FERRONAM
FERRONAM chiqarilish shakllari
FERRONAM haqida qo'llanma
Tarkibi
Temir fumarati - 20 mg
L-askorbin kislotasi (S vitamini) - 70 mg
Folat kislotasi - 400 mkg
Bir oz shirin qiluvchi sorbitol, maltodekstrin, aromatizatorlar.
Farmakologik ta'siri
Temir to'qimalarni kislorod bilan ta'minlovchi muxim asosiy elementlardan biri bo'lib, eritrositlar va gemoglobinnni va ba'zi xayot uchun muhim fermentlarni normal shakllanishiga yordam beradi. Folat kislotasi organizmni xayot uchun zarur, ayniqsa bolalarda o'sish va rivojlanish davrida, shuningdek ayollarda tug'ruq davri va xomiladorlik davrida xomilani rivojlanishi va normal shakllanishi uchun zarur vitamini bo'lib hisoblanadi.
S vitamini organizmni keng doiradagi fiziologik faoliyatini boshqarishga yordam beradi, muhim oksidlanish-qaytarilish jarayonlarida, to'qimalarni regenerasiya va sintezida ishtirok etadi, temirni so'rilishini nazorat qiladi.
Maxsus ko‘rsatmalari
Tavsiya etilgan dozani oshirmang.
Maxsulot poliollar saqlaydi: dozasi oshirilib yuborilganda ichni yumshatuvchi samaralar kuzatilishi mumkin.
Oziq –ovqat qo'shimchalari yaxshi muvozanatlangan parxez va sog'lom xayot tarzini o'rnini bosa olmaydi.
Qo‘llash usuli va dozirovkasi
Asosiy ovqat qabul qilgandan keyin bir sashedan kun ora qabul qiling.
Paketcha tarkibini til ostida eriting.
- 1. Dori vositalari va tibbiy buyumlar Davlat reestri (O‘zbekiston Respublikasi)
- 2. Ishlab chiqaruvchining rasmiy yo‘riqnomasi
- 3. Anatomik-terapevtik-kimyoviy tasnif (ATX)











