Apteka.uz
SavatKirish

Koldreks

Koldreks chiqarilish shakllari

Koldrex HotRem Limon kukun N5
Koldrex HotRem Limon kukun N5
Ispaniya
Ishlab chiqaruvchi:
SmitKlyayn Bichem S.A.
KOLDREKS tabletkalari N12
Retseptsiz
KOLDREKS tabletkalari N12
Ruminiya
Ishlab chiqaruvchi:
GlaxoSmithKline Consumer Healthcare, Velikobritaniya proizvedeno: S.C. Europharm S.A.
KOLDREKS XOTREM eritma 5g N10
Retseptsiz
KOLDREKS XOTREM eritma 5g N10
Ispaniya
Ishlab chiqaruvchi:
GlaxoSmithKline Consumer Healthcare, Velikobritaniya proizvedeno: SmithKline Beecham SA
Koldreks Xotrem
Retseptsiz
Koldreks Xotrem
Ispaniya
Ishlab chiqaruvchi:
GlaxoSmithKline Sonsumer Healthcare (UK) Trading Limited, Velikobritaniya proizvedeno: SmithKline Beecham S.A.
- Koldreks qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- Koldreksning tarkibi
- Koldreks ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- Koldreks narxi Toshkent dorixonalarida

Koldreks haqida qo'llanma

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

anamnezida paratsetamol, fenilefrin, askorbin kislotasi yoki yordamchi moddalarga nisbatan yuqori sezuvchanlik;

  • odatda depressiyani davolash uchun ishlatiladigan monoaminoksidaza (MAO) ingibitorlarini oxirgi ikki xafta davomida qabul qilayotgan yoki qabul qilgan patsiyentlar;
  • feoxromotsitoma;
  • yopiq burchakli glaukoma;
  • og‘ir darajadagi jigar yoki buyrak yetishmovchiligi;
  • gipertoniya;
  • gipertireoidizm
  • qandli diabet;
  • yurak kasalliklari bo‘lgan patsiyentlar;
  • tritsiklik antidepressantlar yoki beta-blokatorlarni qabul qilayotgan patsiyentlarga qo‘llash mumkin emas.
  • Boshqa simpatomimetik dekongestantlar bilan bir vaqtda qabul qilinmasin.


  • Farmakologik ta'siri

    Paratsetamol — og‘riq qoldiruvchi va isitmani tushiruvchi vosita. Uning ta'sir mexanizmi, taxmin qilinganidek, eng avvalo markaziy nerv tizimidagi prostaglandinlar sintezini ingibitsiya qilishni o‘z ichiga oladi. Prostaglandinlarning periferik ingibitsiya qilinishini yo‘qligi tufayli anamnezida me'da-ichakdan qon ketishi bo‘lgan patsiyentlar uchun yoki keksa yoshdagi patsiyentlarga to‘g‘ri keladi.


    Fenilefrin gidroxloridi asosan alьfa-adrenoretseptorlarga ta'sir qiladigan simpatomimetik hisoblanadi. Fenilefrin gidroxloridi burun shilliq qavatining shishini kamaytiradi.


    Askorbin kislotasi (S vitamini) odatda shamollashga qarshi komponentlar majmuasiga kirib, virusli, jumladan shamollash kasalliklarning boshlanish davrida sodir bo‘ladigan yo‘qotilgan S vitamini o‘rnini to‘ldiradi.

    Homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llanishi

    agar Siz homilador bo‘lsangiz, homilador bo‘lishga harakat qilayotgan bo‘lsangiz yoki bola emizayotgan bo‘lsangiz bu dori vositasini shifokor bilan maslahatlashmasdan qo‘llash kerak emas. Fenilefrin ko‘krak suti bilan ajralishi mumkin.

    Dozani oshirib yuborilishi

    Agar Siz tavsiya etilganiga nisbatan preparatning yuqori miqdorini qabul qilgan bo‘lsangiz, jigar yetishmovchiligi xavfi tufayli, hatto agar Sizda hech qanday simptomlar bo‘lmasa ham shifokorga darhol murojaat qiling. Paratsetamol Simptomlar: paratsetamolni dozasini oshirib yuborilishi jigar yetishmovchiligini chaqirishi mumkin, bu jigar transplantatsiyasiga va o‘lim bilan yakunlanishiga olib kelishi mumkin. Davolash: doza oshirib yuborlishiga gumon bo‘lganda, hatto agar simptomlar bo‘lmasa ham tez tibbiy yordamga darhol murojaat qilish kerak. N-atsetiltsistein yoki metioninni qo‘llash mumkin. Fenilefrin Simptomlar: fenilefrinni dozasi oshirib yuborilishi “Nojo‘ya ta'sirlari” bo‘limida ta'riflangani bilan o‘xshashdir. Bu simptomlardan tashqari, fenilefrinni dozasi oshirib yuborilishi ta'sirchanlikni, xavotirlikni, arterial bosimni oshishini va oqibati sifatida reflektor bradikardiyani chaqirishi mumkin. Og‘ir hollarda ongni chalkashishi, gallyutsinatsiyalar, tirishish va aritmiyalar paydo bo‘lishi mumikn. Biroq ushbu dori shaklining miqdori, paratsetamoldan zaharlanishni chaqirishi uchun talab etilganiga nisbatan ahamiyatli darajada ko‘proq fenilefrin bilan jiddiy zaharlanishni chaqirishi mumkin. Davolash: simptomatik o‘tkaziladi. Fentolamin kabi alьfa-adrenoblokatorlarni qo‘llash yaqqol gipertenziyada talab etilishi mumkin. Askorbin kislotasi Simptomlari: askorbin kislotasining yuqori dozalari (>3000 mg) qisqa muddatli osmotik diareya va ko‘ngil aynishi va qorin sohasida nohush his kabi me'da-ichak belgilarini chaqirishi mumkin.

    Qo‘llash usuli va dozirovkasi

    Preparat faqat ichga qabul qilinadi.


    1 paket ichidagisi stakanga bo‘shatiladi, issiq suv quyiladi, erigunicha aralashtiriladi. Agar zarur bo‘lsa, sovuq suv qo‘shiladi.


    Kattalar (jumladan keksalar) va 12 yoshdan oshgan bolalar: zaruratiga qarab bitta paketdan har 4-6 soatda. 24 soat davomida 5 paketdan ortiq qabul qilinmasin. Preparatni 4 soatdan kam bo‘lmagan vaqtda qabul qilinmasin.


    12 yoshgacha bo‘lgan bolalarga tavsiya etilmaydi, shifokor tavsiyalari bo‘yicha preparatni qabul qilish hollari bundan mustasno.


    Preparatni shifokor maslahatisiz 7 kundan ortiq qo‘llash tavsiya etilmaydi.


    Agar simptomlar saqlanib qolsa, shifokorga murojaat qiling.


    Ko‘rsatilgan dozadan oshirilmasin.


    Zarur bo‘lgan samaraga erishish uchun preparatning eng kam dozasini ishlatish kerak.

    Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Koldreks preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing
    Manbalar ro‘yxati:

    Koldreks haqida savollar

    Koldreks haqida fikr-mulohazalar

    Reyting 0, 0 ta sharh asosida

    Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

    scroll-top

    Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil