KULENTO
KULENTO chiqarish shakllari


KULENTO qo'llanmasi
- montelukast natriyga yoki preparatning boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlik;
- bronxial astmaning o'tkir xuruji, shu jumladan astmatik status.
Montelukast natriy ichga qabul qilingandan so'ng tez so'riladi. Maksimal plazma konsentratsiyalariga preparat qabul qilinganidan 2-4 soat o'tgach erishiladi. Ichga qabul qilinganda montelukastning biokiraolishligi 64% ni tashkil qiladi.
Montelukast natriy qon plazmasi oqsillari bilan 99% dan ko'proq bog'lanadi. Sog'lom kattalarda plazmadan yarim chiqarilish davri 3 dan 5,5 soatgacha tashkil qiladi. Montelukast farmakokinetikasi 50 mg dan yuqori dozalar ichga qabul qilinganda chiziqli xususiyatni saqlab qoladi. Montelukast ertalabki va kechki soatlarda qabul qilinganda farmakokinetikada farqlar kuzatilmaydi.
Montelukast natriy jigarda sitoxrom P450 tizimi orqali CYP3A4, CYP2A6 va CYP2C9 izoenzimlari bilan faol metabolizmga uchraydi. Montelukast natriyning terapevtik plazma konsentratsiyalari 3A4, 2C9, 1A2, 2A6, 2C19 yoki 2D6 izofermentlarini ingibitsiya qilmaydi. Sog'lom kattalarda montelukastning plazma klirensi taxminan 45 ml/daqiqani tashkil qiladi. Montelukast natriy fekaliy va safro bilan chiqariladi.
Bolalar, keksa yoshdagi bemorlar va buyrak yetishmovchiligi bo'lgan bemorlar sog'lom kattalar bilan o'xshash farmakokinetik parametrlarga ega.
O'rtacha jigar yetishmovchiligi va jigar sirrozining klinik ko'rinishlari bo'lgan bemorlarda montelukast metabolizmi sekinlashadi va yarim chiqarilish davri uzayadi: «konsentratsiya-vaqt» egri chizig'i ostidagi maydon (AUC) 10 mg doza qabul qilingandan so'ng 41 % ga oshadi.
6 oylikdan 11 oylikgacha bo'lgan bolalarda montelukastning uzoq muddatli qo'llanilishi va qon plazmasidagi konsentratsiyasining o'zgaruvchanligi kattalarga qaraganda yuqori bo'lgan. 6 oylikdan 23 oylikgacha bo'lgan bolalarda farmakokinetikani o'rganishda xavfsizlik va montelukast natriyning ruxsat etilgan bir martalik dozasi 2 yosh va undan katta yoshdagi bemorlarga nisbatan o'xshash bo'lgan.
Kulento - leykotrien D4 (tsisteinil leykotrien CysLT1) retseptorlarining selektiv antagonisti - bronxial astmada bronxlar giperreaktivligini qo'llab-quvvatlovchi surunkali persistensiyalanuvchi yallig'lanishning eng kuchli mediatori.
Tsisteinil leykotrienlari (LTC4, LTD4, LTE4) - araxidon kislotasi metabolizmi mahsulotlari - semiz hujayralar va eozinofillardan ajralib chiqadi. Ushbu eykozanoidlar tsisteinil leykotrien retseptorlari bilan bog'lanadi. Bronxodilatatsion ta'sir nafas yo'llarida leykotrien D4-retseptorlarini bloklash va bronxlar reaktivligini tartibga solish, bronxokonstriktsiya rivojlanishi, bronxlar shilliq qavati shishi, bronxial gipersekretsiya jarayonlarida muhim rol o'ynaydigan leykotrienlar ta'sirini kamaytirish bilan bog'liq.
Preparat leykotrienlar LTD4 ta'sirini CysLT1 retseptorlari darajasida agonistik ta'sirsiz bloklaydi.
Kulento terapevtik samarasi preparatni qabul qilishning birinchi kunidayoq namoyon bo'la boshlaydi.
Bolalar ushbu dori preparatini faqat kattalar nazorati ostida qabul qilishlari kerak. Granulalar xona haroratigacha sovutilgan yumshoq ovqatning ozgina qismi (taxminan bir osh qoshiq) bilan aralashtiriladi. Paketchaning bevosita ishlatishdan oldin ochish kerak. Paketchani ochgandan so'ng preparatning to'liq dozasi 15 daqiqa ichida iste'mol qilinishi kerak. Preparat qoldiqlarini ovqat bilan keyingi safar qo'llash uchun saqlamaslik, ularni tashlab yuborish kerak. Granulalar suyuqliklarda eritilmaydi, biroq preparat qabul qilingandan so'ng suyuqlik ichish mumkin. Preparatni ovqatlanishdan qat'iy nazar qabul qilish mumkin.
Astmani davolash:
6 oylikdan 5 yoshgacha bo'lgan bolalar uchun doza har kuni kechqurun qabul qilinadigan bitta paketcha preparatni tashkil qiladi. Ushbu yosh uchun dozani to'g'irlashga hojat yo'q.
Persistirlanuvchi astmadan aziyat chekuvchi 6 oylikdan 2 yoshgacha bo'lgan bolalarda preparat samaradorligi to'g'risidagi klinik sinov ma'lumotlari cheklangan. 2-4 haftadan so'ng bemorlar montelukast bilan davolashga reaksiyani tekshirish uchun ko'rikdan o'tishlari kerak. Agar hech qanday reaksiya bo'lmasa, preparat bilan davolashni to'xtatish kerak.
Kulento 4 mg ni 6 oylikdan kichik bemorlarga qabul qilish tavsiya etilmaydi.
Kulento preparatining astma simptomlarini nazorat qilish parametrlariga nisbatan davolash samarasi bir kun davomida namoyon bo'ladi. Bemorlar preparatni uzoq vaqt davomida, kasallikning zo'rayish davrlarida ham, remissiya davrlarida ham qabul qilishlari kerak.
Buyrak yetishmovchiligi yoki yengil va o'rtacha og'irlikdagi jigar yetishmovchiligi bo'lgan bemorlar uchun dozani to'g'irlashga hojat yo'q. Og'ir jigar yetishmovchiligi bo'lgan bemorlarga oid ma'lumotlar yo'q. Doza erkak va ayol jinsidagi bemorlar uchun bir xil.
Yengil darajadagi persistirlanuvchi astmani past dozali ingalyatsion kortikosteroidlar o'rniga muqobil davolash tanlovi sifatida:
Montelukast o'rtacha darajadagi persistirlanuvchi astmadan aziyat chekuvchi bemorlar uchun monoterapiya sifatida tavsiya etilmaydi. Yengil darajadagi persistirlanuvchi astmadan aziyat chekuvchi 2 yoshdan 5 yoshgacha bo'lgan bolalarda past dozali ingalyatsion kortikosteroidlarga muqobil sifatida montelukastni qo'llash faqat ichga kortikosteroidlarni qo'llashni talab qiladigan yaqinda bo'lib o'tgan astma xurujlari qayd etilmagan bemorlarda va ingalyatsion kortikosteroidlardan foydalana olmaydigan bemorlarda mumkin. Yengil darajadagi persistirlanuvchi astma simptomlari haftada bir martadan ko'p, lekin kunda bir martadan kam namoyon bo'ladigan, tungi simptomlar oyda ikki martadan ko'p, lekin haftada 1 martadan kam namoyon bo'ladigan, xurujlar orasida o'pka faoliyati normal bo'lgan astma sifatida tavsiflanadi. Agar keyingi kuzatuvda (odatda bir oy davomida) qoniqarli natijaga erishilmasa, astmani davolashning bosqichma-bosqich tizimiga asoslangan qo'shimcha yoki boshqa yallig'lanishga qarshi davolashga ehtiyoj mavjud. Bemorlar astmani nazorat qilish uchun vaqti-vaqti bilan ko'rikdan o'tib turishlari kerak.
Asosiy sababi jismoniy zo'riqish chaqirgan bronxospazm bo'lgan astma profilaktikasi sifatida, 2 yoshdan 5 yoshgacha bo'lgan bemorlarda:
2 yoshdan 5 yoshgacha bo'lgan bemorlarda persistirlanuvchi astmaning sababi jismoniy zo'riqish induksiyalagan bronxospazm bo'lishi mumkin, bu holda ingalyatsion kortikosteroidlar bilan davolash zarur. Bemorlar montelukast bilan 2-4 haftalik davolashdan so'ng ko'rikdan o'tishlari kerak. Agar qoniqarli natijaga erishilmasa, qo'shimcha yoki boshqa davolashni tayinlash zarur.
Kulento preparati bilan astmani boshqa preparatlar bilan birgalikda davolash:
Agar Kulento ingalyatsion kortikosteroidlarga qo'shimcha davolash sifatida qo'llanilsa, ingalyatsion kortikosteroidlarni Kulentoga keskin almashtirmaslik kerak.
Davolash rejimiga qat'iy rioya qilish zarur.
O'tkir astmatik xurujlarni bartaraf etish uchun ishlatilmasligi kerak (ingalyatsion bronxodilatatorlar o'rnini bosmaydi); terapevtik samara paydo bo'lganda (odatda birinchi dozadan keyin) sutka davomida bronxodilatatorlar ingalyatsiyasi soni kamaytirilishi mumkin.
Ingalyatsion yoki peroral kortikosteroidlarni Kulentoga keskin almashtirish mumkin emas. Biroq ingalyatsion kortikosteroid dozasi tibbiy kuzatuv ostida asta-sekin kamaytirilishi mumkin.
Astmaga qarshi vositalar, shu jumladan leykotrien retseptorlari antagonistlarini olayotgan bemorlarda tizimli kortikosteroidlar (prednizolon, deksametazon, betametazon, triamtsinolon) dozasini kamaytirish kamdan-kam hollarda quyida sanab o'tilgan ko'rinishlardan biri yoki bir nechtasi paydo bo'lishi bilan kechgan: eozinofiliya, vaskulyar toshma, nafas olish tizimi tomonidan simptomlar yomonlashishi, kardiologik asoratlar va/yoki ba'zan Chardj-Stross sindromi - tizimli eozinofil vaskulit sifatida tashxis qo'yiladigan nevropatiya. Garchi ushbu noxush ko'rinishlarning leykotrien retseptorlari antagonistlari bilan terapiya bilan sabab-oqibat bog'liqligi aniqlanmagan bo'lsa-da, Kulento qabul qilayotgan bemorlarda tizimli kortikosteroidlar dozasi kamaytirilganda ehtiyotkorlikka rioya qilish va tegishli klinik kuzatuv o'tkazish zarur.
Preparat jismoniy zo'riqishda namoyon bo'ladigan astmani davolash va nazorat qilish uchun monoterapiya sifatida ishlatilmasligi kerak.
Jismoniy zo'riqishdan keyin astma zo'rayishi bo'lgan bemorlar profilaktika uchun β-agonistlar ingalyatsiyasidan odatdagi rejimda foydalanishni davom ettirishlari va zarurat bo'lganda ingalyatorni o'zlari bilan olib yurishlari kerak.
Kulento aspiringa sezgir astmatik bemorlarda aspiringa yoki boshqa nosteroid yallig'lanishga qarshi vositalarga (NYQP) bo'lgan bronxospastik javobni bloklamaydi. Bunday bemorlar aspirin va boshqa NYQP qabul qilishdan saqlanishni davom ettirishlari kerak. Kulento preparatini bronxni kengaytiruvchi terapiya bilan birga qo'llaganda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak. Klinik javob yaqqol bo'lganda, bronxni kengaytiruvchi terapiya kamaytirilishi kerak.
Jigar kasalliklari bo'lgan bemorlarga tayinlashda ehtiyotkorlik zarur.
Montelukast qabul qilgan bemorlarda suitsidal fikrlar/suitsidal xulq-atvor paydo bo'lishi haqida alohida xabarlar mavjud, biroq preparatni qabul qilish bilan sabab-oqibat bog'liqligi aniqlanmagan.
Dori vositasi pediatrik amaliyotda qo'llash uchun mo'ljallangan.
Kulentoni bronxial astmani profilaktika qilish va uzoq muddat davolash uchun an'anaviy ravishda qo'llaniladigan boshqa dori vositalari bilan birga tayinlash mumkin.
Bronxodilatatorlar bilan davolash: Kulentoni astmasi faqat bronxodilatatorlar qo'llash bilan nazorat qilinmaydigan bemorlarni davolashga qo'shish mumkin. Kulento preparati bilan terapiya fonida terapevtik samaraga erishilganda (odatda birinchi dozadan keyin) bronxodilatatorlar dozasini asta-sekin kamaytirish mumkin.
Ingalyatsion glyukokortikosteroidlar: Kulento preparati bilan davolash ingalyatsion glyukokortikosteroidlar bilan davolanayotgan bemorlarga qo'shimcha terapevtik ta'sirni ta'minlaydi. Bemorning holati barqarorlashishiga erishilganda glyukokortikosteroidlar dozasini kamaytirish mumkin. Glyukokortikosteroidlar dozasini asta-sekin, shifokor nazorati ostida kamaytirish kerak. Ba'zi bemorlarda ingalyatsion glyukokortikosteroidlarni qabul qilish butunlay bekor qilinishi mumkin. Ingalyatsion yoki peroral kortikosteroidlarni Kulento preparati bilan keskin almashtirish mumkin emas.
Montelukastning tavsiya etilgan klinik dozasi quyidagi preparatlar farmakokinetikasiga klinik ahamiyatga ega ta'sir ko'rsatmagan: teofillin, prednizolon, peroral homiladorlikka qarshi vositalar (etinilestradiol/noretindron 35/1), terfenadin, digoksin va varfarin.
Montelukast uchun AUC bir vaqtning o'zida fenobarbital qabul qilayotgan bemorlarda taxminan 40% ga kamayadi. Montelukast CYP3A4, 2C8 va 2C9 tomonidan metabolizmga uchraganligi sababli, montelukastni fenitoin, fenobarbital va rifampitsin kabi CYP3A4, 2C8 va 2C9 induktorlari bilan bir vaqtda qo'llashda, ayniqsa bolalarda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.
Quyida qo‘llanilgan nojo‘ya ta'sirlar tez-tezligi parametrlari quyidagicha aniqlangan: tez-tez (≥ 1/100 dan <1/10 gacha), tez-tez emas (≥ 1/1000 dan <1/100 gacha), kam hollarda (≥ 1/10000 dan <1/1000 gacha), juda kam hollarda (<1/10000).
Infektsiyalar: juda kam hollarda - yuqori nafas yo‘llari infektsiyalari.
Qon va limfa tizimi: kam hollarda - qon ketishlarga moyillikning oshishi.
Immun tizimi tomonidan: tez-tez emas - o‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari, shu jumladan anafilaksiyalar; juda kam hollarda - parenximada eozinofil infiltratsiya.
Ruhiy buzilishlar: tez-tez emas - dahshatli tushlar, uyqusizlik, somnambulizm, ta'sirchanlik, xavotir, bezovtalik, qo‘zg‘alish, shu jumladan agressiv xulq-atvor yoki dushmanlik, depressiyalar; kam hollarda - tremor; juda kam hollarda - gallyutsinatsiyalar, o‘z joniga qasd qilish fikrlari va o‘z joniga qasd qilish xulq-atvoriga moyillik.
Nerv tizimi tomonidan: tez-tez emas - bosh aylanishi, uyquchanlik, paresteziyalar/gipesteziya.
Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: kam hollarda - yurak urishi.
Nafas olish tizimi, ko‘krak qafasi a'zolari va ko‘ks oralig‘i tomonidan: tez-tez emas - burun qonashlari; juda kam hollarda - Cherdj-Stross sindromi.
Me'da-ichak yo‘llari tomonidan: tez-tez - diareya, ko‘ngil aynishi, qusish; tez-tez emas - og‘iz qurishi, dispepsiya.
Gepatobiliar buzilishlar: tez-tez - zardob transaminazalarining (alaninaminotransferaza, aspartataminotransferaza) oshgan darajalari; juda kam hollarda - gepatit (shu jumladan xolestatik, gepatotsellyulyar va jigar shikastlanishining aralash ko‘rinishi).
Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan: tez-tez - toshma; tez-tez emas - eshakemi, qichishish; kam hollarda - angioedema; juda kam hollarda - tugunli eritema.
Skelet-mushak va biriktiruvchi to‘qima tomonidan: tez-tez emas - artralgiya, mialgiya, mushak spazmlari.
Umumiy buzilishlar: tez-tez - pireksiya; tez-tez emas - asteniya/toliqish, lanjlik, shish.
KULENTO narxlari
KULENTO barcha rasmlari














