Apteka.uz
SavatKirish

FERRUM LEK tabletkalari 100mg N30

Retseptli
Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:Sloveniya
Kategoriya:Kamqonlik
Farmakoterapevtik guruh:

Antianemik preparatlar, temir preparatlari, uch bosqichli temirning og'iz preparatlari

Ishlab chiqaruvchi:Lek Pharmaceuticals d.d.
Teglar:Gemoglobin uchun, Anemiyadan
ATX kodi:В03АВ05
Barcha Ferrum dorilari
114 ta dorixonada bor
Narxi 35 000 so'm dan
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 114 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

FERRUM LEK tabletkalari 100mg N30 qo'llanmasi

Saqlash shartlari

Bolalar eta olmaydigan joyda saqlang. 25 °s dan yuqori bo'lmagan haroratda saqlang.

Sotish shartlari

Retsept asosida chiqariladi

Tarkibi

Bir tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: 100 mg temir [III] (temir (III) gidroksidi polimaltozati ko‘rinishida);


yordamchi moddalar: dekstratlar, makrogol 6000, aspartam E951, shokolad essensiyasi, talk.

Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli

CHIQARILISH SHAKLI
Alyumin folgali blisterlarda. 30 tabletkadan (3x10) karton qutida.

DORI SHAKLI

Chaynaladigan tabletkalar.

Farmakodinamikasi

Temir organizmning barcha xujayralarida mavjud, u hayot uchun muhim jarayonlarni nazorat qiluvchi fermentlarni ishlab chiqarilishi uchun zarurdir. Temir preparatlarini qo‘llanilishi temir tanqisligi tomonidan chaqirilgan eritropoezni buzilishida yordam beradi.
Temir [III] gidroksidining polinuklear molekulalari ular bilan nokovalent bog‘langan polimaltoza molekulalari bilan o‘rab olingan bo‘lib, bu umuman olganda, taxminan 
50 kDa molekular massaga ega kompleks birikmani tashkil etadi, bu birikma o‘z o‘lchamlariga ko‘ra geksakomplekstemir [II] ga nisbatan oddiy diffuziya mexanizmi yordamida shilliq qavatlar membranasi orqali 40 marta kuchsiz o‘tadi. Temir [III] gidroksidi kompleksi barqaror hisoblanadi va fiziologik sharoitlarda temir ionlarini ajratib chiqarmaydi.
Kompleks strukturasi organizmdagi temirni zahira qiluvchi tabiiy protein bo‘lgan ferritin tuzilishiga o‘xshash. 
Temir [III] gidroksidi va polimaltoza kompleks birikmasi ikki valentli temir tuzlariga xos bo‘lgan prooksidant xususiyatlarga ega emas. Juda past va past zichlikdagi lipoproteinlarning oksidlash omillariga bo‘lgan sezuvchanligi shu sababli pasayadi.

Farmakokinetikasi

Temirni eritrotsitlarda gemoglobin darajasi bo‘yicha aniqlanadigan so‘rilishi yuborilgan dozaga nisbatan teskari proporsionalligi tvin-izotoplar (55Fe va 59Fe) usuli yordamida aniqlangan (doza qancha yuqori bo‘lsa, so‘rilish darajasi shuncha past bo‘ladi). Temir tanqisligi darajasi va so‘rilgan temir miqdori o‘rtasida statistik jihatdan isbotlangan qayta o‘zaro bog‘liqlik mavjud (temir tanqisligi qancha yuqori bo‘lsa, temir shuncha yaxshi so‘riladi). So‘rilishning eng yuqori darajasi o‘n ikki barmoq ichak va ingichka ichakda qayd etiladi. Uch valentli temir kompleksini so‘rilishi nazorat qilinadigan jarayon hisoblanadi.
Zardobda temir saqlash darajasini oshishi yuborilgandan keyin eritrotsitlarda o‘lchangan umumiy so‘rilishi bilan o‘zgarib turmaydi. Temir asosan jigarda to‘planadi, u yerda ferrin bilan bog‘lanadi va suyak ko‘migida gemoglobin strukturasiga birikadi.
So‘rilmagan temir axlat bilan chiqariladi. Organizmdan me’da-ichak yo‘llari va teri epiteliysining po‘stloqlanayotgan hujayralari bilan, shuningdek ter, safro va siydik bilan ajratiladigan temir miqdori sutkada 1 mg ni tashkil etadi. Ayollarda shuningdek hayz qoni bilan temirni yo‘qotilishini e’tiborga olish lozim.


Farmakoterapevtik guruh

Antianemik preparatlar, temir preparatlari, uch bosqichli temirning og'iz preparatlari

Nojo'ya samaralari

Asosiy tadqiqotlarda quyidagi nojo‘ya reaksiyalar kuzatilgan.

Noxush reaksiyalarni rivojlanish tez-tezligi quyidagi shaklda aniqlanadi: juda tez-tez (≥1/10), tez-tez (≥1/100 va <1/10), tez-tez emas (≥1/1000 va <1/100), kam hollarda (≥1/10000 va <1/1000), juda kam hollarda (<1/10000) yoki tez-tezligi noma’lum (ma’lum bo‘lgan ma’lumotlarga asosan baholab bo‘lmaydi).


Keng tarqalgan nojo‘ya reaksiyalardan me’da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar kuzatilgan (ahlat rangini o‘zgarishi, ko‘ngil aynishi, qabziyat, diareya va qorinda og‘riq.


Nerv tizimi tomonidan buzilishlar

Tez-tez emas: bosh og‘rig‘i.

Me’da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar

Tez-tez: qorin sohasida diskomfort, qabziyat, diareya, qusish, ko‘ngil aynishi, jig‘ildon qaynashi, ahlat rangini o‘zgarishi.

Tez-tez emas: gastrit

Kam hollarda: tish rangini o‘zgarishi.

Tez-tezligi noma’lum: qorinda og‘riq.

Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan buzilishlar

Tez-tez emas eritema

Kam hollarda: yuqori sezuvchanlik teri reaksiyalari, masalan, ekzantema, toshma, eshakemi.

Tez-tezligi noma’lum: anafilaktik reaksiyalar.

Skelet-mushak va biriktiruvchi to‘qimalar tomonidan buzilishlar

Kam hollarda: mushak tirishishlari, mialgiya


Qo'llanilishi

Latent (yashirish) temir tanqisligini davolashda.
Temir tanqisligi anemiyasini (manifest temir tanqisligini) davolashda. Homiladorlik vaqtida temir tanqisligini oldini olishda qo‘llanadi.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

-        Таъсир этувчи моддага ёки препаратнинг бирор-бир компонентига юқори шахсий сезувчанлик;

-        темирнинг ортиқчалиги (масалан, гемохроматоз, гемосидероз) ва темирни утилизация қилинишини бузилиши (масалан, анемия, қўрғошин билан интоксикацияда анемия, сидеро-ахрестик анемия, талассемия);

-        темир танқислигидан келиб чиқмайдиган анемия (масалан, гемолитик анемия, B12 витамини танқислиги муносабати билан мегалобластли анемия);

 

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Temir kompleks birikma tarkibiga kirganligi tufayli, oziq-ovqat komponentlari (fitin, oksalatlar, tanin) va dori preparatlari (tetratsiklinlar, antatsidlar) bilan ionli o‘zaro ta’siri ehtimoli kam. 

Preparat yashirin qon borligi yuzasidan o‘tkazilgan tahlil (gemoglobinga selektiv test o‘tkazish) natijalariga ta’sir ko‘rsatmaydi, shuning uchun tahlilni o‘tkazish uchun davolashni to‘xtatish zarurati yo‘q.

Temirning parenteral va boshqa peroral dori shakllari bilan birga qo‘llashdan saqlanish lozim, chunki bu ichga qabul qilinayotgan temirni so‘rilishini sezilarli darajada pasayishiga olib kelishi mumkin.

Ta'rifi

Oq-qo‘ng‘ir rangli marmarsimon, dumaloq, chetlari kesilgan yassi tabletkalar.

Dozirovkasi

Preparat ichga qabul qilinadi. Ovqatlanish vaqtida yoki undan keyin darhol qabul qilinadi. Tabletkani chaynash yoki butun holda yutish mumkin. Sutkalik dozani bir martada yoki bir necha qabul qilishga bo‘lib qo‘llash mumkin.
Preparatning dozasi va qabul qilish davomiyligi temir tanqisligi darajasiga bog‘liq.

 12 yoshdan katta bolalar, kattalar, emizikli onalar
Manifestli temir tanqisligi
Odatda sutkada 1–3 chaynaladigan tabletkalar qabul qilinadi. Davolash gemoglobin darajasi se’yoriga kelishiga qadar 3–5 oy mobaynida davom etadi.
Bundan keyin preparatni organizmda temir zahiralarini to‘ldirish uchun yana bir necha hafta davomida buyuriladi.
Sutkada 1 ta chaynaladigan tabletka qabul qilinadi. Davolash 1–2 oy mobaynida davom etadi.

 Homilador ayollar
Manifestli temir tanqisligi
Gemoglobin darajasi normaga kelishiga qadar sutkada 2–3 chaynaladigan tabletkalar qabul qilinadi. Bundan keyin organizmda temir zahiralarini to‘ldirish uchun sutkada 1 chaynaladigan tabletka, kamida homiladorlikni oxiriga qadar buyuriladi.
Latent temir tanqisligi va temir tanqisligini oldini olish
Sutkada 1 chaynaladigan tabletka qabul qilinadi.

Dozani oshirib yuborilishi

Polimaltoza bilan kompleks birikmasida temirni nazorat qilinuvchi so‘rilishi va past darajada toksikligi tufayli preparatni qabul qilishda temir miqdori oshib ketishi yoki intoksikatsiya kuzatilmagan va preparat dozasi oshirib yuborilganida uning ehtimoli kam. Dozani tasodifiy oshirib yuborilishi bilan bog‘liq o‘lim bilan yakunlanuvchi hollar qayd etilmagan.

Homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llanishi

Hayvonlarda o‘tkazilgan tajribalar natijasida olingan va homiladorlikning birinchi uch oyligida preparat qabul qilinganida xavf mavjudligi haqida fikr yuritishga imkon beradigan dalillar yo‘q, hamda homilaga salbiy ta’sir ko‘rsatilishi ehtimoli kam. Homiladorlikning ikkinchi va uchinchi uch oyligida preparatni qo‘llash yuzasidan o‘tkazilgan nazorat ostidagi tadqiqotlar davomida ona va (yoki) homila organizmiga salbiy ta’sir kuzatilmagan.

Normal holda ko‘krak suti laktoferrin bilan bog‘langan temirni saqlaydi. Temir [III] gidroksidi va polimaltoza kompleks birikmasidan temirning qancha miqdori ko‘krak sutiga o‘tishi noma’lum, emizikli bolada nojo‘ya ta’sirlar paydo bo‘lishi ehtimoli kam.

Homilador va emizikli ayollar preparatni faqat shifokor bilan maslahatlashganidan keyin qabul qilishlari lozim.

Ehtiyot choralari

Preparat qabul qilinganida ahlat to‘q rangga bo‘yalishi mumkin, bu klinik jihatdan hech qanday ahamiyatga ega emas.
Infeksiyalar yoki o‘smalar anemiyani keltirib chiqarishi mumkin. Temirni organizm tomonidan faqat asosiy kasallik davolanganidan keyin ishlatila boshlanishi tufayli, xavf va foyda nisbatini baholash talab qilinadi.
Chaynaladigan tabletkalar kichik dozalarni buyurilish zarurati munosabati bilan 12 yoshdan kichik bolalar uchun mo‘ljallanmagan. Tabletkalar o‘rniga Ferrum Lek siropidan foydalaniladi.
Qandli diabeti bo‘lgan patsiyentlar uchun ma’lumot: bir tabletka 0,04 non birligini saqlaydi.
Preparat har bir tabletkada 1,5 mg miqdorda aspartam (Ye 951, fenilalanin o‘tmishdoshi) saqlaydi. Modda fenilketonuriyali patsiyentlarga zararli ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Yaroqlilik muddati (oy)

5 yil. Paketda ko'rsatilgan amal qilish muddati tugagandan so'ng foydalanmang.

Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. FERRUM LEK tabletkalari 100mg N30 preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing

FERRUM LEK tabletkalari 100mg N30 xususiyatlari

FERRUM LEK tabletkalari 100mg N30 narxlari va Toshkentdagi dorixonalardagi mavjudligi

Vaksina Med №31
Shayxontoxur tumani, Ko'kcha Darboza ko'ch., 7 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:30-23:30
68 900 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №20
Mirzo Ulug'bek tumani, TTZ 2 daha, Gulsanam ko'ch., 12A uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 09:00-22:00
68 900 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №8
Chilonzor tumani, Cho'ponota ko'ch., 1A uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 09:00-18:00
68 900 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №5
Yashnobod tumani, Birlashgan ko'ch., 53 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-00:00
68 900 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №28
Yashnobod tumani, Birlashgan ko'ch., 51 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:30-23:30
68 900 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №24
Yakkasaroy tumani, Qushbegi massiv, 3 uy, 72 xonadon
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:30-23:30
68 900 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №10
Mirzo Ulug'bek tumani, Feruza ko'ch., 15 uy, 12-xonadon
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-23:30
68 900 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №23
Mirzo Ulug'bek tumani, Feruza ko'ch., 1 uy, 36 xonadon
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:30-23:30
68 900 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №26
Chilonzor tumani, Muqumiy ko'ch., 4 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:30-23:30
68 900 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №21
Chilonzor tumani, 2 mavze, 1 uy, 2 xonadon
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:30-23:30
68 900 so'm
Bron qilish

FERRUM LEK tabletkalari 100mg N30 haqida savollar

FERRUM LEK tabletkalari 100mg N30 haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Ishlab chiqaruvchining dorilari

FERRUM LEK tabletkalari 100mg N30
Retseptli
FERRUM LEK tabletkalari 100mg N30
Sloveniya
Ishlab chiqaruvchi:
Lek Pharmaceuticals d.d.
Narxi
35 000 so'm dan
NIFEKARD XL tabletkalari 30mg N30
Retseptli
NIFEKARD XL tabletkalari 30mg N30
Sloveniya
Ishlab chiqaruvchi:
Lek Pharmaceuticals d.d.
•25 ta dorixonada bor
Narxi
49 000 so'm dan

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil