Apteka.uz
SavatKirish

SORBIFER DURULES tabletkalari N30

Retseptli
Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:Vengriya
Kategoriya:Kamqonlik
Ishlab chiqaruvchi:Egis Pharmaceuticals Private Limited
Teglar:Gemoglobin uchun, Anemiyadan
ATX kodi:B03AA07
Barcha Sorbifer Durules dorilari
111 ta dorixonada bor
Narxi 54 000 so'm dan
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 111 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

SORBIFER DURULES tabletkalari N30 qo'llanmasi

Farmakokinetikasi

Durules - bu faol moddaning (temir ionlari) asta-sekin ajralib chiqishini, dori vositasining bir maromda tushishini ta'minlaydigan texnologiya. Kuniga ikki marta 100 mg dan qabul qilish Sorbifer Durules preparatidan temirning odatdagi temir preparatlariga qaraganda 30% ga ko'proq so'rilishini ta'minlaydi.

Temirning absorbtsiyasi va biokiraolishligi - yuqori. Temir asosan 12 barmoqli ichakda va och ichakning proksimal qismida so'riladi. Plazma oqsillari bilan bog'lanishi - 90% va undan yuqori. Gepatotsitlarda va fagotsitlovchi makrofaglar tizimi hujayralarida ferritin yoki gemosiderin shaklida, oz miqdori - mushaklarda mioglobin shaklida to'planadi. Yarim chiqarilish davri 6 soatni tashkil qiladi.

Nojo'ya samaralari

Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: yengil ko'ngil aynishi, epigastriyada og'riqlar, diareya yoki qabziyat.

Maxsus saqlash sharoitlari

Axlatning qorayishi mumkin, bu klinik ahamiyatga ega emas.

Homiladorlik va laktatsiya davri

Sorbifer Durulesni homiladorlik va emizishda qo‘llash mumkin.

DOZANI OSHIRIB YUBORISH

Belgilari: qorinda og‘riq, qusish va qon aralash diareya, charchoq yoki holsizlik, gipertermiya, paresteziyalar, teri qoplamalarining oqarishi, sovuq yopishqoq ter, atsidoz, kuchsiz puls, arterial bosimning pasayishi, yurak urishi. Og‘ir dozani oshirib yuborishda periferik sirkulyator kollaps, koagulopatiya, gipertermiya, gipoglikemiya, jigar shikastlanishi, buyrak yetishmovchiligi, mushak tirishishlari va koma belgilari 6-12 soatdan keyin namoyon bo‘lishi mumkin.

Davolash: dozani oshirib yuborish holatida darhol shifokorga murojaat qilish kerak. Oshqozonni yuvish, ichga xom tuxum, sut (OITda temir ionlarini bog‘lash uchun) berish zarur; deferoksamin yuboriladi. Simptomatik terapiya.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

— qizilo‘ngach torayishi va/yoki MITYning boshqa obstruktiv kasalliklari;

— organizmda temir to‘planishining oshishi chaqirgan patologik holatlar;

— 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar;

— preparatga yuqori sezuvchanlik

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Durules bir vaqtda qo'llaniladigan enoksatsin, klodronat, grepafloksatsin, levodopa, levofloksatsin, metildopa, penitsillamin, tetratsiklinlar va qalqonsimon bez gormonlarining so'rilishini kamaytirishi mumkin. Sorbifer Durules preparati va alyuminiy gidroksid va magniy karbonat saqlovchi antatsid preparatlarni bir vaqtda qo'llash temir so'rilishini kamaytirishi mumkin. Sorbifer Durules preparati va ushbu preparatlarning har qanday birini qabul qilish o'rtasida maksimal darajada mumkin bo'lgan vaqt oralig'iga rioya qilish kerak. Qabul qilishlar o'rtasidagi tavsiya etilgan minimal vaqt oralig'i 2 soatni tashkil etadi, tetratsiklinlarni qabul qilish hollari bundan mustasno, bunda minimal oraliq 3 soatni tashkil etishi kerak. Sorbifer Durulesni quyidagi preparatlar bilan birga qo'llamaslik kerak: siprofloksatsin, doksitsiklin, norfloksatsin va ofloksatsin

Dozirovkasi

DozalashQobiq bilan qoplangan tabletkalar ichga qabul qilinadi. Ularni bo'lish yoki chaynamaslik kerak. Tabletkani butunligicha yutish va kamida yarim stakan suv bilan ichish kerak.

Kattalar va o'smirlarga:

1 tabletkadan kuniga 1-2 marta.

Zarurat bo'lganda, temir tanqisligi anemiyasi bo'lgan bemorlarga, doza 3-4 tabletkagacha kuniga ikki qabulda (ertalab va kechqurun) 3-4 oy davomida (organizmda temir deposi to'ldirilguncha) oshirilishi mumkin.

Homiladorlik va laktatsiyada:

Profilaktika: kuniga 1 tabletkadan.

Davolash dozasi: 1 tabletkadan kuniga 2 marta (ertalab va kechqurun).

Qo'llashni gemoglobinning optimal miqdoriga erishilguncha davom ettirish kerak. Deponi keyingi to'ldirish uchun preparatni yana 2 oy davomida qabul qilish talab qilinishi mumkin.

Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. SORBIFER DURULES tabletkalari N30 preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing

SORBIFER DURULES tabletkalari N30 o'xshash dorilari

FERRUM LEK sirop 100ml 50mg/5ml
Retseptli
FERRUM LEK sirop 100ml 50mg/5ml
Turkiya
Ishlab chiqaruvchi:
Lek Pharmaceuticals d.d., Sloveniya proizvedeno: Sandoz Ilac Sanayi ve Ticaret A.S.
FERAMIN tabletkalari N30
Retseptli
FERAMIN tabletkalari N30
Turkiya
Ishlab chiqaruvchi:
«GRICAR CHEMICAL S.r.l.»
Narxi
123 000 so'm dan
FERRUM LEK tabletkalari 100mg N30
Retseptli
FERRUM LEK tabletkalari 100mg N30
Sloveniya
Ishlab chiqaruvchi:
Lek Pharmaceuticals d.d.
Narxi
35 000 so'm dan

SORBIFER DURULES tabletkalari N30 xususiyatlari

Sorbifer Durules boshqa chiqarish shakllari

SORBIFER DURULES tabletkalari N30
SORBIFER DURULES tabletkalari N30
Vengriya
Ishlab chiqaruvchi:
Egis Farmasevticheskiy zavod OAO
Narxi
54 000 so'm dan
SORBIFER DURULES tabletkalari N50
SORBIFER DURULES tabletkalari N50
Vengriya
Ishlab chiqaruvchi:
Egis Farmasevticheskiy zavod OAO
Narxi
69 900 so'm dan
SORBIFER DURULES tabletkalari N50
Retseptli
SORBIFER DURULES tabletkalari N50
Vengriya
Ishlab chiqaruvchi:
Egis Pharmaceuticals Private Limited
Narxi
69 900 so'm dan

SORBIFER DURULES tabletkalari N30 analoglari

SORBIFER DURULES tabletkalari N50
SORBIFER DURULES tabletkalari N50
Vengriya
Ishlab chiqaruvchi:
Egis Farmasevticheskiy zavod OAO
Narxi
69 900 so'm dan
SORBIFER DURULES tabletkalari N30
SORBIFER DURULES tabletkalari N30
Vengriya
Ishlab chiqaruvchi:
Egis Farmasevticheskiy zavod OAO
Narxi
54 000 so'm dan
SORBIFER DURULES tabletkalari N50
Retseptli
SORBIFER DURULES tabletkalari N50
Vengriya
Ishlab chiqaruvchi:
Egis Pharmaceuticals Private Limited
Narxi
69 900 so'm dan

SORBIFER DURULES tabletkalari N30 haqida savollar

SORBIFER DURULES tabletkalari N30 haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil