Apteka.uz
SavatKirish
Bosh sahifa  / Dori vositalari  / Nafas olish tizimi  / PULMIKORT suspenziya 2 ml 0,25 mg/ml N20

PULMIKORT suspenziya 2 ml 0,25 mg/ml N20

Retseptli
Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:Shvetsiya
Faol modda:Budesonid
Ishlab chiqaruvchi:Astra Zeneka AB
Teglar:Astmadan
ATX kodi:R03BA02 Будесонид
Barcha Pulmikort dorilari
30 ta dorixonada bor
Narxi 193 200 so'm dan
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 0 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

PULMIKORT suspenziya 2 ml 0,25 mg/ml N20 haqida qo'llanma

Farmakokinetikasi

Absorbtsiya. Inhalyatsiya qilingan budesonid tez so'riladi. Kattalarda Pulmikort suspenziyasi nebulayzer orqali inhalyatsiya qilingandan so'ng budesonidning tizimli biokiraolishligi umumiy buyurilgan dozaning taxminan 15% ini va yetkazib berilgan dozaning taxminan 40-70% ini tashkil qiladi. Qon plazmasidagi maksimal kontsentratsiya inhalyatsiya boshlangandan 30 daqiqa o'tgach erishiladi.

Metabolizmi va taqsimlanishi. Plazma oqsillari bilan bog'lanishi o'rtacha 90% ni tashkil qiladi. Budesonidning taqsimlanish hajmi taxminan 3 l/kg ni tashkil qiladi. So'rilgandan so'ng budesonid jigarda past glyukokortikosteroid faollikka ega metabolitlar hosil qilib intensiv biotransformatsiyaga (90% dan ortiq) uchraydi. Asosiy metabolitlar 6?-gidroksi-budesonid va 16?-gidroksiprednizolonning glyukokortikosteroid faolligi budesonidning glyukokortikosteroid faolligining 1% idan kamrog'ini tashkil qiladi.

Chiqarilishi. Budesonid asosan CYP3A4 fermenti ishtirokida metabolizmga uchraydi. Metabolitlar o'zgarmagan holda siydik bilan yoki kon'yugatsiyalangan shaklda chiqariladi. Budesonid yuqori tizimli klirensga (taxminan 1,2 l/daq) ega. Budesonid farmakokinetikasi preparatning yuboriladigan dozasi kattaligiga mutanosibdir.

Bolalarda va buyrak funktsiyasi buzilgan bemorlarda budesonid farmakokinetikasi o'rganilmagan. Jigar kasalliklari bo'lgan bemorlarda budesonidning organizmda bo'lish vaqti uzayishi mumkin.

Nojo'ya samaralari

Noxush effektlar uchrash tezligi quyidagicha taqdim etilgan: Tez-tez (> 1/100, 1/1000, 1/10000,
Preparat qabul qilayotgan 10% gacha bemorlar quyidagi nojo‘ya effektlarni boshdan kechirishi mumkin:

Tez-tez --Og‘iz-halqum kandidozi, tomoq shilliq qavatining mo‘tadil ta’sirlanishi, yo‘tal,

ovoz bo‘g‘ilishi, og‘iz qurishi.

Kam hollarda --Angionevrotik shish.

Terida ko‘karishlar paydo bo‘lishi.

Bronxospazm. Asabiylik, qo‘zg‘aluvchanlik, depressiya, xulq-atvor buzilishlari. Tezkor va sekin turdagi o‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari, shu jumladan toshma, kontakt dermatit, eshakemi, angionevrotik shish, bronxospazm va anafilaktik reaksiya.

Ko‘ngil aynishi.

Juda kam hollarda --Suyak to‘qimasi mineral zichligining kamayishi (tizimli ta’sir).

Katarakta, glaukoma (tizimli ta’sir).

Juda kam hollarda Laborator ko‘rsatkichlar:

Sezgi a’zolari: Suyak to‘qimasi mineral zichligining kamayishi

(tizimli ta’sir).

Katarakta, glaukoma

(tizimli ta’sir).

Og‘iz-halqum kandidozi rivojlanishi xavfini inobatga olgan holda, bemor preparatning har bir ingalyatsiyasidan so‘ng og‘zini suv bilan yaxshilab chayishi kerak.

Kam hollarda glyukokortikosteroidlarning tizimli ta’siri chaqirgan simptomlar, shu jumladan buyrak usti bezlari gipofunksiyasi va bolalarda o‘sishning sekinlashishi yuzaga kelishi mumkin. Ushbu simptomlarning yaqqolligi, ehtimol, preparat dozasi, davolash davomiyligi, glyukokortikosteroidlar bilan yo‘ldosh yoki oldingi davolash, shuningdek individual sezuvchanlikka bog‘liq.

Niqobli nebulayzerdan foydalanilganda yuz terisi ta’sirlanishi holatlari qayd etilgan. Ta’sirlanishning oldini olish uchun niqobdan foydalangandan so‘ng yuzni suv bilan yuvish kerak.

Maxsus ko‘rsatmalari

Og‘iz-halqumning zamburug‘li shikastlanishi xavfini minimallashtirish uchun bemorga preparatning har bir ingalyatsiyasidan keyin og‘izni suv bilan yaxshilab chayish zarurligi haqida ko‘rsatma berish kerak.

Budesonidni ketokonazol, itrakonazol yoki boshqa potensial CYP3A4 ingibitorlari bilan birga tayinlashdan saqlanish kerak. Agar budesonid va ketokonazol yoki boshqa potensial CYP3A4 ingibitorlari tayinlangan bo‘lsa, preparatlarni qabul qilish o‘rtasidagi vaqtni maksimal darajada oshirish kerak.

Buyrak usti bezi funksiyasining susayishi xavfi tufayli peroral glyukokortikosteroidlardan Pulmikort qabul qilishga o‘tkazilayotgan bemorlarga alohida e'tibor qaratish zarur. Shuningdek yuqori dozalarda glyukokortikosteroidlarni qabul qilgan yoki uzoq muddat davomida ingalyatsion glyukokortikosteroidlarning maksimal yuqori tavsiya etilgan dozalarini olgan bemorlarga alohida e'tibor qaratish kerak. Bunday bemorlarda stress holatlarida buyrak usti bezi yetishmovchiligi belgilari va simptomlari namoyon bo‘lishi mumkin. Stresslarda yoki jarrohlik aralashuvi hollarida tizimli glyukokortikosteroidlar bilan qo‘shimcha terapiya o‘tkazish tavsiya etiladi.

Tizimli glyukokortikosteroidlardan ingalyatsion glyukokortikosteroidlarga (Pulmikort) o‘tkazilayotgan bemorlarga yoki gipofizar-buyrak usti bezi funksiyasining buzilishi kutilishi mumkin bo‘lgan hollarda alohida e'tibor qaratish zarur. Bunday bemorlarda tizimli glyukokortikosteroidlar dozasini alohida ehtiyotkorlik bilan kamaytirish va gipotalamo-gipofizar-buyrak usti bezi funksiyasini nazorat qilish kerak. Shuningdek bemorlarga jarohat, jarrohlik aralashuvi va h.k. kabi stress holatlari davrida peroral glyukokortikosteroidlarni qo‘shish talab etilishi mumkin.

Peroral glyukokortikosteroidlardan Pulmikortga o‘tishda bemorlar ilgari kuzatilgan mushak og‘riqlari yoki bo‘g‘im og‘riqlari kabi simptomlarni his qilishlari mumkin. Bunday hollarda peroral glyukokortikosteroidlar dozasini vaqtincha oshirish kerak bo‘lishi mumkin. Kamdan-kam hollarda charchoq hissi, bosh og‘rig‘i, ko‘ngil aynishi va qusish kabi tizimli glyukokortikosteroidlar yetishmovchiligiga ishora qiluvchi simptomlar kuzatilishi mumkin.

Peroral glyukokortikosteroidlarni ingalyatsioniga almashtirish ba'zan ilgari tizimli preparatlar bilan bartaraf etilgan yo‘ldosh allergiya, masalan, rinit va ekzemaning namoyon bo‘lishiga olib keladi.

Uzoq vaqt davomida glyukokortikosteroidlar bilan davolanayotgan bolalar va o‘smirlarda (yetkazib berish usulidan qat'i nazar) o‘sish ko‘rsatkichlarini muntazam nazorat qilish tavsiya etiladi. Glyukokortikosteroidlarni tayinlashda preparatni qo‘llash foydasi va o‘sishning sekinlashishi ehtimoliy xavfi nisbatini hisobga olish kerak.

3 yoshdan katta bolalarda budesonidni sutkasiga 400 mkg gacha dozada qo‘llash tizimli samaralar yuzaga kelishiga olib kelmagan. Preparatning tizimli samarasi biokimyoviy belgilari preparat sutkasiga 400 dan 800 mkg gacha dozada qabul qilinganda uchrashi mumkin. Doza sutkasiga 800 mkg dan oshganda preparatning tizimli samaralari tez-tez uchraydi. Bronxial astmani davolash uchun glyukokortikosteroidlarni qo‘llash o‘sishning buzilishini chaqirishi mumkin. Uzoq vaqt davomida (11 yilgacha) budesonid olgan bolalar va o‘smirlarni kuzatish natijalari shuni ko‘rsatdiki, bemorlarning bo‘yi kattalar uchun kutilgan me'yoriy ko‘rsatkichlarga yetadi.

Sutkada 1 yoki 2 marta ingalyatsion budesonid bilan terapiya jismoniy zo‘riqish bronxial astmasi profilaktikasi uchun samaradorlikni ko‘rsatdi.



AVTOMOBIL YOKI BOSHQA MEXANIZMLARNI BOSHQARISH QOBILIYATIGA TA'SIRI

Pulmikort avtomobil yoki boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'sir qilmaydi.



Pulmikortni nebulayzer yordamida qo‘llash

Pulmikort mundshtuk va maxsus niqob bilan jihozlangan tegishli nebulayzer yordamida ingalyatsiyalar uchun qo‘llaniladi. Nebulayzer zarur havo oqimini (5-8 l/daq) yaratish uchun kompressorga ulanadi, nebulayzerni to‘ldirish hajmi 2-4 ml ni tashkil qilishi kerak.

Bemorga quyidagilarni ma'lum qilish muhim:

- preparatni ishlatish bo‘yicha yo‘riqnomani diqqat bilan o‘qib chiqish;

- Pulmikort suspenziyasini qo‘llash uchun ultratovushli nebulayzerlar to‘g‘ri kelmaydi;

- Pulmikort suspenziyasini 0,9 % li natriy xlorid eritmasi bilan yoki terbutalin, salbutamol, fenoterol, asetilsistein, natriy kromoglikat va ipratropiy bromid eritmalari bilan aralashtiriladi; suyultirilgan suspenziyani 30 daqiqa ichida ishlatish kerak.

- ingalyatsiyadan so‘ng og‘iz-halqum kandidozi rivojlanishini kamaytirish uchun og‘izni suv bilan chayish kerak;

- niqob ishlatilgandan so‘ng terining ta'sirlanishini oldini olish uchun yuz terisini suv bilan yuvish kerak;

- ishlab chiqaruvchi ko‘rsatmalariga muvofiq nebulayzerni muntazam tozalash tavsiya etiladi;

Bola nebulayzer orqali mustaqil nafas ola olmaydigan hollarda maxsus niqob qo‘llaniladi.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

• Budesonidga yuqori sezuvchanlik.

• 6 oylikkacha bo‘lgan bolalar yoshi.

Ehtiyotkorlik bilan (bemorlarni sinchkovroq kuzatish talab etiladi): nafas a’zolarining zamburug‘li, virusli, bakterial infeksiyalari, jigar sirrozi bo‘lgan pasientlarda; tayinlashda glyukokortikosteroidlarning tizimli ta’siri namoyon bo‘lishi mumkinligini hisobga olish kerak.



HOMILADORLIK VA LAKTASIYA DAVRIDA QO‘LLANISHI

Homiladorlik: budesonid qabul qilgan homilador ayollarni kuzatish homilada rivojlanish anomaliyalarini aniqlamadi, shunga qaramay ularning rivojlanish xavfini butunlay istisno qilib bo‘lmaydi, shuning uchun homiladorlik vaqtida bronxial astma kechishining yomonlashishi ehtimoli tufayli budesonidning minimal samarali dozasini qo‘llash kerak. Laktatsiya: Budesonid ko‘krak sutiga o‘tadi, ammo Pulmikort terapevtik dozalarda qo‘llanilganda bolaga ta’siri qayd etilmagan. Pulmikortni ko‘krak bilan emizish vaqtida qo‘llash mumkin.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Budesonidning bronxial astmani davolashda qo'llaniladigan boshqa preparatlar bilan o'zaro ta'siri kuzatilmagan.

Ketokonazol (kuniga bir marta 200 mg) birga qabul qilinganda peroral budesonidning (kuniga bir marta 3 mg) plazma konsentratsiyasini o'rtacha 6 baravar oshiradi. Ketokonazol budesonid qabul qilingandan 12 soat o'tgach qabul qilinganda, oxirgisining plazma konsentratsiyasi o'rtacha 3 baravar oshgan. Budesonid ingalyatsiya ko'rinishida qabul qilinganda shunga o'xshash o'zaro ta'sir haqida ma'lumotlar yo'q, ammo bu holda ham qon plazmasida budesonid konsentratsiyasining oshishi kutilishi mumkin. Ketokonazol va budesonidni qabul qilish zarur bo'lganda, preparatlarni qabul qilish o'rtasidagi vaqtni maksimal darajada oshirish kerak. Shuningdek, budesonid dozasini kamaytirish imkoniyatini ko'rib chiqish kerak. Boshqa potensial CYP3A4 ingibitori, masalan, itrakonazol ham budesonidning plazma konsentratsiyasini sezilarli darajada oshiradi. Beta-adrenostimulyatorlarni oldindan ingalyatsiya qilish bronxlarni kengaytiradi, budesonidning nafas yo'llariga kirishini yaxshilaydi va uning terapevtik ta'sirini kuchaytiradi. Fenobarbital, fenitoin, rifampitsin budesonid samaradorligini (mikrosomal oksidlanish fermentlari induksiyasi) pasaytiradi.

Metandrostenolon, estrogenlar budesonid ta'sirini kuchaytiradi.

Dozirovkasi

DozalashPreparat dozasi individual tanlanadi. Agar tavsiya etilgan doza sutkasiga 1 mg dan oshmasa, preparatning butun dozasini bir marta (bir vaqtning o'zida) qabul qilish mumkin. Yuqoriroq doza qabul qilinganda uni ikki qabulga bo'lish tavsiya etiladi.

Tavsiya etilgan boshlang'ich doza:

6 oylik va undan katta bolalar: sutkasiga 0,25-0,5 mg. Zarurat bo'lganda doza 1 mg/sutkaga oshirilishi mumkin.

Kattalar/keksa bemorlar: sutkasiga 1-2 mg.

Ushlab turuvchi davolashda doza:

6 oylik va undan katta bolalar: sutkasiga 0,25-2 mg.

Kattalar: sutkasiga 0,5-4 mg. Og'ir zo'rayishlarda doza oshirilishi mumkin.

Barcha bemorlar uchun minimal samarali ushlab turuvchi dozani aniqlash maqsadga muvofiqdir.

Qo'shimcha terapevtik samaraga erishish zarurati tug'ilganda, tizimli ta'sirlar rivojlanish xavfi pastroq bo'lganligi sababli, preparatni peroral glyukokortikosteroidlar bilan kombinatsiyasi o'rniga Pulmikort sutkalik dozasini (1 mg/sutkaga) oshirishni tavsiya qilish mumkin.



Peroral glyukokortikosteroidlarni qabul qiluvchi bemorlar

Peroral glyukokortikosteroidlarni bekor qilishni bemor salomatligining barqaror holati fonida boshlash kerak. 10 kun davomida odatdagi dozadagi peroral glyukokortikosteroidlarni qabul qilish fonida Pulmikortning yuqori dozasini qabul qilish kerak. Keyinchalik bir oy davomida peroral glyukokortikosteroidlar dozasini asta-sekin (masalan, 2,5 mg prednizolon yoki uning analogi bo'yicha) minimal samarali dozagacha kamaytirish kerak. Ko'p hollarda peroral glyukokortikosteroidlarni qabul qilishdan butunlay voz kechishga erishiladi.

Pulmikort nebulayzer yordamida suspenziya ko'rinishida qo'llanilganda nafas olish paytida o'pkaga tushishi sababli, bemorga preparatni nebulayzer mundshtuki orqali xotirjam va bir tekis nafas olishni tushuntirish muhimdir.

Buyrak yetishmovchiligi yoki jigar funksiyasi buzilishi bo'lgan bemorlarda budesonidni qo'llash to'g'risida ma'lumotlar yo'q. Budesonid jigarda biotransformatsiya yo'li bilan chiqarilishini hisobga olib, yaqqol jigar sirrozi bo'lgan bemorlarda preparat ta'sir davomiyligi oshishini kutish mumkin.

Stenozlovchi laringotraxeit (soxta krup):

6 oylik va undan katta bolalar: sutkasiga 2 mg. Preparat dozasini bir marta (bir vaqtning o'zida) qabul qilish yoki uni 30 daqiqa oraliq bilan 1 mg dan ikki qabulga bo'lish mumkin.

Pulmikortni nebulayzer yordamida qo'llash

Pulmikort mundshtuk va maxsus niqob bilan jihozlangan tegishli nebulayzer yordamida ingalyatsiyalar uchun qo'llaniladi. Nebulayzer zarur havo oqimini (5-8 l/daq) hosil qilish uchun kompressor bilan ulanadi, nebulayzerni to'ldirish hajmi 2-4 ml ni tashkil qilishi kerak.

Bemorga quyidagilarni ma'lum qilish muhim:

- preparatni ishlatish bo'yicha yo'riqnomani diqqat bilan o'qib chiqish;

- Pulmikort suspenziyasini qo'llash uchun ultratovushli nebulayzerlar to'g'ri kelmaydi;

- Pulmikort suspenziyasini 0,9 % li natriy xlorid eritmasi yoki terbutalin, salbutamol, fenoterol, atsetilsistein, natriy kromoglikat va ipratropiy bromid eritmalari bilan aralashtiradilar; suyultirilgan suspenziyani 30 daqiqa ichida ishlatish kerak.

- ingalyatsiyadan keyin og'iz bo'shlig'i va halqum kandidozi rivojlanishini kamaytirish uchun og'izni suv bilan chayish kerak;

- niqobdan foydalangandan keyin terining ta'sirlanishini oldini olish uchun yuz terisini suv bilan yuvish kerak;

- muntazam ravishda ishlab chiqaruvchi ko'rsatmalariga muvofiq nebulayzerni tozalash tavsiya etiladi;

Bola nebulayzer orqali mustaqil nafas ololmaydigan hollarda maxsus niqob qo'llaniladi.

Pulmikortni nebulayzer yordamida qanday ishlatish kerak

1. Ishlatishdan oldin konteynerni yengil aylanma harakat bilan ehtiyotkorlik bilan silkitib oling.

2. Konteynerni to'g'ri vertikal holda ushlang (rasmda ko'rsatilganidek) va uni "qanot"ini burab va uzib oching.

3. Konteynerni ochiq uchi bilan ehtiyotkorlik bilan nebulayzerga joylashtiring va konteyner ichidagisini sekin siqib chiqaring.

Bir martalik dozani saqlovchi konteyner chiziq bilan belgilangan. Agar konteyner to'ntarilsa, bu chiziq 1 ml ga teng hajmni ko'rsatadi.

Agar faqat 1 ml suspenziya ishlatish zarur bo'lsa, konteyner ichidagisi suyuqlik sathi chiziq bilan belgilangan darajaga yetguncha siqib chiqariladi.

Ochiq konteyner yorug'likdan himoyalangan joyda saqlanadi. Ochiq konteyner 12 soat ichida ishlatilishi kerak.

Qoldiq suyuqlikni ishlatishdan oldin konteyner ichidagisi aylanma harakat bilan ehtiyotkorlik bilan silkitiladi.

Eslatma

1. Har bir ingalyatsiyadan keyin og'zingizni suv bilan chaying.

2. Agar siz niqobdan foydalansangiz, ingalyatsiya paytida niqob yuzga zich yopishishiga ishonch hosil qiling. Ingalyatsiyadan keyin yuzingizni yuving.

Tozalash

Nebulayzer kamerasi, mundshtuk yoki niqobni har bir qo'llashdan keyin tozalash kerak. Nebulayzer kamerasi, mundshtuk yoki niqob iliq suvda, yumshoq detergent yordamida yoki ishlab chiqaruvchi yo'riqnomalariga muvofiq yuviladi. Kamerani kompressor yoki kirish havo klapani bilan ulab, nebulayzerni yaxshilab chaying va quriting.Dozani oshirib yuborishO'tkir dozani oshirib yuborishda klinik ko'rinishlar yuzaga kelmaydi. Preparat tavsiya etilganlardan ancha yuqori dozalarda uzoq muddat ishlatilganda giperkortitsizm va buyrak usti bezlari funksiyasini bostirish ko'rinishidagi tizimli glyukokortikosteroid ta'sir rivojlanishi mumkin.
Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. PULMIKORT suspenziya 2 ml 0,25 mg/ml N20 preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing

PULMIKORT suspenziya 2 ml 0,25 mg/ml N20 o'xshash dorilari

SINUPRET draje N50
Retseptsiz
SINUPRET draje N50
Germaniya
Ishlab chiqaruvchi:
Bionorica SE
Narxi
74 800 so'm dan
LAZOLVAN sirop 100ml 15mg/5ml
Retseptsiz
LAZOLVAN sirop 100ml 15mg/5ml
Ispaniya
Vakil:
Sanofi
Ishlab chiqaruvchi:
Beringer Ingelxaym Espana S.A.
•57 ta dorixonada bor
Narxi
44 000 so'm dan
ASS LONG SHIPUCHIE tabletkalari 600mg N10
ASS LONG SHIPUCHIE tabletkalari 600mg N10
Germaniya
Ishlab chiqaruvchi:
Germes Arsnaymittel GmbX/ Salyutas Farma GmbX
•115 ta dorixonada bor
Narxi
60 000 so'm dan

PULMIKORT suspenziya 2 ml 0,25 mg/ml N20 xususiyatlari

Pulmikort boshqa chiqarish shakllari

PULMIKORT suspenziya 2 ml 0,5 mg/ml N20
Retseptli
PULMIKORT suspenziya 2 ml 0,5 mg/ml N20
Shvetsiya
Ishlab chiqaruvchi:
Astra Zeneka AB
•16 ta dorixonada bor
Narxi
280 000 so'm dan

PULMIKORT suspenziya 2 ml 0,25 mg/ml N20 analoglari

PULMIKORT suspenziya 2 ml 0,5 mg/ml N20
Retseptli
PULMIKORT suspenziya 2 ml 0,5 mg/ml N20
Shvetsiya
Ishlab chiqaruvchi:
Astra Zeneka AB
•16 ta dorixonada bor
Narxi
280 000 so'm dan
BUDEKTON kapsulalar  200mkg N60
Retseptli
BUDEKTON kapsulalar 200mkg N60
Turkiya
Ishlab chiqaruvchi:
World Medicine Ilas San. Ve Tic. A.S.
•65 ta dorixonada bor
Narxi
104 700 so'm dan
BUDEKTON kapsulalar  400mkg N60
Retseptli
BUDEKTON kapsulalar 400mkg N60
Turkiya
Ishlab chiqaruvchi:
World Medicine Ilas San. Ve Tic. A.S.
•54 ta dorixonada bor
Narxi
174 000 so'm dan

PULMIKORT suspenziya 2 ml 0,25 mg/ml N20 narxlari va Toshkentdagi dorixonalardagi mavjudligi

D5
Olmazor tumani, Sag'bon ko'ch., 246 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 09:00-18:00
216 000 so'm
Bron qilish
GoPharm
Olmazor tumani, Адрес
24/7
193 200 so'm
Buyurtma berish
A5apteka
Mirobod tumani, ул. Чехова, д. 7Б
24/7
220 000 so'm
Buyurtma berish
Europharm
Mirzo Ulug'bek tumani, Buyuk Ipak Yoʻli dahasi, 26 uy, 13 xonadon
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-23:00
220 000 so'm
Buyurtma berish
Akmal Farm "Perfectum"
Mirobod tumani, Taras Shevchenko ko'ch., 36A uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-23:00
193 400 so'm
Ok Pharm №2
Yashnobod tumani, Tuzel 2 daha, 12B uy, 37 xonadon
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-00:00
194 700 so'm
Ok Pharm №4
Yunusobod tumani, 17 daha, 7a uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-00:00
194 700 so'm
Get Pharma Goods
Mirzo Ulug'bek tumani, Feruza ko'ch., 1/3 uy
24/7
194 700 so'm
Shafran №16
Uchtepa tumani, Lutfi ko'ch., 24A uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-23:00
210 000 so'm
Insof Baraka Farm
Olmazor tumani, Sebzor ko'chasi, c-17/18, uy-44
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-23:30
210 000 so'm

PULMIKORT suspenziya 2 ml 0,25 mg/ml N20 haqida savollar

PULMIKORT suspenziya 2 ml 0,25 mg/ml N20 haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil