Apteka.uz
SavatKirish

FERLATUM FOL eritma 15ml N10

Retseptli
Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:Ispaniya
Kategoriya:Kamqonlik
Ishlab chiqaruvchi:Italfarmako S.p.A.
Teglar:Gemoglobin uchun
ATX kodi:B03AB09
Barcha Ferlatum dorilari
65 ta dorixonada bor
Narxi 107 800 so'm dan
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 65 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

FERLATUM FOL eritma 15ml N10 haqida qo'llanma

Farmakokinetikasi

Preparatning farmakokinetikasi bo'yicha ma'lumotlar taqdim etilmagan.

Nojo'ya samaralari

Kamdan-kam: dozani kamaytirganda yoki preparat bekor qilinganda yo'qoladigan oshqozon-ichak buzilishlari paydo bo'lishi.

Maxsus ko‘rsatmalari

Ferlatum Fol preparatini uzluksiz qo‘llash davri surunkali qon yo‘qotishlar (sh.j. menorragiya, gemorroy) va homiladorlik hollaridan tashqari, 6 oydan oshmasligi kerak.

Allergik reaksiyalar rivojlanishi mumkinligi sababli sut oqsilini o‘zlashtira olmasligi bo‘lgan bemorlarga preparatni ehtiyotkorlik bilan tayinlash kerak.

Ferlatum Fol sorbit saqlaydi, shuning uchun nasliy fruktozani o‘zlashtira olmasligi bo‘lgan bemorlarda preparatni qo‘llash mumkin emas.

Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri

Preparat diqqatni yuqori jamlash va psixomotor reaksiyalar tezligini talab qiluvchi potensial xavfli faoliyat turlari (sh.j. avtotransportni haydash) bilan shug‘ullanishga ta'sir qilmaydi.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

— gemoxromatoz;

— temir utilizatsiyasining buzilishi (shu jumladan qo‘rg‘oshinli anemiya, sideroaxrestik anemiya);

— temir tanqisligi bilan bog‘liq bo‘lmagan anemiyalar (shu jumladan gemolitik anemiya, V12 vitamini yetishmovchiligi oqibatidagi megaloblast anemiya);

— surunkali pankreatit;

— jigar sirrozi;

— preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlik.

Oshqozon va o‘n ikki barmoqli ichak yara kasalligida, ingichka ichak patologiyasida so‘rilishning buzilishida (shu jumladan enteritlar, so‘rilish yetishmovchiligi sindromi, ingichka ichak rezeksiyasi, Bilrot II bo‘yicha o‘n ikki barmoqli ichakni qo‘shib oshqozon rezeksiyasi) preparatni ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Bir vaqtda qo'llanilganda Ferlatum Fol preparatining boshqa dori vositalari bilan o'zaro ta'siri qayd etilmagan.

Ferlatum Fol preparati askorbin kislotasi bilan >200 mg dozada bir vaqtda qo'llanilganda temir so'rilishi oshishi mumkin.

Ferlatum Fol preparati antatsidlar bilan bir vaqtda qo'llanilganda temir so'rilishi pasayishi mumkin.

Xloramfenikol temir terapiyasiga kechiktirilgan javob reaktsiyasini keltirib chiqaradi.

Ferlatum Fol preparati gistamin H2-retseptorlari antagonistlari bilan bir vaqtda qo'llanilganda farmakologik o'zaro ta'sir yo'q.

Ba'zi o'smaga qarshi va leykemiyaga qarshi preparatlar (shu jumladan aminopterin, metotreksat va boshqa pterin hosilalari) folat antagonistlari xususiyatlarini namoyon qiladi.

Dozirovkasi

DozalashFerlatum Fol ichga ovqat qabul qilishdan oldin yoki keyin qabul qilinishi kerak.

Kattalarga 1-2 flakondan/ 2 qabulda (40-80 mg uch valentli temir va 0,235-0,470 mg kalsiy folinati pentagidratiga ekvivalent miqdorda) yoki shifokor tavsiyalariga muvofiq.

Bolalarga (chaqaloqlik davridan) 1,5 ml/kg/ dan (4 mg/kg/ uch valentli temir va 0,0235 mg/kg/ kalsiy folinatiga ekvivalent miqdorda) 2 qabulda yoki shifokor tavsiyalariga muvofiq.

1 flakon (15 ml) saqlaydi: temir oqsili suksinilat - 800 mg (40 mg uch valentli temirga ekvivalent) va 0,235 mg kalsiy folinati pentagidrati (0,185 mg folat kislotasiga ekvivalent).

Homiladorlarga temir tanqisligi anemiyasini oldini olish uchun - 1 flakondan/ Latent yoki klinik yaqqol ifodalangan temir tanqisligini davolash uchun - 1-2 flakondan/ 2 qabulda.

Zardob temiri va gemoglobinning normal ko'rsatkichlariga erishilgandan so'ng davolashni ushlab turuvchi dozada kamida 8-12 hafta davomida davom ettiradilar.

Eritmani tayyorlash qoidalari

Ichga qabul qilish uchun eritmani tayyorlash uchun dozator-qopqoq perforatoriga kuch bilan bosish kerak, shunda kukun flakon ichidagi eritmaga to'kiladi. So'ngra flakon ichidagisini kuchli silkitish, dozator-qopqoqni yechish va eritmani flakondan ichish kerak.Dozani oshirib yuborishHozirgi vaqtgacha intoksikatsiya belgilari va Ferlatum Fol preparatining organizmga ortiqcha tushishi tasvirlanmagan.
Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. FERLATUM FOL eritma 15ml N10 preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing

FERLATUM FOL eritma 15ml N10 o'xshash dorilari

Narxi
155 000 so'm dan
FERSIKARD tabletkalari N30
FERSIKARD tabletkalari N30
Italiya
Ishlab chiqaruvchi:
«GRICAR CHEMICAL S.r.l.»
Narxi
171 900 so'm dan
FERAMIN tabletkalari N30
Retseptli
FERAMIN tabletkalari N30
Turkiya
Ishlab chiqaruvchi:
«GRICAR CHEMICAL S.r.l.»
Narxi
127 000 so'm dan
GEMOZIN kapsulalar  N20
Retseptli
GEMOZIN kapsulalar N20
Turkiya
Vakil:
WELFAR VST
Ishlab chiqaruvchi:
Berko ilag ve Kimya Sanayi A.§.
Narxi
86 000 so'm dan

FERLATUM FOL eritma 15ml N10 xususiyatlari

Ferlatum boshqa chiqarish shakllari

Narxi
107 800 so'm dan
Analoglar FERLATUM FOL eritma 15ml N10
Analoglari yo'q

FERLATUM FOL eritma 15ml N10 narxlari va Toshkentdagi dorixonalardagi mavjudligi

Eco Pharm №7
Bektemir tumani, Suvsoz 2 mavzesi, 77 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-00:00
120 000 so'm
Bron qilish
Eco Pharm №5
Mirobod tumani, Oltinko'l ko'ch., 10 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-00:00
120 000 so'm
Bron qilish
Eco Pharm №10
Yunusobod tumani, Yunusobod, 8-mavze, 29-uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-00:00
120 000 so'm
Bron qilish
Eco Pharm №2
Shayxontoxur tumani, Gulobod dahasi, 54 uy, 47-xonadon
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-00:00
120 000 so'm
Bron qilish
Target Farm №9
Mirzo Ulug'bek tumani, Sayram ko'ch., 2 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 09:00-22:00
120 000 so'm
Bron qilish
Target Farm №6
Olmazor tumani, Farobiy ko'ch., 28/6 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 09:00-22:00
120 000 so'm
Bron qilish
Eco Pharm №8
Shayxontoxur tumani, Beruniy ko'ch., 3 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-00:00
120 000 so'm
Bron qilish
Eco Pharm №3
Olmazor tumani, Qoraqamish 2/4 massivi, 20 uy, 37-xonadon
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-00:00
120 000 so'm
Bron qilish
Eco Pharm №11
Yashnobod tumani, Parkent ko'chasi, 30B-uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-00:00
120 000 so'm
Bron qilish
Eco Pharm №1
Shayxontoxur tumani, Uyg'ur ko'ch., 7 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-00:00
120 000 so'm
Bron qilish

FERLATUM FOL eritma 15ml N10 haqida savollar

FERLATUM FOL eritma 15ml N10 haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil