Apteka.uz
SavatKirish

Atsefil Kaf

Atsefil Kaf chiqarilish shakllari

ASEFIL KAF sirop 120ml
Retseptli
ASEFIL KAF sirop 120ml
Pokiston
Ishlab chiqaruvchi:
Nabiqasim Industries (Pvt) Ltd
•18 ta dorixonada bor
Narxi
20 990 so'm dan
- Atsefil Kaf qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- Atsefil Kafning tarkibi
- Atsefil Kaf ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- Atsefil Kaf narxi Toshkent dorixonalarida

Atsefil Kaf haqida qo'llanma

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

Ta'sir etuvchi moddalariga, teofillinga yoki preparatning biron-bir komponentiga yuqori sezuvchanlikda qo'llash mumkin emas.

Farmakodinamikasi

Atsefil Kaf siropi majmuaviy preparat hisoblanib, uning ta'siri tarkibidagi komponentlar ta'siri bilan bo'ladi.
Difengidramin antigistamin, allergiyaga qarshi, qayd qilishga qarshi, uyqu chaqiruvchi, maxalliy og'riqsizlantiruchi ta'sirlariga ega.
N1 gistamin – retseptorlarini bloklaydi va gistamin sababli shu retseptorlar turi orqali samaralarini bartaraf qiladi. Gistamin chaqiruvchi silliq mushaklar spazmini, kapilyarlarni yuqori o'tkazuvchanligini, to'qimalar shishishini, qichishish va qizarishini kamaytiradi yoki ogohlantiradi.
Gistamin bilan antogonizmi yallig'lanish va allergiyalardagi tizimli reaktsiyalariga solishtirganda, yaьni qon bosimini pasayishi, mahalliy tomir reaktsiyalariga nisbatan ko'proq namoyon bo'ladi.
Mahalliy anesteziyani chaqiradi (ichiga qabul qilinganida, og'iz bo'shlig'ining shilliq qavatida qisqa muddatli uvishish), spazmolitik ta'sir qo'rsatadi, vegetativ gangliylarning retseptorlaridagi xolinoretseptorlarni bloklaydi (qon bosimini pasaytiradi). Miyaning N3- gistamin retseptorlarini bloklaydi va markaziy xolinergik tuzilmalarini susaytiradi.
Sedativ uyqu chaqiruvchi va qusishga karshi ta'sir ko'rsatadi.
Gistamin liberotorlari (tubokurarin, morfin, sombrevin), chaqirgan bronxospazmda samaraliroq, allergik bronxospazmda – samarasi kamroq.
Bronxial astmada kamfaol va atsefillin, efedrin va boshka bronxolitiklar bilan birgalikda qo'llaniladi.
Atsefillin piperazini – bronxolitik vosita, purindan olingan; fosfodiesterazani ingibitsiya qiladi, to'qimalarda sAMF to'planishini oshiradi, adenozin (purin) retseptorlarini bloklaydi; Xujayra membranasining kanallaridan kalьtsiy ionlarini kirishini kamaytiradi, sillik mushaklarning qisqaruvchanlik faolligini kamaytiradi.
Bronxlar, qon-tomir mushaklarini bo'shashtiradi (asosan, bosh miya, teri va buyrak); periferik vazodilatatsiya ta'siriga ega, buyrakda qon aylanishini oshiradi, o'rtacha diuretik ta'sirga ega.Semiz hujayralar membranalarini barqarorlashtiradi, allergik reaktsiyalar mediatorlarini chiqishini tormozlaydi. Mukotsiliar klirensni oshiradi, diafragma qisqarishini rag'batlantiradi, nafas olish va qovurgalar aro mushaklar faoliyatini yaxshilaydi, nafas olish markazini rag'batlantiradi.
Nafas olish faoliyatini normallashtirib, qonni kislorod bilan to'yintiradi va karbonat angidrid kontsentratsiyasini kamaytiradi; nafas olish markazlarini rag'batlantiradi. Gipokaliyemiya sharoitida o'pka ventilyatsiyasini kuchaytiradi.

Farmakokinetikasi

Atsefillin piperazin va difengidramin gidroxloridi me'da-ichak yo'llaridan tez so'riladi. Asosan siydik bilan chiqariladi.
Og'iz orqali qabul qilinganidan keyin difengidramin gidroxloridining plazmadagi cho'qqi kontsentratsiyasi 1-4 soatdan qeyin kuzatiladi. Difengidramin a'zolar va to'qimalarda, shu jumladan MNT to'qimalarida yaxshi taqsimlanadi. U yo'ldosh orqali o'tadi, ko'krak sutida aniqlanadi. Difengidramin yuqori darajada plazma oqsillari bilan bog'lanadi. Yarim chiqarilish davri 2,4 soatdan 9,3 soatgachani tashkil qiladi.

Dozani oshirib yuborilishi

Difengidramin 5 mg\kg dan yuqoriroq dozada qabul qilinganida o'tkir toksiklik namoyon qiladi. Difengidraminning potentsial o'lim dozasi 10 mg/kg tashkil qiladi. Bolalarda anafilaktik shok difengidramin 150 mg dozada qabul qilinganidan keyin kuzatiladi, o'lim dozasi esa bu holda 500 mg dan ko'proqni tashkil qiladi.

Maxsus ko‘rsatmalari

Yo'talga qarshi Atsefil Kaf siropini me'da-ichak yaralari, bazedov kasalligi, gipertenziyasi, yurak aritmiyasi, tutqanog'i yoki jigar funktsiyasining buzilishlari bo'lgan patsiyentlarga ehtiyotkorlik bilan qabul qilish kerak.
Antigistamin preparatlarini torburchakli glaukomasi, me'da va o'n ikki barmoq ichak yarasi, piloroduodenal tiqilishi, prostata bezining sipmptomatik gipertrofiyasi yoki qovuq bo'ynining tiqilish bo'lgan bemorlarda ehtiyotkorlik bilan qo'llash kerak.
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llanishi.
Atsefil Kaf siropini homiladorlikda faqat juda zarur holida qo'llash kerak.
Avtotransportni va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri.
Davolash davrida avtotransportni haydash, diqqatni yuqori jamlashni va psixomotor reaktsiyalar tezligini talab qiluvchi potentsial xavfli faoliyat turlari bilan shug'ullanishdan saqlanish kerak.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Allopurinol, kontratseptivlar, simetidin, makrolidlar, xinolonlar yoki propanolol kabi preparatlar bilan birga qabul qilinganida yo'talga qarshi Atsefil Kaf siropining dozasini kamaytirish kerak. Fenitoin, rifampitsin, ritonavir va sulьfinpirazon kabi preparatlar bilan birga qabul qilinganida yo'talga qarshi Atsefil Kaf siropining dozasini oshirish kerak.
Yo'talga qarshi Atsefil Kaf siropi alkogolь yoki boshqa MNT depressantlari (gipnotik, sedativ preparatlar, trankvilizatorlar va boshqalar) qabul qilganda nojo'ya ta'sirlar namoyon qiladi.

Qo‘llash usuli va dozirovkasi

Yo'talga qarshi Atsefil Kaf siropini kuniga 3-4 marta og'riq simptomlari yo'qolgunicha yoki shifikor tavsiyasi bo'yicha qabul qilish kerak.
Kattalar uchun: 1-2 choy qoshiq preparat kuniga 3-4 marta.
1 yoshdan oshgan bolalar uchun: ½ - 1 choy qoshiq preparat kuniga 3-4 marta.
4 oylikdan - 12 oylikkacha bo'lgan chaqaloqlar uchun: ½ choy qoshiq preparat kuniga 3 marta.

Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Atsefil Kaf preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing
Manbalar ro‘yxati:

Atsefil Kaf narxlari

Dorixonalar
Manzil
Ish vaqti
Sotib olish
CITY PHARM Universam 20
Yunusobod tumani, Amir Temur shoh ko'ch., 41/3 uy
24/7
22 000 so'm
Bron qilish
CITY PHARM Sergeli 41
Sergeli tumani, 8A mavze, 12 uy
24/7
27 700 so'm
Bron qilish
CITY PHARM Askiya 1
Yakkasaroy tumani, Shota Rustaveli ko'ch., 53A uy
24/7
27 700 so'm
Bron qilish
CITY PHARM Kardiologiya 27
Mirzo Ulug'bek tumani, Osiyo ko'ch., 17 uy
24/7
27 700 so'm
Bron qilish

Atsefil Kaf haqida savollar

Atsefil Kaf haqida fikr-mulohazalar

Reyting 5.0, 2 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil