qobiq bilan qoplangan tabletka preparatini qabul qilishni boshlashdan oldin nimalarni bilishi kerak.

Sorbifer® Durules® qobiq bilan qoplangan tabletkalarni qabul qilmang agar:

  • Sizda ta‘sir etuvchi moddasiga yoki 8 bo‘limida ko‘rsatilgan preparatning biron bir yordamchi moddalariga allergiya bo‘lsa.
  • Agar Sizda temirning organizmda ko‘p to‘planishi bilan kechuvchi kasallik bo‘lsa.
  • Agar Sizda qizilo‘ngach toraygan bo‘lsa va/yoki me‘da-ichak yo‘llarida o‘zgarishlar (torayishlar) mavjud bo‘lsa.
  • Agar Sizda bir necha bor qon quyilgan bo‘lsa.
  • Agar Sizda temir tanqisligi bilan kechmaydigan boshqa turdagi anemiyalar, bu anemiyalar fonida temir yetishmovchiligi kelib chiqish xollaridan tashqari.

 

Tibbiyotda qo‘llashdagi ehtiyotkorlik choralari

Sorbifer® Durules® qobiq bilan qoplangan tabletka preparatini qo‘llashdan oldin shifokoringiz yoki farmasevt bilan maslahatlashing.

Ushbu preparat faqat temir yetishmovchiligi bilan kechuvchi kasalliklarida samarali. Davolashni boshlashdan oldin temir tanqisligi holati borligini tasdiqlash kerak. Boshqa temir yetishmovchiligi bo‘lmagan anemiyalarda (infeksiya oqibatidagi anemiya, surunkali kasalliklar bilan kechuvchi anemiyalar) preparatni qo‘llash ortiqchadir.

Temir preparatlarini qabul qilish ahlatni qora rangga bo‘yalishi mumkin.

Bolalar va 18 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar

Tabletkalarni chaqaloqlar va 12 yoshdan kichik bolalarga buyurish mumkin emas.

Boshqa dori vositalari va Sorbifer® Durules® qobiq bilan qoplangan tabletka preparati

Siz qabul qilayotgan, yaqinda qabul qilingan yoki qabul qilishni rejalashtirgan, xar qanday dori vositalari, shu jumladan reseptsiz beriladigan dori vositalari haqida davolovchi shifokoringiz yoki farmasevtga xabar bering.

Sorbifer® Durules® preparatini quyidagi preparatlar bilan birga qabul qilish mumkin emas:

  • tetrasiklin, ofloksasin, norfloksasin, levofloksasin, siprofloksasin, moksifloksasin kabi infeksiyani davolovchi preparatlar yoki shunga o‘xshash faol moddalar saqlovchi boshqa antibakterial preparatlar.
  • deferroksamin
  • rux
  • simetidin
  • xloramfenikol
  • levodopa saqlovchi Parkinson kasalligini davolash uchun preparatlar
  • metildopa, kaptopril saqlovchi yuqori arterial bosimni davolash uchun preparatlar
  • qalqonsimon bezi gormonlari saqlovchi preparatlari
  • yallig‘lanishga qarshi preparatlar, o‘zida penisillamin saqlovchi biriktiruvchi to‘qima kasalliklari va moddalar almashinuv kasalliklarini davolash uchun vositalar (shu preparatlar va temir so‘rilishi kamayishi mumkin).
  • kalsiy karbonati yoki magniy saqlovchi ovqat qo‘shimchalari, alyumin gidroksidi yoki kalsiy karbonati yoki magniy karbonati saqlovchi antasid preparatlari temir tuzlari bilan kompleks hosil qiladi, bu shu preparatlar va temir so‘rilishini kamayishiga olib kelishi mumkin.
  • Klodronat yoki rizedronat saqlovchi osteoporozni davolash uchun preparatlar (Sorbifer® Durules® bu preparatlarning so‘rilishini yomonlashtiradi).

Sorbifer® Durules® preparati yuqoridagi preparatlarning samaradorligini kamaytiradi. Agar Sorbifer® Durules® ni yuqorida keltirilgan xar qanday preparatlar bilan majmuaviy qo‘llash zarurati bo‘lsa, unda bu ikkala dori vositalarini qo‘llash orasida kamida 2 soatni tashkil etuvchi intervalga rioya qilish kerak.

Askorbin kislotasi bilan bog‘liq o‘zaro ta‘siri

Sorbifer® Durules® preparatining tarkibiga kiruvchi askorbin kislotasi:

  • temir preparatlari shuningdek ovqatlar tarkibidagi temirni so‘rilishini ichakda so‘rilishini yaxshilaydi.
  • qonda salisilatlar konsentrasiyasini oshiradi (kristalluriya rivojlanishi xavfini oshiradi).
  • benzilpenisillin va tetrasiklin kabi antibiotiklar darajasini oshiradi.
  • peroral kontraseptivlar (etinilestradiol) konsentrasiyasini kamaytiradi.
  • asetilsalisil kislotasi, peroral kontraseptivlar, yangi tayyorlangan sharbatlar va ishqoriy ichimliklar askorbin kislotasi so‘rilishi va o‘zlashtirilishini kamaytiradi.
  • noradrenalin faolligini oshiradi.
  • geparin, kumarin hosilalarining antikoagulyant samarasini pasaytiradi.
  • organizmdan etil spirtini chiqarilishini tezlashtiradi. Surunkali alkogolizmni davolaganda disulfiramning faolligiga ta‘sir etishi mumkin.

Dori vositalarini majmuaviy qo‘llash to‘g‘risida davolovchi shifokoringizga maslahat uchun murojaat qiling!

Sorbifer® Durules® tabletkalarini ovqat mahsulotlari va ichimliklar bilan qabul qilish

Sorbifer® Durules® ni choy, kofe, tuxum, sut mahsulotlari, dag‘al undan tayyorlangan non, don yormalari yoki paylarga boy ovqat maxsulotlari bilan qabul qilish temir so‘rilishini kamaytirishi mumkin.

 

Fertillik, homiladorlik va emizish.

Agar Siz homilador bo‘lsangiz, emizsangiz, homiladorman deb taxmin qilayotgan bo‘lsangiz yoki homilador bo‘lishni rejalashtirilayotgan bo‘lsangiz, bu preparatni qo‘llashni boshlashdan oldin bu haqida davolovchi shifokoringiz yoki farmasevtga xabar bering.

Buyurilgan dozalarda Sorbifer® Durules® tabletkalarini homiladorlik va emizish davrida qo‘llash mumkin.

Agar Siz homilador bo‘lsangiz yoki emizayotgan bo‘lsangiz, har qanday dori vositasini qabul qilishdan oldin davolovchi shifokoringiz bilan maslahatlashing.

 

Transport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta‘siri

Sorbifer® Durules® avtomobilni xaydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘sir etmaydi, bunday ma‘lumotlar yo‘q.

  1. Sorbifer® Durules® qobiq bilan qoplangan tabletkalari preparatini qanday qo‘llash kerak.

Bu preparatni shifokorning qat‘iy ko‘rsatmasi bo‘yicha qabul qilish kerak. Agar Sizda savollar paydo bo‘lsa davolovchi shifokoringizga murojaat qiling.

Dozalash tartibi

Odatda tavsiya etiladigan dozalar:

Temir yetishmovchiligi natijasida kelib chiqqan anemiyalarni davolash:

Kattalar va 12 yoshdan oshgan o‘smirlar:

1 tabletkadan kuniga ikki marta (ertalab va kechqurun). Nojo‘ya samaralar paydo bo‘lganida dozani yarimigacha kamaytirish mumkin (sutkada 1 tabletka).

Temir tanqisligi anemiyasida zarurati bo‘lganida dozani kuniga 3-4 tabletkagacha ikki marta (ertalab va kechqurun) qabul qilish orqali oshirish mumkin.

Homiladorlikda temir tanqisligini oldini olish:

Tavsiya qilinadigan doza bir kunda 1 tabletka yoki homiladorlikning oxirgi ikki uch oyligida (yoki 4 oydan boshlab) ikki kunda 1 tabletka. Agar Sizga dozalashning boshqa tartibi zarur bo‘lsa, davolovchi shifokoringiz Sizga preparatning kerakli dozasini buyuradi. Davolash davomiyligi qonning qayta laborator tahlili asosida shaxsiy ravishda belgilanadi.

Bolalar va 18 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar

12 yoshdan kichik bolalarga tabletkalarni buyurish mumkin emas.

Qo‘llash usuli

Tabletkani sindirish yoki chaynash mumkin emas. Tabletkani butunligicha yutish va kamida yarim stakan suv bilan ichish kerak. Tabletkalarni ovqatdan kamida ½ soat oldin qabul qilinadi.

Tabletkalarni pasientga yotgan holda berish mumkin emas.

Tabletkani chaqaloqlar va 12 yoshdan kichik bolalarga berish mumkin emas.

Agar Siz Sorbifer® Durules® tabletkalarini buyurilgandan ko‘p qabul qilgan bo‘lsangiz, darhol shifokorga yoki yaqindagi kasalxonaning shoshilinch yordam bo‘limiga murojaat qiling.

Agar Siz Sorbifer® Durules® tabletkasini qabul qilishni unutgan bo‘lsangiz

Agar Siz Sorbifer® Durules® tabletkasini qabul qilishni unutgan bo‘lsangiz, iloji boricha tezroq qabul qilish kerak. Agar keyingi tabletkani qabul qilish vaqti yaqinlashgan bo‘lsa, o‘tkazib yuborilgan dozani to‘ldirish uchun ikki martalik dozani qabul qilmang, chunki Siz o‘tkazib yuborilgan dozani o‘rnini to‘ldira olmaysiz, ammo dozani oshirib yuborishni xavfini oshirishingiz mumkin.

Agar Sizda ushbu dori vositasini qabul qilish bo‘yicha qo‘shimcha savollar paydo bo‘lsa, davolovchi shifokoringiz yoki farmasevtga murojaat qiling.

  1. Bo‘lishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya samaralar

Barcha boshqa dori vositalari kabi, bu preparat ham noxush reaksiyalar chaqirishi mumkin, lekin ular hamma pasientlarda ham namoyon bo‘lavermaydi.

Quyida sanab o‘tilgan ko‘rinishlardan birontasi kelib chiqqanida, davolovchi shifokoringiz bilan maslahatlashing:

Tez-tez (100 pasientning 1-10 tasida uchraydi): ko‘ngil aynishi, qorinda og‘riq, ich ketishi, qabziyat.

Kam xollarda (10000 pasientning 1-10 tasida uchraydi): qizilo‘ngachda yara paydo bo‘lishi, qizilo‘ngach torayishi, terida toshmalar.

Bo‘lishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya samaralar haqida xabar bering

Nojo‘ya samaralar, shu jumladan ushbu yo‘riqnomada ko‘rsatilmagan nojo‘ya samaralar paydo bo‘lgan xollarda, dori vositasini qabul qilishni to‘xtatish kerak.

Postregistrasion davrda kelib chiqishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya reaksiyalar haqidagi xar qanday ma‘lumot ahamiyatga ega, chunki bu xabarlar preparatning xavfsizligi doimo kuzatib turishga yordam beradi.

Sog‘liqni saqlash sohasidagi xodimlar xar qanday nojo‘ya reaksiyalarga har qanday shubhalar haqida, mahalliy farmakoogohlik idoralariga xabar berishlari majbur.

  1. Sorbifer® Durules® qobiq bilan qoplangan tabletka preparatini qanday saqlash kerak.

15-25oS haroratda saqlansin!

Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin!

Sorbifer® Durules® tabletka preparatini sifati yomonlashuvining aniq belgilari paydo bo‘lganida (masalan, rangini o‘zgarishi) qo‘llash mumkin emas.

 

  1. Yaroqlilik muddati

Yaroqlilik muddati o‘ramida ko‘rsatilgan.

O‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin qo‘llanilmasin. Yaroqlilik muddati o‘tgan vaqti ko‘rsatilgan oyning oxirgi kuni hisoblanadi.

Dori vositalarini maishiy chiqindilar yoki oqava suvlarga tashlab yuborish mumkin emas. Agar boshqa kerak bo‘lmagan preparatni chiqindilarga tashlash kerak bo‘lsa, farmasevt bilan maslahatlashing. Bu choralar atrof-muhitni ifloslantirilishini oldini olishga yordam beradi.

  1. Dorixonalardan berish tartibi

Shifokor reseptisiz beriladi.

  1. O‘ram ichidagisi va boshqa ma‘lumotlar

Sorbifer® Durules® qobiq bilan qoplangan tabletka preparati nima saqlaydi.

Ta‘sir etuvchi modda:

xar bir tabletka 320 mg temir (II) sulfati (bu 100 mg Fe (II) ga to‘g‘ri keladi) saqlaydi.

Har bir tabletka 60 mg askorbin kislotasi saqlaydi.

Yordamchi moddalar:

tabletka yadrosi: povidon, polietilen kukuni, karbomer 934 R, magniy stearati.

qobig‘i: gipermelloza, qattiq parafin, makrogol 6000, titan dioksidi, temir (II) oksidi.

Sorbifer® Durules® qobiq bilan qoplangan preparatining tabletka tashqi ko‘rinishi va o‘rami ichidagisi

Tashqi ko‘rinishi:

Yasmiqsimon, ikki tomoni biroz qavariq, oxra-sariq rangli, bir tomonida “Z” gravirovkasi bo‘lgan o‘ziga hos hidli, qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

O‘rami

50 yoki 30 tabletkadan polietilen qopqoqli jigarrang shisha flakonga joylangan. Bir flakon qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutigacha joylangan.

Ulashish:
Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Sorbifer Durules preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing

Sorbifer Durules narxlari

Dorixonalar
Manzil
Ish vaqti
Sotib olish
Vaksina Med №22
Chilonzor tumani, Kichik xalqa yo'li ko'ch., 41uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:30-23:30
72 700 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №20
Mirzo Ulug'bek tumani, TTZ 2 daha, Gulsanam ko'ch., 12A uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 09:00-22:00
72 700 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №21
Chilonzor tumani, 2 mavze, 1 uy, 2 xonadon
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:30-23:30
72 700 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №24
Yakkasaroy tumani, Qushbegi massiv, 3 uy, 72 xonadon
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:30-23:30
72 700 so'm
Bron qilish

Sorbifer Durules barcha rasmlari

Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar

Sorbifer Durules haqida savollar

Sorbifer Durules haqida fikr-mulohazalar

Reyting 5.0, 6 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil