Apteka.uz
SavatKirish

Ferlatum

Ferlatum chiqarilish shakllari

FERLATUM ichga qabul qilish uchun eritma 15ml 800mg/15ml N10
Retseptli
FERLATUM ichga qabul qilish uchun eritma 15ml 800mg/15ml N10
Ispaniya
Ishlab chiqaruvchi:
Italfarmaco S.A
•7 ta dorixonada bor
Narxi
121 000 so'm dan
FERLATUM FOL eritma 15ml N10
Retseptli
FERLATUM FOL eritma 15ml N10
Ispaniya
Ishlab chiqaruvchi:
Italfarmako S.p.A.
•7 ta dorixonada bor
Narxi
121 000 so'm dan
- Ferlatum qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- Ferlatumning tarkibi
- Ferlatum ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- Ferlatum narxi Toshkent dorixonalarida

Ferlatum haqida qo'llanma

Qo‘llash ko‘rsatmalari

  • — yashirin va klinik ifodalangan temir (temir tanqisligi anemiyasi) va folatlar tanqisligini davolash; — homiladorlikda, laktatsiya davrida, faol o'sish davrida, uzoq muddatli qon ketishlardan keyin, to'laqonli bo'lmagan va muvozanatlanmagan ovqatlanish fonida temir va folatlar tanqisligining oldini olish.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

  • — gemoxromatoz; — temir utilizatsiyasining buzilishi (shu jumladan qo‘rg‘oshin anemiyasi, sideroaxrestik anemiya); — temir tanqisligi bo‘lmagan anemiyalar (shu jumladan gemolitik anemiya, V12 vitamini yetishmovchiligi sababli kelib chiqqan megaloblast anemiya); — surunkali pankreatit; — jigar sirrozi; — preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlik. Oshqozon va o‘n ikki barmoqli ichak yarasi, ingichka ichak patologiyasida so‘rilishning buzilishi (shu jumladan enteritlar, so‘rilish yetishmovchiligi sindromi, ingichka ichak rezeksiyasi, Bilrot II bo‘yicha o‘n ikki barmoqli ichakni qo‘shgan holda oshqozon rezeksiyasi)da preparatni ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.

Tarkibi

  • 1 fl. (15 ml) Temir protein suktsinilati 800 mg, bu Fe3+ 40 mg miqdoriga mos keladi Yordamchi moddalar: sorbitol, propilenglikol, natriy metilparagidroksibenzoat, natriy propilparagidroksibenzoat, olcha aromatizatori, natriy saxarin, tozalangan suv. Temir protein suktsinilati 800 mg, bu Fe3+ 40 mg miqdoriga mos keladi Yordamchi moddalar: sorbitol, propilenglikol, natriy metilparagidroksibenzoat, natriy propilparagidroksibenzoat, olcha aromatizatori, natriy saxarin, tozalangan suv. Ichish uchun eritma tiniq, jigarrang rangli, o‘ziga xos yoqimli olcha hidli. temir protein suktsinilati 800 mg, bu Fe3+ 40 mg miqdoriga mos keladi Yordamchi moddalar: sorbitol, propilenglikol, metilparagidroksibenzoat natriy, propilparagidroksibenzoat natriy, olcha aromatizatori (yovvoyi qora olcha konsentrlangan aromatizatori, vanilin, amilatsetat, boshqa efirlarning oz miqdori, benzaldegid, chinnigul daraxti g‘unchalari moyi, propilenglikol, dietilenglikol monoetil efiri, suv), natriy saxarinat, tozalangan suv. Peroral eritma tayyorlash uchun kukun oqdan sarg‘ish tusgacha rangli, hidsiz (muhrlangan dozator-qopqoqda [konteyner-qopqoqda]). 100 mg kaltsiy folinat pentagidrati 235 mkg, bu kaltsiy folinat 200 mkg miqdoriga yoki folin kislotasi 185 mkg miqdoriga mos keladi Yordamchi moddalar: mannitol

Farmakokinetikasi

Preparat farmakokinetikasi bo‘yicha ma'lumotlar taqdim etilmagan.

Farmakologik ta'siri

Antianemik preparat. Temir va kaltsiy folinatini o'z ichiga oladi. Organizmdagi temir va folatlar etishmovchiligini to'ldiradi. Temirning asosiy vazifasi to'qimalarga kislorod tashishdir. Temir gemoglobin, mioglobin, temir saqlovchi fermentlar-tsitoxromlar tarkibiga kiradi, elektronlarni tashiydi va oksidlanish, gidroksillanish va boshqa metabolik jarayonlarning katalizatori sifatida ishlaydi. Ferlatum Fol temir-protein suksinilatni o'zida namoyon etadi, bu uch valentli temir atomlari oshqozon shilliq qavatining shikastlanishini oldini oluvchi yarimsintetik oqsil tashuvchi bilan o'ralgan kompleks birikmadir. Oqsil tashuvchi o'n ikki barmoqli ichakda eriydi va temirni optimal so'rilish joyida ajratib chiqaradi. Ichakdan qonga uch valentli temir faol so'rilish yo'li bilan o'tadi, bu doza oshirib yuborilishi va zaharlanishning mumkin emasligini tushuntiradi. Kaltsiy folinat folin kislotasining kaltsiy tuzi bo'lib, u organizmdagi folat etishmovchiligini to'ldiradi.

Nojo'ya ta'sirlar

  • Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: diareya, qabziyat, ko'ngil aynishi, epigastriyda og'riqlar (ko'proq preparat yuqori dozalarda ishlatilganda) bo'lishi mumkin (ular dozani kamaytirganda yoki preparat bekor qilinganda yo'qoladi). Bemor nojo'ya reaktsiyalar yuzaga kelganda shifokor maslahati zarurligi haqida xabardor qilinishi kerak.

Dozani oshirib yuborilishi

Belgilari: dastlabki 6-8 soatda - epigastral og‘riqlar, ko‘ngil aynishi, qusish (shu jumladan qon aralash), diareya, uyquchanlik, oqarish, shok, koma. Davolash: qustiruvchi preparatlar, me’dani yuvish, adekvat tutib turuvchi terapiya.

Dori shaklining ta'rifi

  • Ichish uchun eritma Ichish uchun eritma tiniq, jigarrang rangli, yoqimli o'ziga xos hidli. Ichish uchun eritma

Maxsus ko‘rsatmalari

Ferlatum Fol preparatini uzluksiz qo‘llash davri surunkali qon yo‘qotishlar (sh.j. menorragiya, gemorroy) va homiladorlik hollaridan tashqari, 6 oydan oshmasligi kerak.

Allergik reaksiyalar rivojlanishi mumkinligi sababli sut oqsilini o‘zlashtira olmasligi bo‘lgan bemorlarga preparatni ehtiyotkorlik bilan tayinlash kerak.

Ferlatum Fol sorbit saqlaydi, shuning uchun nasliy fruktozani o‘zlashtira olmasligi bo‘lgan bemorlarda preparatni qo‘llash mumkin emas.

Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri

Preparat diqqatni yuqori jamlash va psixomotor reaksiyalar tezligini talab qiluvchi potensial xavfli faoliyat turlari (sh.j. avtotransportni haydash) bilan shug‘ullanishga ta'sir qilmaydi.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Bir vaqtda qo‘llanilganda Ferlatum Fol preparatining boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta’siri qayd etilmagan. Temirning so‘rilishi Ferlatum Fol preparati askorbin kislotasi bilan >200 mg dozada bir vaqtda qo‘llanilganda oshishi mumkin. Temirning so‘rilishi Ferlatum Fol preparati antatsidlar bilan bir vaqtda qo‘llanilganda pasayishi mumkin. Xloramfenikol temir bilan terapiyaga kechiktirilgan javob reaksiyasini chaqiradi. Ferlatum Fol preparati gistamin H2-reseptorlari antagonistlari bilan bir vaqtda qo‘llanilganda farmakologik o‘zaro ta’sir yo‘q. Ba’zi o‘simtaga qarshi va leykemiyaga qarshi preparatlar (shu jumladan aminopterin, metotreksat va boshqa pterin hosilalari) folatlar antagonisti xususiyatlarini namoyon qiladi.

Qo‘llash usuli va dozirovkasi

DozalashFerlatum Fol ichga ovqat qabul qilishdan oldin yoki keyin qabul qilinishi kerak.

Kattalarga 1-2 flakondan/ 2 qabulda (40-80 mg uch valentli temir va 0,235-0,470 mg kalsiy folinati pentagidratiga ekvivalent miqdorda) yoki shifokor tavsiyalariga muvofiq.

Bolalarga (chaqaloqlik davridan) 1,5 ml/kg/ dan (4 mg/kg/ uch valentli temir va 0,0235 mg/kg/ kalsiy folinatiga ekvivalent miqdorda) 2 qabulda yoki shifokor tavsiyalariga muvofiq.

1 flakon (15 ml) saqlaydi: temir oqsili suksinilat - 800 mg (40 mg uch valentli temirga ekvivalent) va 0,235 mg kalsiy folinati pentagidrati (0,185 mg folat kislotasiga ekvivalent).

Homiladorlarga temir tanqisligi anemiyasini oldini olish uchun - 1 flakondan/ Latent yoki klinik yaqqol ifodalangan temir tanqisligini davolash uchun - 1-2 flakondan/ 2 qabulda.

Zardob temiri va gemoglobinning normal ko'rsatkichlariga erishilgandan so'ng davolashni ushlab turuvchi dozada kamida 8-12 hafta davomida davom ettiradilar.

Eritmani tayyorlash qoidalari

Ichga qabul qilish uchun eritmani tayyorlash uchun dozator-qopqoq perforatoriga kuch bilan bosish kerak, shunda kukun flakon ichidagi eritmaga to'kiladi. So'ngra flakon ichidagisini kuchli silkitish, dozator-qopqoqni yechish va eritmani flakondan ichish kerak.Dozani oshirib yuborishHozirgi vaqtgacha intoksikatsiya belgilari va Ferlatum Fol preparatining organizmga ortiqcha tushishi tasvirlanmagan.
Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Ferlatum preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing
Manbalar ro‘yxati:

Ferlatum narxlari

Dorixonalar
Manzil
Ish vaqti
Sotib olish
Europharm
Mirzo Ulug'bek tumani, Buyuk Ipak Yoʻli dahasi, 26 uy, 13 xonadon
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-23:00
121 000 so'm
Buyurtma berish
А5
Mirobod tumani,
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-02:00
121 000 so'm
А5 Filial Markaz 1
Mirzo Ulug'bek tumani, 1 mavze, 6/1 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 09:00-18:00
121 000 so'm
Maks Medico Biznes
Uchtepa tumani, Zulfizar ko'chasi, 119-uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 09:00-18:00
130 000 so'm

Ferlatum haqida savollar

Ferlatum haqida fikr-mulohazalar

Reyting 4.3, 8 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil