Ташкент
logo
SavatKirish

ANVIMAKS poroshok limona s medom 5g N12

Retseptsiz
Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:Rossiya Federatsiyasi
Farmakoterapevtik guruh:

O‘RK va «shamollash» simptomlarini bartaraf qilish uchun vosita

Ishlab chiqaruvchi:Farmproekt, AO
ATX kodi:R05X
Barcha AnviMaks dorilari
Mavjud emas
Narxi 60 000 so'm dan
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 0 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

ANVIMAKS poroshok limona s medom 5g N12 o'xshash dorilari

TERAFLYU poroshok so vkusom limona N10
TERAFLYU poroshok so vkusom limona N10
Shveytsariya
Ishlab chiqaruvchi:
Novartis Konsyumer Xels SA
Narxi
80 000 so'm dan
DJOSET AKTIV tabletkalari N10
DJOSET AKTIV tabletkalari N10
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Unique Pharmaceutical Laboratories (A.Division of J.B. Chemicals & Pharmaceuticals Limited)
SINEKOD sirop 200ml 1,5mg/ml
Retseptsiz
SINEKOD sirop 200ml 1,5mg/ml
Shveytsariya
Ishlab chiqaruvchi:
GSK Konsyumer Xelsker S.A.
•107 ta dorixonada bor
Narxi
71 800 so'm dan

ANVIMAKS poroshok limona s medom 5g N12 qo'llanmasi

Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli
Tarkibi:

Ta'si etuvchi moddalar: paratsetamol - 360 mg, askorbin kislotasi - 300 mg, kalьtsiy glyukonati monogidrata - 100 mg, rimantadin gidroxloridi - 50 mg, rutozid - 20 mg, loratadin - 3 mg;

yordamchi moddalar: aspartam, gipromelloza, kolloid kremniy dioksidi, laktoza, ozuqa hushbo‘yi [asal va limon].

Chiqarilish shakli

Ichga qabul qilish uchuy eritma tayyorlash uchuy kukuy 5 g dan (asal va limonli) issiqlik bilan kavsharlangan plyonka bilan majmualangan materialdan yoki plyonka bilan majmualangan buflen materialidan bo‘lgan paketchalarda.

3, 6, 8, 12 yoki 24 paketcha tibbiyotda qo‘llanilishiga doyr yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.

Farmakodinamikasi

Majmuaviy preparat, viruslarga qarshi va interferonogen, isitmani tushiruvchi, yallig‘lanishga karshi, og‘rikni qoldiruvchi, gistaminga qarshi, angioprotektor ta'sirlarga ega.

Paratsetamol og‘riqni koldiruvchi, isitmani tushiruvchi va yallig‘lanishga qarshi ta'sirlarga ega.

Askorbin kislotasi oksidlanish-qaytarilish jarayonlarini, uglevodlar almashinuvini, kapillyarlarning o‘tkazuvchanligini, qonning ivishini, to‘qimalarning regeneratsiyasini boshqarilishida ishtirok etadi, immun reaktsiyalarini faollashtiradi.

Kalьtsiy glyukonati grippda va o‘tkir respirator virusli infektsiyalarida (O‘RVI) gemorragii jarayonlar bilan bog‘liq kon tomirlarning yuqori o‘tkazuvchanligini va sinuvchanligining rivojlanishini oldini oladi, shuningdek kapillyar qon aylanishini tiklaydi, allergiyaga karshi ta'sir ko‘rsatadi.

Rimantadin gidroxloridi grippning A turi virusiga (ayniqsa A2) nisbatan viruslarga qarshi faollikka ega, grippning boshka turlari va O‘RVI chaqirgan zaharlanish belgilarni kamaytiradi. Interferonlarning umumiy miqdorini va ayniksa qonda interferon-gammani oshirib, yaqqol interferonogen xususiyatlariga ega, nafas yo‘llarini shikastlovchi virus infektsiyalarda preparatning himoya xususiyatlarini kuchaytiradi.

Rutozid (rutin) angioprotektordir. Kapillyarlarning o‘tkazuvchanligini, shishini va yalliglanishni kamaytiradi, qon tomirlarning devorini mustahkamlaydi. Eritrotsitlar agregatsiyasini tormozlaydi va deformatsiyalanish darajasini otpirali.

Loratadin yaqkol gistaminga karshi ta'sirga ega, gistaminni ajralib chikishi bilan bog‘liq bo‘lgan to‘qimalarning shishining rivojlanishini oldini oladi.

Farmakoterapevtik guruh

O‘RK va «shamollash» simptomlarini bartaraf qilish uchun vosita

Dori shakli

Ichga qabul qilish uchun eritma tayyorlash uchun kukun [asal- limonli].

Nojo'ya samaralari

Tarkibiga kiruvchi komponentlariga muvofiq.

Markaziy nerv tizimi tomonidan. Kam hollarda - yuqori qo‘zg‘aluvchanlik, tremor, giperkineziya.

Me'da-ichak yo‘llari tomonidan. Uzoq, 7 kundan ko‘proq qabul qilinganida me'da va o‘n ikki barmoq ichakning shikastlanishi: dispepsiya, og‘izni qurishi, anoreksiya, meteorizm, diareya bo‘lishi mumkin.

Qon tizimi tomonidan. Xususan, uzoq, 7 kundan ko‘proq qabul qilinganida, agranulotsitoz, leykopeniya, trombotsitopeniya, neytropeniya, anemiya.

Allergikreaktsiyalar. Kam hollarda - tern toshmasi, qichishish, eshakemi bo‘lishi mumkin. Nojo‘ya ta'sirining simptomlari paydo bo‘lgan holda, ushbu preparatni qabul qilishni darhol to‘xtatish va shifokorga murojaat qilish kerak.


Maxsus saqlash sharoitlari

Qo‘llashning davomiyligi - 5 kundan ko‘p emas. Uzoq muddat qo‘llanganida (7 kundan kup) yo‘ldosh surunkali kasalliklarning zo‘rayishi, arterial gipertenziyasi bo‘lgan keksa patsiyentlarda gemorragik insulьtning rivojlanishining xavfi oshadi (preparat tarkibiga kiruvchi rimantadin gidroxloridi hisobiga).

Metastaz berayotgan o‘smalar bo‘lganida qo‘llanmasin.

12 yoshgacha bo‘lgan bolalarga buyurilmaydi.

Qo'llanilishi

Gripp, O‘RVI, kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalardagi nafas yo‘llarining virusli shikastlanishlari oqibatidagi isitmali holatlarini etiopatogenetik va simptomatik davolashda qo‘llaniladi.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

Preparatning tarkibiga kiruvchi bir yoki bir necha komponentlarga o‘ta yuqori sezuvchanlik; zo‘rayish bosqichidagi me'da-ichak yo‘llarining eroziv-yarali shikastlanishlari; me'da-ichak yo‘llaridan qon ketishlar; gemofiliya; gemorragik diatez; gipoprotrombinemiya; portal gipertenziya; K avitaminozi; buyrak yetishmovchiligi, homiladorlik, laktatsiya davri; tiretoksikoz, buyraklar, jigarning o‘tkir kasalliklari (o‘tkir glomerulonefrit, o‘tkir piyelonefrit, o‘tkir gepatit, yoki ushbu a'zolarning surunkali kasalliklarini zo‘rayishi); surunkali alkogolizmda qo‘llash mumkin emas. Tutqanoqda, serebral aterosklerozda qo‘llash mumkin emas.


Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Boshqa dori vositalari bilan birga qabul qilishning zarurati bo‘lganida davolovchi shifokor bilan maslahatlashing.

Antikoagulyantlar, glyukokortikoid preparatlar, gepatotoksik vositalar, barbituratlar, tirishishga qarshi vositalar, rifampitsin, alkogolь bilan buyurish tavsiya qilinmaydi. Metoklopromid bilan bir vaqtda buyurilganida so‘rilishni oshishi mumkin.

Kumarin hosilalari bilan bir vaqtda qo‘llanganida unchalik katta bo‘lmagan gipoprotrombinemiyaning rivojlanishi mumkin.

Ta'rifi

Paketcha ichidagisi - deyarli oq rangli granulalarning sarg‘ish-yashilsimon rangli o‘ziga xos hidli (asal va limon) kukun bilan aralashmasi.

Kukun eritilganidan keyingi eritma - rangsiz yoki sarg‘ish, biroz loyka, o‘ziga xos hidli (asal bilan limon) eritma. Sarik rangli erimagan zarrachalarning bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi.

Dozirovkasi

Ichga buyuriladi.

Bir paketcha ichidagisi 1 stakan qaynagan issiq suvda eritiladi. Qaynoq holda iste'mol qilinadi. Iste'mol qilishdan oldin eritma aralashtiriladi.

Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalarga: bir paketchadan kuniga 2-3 marta ovqatdan keyin 3-5 kun davomida (5 kundan ko‘p emas) kasallikning simptomlari yo‘qolgunicha qo‘llanadi. Agar preparatni qabul qilish boshlaganidan keyin 3 kun davomida holatning yaxshilanishi kuzatilmasa, preparat qabul qilishni to‘xtatish va shifokorga murojaat qilish kerak.


Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: birinchi 24 soatda rangni oqarib ketishi, ko‘ngil aynishi, qusish va epigastral sohada og‘riq, tremor, uyquchanlik, taxikardiya, qonda bilirubinning oshishi, modda almashinuvini buzilishi, yo‘ldosh surunkali kasalliklarning zo‘rayipsh mumkin. Davolash: qusish refleksini chaqirish, me'dani yuvish, adsorbentlarni qabul qilish, simptomatik davolash.

ANVIMAKS poroshok limona s medom 5g N12 boshqa chiqarish shakllari

ANVIMAKS poroshok malinoviy 5g N12
Retseptsiz
ANVIMAKS poroshok malinoviy 5g N12
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
FarmVilar NPO OOO
Narxi
56 000 so'm dan

ANVIMAKS poroshok limona s medom 5g N12 analoglari

ANTIGRIPPIN MAKSIMUM kapsulalar  360mg N20
Retseptsiz
ANTIGRIPPIN MAKSIMUM kapsulalar 360mg N20
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
AnviLab,OOO proizvedeno Farmproekt,AO

ANVIMAKS poroshok limona s medom 5g N12 savollari

ANVIMAKS poroshok limona s medom 5g N12 fikr-mulohazalari

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil