Astanol ko'rsatmalar
Umumiy ma'lumot
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
ASTANOL
ASTANOL
Preparatning savdo nomi: Astanol
Ta‘sir etuvchi modda (XPN): montelukast
Dori shakli: chaynaladigan tabletkalar
Tarkibi:
1 tabletka quyidagilarni saqlaydi:
faol modda:
Chaynaladigan tabletka 4 mg – 4,16 mg montelukast natriy (4,0 mg montelukastga ekvivalent).
Chaynaladigan tabletka 5 mg – 5,20 mg montelukast natriy (5,0 mg montelukastga ekvivalent).
yordamchi moddalar: mannitol, mikrokristallik sellyuloza, polivinilpirrolidon, qizil temir oksidi, natriy kroskarmellozasi, apelsin aromatizatori faqat 4 mg tabletkalar uchun, natriy saxarini, magniy stearati.
Ta‘rifi:
4 mg li tabletkalar: yassi silindr shaklli, faskali, bir tomonlama riskali, och pushti rangdan to‘q olcha ranggacha, och va to‘q rangli kiritmalari bo‘lgan tabletkalar.
5 mg tabletkalar: dumaloq, ikki tomonlama kavariq, och pushti rangdan olcha ranggacha, oq va to‘q rangli kiritmalari bo‘lgan tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruxi: leykotrien reseptorlarining antagonisti. bronxial astmani va allergik rinitni davolash uchun vosita.
ATX kodi: R03DC03
Farmakologik xususiyatlari
Sisteinil leykotrienlar (LTC4, LTD4, LTE4) – turli xujayralardan, shu jumladan semiz xujayralar va eozinofillardan ajralib chiquvchi yallig‘lanishning kuchli eykozanoidlaridir. Bu muhim pro-astmatik mediatorlar organizmning nafas yo‘llarida joylashgan sistenil-leykotrien reseptorlari (CysLT) bilan bog‘lanadi va bronxospazmni rivojlanishiga, balg‘amning sekresiyasiga, tomirlarning o‘tkazuvchanligini o‘zgarishiga va eozinofillarning mobilizasiyasiga olib keladi.
Montelukast – bu peroral faollikka ega preparat bo‘lib, u CysLT1 reseptorlariga yuqori darajadagi yaqinlikka ega va u bilan tanlab bog‘lanadi. Klinik tadqiqotlarda montelukast juda kichik dozalar (5mg) da LTD4 ga ta‘siri oqibatida bronxospazmni ingibirlaydi. Preparat ichga qo‘llanganidan keyin 2 soat davomida bronxodilatasiya kuzatilgan. β-agonist tomonidan chaqirilgan bronxodilatasiya samarasi montelukast ko‘rsatgan ta‘sirga qo‘shimcha bo‘ldi. Montelukastni qo‘llash antigenni yuborish chaqirgan bronxospazmning erta va kechki bosqichlarini ingibirlagan. Montelukast plasebo bilan qiyoslanganda katta pasientlar va bolalarning periferik qonida eozinofillarning sonini kamaytirgan. Alohida tadqiqotda montelukastni qo‘llash nafas yo‘llarida (balg‘amda) va periferik qonda eozinofillarning sonini ahamiyatli darajada kamaytirgan, bronxial astmaning klinik kechishining nazoratini yaxshilagan. Katta yoshli pasientlarda va 2 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarda montelukast plaseboga nisbatan periferik qonda eozinofillarning sonini kamaytirgan va kasallikning klinik kechishi ustidan nazoratni yaxshilagan.
Katta pasientlarda o‘tkazilgan tadqiqotlarda montelukast (10 mg kuniga bir marta) plaseboga nisbatan tongi FEV1 (jadal nafas chiqarish hajmi) ni sezilarli darajada (dastlabki daraja 2,7% ga nisbatan 10,4%), PEFR (nafas chiqarish tezligining maksimal hajmi) ni kunning birinchi yarmida (dastlabki daraja 3,3 l/min ga nisbatan 24,5 l/min) yaxshilagan, va β-agonistlarga ehtiyojni sezilarli (dastlabki daraja -4,6% ga nisbatan-26,1%) pasaytirgan. Pasientlar tomonidan baholangan bronxial astmaning kunduzgi va tungi simptomlarini yaxshilanishi, plasebo guruhiga nisbatan preparat olgan pasientlar guruhida ancha yaqqolroq namoyon bo‘lgan.
Katta yoshli pasientlarda tekshirishlar montelukastning ingalyasion glyukokortikosteroidlarning klinik ta‘sirini kuchaytirish qobiliyatini namoshiy etdi (montelukast bilan majmuadagi ingalyasion beklometazon qo‘llanishidagi dastlabki darajaga nisbatan, faqat beklometazonning o‘zini qo‘llashdagi o‘zgarishlar % : FEV1: 5,43% ga qarshi 1,04%; β-agonistni qo‘llanilishi: -8,70% ga qarshi 2,64%). Garchi 12- haftalik tekshirishlar davomida beklometazon yaqqolroq terapevtik samara ko‘rsatayotgan bo‘lsada (beklometazonga qaraganda montelukast qo‘llanganidagi dastlabki darajasiga nisbatan o‘zgarishlar % muvofiq ravishda FEV1(jadal nafas chiqarish hajmi) uchun: 7,49% ga qarshi 13,3%; β-agonistni qo‘llanishi: -28,28% ga qarshi -43,89%), montelukast ingalyasion beklometazonga (200 mkg dan kuniga ikki marta) nisbatan tezroq dastlabki javobni namoyish etdi. Biroq beklometazon bilan qiyoslaganda montelukastni qabul qilgan va o‘xshash klinik samaraga erishgan pasientlar ulushi yetarli darajada sezilarli bo‘lgan (masalan, beklometazon guruhida 50% pasientlarda FEV1 ni dastlabki darajaga nisbatan taxminan 11% ga yaxshilanishiga erishilgan, ayni paytda montelukast guruhidagi taxminan 42% pasientda xuddi shunday samara qayd etilgan).
2 yoshdan 5 yoshgacha bo‘lgan bolalarda o‘tkazilgan 12-haftalik plasebo nazoratli tadqiqotlarda, kuniga bir marta qabul qilingan 4 mg montelukast plaseboga nisbatan, astmaga qarshi yo‘ldosh davolash (ingalyasion/nobulayzerli glyukokortikosteroidlar yoki ingalyasion/nobulayzerli natriy kromoglikati) ga qaramasdan, bronxial astmaning simptomlarini nazoratini yaxshilagan. 60% pasientlar yo‘ldosh nazorat qiluvchi davolash olishmagan. Montelukast plaseboga qaraganda bronxial astmaning kunduzgi (shu jumladan yo‘tal, xirillashlar, nafasni qiyinlashishi va faoliyatini cheklanishi) va tungi simptomlarining yaqqolligini kamaytirgan. Montelukast plaseboga nisbatan zarurati bo‘lganida (bemorning ahvoli yomonlashganida) qo‘llanadigan β-agonistlar va glyukokortikosteroidlarga bo‘lgan ehtiyojni kamaytirgan. Montelukastni qabul qilgan pasientlarda plasebo guruhidagi pasientlarga qaraganda ancha uzoqroq remissiya aniqlangan. Terapevtik samara birinchi doza qabul qilinganida qayd etilgan. Yengil og‘irlik darajasidagi bronxial astmasi va epiziodik zo‘rayishlari bo‘lgan 2 yoshdan 5 yoshgacha bo‘lgan bolalarda o‘tkazilgan 12 oylik plasebo nazoratli tadqiqotlarda, 4 mg montelukast kuniga bir marta qabul qilinganida bronxial astmaning zo‘rayish epizodlarining tez-tezligini (YeYe) plaseboga nisbatan sezilarli darajada kamaytirgan (p≤ 0,001) (2,34 EE ga nisbatan muvofiq 1,60 EE) [zo‘rayish epizodlari gospitalizasiyani yoki β-agonistlar yoki peroral/ingalyasion glyukokortikosteroidlarni qo‘llashni talab qiladigan bronxial astmaning kunduzgi simptomlarini ketma-ket ≥ 3 kun davom etadigan davri sifatida belgilangan]. Bronxial astmaning zo‘rayishi epiziodlariining tez-tezligini kamayishi 16,9 va 44,1 dagi 95% ishonchli oraliqlarda 31,9% ni tashkil qildi. 6-14 yoshli bolalarda o‘tkazilgan 8-haftalik tadqiqotlarlarda 5 mg montelukast kuniga bir marta qabul qilinganida plaseboga qaraganda nafas faoliyatini sezilarli darajada yaxshilagan (FEV1: dastlabki daraja 4,16% ga nisbatan 8,71%; PEFR: kunning birinchi yarmida: dastlabki daraja 17,8 l/min ga nisbatan 27,9) va β-agonistlarga bo‘lgan ehtiyojni kamaytirgan (dastlabki daraja +8,2% ga nisbatan -11,7%). Yengil og‘irlik darajadasidagi persistirlangan bronxial astmasi bo‘lgan 6 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarda bronxial astmanng simptomlarini nazorat qilish uchun montelukast va ingalyasion flutikazonning samaradorligini taqqoslash bo‘yicha o‘tkazilgan 12-oylik tadqiqotlarda, montelukast astmatik simptomlarsiz o‘tkazilgan kunlar sonini (RFD) oshirishi bo‘yicha flutikazondan qolishmagan. O‘rtacha 12 oylik davolanish davrida RFD ning foizi montelukast guruhida 61,6 dan 84,0 gacha va flutikazon guruhida esa 60,9 dan 86,7 gacha oshgan. Guruhlar orasidagi farq (eng kichik kvadratlar usuli bo‘yicha tenglashtirilgan RFD foizini o‘rtacha oshishi) -4,7 dan -0,9 dagi 95% ishonchli oraliqlarda -2,8 ni tashkil qildi. 12 oylik davolash davri davomida montelukast va flutikazon bronxial astma bilan bog‘liq quyidagi ko‘rsatkichlar ustidan nazoratni yaxshiladi: FEV1 montelukast guruhida 1,83 dan 2,09 litr gacha va flutikazon guruhida 1,85 dan 2,14 litr gacha oshdi. Guruhlar orasidagi farq (eng kichik kvadratlar usuli bo‘yicha tenglashtirilgan FEV1 ni o‘rtacha oshishi) -0,06 dan 0,02 dagi 95% ishonchli oraliqlarda -0,02 litrni tashkil qildi. FEV1 ni o‘rtacha oshishi dastlabki darajaga nisbatan foiz ko‘rinishida montelukast uchun 0,6% ni va flutikazon uchun 2,7% ni tashkil qildi. FEV1 ni guruhlar orasidagi foizli ko‘rsatkichlardagi farqi (eng kichik kvadratlar usuli bo‘yicha tenglashtirilgan o‘rtacha oshishi) -3,6 dan -0,7 dagi 95% ishonchli oraliqlarda -2,2% ni tashkil qildi. β-agonistlar qo‘llangan kunlar soni montelukast guruhida 38,0 dan 15,4% ga, flutikazon guruhida esa, 38,5 dan 12,8% ga kamaygan. Guruhlar orasida β-agonistlar qo‘llangan kunlar sonini farqi (eng kichik kvadratlar usuli bo‘yicha tenglashtirilgan o‘rtacha ko‘rsatkich) 0,9 dan 4,5 dagi 95% ishonchli oraliqlarda 2,7 ni tashkil etdi. Bronxial astma xurujlari (bronxial astma xuruji, peroral glyukokortikosteroidlarni qabul qilish, shifokorga/shoshilinch yordam xonasiga rejalashtirilmagan murojaat qilish yoki gospitalizasiyani talab qiladigan astmatik simptomlarining yomonlashish davri sifatida belgilangan) montelukast guruhida 32,2% va flutikazon guruhida 25,6% aniqlangan; nisbiy xavf 1,38 ni tashkil qiladi. (1,04 dan 1,84 95% ishonchli oraliqlarda). Tizimli (asosan peroral) glyukokortikosteroidlarni tadqiqotlar davomida montelukast guruhida 17,8% va flutikazon guruhida 10,5% pasientlar qabul qilishgan. Kichik kvadratlar usuli bo‘yicha tenglashtirilgan o‘rtacha ko‘rsatkichlar bilan guruhlar orasidagi farq 2,9 dan 11,7 dagi 95% ishonchli oraliqlarda 7,3% ni tashkil qildi. Jismoniy zo‘riqish fonida yuz bergan bronxospazm (EIB) ning sezilarli kamayishi katta pasientlarda o‘tkazilgan 12-haftalik tekshiruvlarda kuzatilgan, (FEV1) ni maksimal pasayishi plasebo – 32,40% ga nisbatan montelukast uchun 22,33%; FEV1 dastlabki darajaga qaytishgacha bo‘lgan vaqt ±5%: montelukast uchun: 44,22 minut, plasebo uchun esa 60,64 minut). Samara butun 12-haftalik davri davomida o‘zgarmagan holda qolgan. EIB ni kuchsizlanishi 6 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarda o‘tkazilgan qisqa muddatli tadqiqotlarda ham namoyon bo‘lgan (FEV1 ni maksimal pasayishi 18,27% ga qarshi 26,11%; FEV1 dastlabki darajaga qaytishgacha bo‘lgan vaqt ±5%: 17,76 minutga nisbatan 27,98 minut). Ikkala tadqiqotda xam samaraga dori preparatini kuniga bir marta qabul qilish orasidagi oraliqlar oxirida erishilgan.
Aspiringa sezuvchan va ingalyasion va/yoki peroral glyukokortikosteroidlar bilan yo‘ldosh davolash olayotgan astmatik-pasientlarda, plaseboga qaraganda montelukast bilan davolash, bronxial astma simptomlarining nazoratini sezilarli yaxshilanishiga olib kelgan (FEV1 dastlabki darajaga nisbatan -1,74% ga qarshi 8,55% va β- agonistga umumiy ehtiyojni kamayishi – dastlabki darajaga nisbatan 2,09% ga qarshi 27,78% ).
Farmakokinetikasi
So‘rilishi
Montelukast ichga qabul qilinganidan so‘ng tez so‘riladi.
Cmax katta pasientlarda preparat och qoringa qabul qilinganidan keyin 2 soat o‘tgach erishiladi. Preparatni o‘rtacha biokirishaolishligi 73% ni tashkil qiladi; u, preparat standart ovqat qabul qilgandan keyin qabul qilinganida 63% ga kamayadi.
Taqsimlanishi
Montelukast plazma proteinlari bilan 99% dan ortiq bog‘lanadi. Montelukastning taqsimlanish hajmi muvozanatli holatda o‘rtacha 8-11 litrni tashkil qiladi. Nishonlangan montelukast bilan kalamushlarda o‘tkazilgan tadqiqotlar preparatning gematoensefalik to‘siqdan minimal darajada o‘tishini ko‘rsatdi. Nishonlangan moddaning konsentrasiyasi preparat qo‘llanganidan keyin 24 soatdan so‘ng boshqa barcha to‘qimalarda minimal bo‘lgan.
Biotransformasiyasi
Montelukast ekstensiv metabolizmga uchraydi. Terapevtik dozalari bilan o‘tkazilgan tadqiqotlarda montelukast metabolitlarining konsentrasiyasi plazmadagi barqaror holatida kattalar va bolalarda aniqlanmagan.
Inson jigari mikrosomalaridagi in vitro tadqiqotlar sitoxrom P450 3A4, 2A6 i 2C9 lar montelukastning metabolizmiga jalb etilganligini namoyish qilgan. Inson jigari mikrosomalaridagi keyingi in vitro tadqiqotlarda, plazmadagi montelukastning terapevtik konsentrasiyasi sitoxrom P450 3A4, 2C9, 1A2, 2A6, 2C19 va 2D6 larni ingibirlamasligi aniqlangan. Montelukastning terapevtik ta‘sirida metabolitlarining hissasi minimal.
Chiqarilishi
Katta yoshli sog‘lom odamlarda montelukastning plazma klirensi o‘rtacha 45 ml/minut ni tashkil qiladi. Nishonlangan montelukast ichga qabul qilinganidan keyin preparatning 86% i 5 kun davomida ichak orqali va < 0,2% i buyrak orqali chiqarilgan. Montelukast ichga qabul qilinganidan keyin uning ko‘zda tutilgan biokirishaolishligi bilan bog‘liq natijalar, preparat va uning metabolitlari asosan o‘t-safro bilan chiqarilishidan dalolat beradi.
Alohida guruh pasientlaridagi farmakokinetikasi
Keksa yoshli pasientlar
Keksa yoshli bemorlar uchun dozani to‘g‘rilash talab etilmaydi.
Buyraklarning faoliyatini buzilishi bo‘lgan pasientlar
Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda tekshiruvlar o‘tkazilmagan. Montelukast va uning metabolitlari o‘t-safro bilan chiqarilishi tufayli, buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlar uchun dozani to‘g‘rilash talab qilinmaydi
Jigar faoliyatining buzilishi bo‘lgan pasientlar
Yengil va o‘rtacha darajali jigar yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlar uchun ham dozani to‘g‘rilash talab qilinmaydi. Og‘ir jigar yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda (Chayld-Pyu shkalasi bo‘yicha baholash > 9 ball) Montelukast farmakokinetikasi bo‘yicha ma‘lumotlar yo‘q.
Qo‘llanilishi
-engil yoki o‘rtacha darajadagi persistirlovchi bronxial astmasi bo‘lgan, kasalligi ingalyasion kortikosteroidlarni qabul qilish bilan nazorat qilib bo‘lmaydigan pasientlarda va zarurati bo‘lganida qisqa ta‘sirga ega beta-agonistlarni ishlatilishi yetarli klinik samara ta‘minlanmaganida qo‘shimcha davolash sifatida;
-glyukokortikosteroidlarni peroral qabul qilish talab qiladigan, ilgari yaqqol xurujlarsiz kechuvchi yengil darajali persistirlovchi bronxial astmasi bo‘lgan pasientlar uchun ingalyasion kortikosteroidlarning past dozalariga muqobil davolash;
– ingalyasion kortikosteroidlarni qo‘llay olmaydigan pasientlar uchun;
-jismoniy yuklama fonida paydo bo‘ladigan asosiy komponenti bronxospazm bo‘lgan bronxial astmani oldini olish.
Qo‘llash usuli va dozalari
2-5 yoshli bolalar uchun doza:
4 mg li bir chaynaladigan tabletkadan har kuni kechqurun ovqat qabul qilishdan 1 soat oldin yoki ovqat qabul qilgandan so‘ng 2 soatdan keyin buyuriladi. Ushbu yosh guruhi chegaralarida dozani hech qanday to‘g‘rilanishi talab etilmaydi.
6-14 yoshli bolalar uchun doza:
5 mg bir chaynaladigan tabletkadan har kuni kechqurun ovqat qabul qilishdan 1 soat oldin yoki ovqat qabul qilgandan so‘ng 2 soatdan keyin buyuriladi. Ushbu yosh guruhi chegaralarida dozani hech qanday to‘g‘rilanishi talab etilmaydi.
Umumiy tavsiyalar:
Preparatning bronxial astma bilan bog‘liq simptomlarga terapevtik ta‘siri bir kun davomida namoyon bo‘ladi. Pasient bronxial astmaning kechishi nazorat qilinadigan davrda ham, shuningdek kasallikni kechishi yomonlashgan davrlarida ham qabul qilishni davom ettirish kerak. Preparatning dozasi erkak va ayol pasientlar uchun ham bir hildir.
Preparat yengil og‘irlik darajali persistirlovchi bronxial astmada ingalyasion kortikosteroidlarning past dozalariga muqobil davolash sifatida:
Preparatni o‘rtacha og‘irlik darajali persistirlovchi bronxial astmasi bo‘lgan pasientlarda monoterapiya sifatida qo‘llash tavsiya etilmaydi. Kuchsiz og‘irlik darajali persistirlovchi bronxial astmasi bo‘lgan bolalarda preparat ni ingalasion glyukokortikosteroidlarning past dozalarini qabul qilishga muqobil davolash sifatida qo‘llashni, faqat peroral glyukokortikosteroidlarni qabul qilishni talab qiluvchi bronxial astmaning jiddiy xurujlari yaqin o‘tmishda bo‘lmagan pasientlar uchun yoki ingalyasion kortikosteroidlarni ishlata olmaydigan pasientlar uchun ko‘rib chiqish lozim. Kuchsiz og‘irlik darajali persistirlovchi bronxial astmasi tushunchasi ostida bir haftada bir martadan ko‘p, lekin kuniga bir martadan kam yuz beradigan bronxial astma simptomlari; bir oyda 2 martadan ortiq, lekin haftada o‘pkaning normal faoliyati sharoitida bir martadan kam tunda yuz beradigan simptomlar tushuniladi. Agarda shifokor kuzatuvi davrida (odatda bir oy davomida) bronxial astmaning simptomlarini qoniqarli nazorat qilishni ta‘minlashning iloji bo‘lmasa, bronxial astmani qadamma-qadam davolashga asoslangan qo‘shimcha yoki boshqacha yallig‘lanishga qarshi davolash zaruratini ko‘rib chiqish kerak. Bronxial astma simptomlarini nazorat qilish uchun pasientlarni muntazam kuzatuvi amalga oshiriladi.
Bronxial astmani davolash uchun boshqa preparatlar va montelukast bilan majmuaviy davolash.
Agarda preparat ingalyasion glyukokortikosteroidlarni qabul qilish fonida buyurilgan bo‘lsa, ingalyasion glyukokortikosteroidlarni preparat bilan keskin almashtirish mumkin emas.
Buyraklar faoliyatining buzilishi bo‘lgan pasientlarda qo‘llanishi
Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlar uchun dozani to‘g‘rilash talab qilinmaydi.
Jigar faoliyatining buzilishi bo‘lgan pasientlarda qo‘llanishi
Yengil va o‘rtacha darajali jigar yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlar uchun dozani to‘g‘rilash talab qilinmaydi. Og‘ir darajali jigar yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlar uchun ma‘lumotlar yo‘q.
Bolalar va o‘smirlarda qo‘llanishi
15 yoshdan oshgan pasientlar uchun 10 mg li tabletkalar qo‘llanadi.
6-14 yoshli bolalar uchun 5 mg li chaynaladigan tabletkalar qo‘llanadi.
2-4 yoshli bolalar uchun 4 mg li chaynaladigan tabletkalar qo‘llanadi.
2 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun preparatning 4 mg li chaynaladigan tabletkalarning samaradorligi va xavfsizligi aniqlanmagan.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Klinik tadqiqotlarda quyidagi noxush reaksiyalari ta‘riflangan, ular odatda (>1/100, <1/10) plasebo guruhi pasientlariga qaraganda montelukastni olgan pasientlarda katta tez-tezlikda kuzatilgan:
A‘zolar va tizimlar |
15 va undan katta yoshli pasientlar
(ikki 12-haftalik tadqiqotlar; n=795) |
6-14 yoshli
bolalar (bir 8-haftalik tadqiqot; n=201) (ikki 56-haftalik tadqiqotlar; n=615) |
2-5 yoshli
bolalar (bir 12-haftalik tadqiqot; n=461) (bir 48- haftalik tadqiqot; n=278) |
Nerv tizimining buzilishlari | Bosh og‘rig‘i | Bosh og‘rig‘i | |
Me‘da-ichak buzilishlari | Qorin sohasida og‘riq | Qorin sohasida og‘riq |
Pasientlarning cheklangan soni bo‘lgan klinik tadqiqotlar vaqtida davomli davolashda (kattalar uchun 2 yil va 6-14 yoshli pasientlar uchun 12-oy) preparatning xavfsizlik profili o‘zgarmagan.
Postmarketing tadqiqotlar vaqtida quyidagi noxush reaksiyalari aniqlandi:
Qon yaratish va limfa tizimi tomonidan buzilishlar: qon ketishlariga yuqori moyillik.
Immun tizimi tomonidan buzilishlar: o‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari, shu jumladan anafilaksiya; jigarning eozinofilli infiltratlari.
Ruhiy buzilishlar: uyquni buzilishi, shu jumladan tungi dahshatlar, gallyusinasiyalar psixomotor giperreaktivlik (shu jumladan ta‘sirchanlik, bezovtalik, qo‘zg‘alish, tajovuzkor xulq va tremorni ham qo‘shib), depressiya va uyqusizlik.
Nerv tizimi tomonidan buzilishlar: uyquchanlik, bosh aylanishi, paresteziya/giperesteziya, tutqanoq xurujlari.
Yurak-tomir tizimi tomonidan buzilishlar: yurakni tez urishi.
Me‘da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar: diareya, og‘izni qurishi, dispepsiya, ko‘ngil aynishi va qusish.
Gepatobiliar tizimi tomonidan buzilishlar: qon zardobida transaminazalarning (alaninaminotransferazalar, aspartataminotransferazalar) miqdorini oshishi, xolestatik gepatit.
Teri qoplamalari tomonidan buzilishlar: angionevrotik shish, ekximozlarni paydo bo‘lishi, eshakemi, qichishish, toshmalar.
Suyak-mushak tizimi tomonidan buzilishlar: artralgiya, mialgiya, shu jumladan mushaklarning spazmlari.
Umumiy buzilishlar va yuborish joyidagi reaksiyalar: asteniya/charchoqlik, diskomfort, shish.
Juda kamdan kam hollarda bronxial astmadan aziyat chekayotgan pasientlarda montelukast preparatini qabul qilish fonida Charga-Strauss sindromi rivojlanadi.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan xolatlar
Faol moddaga yoki har qanday yordamchi moddalarga yuqori sezuvchanlik, 2 yeshgacha bo‘lgan bolalar.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Montelukast bronxial astmani oldini olish va uzoq muddatli davolash uchun an‘anaviy buyuriladigan boshqa preparatlar bilan birga ishlatilishi mumkin. Preparatlarning o‘zaro ta‘sirini aniqlash bo‘yicha tekshirishlarda, montelukast tavsiya etilgan dozalarda quyidagi dori vositalarining farmakokinetikasiga klinik ahamiyatli ta‘sir ko‘rsatmagan: teofillin, prednizon, prednizolon, peroral kontraseptivlar (etinilestradiol/ noretindron 35/1), terfenadin, digoksin va varfarin.
Montelukastning plazmadagi konsentrasiyasining egri chiziq ostidagi maydon (AUC), montelukast va fenobarbital qabul qilgan pasientlarda taxminan 40% ga kamaygan. CYP 3A4 montelukastning metabolizmida ishtirok etishi tufayli, montelukast, fenitoin, fenobarbital va rifampisin kabi CYP 3A4 induktorlari bilan birga, ayniqsa bolalarda qo‘llanganida ehtiyotkorlik namoyon qilish kerak.
In vitro tadqiqotlarda montelukast CYP 2C8 ning kuchli ingibitori ekanligi aniqlangan. Biroq montelukast va rosiglitazon (asosiy metabolizmi CYP 2C8 fermenti ishtirokida amalga oshadigan dorilar uchun marker substratlarning vakili) ning o‘zaro ta‘sirini o‘rganish bo‘yicha klinik tadqiqotlarning natijalari, in vivo sharoitida montelukastning CYP 2C8 ga ingibirlovchi ta‘sirini aniqlamagan. Shuning uchun montelukast ushbu ferment ishtirokida metabolizmga uchraydigan preparatlar (masalan, paklitaksel, rosiglitazon va repaglinid) ning aylanishlarini sezilarli o‘zgartirmasligi kutiladi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Pasientlar bronxial astmaning o‘tkir xurujlarini bartaraf qilish uchun preparatning chaynaladigan tabletkalarni qabul qilishlari mumkin emas; bunday maqsadlar uchun tegishli tez samarali, oson topiladigan astmaga qarshi vosita bo‘lishi lozim. Xuruj paydo bo‘lganida ingalyasion β-agonistlarni ishlatish tavsiya etiladi. Qisqa ta‘sirga ega ingalyasion β-agonistlarini ishlatishga extiyoj oshganida, pasientlar iloji boricha tezroq shifokorga murojaat qilishlari lozim. Preparatning chaynaladigan tabletkalari, ingalyasion yoki peroral glyukokortikosteroidlarining o‘rnini keskin almashtirmasligi kerak. Preparat yo‘ldosh qo‘llanganida peroral glyukokortikosteroidlarning dozalarini pasaytirish mumkinligidan dalolat beruvchi ma‘lumotlar yo‘q. Kam hollarda bronxial astmani davolaydigan preparatlarni, shu jumladan preparatning, chaynaladigan tabletkalarini qabul qilayotgan pasientlarda, ba‘zida vaskulit va Charga-Strauss sindromining klinik ko‘rinishlari bilan birga kechuvchi tizimli eozinofiliya paydo bo‘lishi mumkin; bunday hollarda tizimli glyukokortikosteroidlar qo‘llanadi. Bunday holatlar odatda, lekin har doim bo‘lmasada, peroral glyukokortikosteroidlarning dozasini kamaytirilishi yoki bekor qilinishi bilan bog‘liq bo‘ladi. Leykotrien reseptorlarining antagonistlarini qabul qilish Charga-Strauss sindromini paydo bo‘lishi bilan bog‘liq bo‘lishi ehtimolini na inkor etish, na tasdiqlash mumkin emas. Shifokorlar bu pasientlarda eozinofiliya, vaskulit toshmalarini paydo bo‘lishi, o‘pka simptomlarini zo‘rayib borishi, yurak tomonidan asoratlar va/yoki neyropatiyani paydo bo‘lishi mumkinligi yuzasidan xabardor bo‘lishlar lozim. Yuqorida keltirilgan simptomlar paydo bo‘lgan pasientlar qayta tekshiruvdan o‘tishlari kerak, ularning davolash tartibi esa qayta ko‘rib chiqilishi lozim.
Preparat pasientlarning avtomobilni va boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘sir qilmasligi taxmin qilinadi. Biroq ehtiyotkorlikka rioya qilish lozim, chunki davolanish vaqtida kam hollarda uyquchanlik aniqlangan.
Homiladorlik va emizikli davr
Homiladorlik
Homiladorlikka bo‘yicha ma‘lumotlar bazasidagi cheklangan ma‘lumotlar montelukast va tug‘ma nuqsonlar (masalan, qo‘l-oyoqlarning defektlari bilan) orasida sababli bog‘liqlikni borligini taxmin qilish imkoni yo‘q, ular kam hollarda global postmarketing tadqiqotlar vaqtida aniqlangan. Preparat homiladorlik davrida faqat juda zarur hollardagina qo‘llanishi mumkin. Montelukastni ona sutiga o‘tish to‘g‘risida ma‘lumotlar yo‘q.
Emizikli davr
Emizish davrida preparat faqat juda zarur holatlardagina qo‘llanishi mumkin.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va uni yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari: qorin og‘rig‘i, uyquchanlik, chanqoqlik, bosh og‘rig‘i, qusish, psixomotor giperreaktivlik.
Davolash: simptomatik. Montelukastni peritoneal dializ yoki gemodializda chiqarilishini mumkinligi to‘g‘risida ma‘lumotlar yo‘q
Chiqarilish shakli
Chaynaladigan tabletkalar 4 mg va 5 mg dan kontur-uyali o‘ramda.
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Resept bo‘yicha.
Chiqarish shakllari