SORBIFER DURULES tabletkalari N50

SORBIFER DURULES tabletkalari N50 qo'llanmasi
Farmakokinetikasi
Durules - bu faol moddaning (temir ionlari) asta-sekin ajralib chiqishini, dori vositasining bir maromda tushishini ta'minlaydigan texnologiya. Kuniga ikki marta 100 mg dan qabul qilish Sorbifer Durules preparatidan temirning odatdagi temir preparatlariga qaraganda 30% ga ko'proq so'rilishini ta'minlaydi.
Temirning absorbtsiyasi va biokiraolishligi - yuqori. Temir asosan 12 barmoqli ichakda va och ichakning proksimal qismida so'riladi. Plazma oqsillari bilan bog'lanishi - 90% va undan yuqori. Gepatotsitlarda va fagotsitlovchi makrofaglar tizimi hujayralarida ferritin yoki gemosiderin shaklida, oz miqdori - mushaklarda mioglobin shaklida to'planadi. Yarim chiqarilish davri 6 soatni tashkil qiladi.
Nojo'ya samaralari
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: yengil ko'ngil aynishi, epigastriyada og'riqlar, diareya yoki qabziyat.
Maxsus saqlash sharoitlari
Axlatning qorayishi mumkin, bu klinik ahamiyatga ega emas.
Homiladorlik va laktatsiya davri
Sorbifer Durulesni homiladorlik va emizishda qo‘llash mumkin.
DOZANI OSHIRIB YUBORISH
Belgilari: qorinda og‘riq, qusish va qon aralash diareya, charchoq yoki holsizlik, gipertermiya, paresteziyalar, teri qoplamalarining oqarishi, sovuq yopishqoq ter, atsidoz, kuchsiz puls, arterial bosimning pasayishi, yurak urishi. Og‘ir dozani oshirib yuborishda periferik sirkulyator kollaps, koagulopatiya, gipertermiya, gipoglikemiya, jigar shikastlanishi, buyrak yetishmovchiligi, mushak tirishishlari va koma belgilari 6-12 soatdan keyin namoyon bo‘lishi mumkin.
Davolash: dozani oshirib yuborish holatida darhol shifokorga murojaat qilish kerak. Oshqozonni yuvish, ichga xom tuxum, sut (OITda temir ionlarini bog‘lash uchun) berish zarur; deferoksamin yuboriladi. Simptomatik terapiya.
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
— qizilo‘ngach torayishi va/yoki MITYning boshqa obstruktiv kasalliklari;
— organizmda temir to‘planishining oshishi chaqirgan patologik holatlar;
— 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar;
— preparatga yuqori sezuvchanlik
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Durules bir vaqtda qo'llaniladigan enoksatsin, klodronat, grepafloksatsin, levodopa, levofloksatsin, metildopa, penitsillamin, tetratsiklinlar va qalqonsimon bez gormonlarining so'rilishini kamaytirishi mumkin. Sorbifer Durules preparati va alyuminiy gidroksid va magniy karbonat saqlovchi antatsid preparatlarni bir vaqtda qo'llash temir so'rilishini kamaytirishi mumkin. Sorbifer Durules preparati va ushbu preparatlarning har qanday birini qabul qilish o'rtasida maksimal darajada mumkin bo'lgan vaqt oralig'iga rioya qilish kerak. Qabul qilishlar o'rtasidagi tavsiya etilgan minimal vaqt oralig'i 2 soatni tashkil etadi, tetratsiklinlarni qabul qilish hollari bundan mustasno, bunda minimal oraliq 3 soatni tashkil etishi kerak. Sorbifer Durulesni quyidagi preparatlar bilan birga qo'llamaslik kerak: siprofloksatsin, doksitsiklin, norfloksatsin va ofloksatsin
Dozirovkasi
Kattalar va o'smirlarga:
1 tabletkadan kuniga 1-2 marta.
Zarurat bo'lganda, temir tanqisligi anemiyasi bo'lgan bemorlarga, doza 3-4 tabletkagacha kuniga ikki qabulda (ertalab va kechqurun) 3-4 oy davomida (organizmda temir deposi to'ldirilguncha) oshirilishi mumkin.
Homiladorlik va laktatsiyada:
Profilaktika: kuniga 1 tabletkadan.
Davolash dozasi: 1 tabletkadan kuniga 2 marta (ertalab va kechqurun).
Qo'llashni gemoglobinning optimal miqdoriga erishilguncha davom ettirish kerak. Deponi keyingi to'ldirish uchun preparatni yana 2 oy davomida qabul qilish talab qilinishi mumkin.
SORBIFER DURULES tabletkalari N50 o'xshash dorilari




SORBIFER DURULES tabletkalari N50 xususiyatlari
Sorbifer Durules boshqa chiqarish shakllari


SORBIFER DURULES tabletkalari N50 analoglari






