Montelukast
Montelukast qo'llanmasi
Qo‘llash ko‘rsatmalari
- — bronxial astmaning oldini olish va uzoq muddatli davolash, shu jumladan kasallikning kunduzgi va tungi simptomlarini oldini olish;
- — atsetilsalitsil kislotasiga yuqori sezuvchanligi bo'lgan bemorlarda bronxial astmani davolash;
- — jismoniy zo'riqish chaqirgan bronxospazm profilaktikasi;
- — mavsumiy allergik rinitlar va doimiy allergik rinitlarning kunduzgi va tungi simptomlarini bartaraf etish.
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
- — preparatning har qanday komponentiga yuqori sezuvchanlik;
- — 6 yoshgacha bo‘lgan bolalar;
- — fenilketonuriya.
- Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanilishi
- Homilador ayollar ishtirokida montelukastning klinik tadqiqotlari o‘tkazilmagan. Montelukast preparatini homiladorlik va ko‘krak suti bilan boqish davrida faqat ona uchun kutilayotgan foyda homila yoki bola uchun potentsial xavfdan yuqori bo‘lsagina qo‘llash kerak. Montelukastning ro‘yxatdan o‘tkazilgandan keyingi qo‘llanilishi davomida homiladorlik davrida Montelukast qabul qilgan onalarning yangi tug‘ilgan chaqaloqlarida oyoq-qo‘llarning tug‘ma nuqsonlari rivojlanishi haqida xabar berilgan. Ushbu ayollarning aksariyati homiladorlik davrida bronxial astmani davolash uchun boshqa preparatlarni ham qabul qilishgan. Montelukast qabul qilish va oyoq-qo‘llarning tug‘ma nuqsonlari rivojlanishi o‘rtasidagi sabab-oqibat bog‘liqligi aniqlanmagan.
- Montelukast ko‘krak suti bilan ajralib chiqishi noma’lum. Ko‘pgina dori vositalari ko‘krak suti bilan ajralib chiqqanligi sababli, buni Montelukast preparatini tayinlashda hisobga olish kerak
Tarkibi
- 1 tab.
- montelukast natriy 5.2 mg, bu montelukast 5 mg miqdoriga mos keladi
- Yordamchi moddalar: mannitol - 203.3 mg, mikrokristall tsellyuloza - 81 mg, giproloza (gidroksipropiltsellyuloza) - 3 mg, magniy stearati - 3 mg, Olcha aromatizatori - 3 mg, aspartam - 1.5 mg.
Farmakokinetikasi
Nojo'ya ta'sirlar
- Nojo'ya ta'sirlar odatda yengil bo'ladi va, qoida tariqasida, preparatni bekor qilishni talab qilmaydi.
- Asab tizimi tomonidan: bosh og'rig'i, bosh aylanishi, uyquchanlik, paresteziya/ginesteziya, tirishishlar.
- Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: tezlashgan yurak urishi.
- Nafas olish tizimi, ko'krak qafasi va ko'ks oralig'i a'zolari tomonidan: burun qonashlari, o'pka eozinofiliyasi.
- Ruhiyat tomonidan buzilishlar: ajitatsiya, shu jumladan agressiv xulq-atvor yoki dushmanlik, xavotirlik, depressiya, dezorientatsiya, diqqat buzilishi, patologik tushlar, gallyutsinatsiyalar, uyqusizlik, xotira buzilishi, psixomotor faollik (shu jumladan asabiylik, bezovtalik va tremor), somnambulizm, o'z joniga qasd qilish fikrlari va xulq-atvori (suitsidallik).
- OHT tomonidan: diareya, dispepsiya, ko'ngil aynishi, qusish, pankreatit, qorinda og'riq.
- Jigar va o't yo'llari tomonidan buzilishlar: ALT va AST faolligining oshishi, gepatit (shu jumladan xolestatik, gepatotsellyulyar va aralash jigar shikastlanishlari).
- Tayanch-harakat tizimi a'zolari tomonidan: artralgiya, mialgiya, mushak tirishishlari.
- Qon va limfa tizimi tomonidan: qon ketishga moyillikning oshishi, trombotsitopeniya.
- Teri va teri osti to'qimalari tomonidan: gematomalar shakllanishiga moyillik, tugunli eritema, ko'p shaklli eritema, qichishish, toshmalar, eshakemi, angionevrotik shish.
- Immun tizimi tomonidan: yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari, shu jumladan anafilaksiya, jigarning eozinofil infiltratsiyasi.
- Infektsion va parazitar kasalliklar: yuqori nafas yo'llari infektsiyalari.
- Boshqalar: asteniya (holsizlik)/charchoq, shishlar, pireksiya.
Dozirovkasi
6 yoshdan 14 yoshgacha bo'lgan bolalar
Bitta chaynash uchun tabletka 5 mg dan sutkasiga bir marta.
Ushbu yosh guruhi uchun dozani tanlash talab etilmaydi.
15 yoshdan oshgan bolalar va kattalar
Kattalar va 15 yoshdan oshgan bolalar uchun doza sutkasiga 10 mg montelukastni tashkil qiladi. Montelukast preparatining bronxial astma kechishini aks ettiruvchi ko'rsatkichlarga terapevtik ta'siri birinchi kun davomida rivojlanadi. Bemor preparatni bronxial astma simptomlarini nazorat qilishga erishish davrida ham, kasallik zo'rayish davrida ham qabul qilishni davom ettirishi kerak.
Keksa bemorlar, buyrak yetishmovchiligi bo'lgan bemorlar, yengil yoki o'rtacha og'irlikdagi jigar funksiyasi buzilishlari bo'lgan bemorlar uchun dozani maxsus tanlash talab etilmaydi.
Montelukastni bronxodilatatorlar va ingalyatsion glyukokortikosteroidlar (GKS) bilan davolashga qo'shish mumkin.
Dori shaklining ta'rifi
- Olcha hidli, oq yoki deyarli oq rangli, dumaloq, ikki tomonlama qavariq chaynash tabletkalari.
Maxsus saqlash sharoitlari
Ichga qabul qilish uchun montelukastning o'tkir bronxial astma xurujlarini davolashga nisbatan samaradorligi aniqlanmagan. Shuning uchun Montelukast tabletkalarini o'tkir bronxial astma xurujlarini davolash uchun tayinlash tavsiya etilmaydi. Bemorlarga bronxial astma xurujlarini bartaraf etish uchun shoshilinch yordam preparatlarini (qisqa ta'sir etuvchi ingalyatsion beta-agonistlar) doimo o'zlari bilan olib yurishlari haqida yo'riqnoma berilishi kerak.
Bronxial astma zo'rayishi davrida Montelukast preparatini qabul qilishni to'xtatmaslik kerak. Xurujlarni bartaraf etish uchun shoshilinch yordam preparatlarini (qisqa ta'sir etuvchi ingalyatsion beta-agonistlarni) qo'llash zarurligini yodda tutish kerak.
Atsetilsalitsil kislotasi va boshqa nosteroid yallig'lanishga qarshi preparatlarga (NYQP) tasdiqlangan allergiyasi bo'lgan bemorlar Montelukast preparati bilan davolash davrida ushbu preparatlarni qabul qilmasliklari kerak, chunki montelukast allergik bronxial astmasi bo'lgan bemorlarda nafas olish funktsiyasini yaxshilasa-da, shunga qaramay, ularda nosteroid yallig'lanishga qarshi preparat chaqirgan bronxokonstriktsiyani to'liq oldini ololmaydi.
Montelukast bilan davolash fonida qabul qilinadigan ingalyatsiya yoki ichga qabul qilish uchun glyukokortikosteroidlar dozasini shifokor nazorati ostida asta-sekin kamaytirish mumkin. Biroq glyukokortikosteroidlarni Montelukast preparatiga keskin almashtirishni o'tkazish mumkin emas.
Montelukast qabul qilgan bemorlarda psixonevrologik buzilishlar tasvirlangan ("Nojo'ya ta'siri" bo'limiga qarang). Ushbu simptomlar boshqa omillar tomonidan chaqirilgan bo'lishi mumkinligini hisobga olib, ular montelukastni qabul qilish bilan bog'liqligi noma'lum. Shifokor ushbu noxush ko'rinishni bemorlar va/yoki ularning ota-onalari/vasiylari bilan muhokama qilishi zarur. Bemorlarga va/yoki ularning ota-onalari/vasiylariga shunday simptomlar paydo bo'lgan taqdirda bu haqda davolovchi shifokorga xabar berish kerakligini tushuntirish kerak.
Kamdan-kam hollarda astmaga qarshi preparatlarni, shu jumladan leykotrien retseptorlari antagonistlarini olgan bemorlar quyida sanab o'tilgan noxush ko'rinishlardan birini yoki bir nechtasini boshdan kechirishgan: eozinofiliya, toshma, o'pka simptomlarining yomonlashishi, kardiologik asoratlar va/yoki neyropatiya, ba'zan Chardj-Stross sindromi, tizimli eozinofil vaskulit sifatida tashxis qo'yiladi. Bu holatlar ba'zan ichga qabul qilish uchun kortikosteroidlar bilan terapiya dozasini kamaytirish yoki bekor qilish bilan bog'liq bo'lgan. Garchi ushbu noxush ko'rinishlarning leykotrien retseptorlari antagonistlari bilan terapiya bilan sabab-oqibat bog'liqligi aniqlanmagan bo'lsa-da, montelukast qabul qilayotgan bemorlarda ehtiyotkorlikka rioya qilish va tegishli klinik kuzatuv o'tkazish zarur.
Montelukast 5 mg chaynash tabletkalari preparati aspartam - fenilalanin manbaini saqlaydi. Fenilketonuriyasi bo'lgan bemorlar har bir chaynash tabletkasi 0,842 mg fenilalaninga ekvivalent miqdorda aspartam saqlashi va Montelukast 5 mg chaynash tabletkalari preparatini fenilketonuriyasi bo'lgan bemorlar qabul qilmasliklari kerakligi haqida xabardor qilingan bo'lishlari kerak.
Transport vositalarini va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Montelukastni qabul qilish avtomobilni yoki harakatlanuvchi mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'sir qilishidan dalolat beruvchi ma'lumotlar aniqlanmagan. Biroq preparat qo'llanilganda bosh aylanishi va uyquchanlik kabi nojo'ya ta'sirlar yuzaga kelishi mumkin. Shu sababli, avtotransportni boshqarishda va psixomotor reaktsiyalar tezligini talab qiluvchi harakatlarni bajarishda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Nojo'ya samaralari
Nojo‘ya ta’sirlar odatda yengil bo‘ladi va, qoida tariqasida, preparatni bekor qilishni talab etmaydi.
Asab tizimi tomonidan: bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, uyquchanlik,
paresteziya/gipesteziya, tirishishlar.
Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: yurak urishining tezlashishi.
Nafas olish tizimi, ko‘krak qafasi a’zolari va ko‘ks oralig‘i tomonidan: burun qonashlari, o‘pka eozinofiliyasi.
Ruhiyat tomonidan buzilishlar: ajitatsiya, shu jumladan agressiv xulq-atvor yoki dushmanlik, xavotirlik, depressiya, dezorientatsiya, diqqat buzilishi, patologik tush ko‘rishlar, gallyutsinatsiyalar, uyqusizlik, xotira buzilishlari, psixomotor faollik (shu jumladan ta’sirchanlik, bezovtalik va tremor), somnambulizm, suitsidal fikrlar va xulq-atvor (suitsidallik).
Me’da-ichak yo‘llari tomonidan: diareya, dispepsiya, ko‘ngil aynishi, qusish, pankreatit, qorinda og‘riq.
Jigar va o‘t chiqarish yo‘llari tomonidan buzilishlar: alaninaminotransferaza (ALT) va aspartataminotransferaza (AST) faolligining oshishi, gepatit (shu jumladan xolestatik, gepatotsellyulyar va jigarning aralash shikastlanishlari).
Tayanch-harakat tizimi a’zolari tomonidan: artralgiya, mialgiya, mushak tirishishlari.
Qon va limfa tizimi tomonidan: qon ketishlarga moyillikning oshishi, trombotsitopeniya.
Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan: gematomalar shakllanishiga moyillik, tugunli eritema, ko‘p shaklli eritema, qichishish, toshmalar, eshakemi, angionevrotik shish. Immun tizimi tomonidan: o‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari, shu jumladan anafilaksiya, jigarning eozinofil infiltratsiyasi.
Yuqumli va parazitar kasalliklar: yuqori nafas yo‘llari infeksiyalari. Boshqalar: asteniya (holsizlik)/toliqish, shishlar, pireksiya.
Montelukast barcha rasmlari
















