Apteka.uz
SavatKirish

Derinat

Derinat chiqarilish shakllari

DERINAT eritma 10ml 0,25%
DERINAT eritma 10ml 0,25%
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
FZ Immunnoleks, OOO
•2 ta dorixonada bor
Narxi
100 000 so'm dan
- Derinat qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- Derinatning tarkibi
- Derinat ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- Derinat narxi Toshkent dorixonalarida

Derinat haqida qo'llanma

Qo‘llash ko‘rsatmalari

  • — radiatsion shikastlanishlar; — gemopoez buzilishi; — onkologik bemorlarda tsitostatik va/yoki nur terapiyasi fonida rivojlangan mielodepressiya va tsitostatiklarga rezistentlik (gemopoez barqarorlashuvi, kimyopreparatlarning kardio- va mielotoksikligini pasaytirish); — tsitostatik terapiya indutsirlagan stomatitlar; — oshqozon va o'n ikki barmoqli ichak yarasi kasalligi, eroziv gastroduodenit; — YIK; — oyoq tomirlarining II-III bosqichdagi obliteratsiya qiluvchi kasalliklari; — trofik yaralar, uzoq vaqt bitmaydigan yaralar; — odontogen sepsis, yiringli-septik asoratlar; — revmatoid artrit; — kuyish kasalligi; — operatsiyadan oldingi va operatsiyadan keyingi davrlar (jarrohlik amaliyotida); — xlamidioz, ureaplazmoz, mikoplazmoz; — endometrit, salpingooforit, endometrioz, miomalar; — prostatit, prostata bezi xavfsiz giperplaziyasi; — o'pkaning surunkali obstruktiv kasalliklari; — o'pka sili

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

  • — preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlik.

Tarkibi

  • Faol modda: natriy dezoksiribonukleat - 2,5 g Yordamchi moddalar: natriy xlorid - 1 g; in'ektsiya uchun suv - 1000 ml

Farmakokinetikasi

So‘rilishi va taqsimlanishi: M/o yuborilganda in'ektsiya joyidan tez absorbtsiya qilinadi va limfa yo‘llari orqali organ va to‘qimalarga taqsimlanadi. Natriy dezoksiribonukleat qon yaratish organlariga nisbatan yuqori tropikka ega, hujayra tuzilmalariga birikib, hujayra metabolizmida faol ishtirok etadi. Suyak ko‘migi, limfa tugunlari, timus, taloqda maksimal darajada, jigar, bosh miya, oshqozon, ingichka va yo‘g‘on ichakda kamroq darajada to‘planadi. Preparatning qonga intensiv tushish fazasida plazma va qonning shaklli elementlari o‘rtasida qayta taqsimlanish, parallel ravishda metabolizm va chiqarilish sodir bo‘ladi. Bir martalik in'ektsiyadan so‘ng o‘rganilgan organ va to‘qimalarda preparat konsentratsiyasi o‘zgarishini tavsiflovchi barcha farmakokinetik egri chiziqlar uchun 5-24 soat oralig‘ida konsentratsiyaning tez oshish fazasi va tez pasayish fazasi xosdir. M/o yuborilgandan so‘ng Cmax 5 soatdan keyin erishiladi. Preparat GEB orqali o‘tadi. Bosh miyada preparatning Cmax 30 daqiqadan so‘ng erishiladi. Metabolizmi va chiqarilishi: Natriy dezoksiribonukleat organizmda metabolizmga uchraydi. Asosan buyraklar orqali va qisman axlat bilan chiqariladi. M/o yuborilganda T1/2 72,3 soatni tashkil qiladi.

Farmakologik ta'siri

Hujayraviy va gumoral immunitetga ta'sir qiluvchi immunomodulyator. Derinatning immunomodulyatsion samarasi B-limfotsitlarni rag'batlantirish, T-xelperlarni faollashtirish bilan bog'liq. Derinat® organizmning nospetsifik rezistentligini faollashtiradi, yallig'lanish reaktsiyalarini va bakterial, virusli va zamburug'li antigenlarga immun javobni optimallashtiradi. Derinat® reparativ va regenerator jarayonlarni rag'batlantiradi. Organizmning infektsiyalarga chidamliligini oshiradi. Gemopoezni tartibga soladi (leykotsitlar, limfotsitlar, granulotsitlar, fagotsitlar, trombotsitlar sonini normallashtirib). Yaqqol limfotrop xususiyatga ega bo'lib, Derinat® limfa tizimining drenaj-detoksikatsiya funktsiyasini rag'batlantiradi. Derinat® hujayralarning kimyoterapevtik preparatlar va nur terapiyasining shikastlovchi ta'siriga sezgirligini sezilarli darajada pasaytiradi.

Nojo'ya ta'sirlar

  • Gangrenoz jarayonlarda preparat ta'sirida ajralish o'choqlarida nekrotik massalarning o'z-o'zidan ajralishi va teri qoplamining tiklanishi kuzatiladi. Ochiq yaralar va kuyishlarda og'riqsizlantiruvchi ta'sir kuzatiladi.

Dozirovkasi

  • 0,25% 1,5% 15 mg/ml

Dori shaklining ta'rifi

  • Yot zarrachalarsiz tiniq rangsiz suyuqlik. Mushak ichiga yuborish uchun eritma tiniq, rangsiz, yot zarrachalarsiz. Sirtga va mahalliy qo'llash uchun eritma 0.25% tiniq, rangsiz, yot zarrachalarsiz

Maxsus ko‘rsatmalari

Preparat teri ostiga yuborilishi mumkin.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Derinatni majmuaviy terapiyada qo‘llash terapiya samaradorligini oshirish va davomiyligini qisqartirish, remissiya davrlarini uzaytirish bilan birga antibiotiklar va virusga qarshi vositalar dozalarini sezilarli kamaytirish imkonini beradi. Derinat® antratsiklin qatori o‘simtaga qarshi antibiotiklari, sitostatiklar samaradorligini oshiradi.

Qo‘llash usuli va dozirovkasi

DozalashIntranazal, peroral, teriga qo'llaniladi

Preparat hayotining birinchi kunidan boshlab bolalarga va kattalarga buyuriladi.

O'RVI profilaktikasi uchun har bir burun yo'liga 2 tomchidan yoki 1 purkashdan

kuniga 2-4 marta 1-2 hafta davomida tomiziladi.

"Shamollash kasalliklari" belgilari namoyon bo'lganda preparat har bir burun yo'liga 2-3 tomchidan yoki 1 - 2 purkashdan har

1-1,5 soatda, birinchi sutka davomida tomiziladi; keyin - 2-3 tomchidan yoki 1 purkashdan har bir burun yo'liga kuniga 3-4 marta, kurs davomiyligi - 1 oy.

Burun bo'shlig'i va yondosh bo'shliqlarning yallig'lanish kasalliklarida, preparat 3-5 tomchidan yoki 1-2 purkashdan har bir burun yo'liga kuniga 4-6 marta tomiziladi.

Kurs davomiyligi - 7-15 kun. Og'iz bo'shlig'i shilliq qavati kasalliklarida preparat bilan kuniga 4-6 marta chayish amalga oshiriladi (1 flakon - 1-2- chayish) yoki preparat tegishli shikastlangan shilliq qavat sohalariga bir tekis purkaladi, 2 - 3 purkashdan kuniga 4-6 marta. Davolash kursi davomiyligi 5-10 kun.

Ginekologiyada surunkali yallig'lanish kasalliklari, zamburug'li, bakterial va boshqa infeksiyalarda -bachadon bo'ynini orolash bilan intravaginal yuborish yoki preparatli tamponlarni intravaginal yuborish, har bir muolajaga 5 ml dan, kuniga 1-2 marta 10-14 kun davomida.

Gemorroyda preparat to'g'ri ichakka mikroklizmalar ko'rinishida 15-40 ml dan buyuriladi. Davolash kursi davomiyligi 4-10 kun.

Oftalmologiyada og'ir yallig'lanish va distrofik jarayonlarda - Derinat ko'zlarga kuniga 2-3 marta 1-2 tomchidan, 14-45 kun davomida tomiziladi.

Pastki oyoq-qo'llarning obliteratsiya qiluvchi kasalliklarida preparat har bir burun yo'liga 1-2 tomchidan kuniga 6 marta tomiziladi, kurs davomiyligi 6 oygacha.

Teri va shilliq qavatlarning nurdan keyingi nekrozlarida, uzoq vaqt bitmaydigan jarohatlar, kuyishlar, muzlashlar, turli etiologiyali trofik yaralar, gangrenalarda zararlangan joylarga preparat surtilgan applikatsion bog'lamlar (ikki qavatli doka) kuniga 3-4 marta qo'yiladi yoki zararlangan yuzaga purkagichdan preparat bilan ishlov beriladi, kuniga 4-5 marta 10 - 40 ml dan (davolash kursi - 1-3 oy).Dozani oshirib yuborishaniqlanmagan.
Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Derinat preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing
Manbalar ro‘yxati:

Derinat haqida savollar

Derinat haqida fikr-mulohazalar

Reyting 4.9, 7 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil