Apteka.uz
SavatKirish

Pulmikort

Pulmikort chiqarilish shakllari

PULMIKORT suspenziya 2 ml 0,5 mg/ml N20
Retseptli
PULMIKORT suspenziya 2 ml 0,5 mg/ml N20
Shvetsiya
Ishlab chiqaruvchi:
Astra Zeneka AB
•12 ta dorixonada bor
Narxi
280 000 so'm dan
PULMIKORT suspenziya 2 ml 0,25 mg/ml N20
Retseptli
PULMIKORT suspenziya 2 ml 0,25 mg/ml N20
Shvetsiya
Ishlab chiqaruvchi:
Astra Zeneka AB
•22 ta dorixonada bor
Narxi
194 700 so'm dan
- Pulmikort qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- Pulmikortning tarkibi
- Pulmikort ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- Pulmikort narxi Toshkent dorixonalarida

Pulmikort haqida qo'llanma

Qo‘llash ko‘rsatmalari

  • — yallig'lanish jarayonini nazorat qilish uchun glyukokortikosteroidlar bilan tutib turuvchi terapiyani talab qiluvchi bronxial astma. — o'pkaning surunkali obstruktiv kasalligi (O'SOK).

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

  • — 6 oylikkacha bo‘lgan bolalar; — budesonidga yuqori sezuvchanlik. O‘pka tuberkulyozining faol shakli, nafas a’zolarining zamburug‘li, virusli, bakterial infeksiyalari, jigar sirrozi bo‘lgan bemorlarga preparatni ehtiyotkorlik bilan (bemorlarni sinchkovlik bilan kuzatish talab etiladi) tayinlash kerak. Tayinlashda GKS tizimli ta’siri namoyon bo‘lishi mumkinligini hisobga olish kerak.

Tarkibi

  • budesonid (mikronizatsiyalangan shaklda) 500 mkg Yordamchi moddalar: natriy xlorid, natriy sitrat, dinatriy edetat (etilendiamintetrasirka kislotasi natriy tuzi (ikki o‘rinbosarli)), polisorbat 80, limon kislotasi (suvsiz), tozalangan suv. 1 ml suspenziyada saqlanadi: Faol ‘ ingredient: budesonid (mikronizatsiyalangan budesonid) 0,25 mg Yordamchi ingredientlar: natriy xlorid 8,5 mg, natriy sitrat 0,5 mg, edetat dinatriy (etilendiamintetrasirka kislotasi natriy tuzi (ikki o‘rinbosarli) 0,1mg, -polisorbat- 80 0,2 mg, limon kislotasi (suvsiz) 0,28 mg, tozalangan suv 1 ml gacha

Farmakokinetikasi

So‘rilishi: Ingalyatsiya qilinadigan budesonid tez absorbtsiya qilinadi. Turbuxaler yordamida ingalyatsiyadan so‘ng o‘lchangan dozaning taxminan 25-35% o‘pkaga tushadi. Qon plazmasida maksimal konsentratsiya ingalyatsiyadan so‘ng 30 daqiqadan keyin erishiladi. Preparatning tizimli biokiraolishligi qabul qilingan dozaning taxminan 38% ini tashkil qiladi. Metabolizmi va taqsimlanishi: Plazma oqsillari bilan bog‘lanishi o‘rtacha 90% ni tashkil qiladi. Budesonidning taqsimlanish hajmi taxminan 3 l/kg ni tashkil qiladi. So‘rilgandan so‘ng budesonid jigarda past glyukokortikosteroid faollikka ega metabolitlar hosil bo‘lishi bilan intensiv (90% dan ortiq) biotransformatsiyaga uchraydi. Asosiy metabolitlar gidroksibudesonid va 16 alfa-gidroksiprednizolonning glyukokortikosteroid faolligi budesonidning glyukokortikosteroid faolligining 1% dan kamini tashkil qiladi. Chiqarilishi: Budesonid asosan CYP3A4 fermenti ishtirokida metabolizmga uchraydi. Metabolitlar o‘zgarmagan holda yoki kon'yugatsiyalangan shaklda siydik bilan chiqariladi. O‘zgarmagan budesonidning arzimas miqdori siydik bilan chiqariladi. Budesonid yuqori tizimli klirensga ega (taxminan 1,2 l/daq). Budesonid farmakokinetikasi preparatning yuborilayotgan dozasi miqdoriga proporsional. Bolalarda va buyrak funktsiyasi buzilgan bemorlarda budesonid farmakokinetikasi noma'lum. Jigar kasalliklari bo‘lgan bemorlarda budesonidning organizmda bo‘lish vaqti uzayishi mumkin.

Farmakologik ta'siri

Budesonid kuchli mahalliy yallig'lanishga qarshi ta'sirga ega glyukokortikosteroid hisoblanadi. Bronxial astmani davolashda glyukokortikosteroidlarning aniq ta'sir mexanizmi oxirigacha aniq emas. Yallig'lanish mediatorlari ajralib chiqishini va sitokin-vositali immun javobni ingibitsiya qilish kabi yallig'lanishga qarshi ta'sir, ehtimol, eng muhim hisoblanadi. Budesonidning glyukokortikosteroidlar retseptorlariga yaqinligi prednizolonnigiga qaraganda 15 baravar yuqori. Budesonidning yallig'lanishga qarshi samarasi erta va kechki allergik javob vaqtida nafas yo'llari obstruktsiyasi darajasining pasayishi orqali vositalanadi. Budesonid gistamin va metaxolin ingalyatsiyasiga javoban nafas yo'llarining reaktivligini kamaytiradi. Persistlanuvchi kechuvchi bronxial astma tashxisi qo'yilgan paytdan boshlab budesonid bilan davolash qanchalik erta boshlansa, o'pka funktsiyasining shunchalik katta yaxshilanishini kutish mumkin. Pulmikort Turbuxaler qabul qilish fonida plazma va siydikda kortizol miqdoriga dozaga bog'liq ta'sir ko'rsatilgan. Tavsiya etilgan dozalarda preparat buyrak usti bezi funktsiyasiga AKTG testlarida ko'rsatilganidek, prednizonning 10 mg dozasiga qaraganda sezilarli darajada kamroq ta'sir ko'rsatadi. 3 yoshdan katta bolalarda budesonidni sutkasiga 400 mkg gacha dozada qo'llash tizimli samaralar paydo bo'lishiga olib kelmagan. Preparatning tizimli samarasi biokimyoviy belgilari preparat sutkasiga 400 dan 800 mkg gacha dozada qabul qilinganda uchrashi mumkin. Doza sutkasiga 800 mkg dan oshganda preparatning tizimli samaralari tez-tez uchraydi. Bronxial astmani davolash uchun glyukokortikosteroidlarni qo'llash o'sishning buzilishini keltirib chiqarishi mumkin. Uzoq vaqt davomida (11 yilgacha) budesonid olgan bolalar va o'smirlarni kuzatish natijalari shuni ko'rsatdiki, bemorlarning bo'yi kattalar uchun kutilgan normativ ko'rsatkichlarga etadi. Ingalyatsion budesonid bilan sutkasiga bir yoki ikki marta terapiya jismoniy zo'riqish astmasi profilaktikasi uchun samaradorlikni ko'rsatdi

Nojo'ya ta'sirlar

  • Shuningdek, asabiylik, qo'zg'aluvchanlik, depressiya, xulq-atvor buzilishlari kabi psixonevrologik simptomlar kuzatilishi mumkin. Og'iz-halqum kandidozi rivojlanish xavfini hisobga olib, bemor preparatning har bir ingalyatsiyasidan keyin og'zini suv bilan yaxshilab chayishi kerak. Kamdan-kam hollarda glyukokortikosteroidlarning tizimli ta'siri, shu jumladan buyrak usti bezlari gipofunktsiyasi chaqirgan simptomlar yuzaga kelishi mumkin. Kamdan-kam hollarda terida ko'karishlar paydo bo'lishi kuzatilgan

Dozirovkasi

  • 0,25mg/ml 0,5mg/ml 100mkg/doza 200 mkg/doza

Dozani oshirib yuborilishi

Pulmikort® preparati bilan o‘tkir doza oshib ketganda klinik ko‘rinishlar yuzaga kelmaydi. Preparat tavsiya etilgandan sezilarli darajada yuqori dozalarda uzoq vaqt qo‘llanilganda giperkortitsizm va buyrak usti bezlari funksiyasining susayishi ko‘rinishidagi GKS ning tizimli ta’sirlari rivojlanishi mumkin.

Dori shaklining ta'rifi

  • Ingalyatsiya uchun dozalangan kukun oqdan deyarli oq ranggacha bo'lgan dumaloq granulalar ko'rinishida, eng kichik mexanik ta'sirda oson parchalanadi; arzimas qismi kukun ko'rinishida bo'lishi mumkin Ingalyatsiya uchun dozalangan kukun oqdan deyarli oq ranggacha bo'lgan dumaloq granulalar ko'rinishida, eng kichik mexanik ta'sirda oson parchalanadi; arzimas qismi kukun ko'rinishida bo'lishi mumkin. Ingalyatsiya uchun dozalangan suspenziya oq yoki deyarli oq rangli, oson qayta suspenziyalanadigan.

Maxsus ko‘rsatmalari

Og‘iz-halqumning zamburug‘li shikastlanishi xavfini minimallashtirish uchun bemorga preparatning har bir ingalyatsiyasidan keyin og‘izni suv bilan yaxshilab chayish zarurligi haqida ko‘rsatma berish kerak.

Budesonidni ketokonazol, itrakonazol yoki boshqa potensial CYP3A4 ingibitorlari bilan birga tayinlashdan saqlanish kerak. Agar budesonid va ketokonazol yoki boshqa potensial CYP3A4 ingibitorlari tayinlangan bo‘lsa, preparatlarni qabul qilish o‘rtasidagi vaqtni maksimal darajada oshirish kerak.

Buyrak usti bezi funksiyasining susayishi xavfi tufayli peroral glyukokortikosteroidlardan Pulmikort qabul qilishga o‘tkazilayotgan bemorlarga alohida e'tibor qaratish zarur. Shuningdek yuqori dozalarda glyukokortikosteroidlarni qabul qilgan yoki uzoq muddat davomida ingalyatsion glyukokortikosteroidlarning maksimal yuqori tavsiya etilgan dozalarini olgan bemorlarga alohida e'tibor qaratish kerak. Bunday bemorlarda stress holatlarida buyrak usti bezi yetishmovchiligi belgilari va simptomlari namoyon bo‘lishi mumkin. Stresslarda yoki jarrohlik aralashuvi hollarida tizimli glyukokortikosteroidlar bilan qo‘shimcha terapiya o‘tkazish tavsiya etiladi.

Tizimli glyukokortikosteroidlardan ingalyatsion glyukokortikosteroidlarga (Pulmikort) o‘tkazilayotgan bemorlarga yoki gipofizar-buyrak usti bezi funksiyasining buzilishi kutilishi mumkin bo‘lgan hollarda alohida e'tibor qaratish zarur. Bunday bemorlarda tizimli glyukokortikosteroidlar dozasini alohida ehtiyotkorlik bilan kamaytirish va gipotalamo-gipofizar-buyrak usti bezi funksiyasini nazorat qilish kerak. Shuningdek bemorlarga jarohat, jarrohlik aralashuvi va h.k. kabi stress holatlari davrida peroral glyukokortikosteroidlarni qo‘shish talab etilishi mumkin.

Peroral glyukokortikosteroidlardan Pulmikortga o‘tishda bemorlar ilgari kuzatilgan mushak og‘riqlari yoki bo‘g‘im og‘riqlari kabi simptomlarni his qilishlari mumkin. Bunday hollarda peroral glyukokortikosteroidlar dozasini vaqtincha oshirish kerak bo‘lishi mumkin. Kamdan-kam hollarda charchoq hissi, bosh og‘rig‘i, ko‘ngil aynishi va qusish kabi tizimli glyukokortikosteroidlar yetishmovchiligiga ishora qiluvchi simptomlar kuzatilishi mumkin.

Peroral glyukokortikosteroidlarni ingalyatsioniga almashtirish ba'zan ilgari tizimli preparatlar bilan bartaraf etilgan yo‘ldosh allergiya, masalan, rinit va ekzemaning namoyon bo‘lishiga olib keladi.

Uzoq vaqt davomida glyukokortikosteroidlar bilan davolanayotgan bolalar va o‘smirlarda (yetkazib berish usulidan qat'i nazar) o‘sish ko‘rsatkichlarini muntazam nazorat qilish tavsiya etiladi. Glyukokortikosteroidlarni tayinlashda preparatni qo‘llash foydasi va o‘sishning sekinlashishi ehtimoliy xavfi nisbatini hisobga olish kerak.

3 yoshdan katta bolalarda budesonidni sutkasiga 400 mkg gacha dozada qo‘llash tizimli samaralar yuzaga kelishiga olib kelmagan. Preparatning tizimli samarasi biokimyoviy belgilari preparat sutkasiga 400 dan 800 mkg gacha dozada qabul qilinganda uchrashi mumkin. Doza sutkasiga 800 mkg dan oshganda preparatning tizimli samaralari tez-tez uchraydi. Bronxial astmani davolash uchun glyukokortikosteroidlarni qo‘llash o‘sishning buzilishini chaqirishi mumkin. Uzoq vaqt davomida (11 yilgacha) budesonid olgan bolalar va o‘smirlarni kuzatish natijalari shuni ko‘rsatdiki, bemorlarning bo‘yi kattalar uchun kutilgan me'yoriy ko‘rsatkichlarga yetadi.

Sutkada 1 yoki 2 marta ingalyatsion budesonid bilan terapiya jismoniy zo‘riqish bronxial astmasi profilaktikasi uchun samaradorlikni ko‘rsatdi.



AVTOMOBIL YOKI BOSHQA MEXANIZMLARNI BOSHQARISH QOBILIYATIGA TA'SIRI

Pulmikort avtomobil yoki boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'sir qilmaydi.



Pulmikortni nebulayzer yordamida qo‘llash

Pulmikort mundshtuk va maxsus niqob bilan jihozlangan tegishli nebulayzer yordamida ingalyatsiyalar uchun qo‘llaniladi. Nebulayzer zarur havo oqimini (5-8 l/daq) yaratish uchun kompressorga ulanadi, nebulayzerni to‘ldirish hajmi 2-4 ml ni tashkil qilishi kerak.

Bemorga quyidagilarni ma'lum qilish muhim:

- preparatni ishlatish bo‘yicha yo‘riqnomani diqqat bilan o‘qib chiqish;

- Pulmikort suspenziyasini qo‘llash uchun ultratovushli nebulayzerlar to‘g‘ri kelmaydi;

- Pulmikort suspenziyasini 0,9 % li natriy xlorid eritmasi bilan yoki terbutalin, salbutamol, fenoterol, asetilsistein, natriy kromoglikat va ipratropiy bromid eritmalari bilan aralashtiriladi; suyultirilgan suspenziyani 30 daqiqa ichida ishlatish kerak.

- ingalyatsiyadan so‘ng og‘iz-halqum kandidozi rivojlanishini kamaytirish uchun og‘izni suv bilan chayish kerak;

- niqob ishlatilgandan so‘ng terining ta'sirlanishini oldini olish uchun yuz terisini suv bilan yuvish kerak;

- ishlab chiqaruvchi ko‘rsatmalariga muvofiq nebulayzerni muntazam tozalash tavsiya etiladi;

Bola nebulayzer orqali mustaqil nafas ola olmaydigan hollarda maxsus niqob qo‘llaniladi.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Budesonidning bronxial astmani davolashda ishlatiladigan boshqa preparatlar bilan o‘zaro ta’siri kuzatilmagan. Ketokonazol (sutkada bir marta 200 mg) birga qabul qilinganda peroral budesonid (sutkada bir marta 3 mg) plazma konsentratsiyasini o‘rtacha 6 baravar oshiradi. Ketokonazol budesonid qabul qilingandan keyin 12 soat o‘tgach qabul qilinganda, oxirgisining qon plazmasidagi konsentratsiyasi o‘rtacha 3 baravar oshgan. Ingalyatsiya qilingan budesonid qabul qilinganda shunday o‘zaro ta’sir haqida ma’lumot yo‘q, ammo bu holda ham qon plazmasida budesonid konsentratsiyasi oshishini kutish kerak deb taxmin qilinadi. Ma’lumotlar yo‘qligi sababli ushbu preparatlarni bir vaqtda tayinlamaslik kerak. Ketokonazol va budesonidni birga tayinlash zarurati bo‘lganda preparatlarni qabul qilish orasidagi vaqtni maksimal darajada uzaytirish kerak. Shuningdek budesonid dozasini kamaytirish masalasini ko‘rib chiqish kerak. Boshqa potensial CYP3A4 fermenti ingibitorlari (masalan, itrakonazol) ham plazmada budesonid konsentratsiyasi sezilarli oshishini chaqiradi.

Qo‘llash usuli va dozirovkasi

DozalashPreparat dozasi individual tanlanadi. Agar tavsiya etilgan doza sutkasiga 1 mg dan oshmasa, preparatning butun dozasini bir marta (bir vaqtning o'zida) qabul qilish mumkin. Yuqoriroq doza qabul qilinganda uni ikki qabulga bo'lish tavsiya etiladi.

Tavsiya etilgan boshlang'ich doza:

6 oylik va undan katta bolalar: sutkasiga 0,25-0,5 mg. Zarurat bo'lganda doza 1 mg/sutkaga oshirilishi mumkin.

Kattalar/keksa bemorlar: sutkasiga 1-2 mg.

Ushlab turuvchi davolashda doza:

6 oylik va undan katta bolalar: sutkasiga 0,25-2 mg.

Kattalar: sutkasiga 0,5-4 mg. Og'ir zo'rayishlarda doza oshirilishi mumkin.

Barcha bemorlar uchun minimal samarali ushlab turuvchi dozani aniqlash maqsadga muvofiqdir.

Qo'shimcha terapevtik samaraga erishish zarurati tug'ilganda, tizimli ta'sirlar rivojlanish xavfi pastroq bo'lganligi sababli, preparatni peroral glyukokortikosteroidlar bilan kombinatsiyasi o'rniga Pulmikort sutkalik dozasini (1 mg/sutkaga) oshirishni tavsiya qilish mumkin.



Peroral glyukokortikosteroidlarni qabul qiluvchi bemorlar

Peroral glyukokortikosteroidlarni bekor qilishni bemor salomatligining barqaror holati fonida boshlash kerak. 10 kun davomida odatdagi dozadagi peroral glyukokortikosteroidlarni qabul qilish fonida Pulmikortning yuqori dozasini qabul qilish kerak. Keyinchalik bir oy davomida peroral glyukokortikosteroidlar dozasini asta-sekin (masalan, 2,5 mg prednizolon yoki uning analogi bo'yicha) minimal samarali dozagacha kamaytirish kerak. Ko'p hollarda peroral glyukokortikosteroidlarni qabul qilishdan butunlay voz kechishga erishiladi.

Pulmikort nebulayzer yordamida suspenziya ko'rinishida qo'llanilganda nafas olish paytida o'pkaga tushishi sababli, bemorga preparatni nebulayzer mundshtuki orqali xotirjam va bir tekis nafas olishni tushuntirish muhimdir.

Buyrak yetishmovchiligi yoki jigar funksiyasi buzilishi bo'lgan bemorlarda budesonidni qo'llash to'g'risida ma'lumotlar yo'q. Budesonid jigarda biotransformatsiya yo'li bilan chiqarilishini hisobga olib, yaqqol jigar sirrozi bo'lgan bemorlarda preparat ta'sir davomiyligi oshishini kutish mumkin.

Stenozlovchi laringotraxeit (soxta krup):

6 oylik va undan katta bolalar: sutkasiga 2 mg. Preparat dozasini bir marta (bir vaqtning o'zida) qabul qilish yoki uni 30 daqiqa oraliq bilan 1 mg dan ikki qabulga bo'lish mumkin.

Pulmikortni nebulayzer yordamida qo'llash

Pulmikort mundshtuk va maxsus niqob bilan jihozlangan tegishli nebulayzer yordamida ingalyatsiyalar uchun qo'llaniladi. Nebulayzer zarur havo oqimini (5-8 l/daq) hosil qilish uchun kompressor bilan ulanadi, nebulayzerni to'ldirish hajmi 2-4 ml ni tashkil qilishi kerak.

Bemorga quyidagilarni ma'lum qilish muhim:

- preparatni ishlatish bo'yicha yo'riqnomani diqqat bilan o'qib chiqish;

- Pulmikort suspenziyasini qo'llash uchun ultratovushli nebulayzerlar to'g'ri kelmaydi;

- Pulmikort suspenziyasini 0,9 % li natriy xlorid eritmasi yoki terbutalin, salbutamol, fenoterol, atsetilsistein, natriy kromoglikat va ipratropiy bromid eritmalari bilan aralashtiradilar; suyultirilgan suspenziyani 30 daqiqa ichida ishlatish kerak.

- ingalyatsiyadan keyin og'iz bo'shlig'i va halqum kandidozi rivojlanishini kamaytirish uchun og'izni suv bilan chayish kerak;

- niqobdan foydalangandan keyin terining ta'sirlanishini oldini olish uchun yuz terisini suv bilan yuvish kerak;

- muntazam ravishda ishlab chiqaruvchi ko'rsatmalariga muvofiq nebulayzerni tozalash tavsiya etiladi;

Bola nebulayzer orqali mustaqil nafas ololmaydigan hollarda maxsus niqob qo'llaniladi.

Pulmikortni nebulayzer yordamida qanday ishlatish kerak

1. Ishlatishdan oldin konteynerni yengil aylanma harakat bilan ehtiyotkorlik bilan silkitib oling.

2. Konteynerni to'g'ri vertikal holda ushlang (rasmda ko'rsatilganidek) va uni "qanot"ini burab va uzib oching.

3. Konteynerni ochiq uchi bilan ehtiyotkorlik bilan nebulayzerga joylashtiring va konteyner ichidagisini sekin siqib chiqaring.

Bir martalik dozani saqlovchi konteyner chiziq bilan belgilangan. Agar konteyner to'ntarilsa, bu chiziq 1 ml ga teng hajmni ko'rsatadi.

Agar faqat 1 ml suspenziya ishlatish zarur bo'lsa, konteyner ichidagisi suyuqlik sathi chiziq bilan belgilangan darajaga yetguncha siqib chiqariladi.

Ochiq konteyner yorug'likdan himoyalangan joyda saqlanadi. Ochiq konteyner 12 soat ichida ishlatilishi kerak.

Qoldiq suyuqlikni ishlatishdan oldin konteyner ichidagisi aylanma harakat bilan ehtiyotkorlik bilan silkitiladi.

Eslatma

1. Har bir ingalyatsiyadan keyin og'zingizni suv bilan chaying.

2. Agar siz niqobdan foydalansangiz, ingalyatsiya paytida niqob yuzga zich yopishishiga ishonch hosil qiling. Ingalyatsiyadan keyin yuzingizni yuving.

Tozalash

Nebulayzer kamerasi, mundshtuk yoki niqobni har bir qo'llashdan keyin tozalash kerak. Nebulayzer kamerasi, mundshtuk yoki niqob iliq suvda, yumshoq detergent yordamida yoki ishlab chiqaruvchi yo'riqnomalariga muvofiq yuviladi. Kamerani kompressor yoki kirish havo klapani bilan ulab, nebulayzerni yaxshilab chaying va quriting.Dozani oshirib yuborishO'tkir dozani oshirib yuborishda klinik ko'rinishlar yuzaga kelmaydi. Preparat tavsiya etilganlardan ancha yuqori dozalarda uzoq muddat ishlatilganda giperkortitsizm va buyrak usti bezlari funksiyasini bostirish ko'rinishidagi tizimli glyukokortikosteroid ta'sir rivojlanishi mumkin.
Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Pulmikort preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing
Manbalar ro‘yxati:

Pulmikort narxlari

Dorixonalar
Manzil
Ish vaqti
Sotib olish
Europharm
Mirzo Ulug'bek tumani, Buyuk Ipak Yoʻli dahasi, 26 uy, 13 xonadon
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-23:00
330 000 so'm
Buyurtma berish
Insof Baraka Farm
Olmazor tumani, Sebzor ko'chasi, c-17/18, uy-44
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-23:30
280 000 so'm
Nosir Zokir Farm
Chilonzor tumani, 19 daha, Al-Xorazmiy ko'ch., 66/1 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-00:00
290 000 so'm
Get Pharma Goods
Mirzo Ulug'bek tumani, Feruza ko'ch., 1/3 uy
24/7
294 000 so'm

Pulmikort haqida savollar

Pulmikort haqida fikr-mulohazalar

Reyting 4.6, 5 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil