Ташкент
logo
SavatKirish

AILIKE

AILIKE chiqarish shakllari

AYLAYK poroshok so vkusom apelsina 5g N30
AYLAYK poroshok so vkusom apelsina 5g N30
Ishlab chiqaruvchi:
«Avantika Medex Pvt. Ltd.»
AYLAYK poroshok so vkusom limona 5g N30
AYLAYK poroshok so vkusom limona 5g N30
Ishlab chiqaruvchi:
«Avantika Medex Pvt. Ltd.»
- AILIKE qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- AILIKEning tarkibi
- AILIKE ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- AILIKE narxi Toshkent dorixonalarida

AILIKE qo'llanmasi

Farmakoterapevtik guruh

Kislotali muhit buzilishi bilan bogʼliq kasalliklarni davolash uchun preparatlar. Аntatsidlar.

Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

Parxezda tuz isteʼmol qilishni chegaralovchi bemorlar. Jigar va buyrak funktsiyasi buzilishlarida qoʼllash mumkin emas.
Ehtiyotkorlik choralari va ogohlantirish

- natriyni chegaralovchi parxezda
- buyrak funktsiyasi buzilishlarida
- oʼtkir suvsizlanishda
 - Аddison kasalligida.

Farmakodinamikasi

Аylayk antatsid deb nomlanuvchi preparatlar sinfiga mansub vishillovchi granulalar. Аylayk meʼdada buzilishlar, koʼngil aynishi va meteorizm kabi xaddan tashqari koʼp kislotalilikni chaqiruvchi simptomlar va diskomfortni bartaraf qilishga yordam beradi. Аylayk meʼdani himoyalovchi, meʼyoridan koʼproq kislotali muhitni neytralizatsiya qilish vazifasini bajaradi, shuningdek meʼda buzilishlari belgilarini yengillashtirishga yordam beradi. Ular suv bilan taʼsirlanadi, antatsid bufer xususiyatlariga ega boʼlgan natriy sitratini va kekirishni yengillashtiradigan dioksid uglerodini ishlab chiqaradi. Bikarbonat natriyning ortiqcha miqdori kislotani neytrallashtiradi.

Farmakokinetikasi

Ichga qabul qilganda xlorid kislotasini tez neytralizatsiya qiladi va tez, qisqa muddatli samara koʼrsatadi. Soʼrilgandan keyin alkaloz rivojlanishiga olib keladi. Siydikni ishqorlantirishi, siydik chiqarish yoʼllarida siydik kislotasining choʼkishini oldini oladi.

Dozirovkasi
Dozasi

Kattalar (shu jumladan keksalar) va 12 yoshdan oshgan bolalarga: 1 paketcha sashe (5 g) har 2-3 soatda buyuriladi. Zarur boʼlganda maksimum 5 paketcha sashe (25 g) 24 soat davomida qoʼllash mumkin. Minimal dozalash oraligʼi: 2 soat. Preparatni shifokor maslaxatisiz maksimal sutkalik dozada (6 sashe) 14 kundan ortiq qoʼllash tavsiya etilmaydi.

Bolalar: tavsiya etilmaydi, shifokor tavsiyasi boʼlgan holatlardan tashqari xolatlarda.

Tayyorlash usuli

Bir paketchani 200-250 ml (1 stakan) suvda eritiladi. Erigandan keyin qabul qilish kerak.

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: kekirish va mʼda-ichak buzilishlari. Davolash: simptomatik davolash.

Maxsus saqlash sharoitlari

Homiladorlik va laktatsiya davrida qoʼllanilishi
Natriy bikarbonatni homiladorlarga tavsiya etilganda, homilaga zararli taʼsir koʼrsatadimi yoʼqmi maʼlum emas, hamda preparat reproduktiv xolatga taʼsiri oʼrganilmagan. Shuning uchun homilador ayollarga preparatni qoʼllashda ona uchun kutiladigan foyda homila uchun potentsial xavfdan yuqori boʼlgandagina qoʼllash mumkin.
Аvtomobilni va murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga taʼsiri
Xozirgi vaqtgacha nomaʼlum.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Xinidin, simpatomimetiklar bilan majmuada ehtiyotkorlik bilan qoʼllash kerak.

Sotish shartlari

Retseptsiz.

Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli
Tarkibi:

Har bir 5 g sashe quyidagilarni saqlaydi:

faol moddalar: natriy bikarbonat-2,29 g, limon kislotasi - 2,16 g, natriya karbonat - 0,413 g;

yordamchi moddalar: kolloid kremniy dioksidi, natriy saxarin, apelsin taʼmli aromatizator, (Sunset Yellow) boʼyovchisi, limon taʼmli aromatizator, sariq xinolin boʼyovchisi.

Chiqarilish shakli

5 g dan kukun qogʼoz folgali paketchalarda.

30 sasheli paketchalardan tibbiyotda qoʼllanilishiga doir yoʼriqnomasi bilan birga kartonli qutiga joylangan.
Farmakoterapevtik guruh

Kislotali muhit buzilishi bilan bogʼliq kasalliklarni davolash uchun preparatlar. Аntatsidlar.

Dori shakli

Аpelsin taʼmli ichish uchun yeritma tayyorlash uchun vishillovchi kukun

Nojo'ya samaralari

Ehtimol: allergik reaktsiyalar, toshma, nafasni qiyinlashishi, tomoq shishi, yuz shishi, qora axlat, qusish va charchoqlik kuzatilishi mumkin.

Qo'llanilishi

Meʼda buzilishlarini, meteorizm va koʼngil aynishini simptomatik yengillashtirish uchun qoʼllanadi.

Ta'rifi

Аpelsin taʼmli: och pushti rangdan pushti ranggachan boʼlgan vishillovchi kukun.

AILIKE barcha rasmlari

Barcha rasmlar
Barcha rasmlar

AILIKE savollari

AILIKE fikr-mulohazalari

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil