Ташкент
logo
SavatKirish

NIFEKARD XL tabletkalari 30mg N30

Retseptli
Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:Sloveniya
Kategoriya:Yurak-qon tomir
Faol modda:Nifedipin
Ishlab chiqaruvchi:Lek Pharmaceuticals d.d.
ATX kodi:C08CA05
Barcha Nifekard dorilari
14 ta dorixonada bor
Narxi 43 500 so'm dan
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 14 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

NIFEKARD XL tabletkalari 30mg N30 o'xshash dorilari

ROKSERA tabletkalari 30mg N30
Retseptli
ROKSERA tabletkalari 30mg N30
Sloveniya
Vakil:
KRKA
Ishlab chiqaruvchi:
KRKA d.d.
•102 ta dorixonada bor
Narxi
121 900 so'm dan
AMLOMAKS tabletkalari 5mg N30
AMLOMAKS tabletkalari 5mg N30
Polsha
Ishlab chiqaruvchi:
Adamed Pharma S.A. Pieńków, ul. Mariana Adamkiewicza 6A, 05-152 Czosnów, Polsha/Polsha
Narxi
28 000 so'm dan
KARDEL tabletkalari 40 mg N30
KARDEL tabletkalari 40 mg N30
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Isshaan Healthcare Pvt Ltd.
•2 ta dorixonada bor
Narxi
44 100 so'm dan
TELMISTA tabletkalari 40mg N28
Retseptli
TELMISTA tabletkalari 40mg N28
Sloveniya
Vakil:
KRKA
Ishlab chiqaruvchi:
Krka d.d.
•104 ta dorixonada bor
Narxi
43 600 so'm dan

NIFEKARD XL tabletkalari 30mg N30 qo'llanmasi

Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Tarkibi

Ajralib chiqishi nazoratlangan, plyonka qobiq bilan qoplangan har bir tabletka 30 mg yoki 60 mg nifedipin saqlaydi.
Yordamchi moddalar
Yadrosi: povidon, natriy laurilsulfati, gipromelloza, Ludipress® (laktoza monogidrati, povidon va krospovidon aralashmasi), talk, magniy stearati.
Qobig‘i: gipromelloza ftalati, trietilsitrat, gipromelloza, gidroksipropilsellyuloza, polietilenglikol 400, talk, titan dioksidi (E171), temir (II) oksidi (E172).

Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli

10 tabletkadan blisterda. 2 yoki 3 blisterdan qo‘llanilishiga doir yo‘riqnomasi bilan karton qutida.

Farmakodinamikasi

Нифедипин – блокатор кальциевых каналов 1,4-дигидропиридинового типа. Он замедляет транспорт ионов кальция в клетки через кальциевые каналы. Нифедипин ан аввало оказывает действие на гладкую мускулатуру коронарных артерий и периферических сосудов, в результате чего сосуды расширяются. Нифедипин в терапевтических дозах практически не оказывает прямого действия на миокард.

Проходя тонус гладкой мускулатуры, нифедипин в основном расширяет крупные коронарные артерии, вследствие чего улучшается кровообращение в сердце. Периферическое сопротивление и артериальное давление снижаются.


Davolashni boshida yurak qisqarishlari sonini va yurakdan otilib chiqayotgan qon xajmini reflektor oshishi kuzatiladi. Ammo bu oshish qon-tomirlarni kengayishini kompensatsiya qilish uchun yetarli emas. Uzoq vaqt davolaganda yurakdan otilib chiqayotgan qon xajmini dastlabki oshishi dastlabki ko‘rsatkichga asta-sekin qaytadi.


Bolalar va o‘smirlar


Nifedipinning turli dori shakllarida va dozalarda o‘tkir va surunkali arterial gipertenziyani davolaganda boshqa antigipertenziv preparatlarga nisbatan samaradorligi haqidagi ma’lumot cheklangan. Nifedipinning antigipertenziv samarasi isbotlangan, ammo dozalash bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilmagan, uzoq muddatli xavfsizlik va yurak-qon tomir tizimiga ta’siri esa tekshirilmagan. Bolalar uchun dori shakllari mavjud emas.

Farmakokinetikasi

Nifedipin ichga qabul qilingandan keyin tez va deyarli to‘liq (> 90 %) so‘riladi. Biokiraolishligi taxminan 86% ni tashkil qiladi.


Faol moddani ajralib chiqishini uzaytirilganligi tufayli, Nifekard XL birinchi doza qabul qilingandan keyin taxminan 6 soatdan keyin platoga erishib nifedipinning plazmadagi konsentratsiyasini asta-sekin va nazoratlangan oshishini ta’minlaydi. 24 soat interval bilan keyingi dozalarni qabul qilgandan keyin plazmadagi konsentratsiya minimal o‘zgarishlar bilan plato darajada tutib turadi.


Nifedipin plazmadagi oqsillar bilan bog‘lanishi konsentratsiyaga bog‘liq va 92–98 % chegarasida o‘zgaradi. Buyrak yoki jigar funksiyasini buzilishi bo‘lgan patsiyentlarda oqsillar bilan bog‘lanishi kamayishi mumkin.


Nifedipin jigarda ahamiyatli darajada metabolizmga uchraydi. Metabolitlari nofaol va suvda yaxshi eruvchan. Dozaning 60% dan 80% gacha siydik bilan chiqariladi. Siydikda o‘zgarmagan nifedipin faqat juda kam miqdorda aniqlanadi. Nifedipinning qolgan qismi metabolitlari ko‘rinishida, ehtimol safro bilan chiqarilishi natijasida axlat bilan chiqariladi. Shuning uchun buyrak funksiyasini buzilishi darajasi nifedipinning farmakokinetikasiga ahamiyatsiz ta’sir ko‘rsatadi.


Jigar va buyrakning normal funksiyasida nifedipinning qon plazmasida yarim chiqarilish davri 2 dan 5 soatgachani tashkil qiladi.


Nifedipinning katta qismi siydik bilan chiqariladi.


Nifedipin gemodializ va gemosorbsiya yordamida deyarli chiqarilmaydi.


Buyrak funksiyasini buzilishi


Farmakokinetikasi farq qilmaydi. Shunday qilib, buyrak funksiyasini buzilishida preparatning dozasiga tuzatish kiritish talab etilmaydi.


Jigar funksiyasini buzilishi


Preparatning yarim chiqarilish davri ahamiyatli darajada oshadi, umumiy klirensi esa pasayadi. Jigar sirrozi bo‘lgan patsiyentlarda yarim chiqarilish davrini 7 soatgacha uzayishi haqida xabar berilgan.

Dori shakli

10 tabletkadan blisterda. 2 yoki 3 blisterdan qo‘llanilishiga doir yo‘riqnomasi bilan karton qutida.

Nojo'ya samaralari

Tarkibida nifedipin bo‘lgan preparatga noxush reaksiyalarni yuzaga kelishi tez-tezligi quyidagi jadvalda ko‘rsatilgan. Noxush reaksiyalarning har bir tez-tezlik toifasida ularni og‘irlik darajasini kamayishi tartibida keltirilgan.

Yuzaga kelish tez-tezligi bo‘yicha noxush reaksiyalar quyidagicha taqsimlangan: juda tez-tez (≥ 1/10), tez-tez (≥ 1/100 va < 1/10), tez-tez emas (≥ 1/1000 va < 1/100), kam xollarda (≥ 1/10 000 va < 1/1000), juda kam xollarda (< 1/10 000), tez-tezligi noma’lum (mavjud ma’lumotlar asosila aniqlab bo‘lmaydi.


A’zolar tizimi sinfi (MedDRA bo‘yicha) Juda tez-tez Tez-tez Tez-tez emas Kam xollarda Juda kam xollarda Tez-tezligi noma’lum

Qon va limfatik tizim tomonidan buzilishlar Leykopeniya Anemiya Trombotsitopeniya Trombotsitopenik purpura  

Agranulotsitoz

Immun tizimi tomonidan buzilishlar Allergik reaksiya Allergik shish/ angionevrotik shish Eshakemi Anafilaktik/ anafilaktoid reaksiyalar

(shu jumladan hiqildoq shishi1)

Qichishish

Ekzantema

Moddalar almashinuvi va oziqlanish tomonidan buzilishlar Giperglikemiya  

Ruhiy buzilishlar Xavotirlik buzilishlar  

Uyquni buzilishi

Nerv tizimi tomonidan buzilishlar Bosh og‘rig‘i Bosh aylanishi Migren Gipesteziya

Vestibulyar bosh aylanishi Tremor

Xolsizlik Par-/dizesteziya

  Uyquchanlik/toliqish

  Asabiylik

Ko‘rish a’zosi tomonidan buzilishlar Ko‘rishni buzilishi Ko‘zlarda og‘riq

Yurak tomonidan buzilishlar Palpitatsiya Taxikardiya Miokard infarkti2  

Ko‘krak qafasida og‘riq (stenokardiya2)

Qon-tomirlar tomonidan buzilishlar Shish (shu jumladan periferik) Vazodilatatsiya (masalan oqib kelishlar) Arterial gipotenziya  

Sinkopa

Nafas tizimi, ko‘krak qafasi va ko‘ks oralig‘i a’zolari tomonidan buzilishlar Burundan qon ketishi O‘pka shishi3

Burun bitishi

Dispnoe

Me’da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar Qabziyat Me’da-ichak yo‘llarida og‘riq va qorinda og‘riq Milklar giperplaziyasi Bezoar

Ko‘ngil aynishi Dispepsiya Anoreksiya Disfagiya

  Meteorizm To‘yib ketish hissi Ichak tutilishi

  Og‘izni qurishi Kekirish Ichak yarasi

  Qusish

  Ezofagit

Jigar va o‘t chiqarish yo‘llari tomonidan buzilishlar Jigar fermentlari darajasini vaqtincha oshishi Sariqlik  

Teri va teri osti to‘qimari tomonidan buzilishlark Eritromelalgiya, ayniqsa  davolashni boshida Eritema Allergik fotosezuvchanlik Eksfoliativ dermatit Toksik epidermal nekroliz

Terlash Palpatsiya qilinuvchi purpura

Skelet-mushak va biriktiruvchi to‘qima tomonidan buzilishlar Mushak spazmlari  

Bo‘g‘imlarni shishi Artralgiya

Mialgiya  

Buyrak va siydik chiqarish yo‘llari tomonidan buzilishlar Poliuriya  

Dizuriya

Buyrak yetishmovchiligida buyrak funksiyasi vaqtincha yomonlashishi mumkin

Jinsiy a’zolar va sut bezlari tomonidan buzilishlar Erektil disfunksiya Nifedipin bekor qilingandan keyin qaytuvchan ginekomastiya  

Umumiy buzilishlar va yuborish joyidagi reaksiyalar O‘zini yomon his qilish Nospetsifik og‘riq  

Qaltirash

1 xayotga xavf soluvchi xolatga olib kelishi mumkin.

2 kam xollarda, ayniqsa davolashni boshida stenokardiya xurujlari yuzaga kelishi yoki stenokardiya xurujlari tez-tezligi va davomiyligi oshishi, shuningdek uning og‘irlik darajasi oshishi mumkin.

Miokard infarktining yakka xolatlari haqida xabar berilgan.

3 Xolatlar preparatni homiladorlik vaqtida tokolitik vosita sifatida qo‘llanilganda kuzatilgan 

Dializda bo‘lgan xavfli gipertenziya va gipovelemiya bo‘lgan patsiyentlarda qon-tomirlarni kengayishi oqibatida AB ni ahamiyatli pasayishi kuzatilishi mumkin.

Noxush reaksiyalar haqida xabar berish

“Foyda-xavf” nisbatini uzluksiz monitoringini ta’minlash maqsadida dori preparatini ro‘yxatdan o‘tkazilgandan keyin gumon qilinayotgan noxush reaksiyalar haqida xabar berish muhim.

Tibbiyot xodimdariga dori preparatining har qanday gumon qilinayotgan noxush reaksiyalari haqida, noxush reaksiyalar haqida xabar berishning milliy tizimi orqali xabar berishlari tavsiya etiladi.

Qo'llanilishi

Essensial (birlamchi) arterial gipertenziyani davolashda qo‘llanadi.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

• Faol moddaga (va digidropiridinlar guruhiga mansub boshqa preparatlarga) yoki preparatning boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlik;


• Yurak-qon tomir yetishmovchiligi (shok);


• Gemodinamikaning beqaror ko‘rsatkichlari;


• Yaqqol aortal stenoz;


• nostabil stenokardiya;


• yaqinda o‘tkazilgan (bir oygacha) o‘tkir miokard infarkti;


• Nifekard XL ajralib chiqishi nazoratlangan tabletkalarni rifampitsin bilan birga buyurish mumkin emas, chunki u ferment induktori bo‘lib hisoblanadi, buning natijadasi qon plazmasida nifedipinning konsentratsiyasi terapevtik darajaga erishmaydi (“Boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta’siri va o‘zaro ta’sirning boshqa turlari” bo‘limiga qarang);


• 20 xaftalikkacha bo‘lgan homiladorlik va emizish davri (“Fertillik, homiladorlik va emizish davri” bo‘limiga qarang);


• Kok bo‘yicha rezervuar ileostoma va proktektomiyadan keyingi patsiyentlarga preparatni buyurish mumkin emas;


• 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.


Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Nifedipinga ta’sir ko‘rsatuvchi dori vositalari

Nifedipinning metabolizmi CYP3A4 izofermenti yordamida jigarda va ichakning shilliq qavatida amalga oshadi. Ushbu fermentni ingibitsiya qiluvchi yoki induksiya qiluvchi moddalar bilan birga qabul qilish, jigar orqali birinchi o‘tishda (peroral qabul qilinganda) nifedipinning metabolizmiga yoki uning klirensiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

CYP3A4 ni ingibitsiya qiluvchi dori vositalari

Ushbu izofermentning kuchsiz yoki o‘rtacha ingibitorlari bo‘lib hisoblangan quyida sanab o‘tilgan ta’sir etuvchi moddalar bilan nifedipinni birga qo‘llaganda plazmada nifedipinning konsentratsiyasi oshishi mumkin:

- makrolid antibiotiklar (masalan eritromitsin), CYP3A4 ni ingibitsiya qilmaydigan azitromitsindan tashqari;

- OITV proteaza ingibitorlari (masalan ritonavir);

- azol zamburug‘larga qarshi preparatlar (masalan ketokonazol);

- fluoksetin;

- nefazodon;

- xinupristin va dalfopristin majmuasi;

- valproat kislotasi;

- simetidin;

- tritsiklik antidepressantlar, vazodilatatorlar;

- sizaprid.

Ularni nifedipin bilan birga qo‘llaganda AB ni nazorat qilish va zarurati bo‘lganida nifedipinning dozasiga tuzatish kiritish kerak.

CYP3A4 ni induksiya qiluvchi dori vositalari

Rifampitsin (CYP3A4 ning kuchli induktori)

Nifedipinning biokiraolishligi va samaradorligini ahamiyatli ravishda pasaytiradi. Nifedipinni rifampitsin bilan birga qo‘llash mumkin emas (“Qo‘llash mumkin bo‘lmagan xolatlar” bo‘limiga qarang).

Fenitoin, karbamazepin va fenobarbital kabi CYP3A4 ni induksiya qiluvchi tutqanoqqa qarshi vositalar

Fenitoinni nifedipin bilan birga qo‘llanilganda nifedipinning biokiraolishligi va samaradorligi pasayadi, shuning uchun nifedipinga klinik javob nazorat qilinadi va zarurati bo‘lganida nifedipinning dozasi oshiriladi. Agar fenitoin bilan birga qo‘llash tufayli nifedipinning dozasi oshirilsa, fenitoinni bekor qilganda zarurati bo‘lganda nifedipinning dozasi pasaytiriladi.

Nifedipinni karbamazepin va fenobarbital bilan birga qo‘llaganda nifedipinning plazmadagi konsentratsiyasini va shu tariqa uning samaradorligini pasayishi ehtimolini inkor etib bo‘lmaydi.

Nifedipinni boshqa dori vositalariga ta’siri

Antigipertenziv preparatlar

Nifedipin diuretiklar, beta-adrenoblokatorlar, AAF ingibitorlari, angiotenzin II (AT1-kichik tipi) retseptorlari antagonistlari, boshqa kalsiy kanallari blokatorlari, alfa-adrenoretseptorlar blokatorlari, FDE5 ingibitorlari, alfa-metildopa kabi antigipertenziv vositalarning gipotenziv samarasini kuchaytirishi mumkin.

Beta-adrenoblokatorlar

Nifedipin bilan birga qo‘llaganda patsiyentning xolatini sinchkovlik bilan kuzatish talab etiladi, chunki yakka xolatlarda yurak yetishmovchiligi chuqurlashishi mumkin.

Digoksin

Nifedipin digoksinning klirensini pasaytirishi va shu tariqa uning plazmadagi konsentratsiyasini oshirishi mumkin. Ehtiyotkorlik chorasi sifatida digoksin dozasini oshirib yuborilishi belgilarini paydo bo‘lishi va zarurati bo‘lganida glikozidning plazmadagi konsentratsiyasiga qarab uning dozasini pasaytirish kerak.

Teofillin

Nifedipin qonda teofillinning darajasini oshirishi mumkin.

Vinkristin

Nifedipin vinkristinni chiqarilishini kamaytiradi va shu orqali unga noxush reaksiyalarni kuchaytiradi. Vinkristin dozasini pasaytirishni ko‘rib chiqish kerak.

Sefalosporinlar

Sefalosporinlar (masalan sefiksim) va nifedipinni birga qo‘llaganda sefalosporinlarning plazmadagi konsentratsiyasi oshadi.

Xinidin

Nifedipinni xinidin bilan birga qo‘llashning ayrim xolatlarida xinidinning plazmadagi darajasini pasayishi, nifedipin bekor qilingandan keyin esa – ahamiyatli ravishda oshishi kuzatilgan. Nifedipin bilan birga qo‘llanilganda yoki uni bekor qilinganda qon plazmasida xinidinning konsentratsiyasini nazorat qilish va zarurati bo‘lganida xinidinning dozasiga tuzatish kiritish kerak. Agar nifedipin bilan davolashga xinidin qo‘shilsa, AB ni muntazam nazorat qilish kerak. Zarurati bo‘lganida nifedipinning dozasi pasaytiriladi.

Takrolimus

Takrolimus CYP3A4 izofermenti yordamida metabolizmga uchraydi. Nifedipin va takrolimusni birga qo‘llaganda plazmada takrolimusning darajasi oshishi mumkin. Takrolimusning plazmadagi konsentratsiyasini muntazam nazorat qilish va zarurati bo‘lganida uning dozasini pasaytirish kerak.

Ozuqa moddalari va ichimliklar bilan o‘zaro ta’siri

Greypfrut sharbati

Greypfrut sharbati CYP3A4 izofermentini ingibitsiya qiladi, buning natijasida nifedipinning plazmadagi konsentratsiyasi oshishi, uning ta’siri esa – uzayishi va kuchayishi mumkin. Greypfrut sharbatini muntazam qabul qilganda ushbu samara uni oxirgi marta qabul qilgandan keyin yana 3 sutka davomida saqlanib qolinishi mumkin.

Nifekard XL bilan davolash vaqtida greypfrut yoki greypfrut sharbatini iste’mol qilishdan saqlanish kerak.


O‘zaro ta’sirning boshqa turlari

Nifedipin VEJX ko‘rsatkichlariga ta’sir ko‘rsatmasdan siydikda vanililmindal kislotasining spektrofotometrik ko‘rsatkichlarini soxta oshishiga olib kelishi mumkin.

Ta'rifi

30 mg: och-jigarrang-sariqdan och-jigarrang-to‘q sariq ranggacha bo‘lgan, dumaloq shaklli, ikki tomonlama qavariq, plyonka qobiq bilan qoplangan, bir tomonida “NDP 30” yozuvi bosib tushirilgan 30 mg dan tabletkalar. Yuzasini notekisgi va marmarligiga yo‘l qo‘yiladi.

60 mg: och-jigarrang-sariqdan och-jigarrang-to‘q sariq ranggacha bo‘lgan, dumaloq shaklli, ikki tomonlama qavariq, plyonka qobiq bilan qoplangan, bir tomonida “NDP 60” yozuvi bosib tushirilgan 30 mg dan tabletkalar. Yuzasini notekisgi va marmarligiga yo‘l qo‘yiladi.

Dozirovkasi

Tavsiya etilgan doza: 1 tabletka Nifekarda XL 30 mg sutkada 1 marta (sutkada 1 marta 30 mg nifedipinga mos keladi).

Zarurati bo‘lganida dozani maksimal sutkada 1 marta Nifekard XL 60 mg 1 tabletkagacha yoki sutkada 1 marta Nifekard XL 30 mg 2 tabletkagacha oshirish mumkin (sutkada 1 marta 60 mg nifedpinga mos keladi).

CYP3A4 ni ingibitsiya qiluvchi yoki induksiya qiluvchi dori vositalari bilan birga qo‘llash nifedipinning dozasiga tuzatish kiritishni yoki uni umuman bekor qilishni talab etishi mumkin (“Boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta’siri va o‘zaro ta’sirning boshqa turlari” bo‘limiga qarang).


Patsiyentlarning alohida guruhlari

Bolalar va o‘smirlar: preparat bolalar va 18 yoshdan kichik bo‘lgan o‘smirlarni davolash uchun tavsiya etilmaydi.

Keksa patsiyentlar (> 65 yosh): dozaga tuzatish kiritish talab etilmaydi.


Qo‘llash usuli 


Ovqat qabul qilishdan qat’iy nazar, yetarli miqdordagi suyuqlik (masalan bir stakan suv) bilan qabul qilinsin, sutkaning bir vaqtida qabul qilgan afzal.

Ushbu tabletkalarni chaynash yoki sindirish mumkin emas. Preparatni greypfrut sharbati bilan qabul qilish mumkin emas. Qabul qilish davomiyligini davolovchi shifokor belgilaydi.


Dozani qabul qilish o‘tkazib yuborilganda uni iloji boricha tezroq qabul qiling. Keyinchalik preparatni odatdagi qabul qilish vaqtida qabul qiling. So‘ngi va keyingi dozani qabul qilish orasida kamida 12 soat vaqti o‘tishi kerak. O‘tkazib yuborilgan dozani o‘rnini to‘ldirish uchun dozani ikki marta qabul qilmang. Agar Sizga gumonlar bo‘lsa, shifokor bilan maslahatlashing.

Dozani oshirib yuborilishi

Nifedipin bilan og‘ir intoksikatsiyada quyidagi simptomlar kuzatilishi mumkin: arterial bosimni pasayishi, xatto komagacha ongni buzilishi, taxikardiya yoki bradikardiya tipi bo‘yicha yurak ritmini buzilishi, giperglikemiya, metabolik atsidoz, gipoksiya, o‘pka shishi bilan kechuvchi kardiogen shok.

Intoksikatsiyani davolashning asosiy vazifasi bo‘lib ta’sir etuvchi moddani chiqarib yuborish va gemodinamikani barqarorlashishiga erishish hisoblanadi.

Me’dani sinchkovlik bilan yuvish, zarurati bo‘lganida ingichka ichakni yuvish bilan majmuada ko‘rsatilgan. Surgi vositalarini qo‘llaganda, kalsiy kanallari blokatorlarini qo‘llaganda hatto ichak atoniyasigacha ichak mushaklarini bostirilishi kuzatiladi.

Nifedipin gemodializda chiqarilmaydi, shuning uchun gemodializ samarasiz, ammo plazmaferezni qo‘llash tavsiya etiladi.

Bradikardiya tipidagi yurak ritmini buzilishlarini artopin va (yoki) beta-simpatomimetiklar yordamida simptomatik davolanadi; xayotga xavf soluvchi bradikardiya xolatlari vaqtincha kardiostimulyator o‘rnatishni talab etadi.

Kardiogen shok va arterial vazodilatatsiyada arterial gipotenziyani kalsiy preparatlari bilan davolanadi (10-20 ml 10% li kalsiy glyukonati eritmasi vena ichiga sekin yuboriladi, zarurati bo‘lganida takroran yuborish mumkin). Agar kalsiy preparatini qo‘llaganda AB ni zarur oshishiga erishilmasa, qo‘shimcha dopamin (minutiga 1 kg tana vazniga 25 mkg gacha), dobutamin (minutiga 1 kg tana vazniga 15 mkg gacha) yoki noradrenalin, epinefrin yoki norepinefrin kabi qon-tomirlarni toraytiruvchi simpatomimetiklar buyuriladi. Ushbu dori vositalarining dozalari faqat erishilgan samaraga qarab belgilanadi.

Yurakka yuklamani oshishi xavfi tufayli, qo‘shimcha suyuqlik yoki xajm to‘ldiruvchi eritmalarni ehtiyotkorlik bilan va gemodinamika nazorati ostida yuborish kerak.

Bolalar uchun qo'llanilishi

Nifedipinning turli dori shakllarida va dozalarda o‘tkir va surunkali arterial gipertenziyani davolaganda boshqa antigipertenziv preparatlarga nisbatan samaradorligi haqidagi ma’lumot cheklangan. Nifedipinning antigipertenziv samarasi isbotlangan, ammo dozalash bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilmagan, uzoq muddatli xavfsizlik va yurak-qon tomir tizimiga ta’siri esa tekshirilmagan. Bolalar uchun dori shakllari mavjud emas.

Homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llanishi

Fertillik, homiladorlik va emizish davri

Fertillik

Ekstrakorporal urug‘lantirishning takroriy muvaffaqiyatsizliklarida va boshqa sabablar bo‘lmaganida Nifekard XL ni qabul qilish buning sababi bo‘lishi mumkin, chunki kalsiy kanallari blokatorlari (shu jumladan nifedipin) spermatozoidlarning boshchasida qaytuvchan biokimyoviy o‘zgarishlarni chaqirib, ularning funksiyasini izdan chiqaradi.


Homiladorlik

Nifekard XL ni homiladorlikning 20-xaftasigacha qo‘llash mumkin emas.

Nifekard XL ni patsiyentning klinik xolati sababli ushbu preparatni qo‘llash zarur bo‘lgan xolatlardan tashqari, homiladorlik vaqtida qo‘llash mumkin emas. Nifekard XL ni faqat standart davolash samarasiz bo‘lganida og‘ir darajadagi arterial gipertenziyasi bo‘lgan ayollarga buyurish kerak.

Mavjud ma’lumotlar asosida preparatni homila yoki yangi tug‘ilgan chaqaloqqa salbiy ta’sirini inkor etib bo‘lmaydi.

Homiladorlik vaqtida tokolitik vosita sifatida qo‘llanilganda o‘tkir o‘pka shishi kuzatilgan, ayniqsa preparatni vena ichiga yuborilganda va (yoki) beta2-adrenoretseptor agonistlarini yondosh qo‘llaganda ko‘p homiladorlikda.


Emizish davri

Nifekard XL ni emizish davrida qo‘llash mumkin emas (“Qo‘llash mumkin bo‘lmagan xolatlar” bo‘limiga qarang). Nifedipin ko‘krak sutiga kiradi. Nifedipinning ko‘krak sutidagi konsentratsiyasi onaning qon plazmasidagi bilan deyarli bir xil.

Jigar faoliyati buzilganida

Jigar funksiyasini yengil, o‘rtacha yoki og‘ir darajada buzilishi bo‘lgan patsiyentlarda sinchkov kuzatuv va dozani pasaytirish talab etilishi mumkin. Jigar funksiyasini og‘ir darajada buzilishi bo‘lgan patsiyentlarda nifedipinning farmakokinetikasi o‘rganilmagan. Odatda boshlang‘ich va samarani bir maromda ushlab turuvchi doza bo‘lib sutkada 1 marta Nifekard XL 30 mg 1 tabletka hisoblanadi (sutkada 1 marta 30 mg nifedipinga mos keladi).

Buyrak faoliyati buzilganida

Dozaga tuzatish kiritish talab etilmaydi.

NIFEKARD XL tabletkalari 30mg N30 boshqa chiqarish shakllari

NIFEKARD XL tabletkalari 30mg N30 analoglari

KORINFAR 0,01 tabletkalari N100
KORINFAR 0,01 tabletkalari N100
Xorvatiya
Ishlab chiqaruvchi:
Pliva Xrvatska d.o.o
KORINFAR RETARD 0,02 tabletkalari N50
Retseptli
KORINFAR RETARD 0,02 tabletkalari N50
Xorvatiya
Ishlab chiqaruvchi:
Pliva Xrvatska d.o.o
KORINFAR 0,01 tabletkalari N50
KORINFAR 0,01 tabletkalari N50
Xorvatiya
Ishlab chiqaruvchi:
Pliva Xrvatska d.o.o
KORINFAR RETARD 0,02 tabletkalari N30
Retseptli
KORINFAR RETARD 0,02 tabletkalari N30
Xorvatiya
Ishlab chiqaruvchi:
Pliva Xrvatska d.o.o
KORDIPIN XL 0,04 tabletkalari N20
KORDIPIN XL 0,04 tabletkalari N20
Sloveniya
Ishlab chiqaruvchi:
Arena Farmasyutikals GmbX/KRKA, d.d., Novo mesto AO
KORDIPIN RETARD 0,02 tabletkalari N30
Retseptli
KORDIPIN RETARD 0,02 tabletkalari N30
Sloveniya
Ishlab chiqaruvchi:
KRKA, d.d., Novo mesto, AO
NIFEDIPIN 0,01 tabletkalari N50
NIFEDIPIN 0,01 tabletkalari N50
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
OOO «Ozon»
KORDAFLEKS 0,01 tabletkalari N100
KORDAFLEKS 0,01 tabletkalari N100
Vengriya
Ishlab chiqaruvchi:
Egis Farmasevticheskiy zavod OAO
KORDAFLEKS 0,02 tabletkalari N60
KORDAFLEKS 0,02 tabletkalari N60
Vengriya
Ishlab chiqaruvchi:
Egis Farmasevticheskiy zavod OAO
KORDAFLEKS RD 0,04 tabletkalari N30
KORDAFLEKS RD 0,04 tabletkalari N30
Shveytsariya/Vengriya
Ishlab chiqaruvchi:
Arena Farmasyutikals GmbX/Egis farmasevticheskiy zavod ZAO

NIFEKARD XL tabletkalari 30mg N30 savollari

NIFEKARD XL tabletkalari 30mg N30 fikr-mulohazalari

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil