Apteka.uz
SavatKirish

AnviMaks

AnviMaks chiqarilish shakllari

ANVIMAKS poroshok limona s medom 5g N12
Retseptsiz
ANVIMAKS poroshok limona s medom 5g N12
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Farmproekt, AO
•1 ta dorixonada bor
Narxi
96 000 so'm dan
ANVIMAKS poroshok malinoviy 5g N12
Retseptsiz
ANVIMAKS poroshok malinoviy 5g N12
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
FarmVilar NPO OOO
•6 ta dorixonada bor
Narxi
56 000 so'm dan
- AnviMaks qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- AnviMaksning tarkibi
- AnviMaks ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- AnviMaks narxi Toshkent dorixonalarida

AnviMaks haqida qo'llanma

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

Preparatning tarkibiga kiruvchi bir yoki bir necha komponentlarga o‘ta yuqori sezuvchanlik; zo‘rayish bosqichidagi me'da-ichak yo‘llarining eroziv-yarali shikastlanishlari; me'da-ichak yo‘llaridan qon ketishlar; gemofiliya; gemorragik diatez; gipoprotrombinemiya; portal gipertenziya; K avitaminozi; buyrak yetishmovchiligi, homiladorlik, laktatsiya davri; tiretoksikoz, buyraklar, jigarning o‘tkir kasalliklari (o‘tkir glomerulonefrit, o‘tkir piyelonefrit, o‘tkir gepatit, yoki ushbu a'zolarning surunkali kasalliklarini zo‘rayishi); surunkali alkogolizmda qo‘llash mumkin emas. Tutqanoqda, serebral aterosklerozda qo‘llash mumkin emas.


Farmakodinamikasi

Majmuaviy preparat, viruslarga qarshi va interferonogen, isitmani tushiruvchi, yallig‘lanishga karshi, og‘rikni qoldiruvchi, gistaminga qarshi, angioprotektor ta'sirlarga ega.

Paratsetamol og‘riqni koldiruvchi, isitmani tushiruvchi va yallig‘lanishga qarshi ta'sirlarga ega.

Askorbin kislotasi oksidlanish-qaytarilish jarayonlarini, uglevodlar almashinuvini, kapillyarlarning o‘tkazuvchanligini, qonning ivishini, to‘qimalarning regeneratsiyasini boshqarilishida ishtirok etadi, immun reaktsiyalarini faollashtiradi.

Kalьtsiy glyukonati grippda va o‘tkir respirator virusli infektsiyalarida (O‘RVI) gemorragii jarayonlar bilan bog‘liq kon tomirlarning yuqori o‘tkazuvchanligini va sinuvchanligining rivojlanishini oldini oladi, shuningdek kapillyar qon aylanishini tiklaydi, allergiyaga karshi ta'sir ko‘rsatadi.

Rimantadin gidroxloridi grippning A turi virusiga (ayniqsa A2) nisbatan viruslarga qarshi faollikka ega, grippning boshka turlari va O‘RVI chaqirgan zaharlanish belgilarni kamaytiradi. Interferonlarning umumiy miqdorini va ayniksa qonda interferon-gammani oshirib, yaqqol interferonogen xususiyatlariga ega, nafas yo‘llarini shikastlovchi virus infektsiyalarda preparatning himoya xususiyatlarini kuchaytiradi.

Rutozid (rutin) angioprotektordir. Kapillyarlarning o‘tkazuvchanligini, shishini va yalliglanishni kamaytiradi, qon tomirlarning devorini mustahkamlaydi. Eritrotsitlar agregatsiyasini tormozlaydi va deformatsiyalanish darajasini otpirali.

Loratadin yaqkol gistaminga karshi ta'sirga ega, gistaminni ajralib chikishi bilan bog‘liq bo‘lgan to‘qimalarning shishining rivojlanishini oldini oladi.

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: birinchi 24 soatda rangni oqarib ketishi, ko‘ngil aynishi, qusish va epigastral sohada og‘riq, tremor, uyquchanlik, taxikardiya, qonda bilirubinning oshishi, modda almashinuvini buzilishi, yo‘ldosh surunkali kasalliklarning zo‘rayipsh mumkin. Davolash: qusish refleksini chaqirish, me'dani yuvish, adsorbentlarni qabul qilish, simptomatik davolash.

Maxsus ko‘rsatmalari

Qo‘llashning davomiyligi - 5 kundan ko‘p emas. Uzoq muddat qo‘llanganida (7 kundan kup) yo‘ldosh surunkali kasalliklarning zo‘rayishi, arterial gipertenziyasi bo‘lgan keksa patsiyentlarda gemorragik insulьtning rivojlanishining xavfi oshadi (preparat tarkibiga kiruvchi rimantadin gidroxloridi hisobiga).

Metastaz berayotgan o‘smalar bo‘lganida qo‘llanmasin.

12 yoshgacha bo‘lgan bolalarga buyurilmaydi.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Boshqa dori vositalari bilan birga qabul qilishning zarurati bo‘lganida davolovchi shifokor bilan maslahatlashing.

Antikoagulyantlar, glyukokortikoid preparatlar, gepatotoksik vositalar, barbituratlar, tirishishga qarshi vositalar, rifampitsin, alkogolь bilan buyurish tavsiya qilinmaydi. Metoklopromid bilan bir vaqtda buyurilganida so‘rilishni oshishi mumkin.

Kumarin hosilalari bilan bir vaqtda qo‘llanganida unchalik katta bo‘lmagan gipoprotrombinemiyaning rivojlanishi mumkin.

Qo‘llash usuli va dozirovkasi

Ichga buyuriladi.

Bir paketcha ichidagisi 1 stakan qaynagan issiq suvda eritiladi. Qaynoq holda iste'mol qilinadi. Iste'mol qilishdan oldin eritma aralashtiriladi.

Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalarga: bir paketchadan kuniga 2-3 marta ovqatdan keyin 3-5 kun davomida (5 kundan ko‘p emas) kasallikning simptomlari yo‘qolgunicha qo‘llanadi. Agar preparatni qabul qilish boshlaganidan keyin 3 kun davomida holatning yaxshilanishi kuzatilmasa, preparat qabul qilishni to‘xtatish va shifokorga murojaat qilish kerak.


Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. AnviMaks preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing
Manbalar ro‘yxati:

AnviMaks narxlari

Dorixonalar
Manzil
Ish vaqti
Sotib olish
Europharm
Mirzo Ulug'bek tumani, Buyuk Ipak Yoʻli dahasi, 26 uy, 13 xonadon
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-23:00
66 000 so'm
Buyurtma berish
GoPharm
Olmazor tumani, Адрес
24/7
95 800 so'm
Buyurtma berish
А5
Mirobod tumani,
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-02:00
56 000 so'm
А5 Filial Markaz 1
Mirzo Ulug'bek tumani, 1 mavze, 6/1 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 09:00-18:00
66 000 so'm

AnviMaks haqida savollar

AnviMaks haqida fikr-mulohazalar

Reyting 5.0, 8 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil