Ferretab
Ferretab chiqarilish shakllari

Ferretab haqida qo'llanma
Qo‘llash ko‘rsatmalari
- — turli etiologiyali temir tanqisligi anemiyasini davolash va oldini olish (sh.j. homiladorlikda, MTYdan temir so'rilishi buzilishlarida, uzoq muddatli qon ketishlarda, to'laqonli bo'lmagan va muvozanatlanmagan ovqatlanishda).
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
- — organizmda temir to‘planishi bilan kechadigan kasalliklar (aplastik va gemolitik anemiya, talassemiyalar, gemosideroz, gemoxromatoz); — temir o‘zlashtirilishining buzilishi (sideroaxrestik anemiya, qo‘rg‘oshin anemiyasi, pernitsioz anemiya /V12 vitamini yetishmovchiligi/); — temir yoki foliy kislotasi tanqisligi bilan bog‘liq bo‘lmagan anemiya; — preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlik.
Tarkibi
- temir fumarati (har biri 50.7 mg temir fumarati saqlaydigan 3 minitabletka) 152.1 mg foliy kislotasi (vit. Bc) 500 mkg Yordamchi moddalar: kolloid kremniy dioksidi, laktoza monogidrati, magniy stearati, poliakrilat (dispersiya 30%), mikrokristall tsellyuloza. Qattiq jelatin kapsula tarkibi: azorubin (E122), xinolin sariq (E104), titan dioksidi (E171), jelatin.
Farmakokinetikasi
Farmakologik ta'siri
Nojo'ya ta'sirlar
- Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: ayrim hollarda - oshqozonning to'lib ketish hissi, noqulaylik, ko'ngil aynishi, qusish. Preparat, qoida tariqasida, yaxshi o'zlashtiriladi.
Dozani oshirib yuborilishi
Dori shaklining ta'rifi
- Uzaytirilgan ta'sirga ega kapsulalar
Maxsus ko‘rsatmalari
Preparat bilan terapiyani boshlashdan oldin qon zardobida temir va ferritin miqdorini aniqlash zarur.
Preparat qo‘llanilganda axlatning to‘q rangga bo‘yalishi paydo bo‘ladi, bu klinik ahamiyatga ega emas.
Preparatni qo‘llash fonida benzidin sinamasining soxta musbat natijasini olish mumkin.
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Qo‘llash usuli va dozirovkasi
Preparat 1 kapsuladan/sut tayinlanadi.
Temir yoki folat kislotasi tanqisligi yaqqol ifodalanganda doza 2-3 kapsula/sut gacha oshiriladi. Preparat bilan terapiya periferik qon manzarasi normallashguncha o'tkazilishi kerak (8-12 hafta).
Ushlab turuvchi terapiya gemoglobinning normal darajasiga erishilgandan keyin yana kamida 4 hafta davomida o'tkaziladi.
Preparatni och qoringa, ko'p miqdordagi suyuqlik bilan qabul qilish kerak.
- 1. Dori vositalari va tibbiy buyumlar Davlat reestri (O‘zbekiston Respublikasi)
- 2. Ishlab chiqaruvchining rasmiy yo‘riqnomasi
- 3. Anatomik-terapevtik-kimyoviy tasnif (ATX)










