AZILAB ko'rsatmalar
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
AZILAB®
AZILAB®
Preparatning savdo nomi: Azilab®
Ta‘sir etuvchi modda (XPN): azitromisin
Dori shakli: ichga qabul qilish uchun suspenziya, 100 mg/5 ml.
Tarkibi:
1 flakon quyidagilarni saqlaydi:
faol modda: azitromisin (azitromisin digidrati ko‘rinishida) – 100 mg;
yordamchi moddalar: qalampir yalpiz aromatizatori, gliserin, sorbitol 70%, sariq quyosh shafaqi bo‘yovchisi, kardamon aromatizator, Neotam shirin ta‘m beruvchi, natriy saxarinati, doshion, kansan kamedi, bronopol, metil gidroksibenzoati, propil gidroksibenzoati, suvsiz kolloid kremniy, mentol, saxaroza, tozalangan suv
Ta‘rifi: to‘q sariq rangli kardamon ta‘mli suspenziya.
Farmakoterapevtik guruhi: antibiotik (makrolidlar guruhi).
ATX kodi: J01FA10
Farmakologik hususiyatlari
Azitromisin keng ta‘sir doirasiga ega antibiotik bo‘lib, makrolid antibiotiklarini yangi kichik guruhi – azalidlarning birinchi vakili hisoblanadi. Bakteriostatik ta‘sirga ega, biroq yallig‘lanish o‘chog‘ida yuqori konsentrasiyalarni hosil qilganida bakterisid samara chaqiradi. Azitromisin sezuvchan mikroorganizmlarda oqsillar sintezini susaytirib, grammusbat, grammanfiy, anaerob, hujayra ichidagi va boshqa mikroorganizmlarning ko‘pchilik shtammlariga nisbatan faollik namoyon qiladi:
Mycoplasma pneumoniae, Haemophilus ducreyi, Moraxella catarrhalis, Propionibacterium acnes, Gardnerella vaginalis, Actinomyces species, Bordetella pertussis, Borrelia burgdorferi, Mobiluncus species.
Haemophilus influenzae, Streptococcus pyogenes, Haemophilus parainfluenzae, Streptococcus pneumoniae, Legionella pneumophila, Streptococcus agalactiae, Neisseria meningitides, Streptococcus viridans, Neisseria gonorrhoeae, Streptococcus group C, F, G, Helicobacter pylori, Peptococcus species, Campylobacter jejuni, Peptostreptococcus, Pasteurella multocida, Fusobacterium necrophorum, Pasteurella haemolytica, Clostridium perfringens, Brucella melitensis, Bacteroides bivius, Bordetella parapertussis, Chlamydia trachomatis, Vibrio cholerae, Chlamydia pneumoniae, Vibrio parahaemolyticus, Ureaplasma urealyticum, Plesiomonas shigelloides, Listeria monocytogenes, Staphylococcus epidermidis, Staphylococcus aureus (*eritromisinga – sezgir shtammlari);
Escherichia coli, Bacteroides fragilis, Salmonella enteritidis, Bacteroides oralis, Salmonella typhi, Clostridium difficile, Shigella sonnei, Eubacterium lentum, Yersinia enterocolitica, Fusobacterium nucleatum, Acinetobacter calcoaceticus, Aeromonas hydrophilia.
Farmakokinetikasi
Azitromisin og‘iz orqali qabul qilinganida tez so‘riladi, bu uning kislotali muhitga chidamliligi va lipofilligi bilan ifodalanadi. Ichga bir marta qabul qilgandan so‘ng azitromisinning 37% so‘riladi, va plazmadagi cho‘qqi konsentrasiyasi (0,41 μg/ml) 2-3 soatdan keyin qayd etiladi. Vd taxminan 31 l/kg ni tashkil qiladi. Azitromisin nafas yo‘llari, urogenital tizimning to‘qimalari va a‘zolari, prostata bezi, teri va yumshoq to‘qimalarga yaxshi o‘tadi va to‘qimani turiga qarab 1 dan 9 μg/ml ga yetadi. To‘qimalardagi yuqori konsentrasiyasi (plazmadagi konsentrasiyasiga nisbatan 50 marta yuqori) va davomli yarim parchalanish davri azitromisinni plazma oqsillari bilan kam bog‘lanishi, shuningdek uni eukariotik hujayralarga o‘tishi va lizosomaning atrofidagi rN past bo‘lgan muhitda to‘planish xususiyati bilan ifodalanadi. Azitromisinni lizosomalarda to‘planish xususiyati hujayra ichidagi qo‘zg‘atuvchilarni eliminasiyasi uchun juda muhim. Fagositlar azitromisinni infeksiya joylashgan joyga yetkazadilar, u yerda u fagositoz jarayonida ajralib chiqadi. Ammo fagositlardagi yuqori konsentrasiyasiga qaramasdan, azitromisin ularning faoliyatlariga ta‘sir ko‘rsatmaydi. Terapevtik konsentrasiyasi oxirgi dozasini ichga qabul qilgandan so‘ng 5-7 kun saqlanadi. Azitromisinni qabul qilganda jigar fermentlarining faolligi tranzitor oshishi mumkin. Plazmadan dozasining yarmini chiqarilishi to‘qimalardagi dozasining yarmini 2-4 kun davomida kamayishini aks ettiradi. Preparatni 8 soatdan 24 soatgacha intervalda qabul qilgandan so‘ng yarim parchalanish davri 14-20 soatni tashkil qiladi, preparatni 24 soatdan 72 soatgacha intervalda qabul qilgandan so‘ng esa 41 soatni tashkil qiladi, bu Azilab®ni sutkada 1 marta qabul qilish imkonini beradi. Asosiy chiqarilish yo‘li – safro orqali. Taxminan 50% o‘zgarmagan holda, qolgan 50% 10 ta faol bo‘lmagan metabolitlari shaklida chiqariladi. Qabul qilingan dozaning taxminan 6% buyraklar orqali chiqariladi.
Qo‘llanilishi
- yuqori nafas yo‘llarining infeksiyalari (bakterial faringit/tonzillit, sinusit, o‘rta otit)
- quyi nafas yo‘llarining infeksiyalari (bakterial bronxit, interstisial va alveolyar pnevmoniya, surunkali bronxitni zo‘rayishi)
- teri va yumshoq to‘qimalarning infeksiyalari (surunkali migrasiyalanuvchi eritema – Laym kasalligini boshlang‘ich bosqichi, saramas, impetigo, ikkilamchi piodermatozlar)
- me‘da va o‘n ikki barmoqli ichakning Helicobacter pylori chaqirgan infeksiyalari
- urogenital yo‘llarining infeksiyalari (gonoreyali va gonoreyali bo‘lmagan uretrit va/yoki servisit) da qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Azilab® peroral suspenziya holida sutkada 1 marta ovqatdan 1 soat oldin yoki 2 soat keyin o‘lchov qoshig‘i yoki o‘lchov shprisi yordamida qabul qilinadi.
Yuqori va quyi nafas yo‘llarining infeksiyalari, teri va yumshoq to‘qimalarning infeksiyalari (surunkali migrasiyalanuvchi eritemadan tashqari)
Bir kurs dozasi 30 mg/kg tashkil qiladi.
Davolashni ikkita sxemasi qo‘llanadi:
- tana vazniga 10 mg/kg kuniga bir marta 3 kun davomida;
- birinchi kunida tana vazniga 10 mg/kg va 2-kundan 5-kungacha tana vazniga 5 mg/kg.
Preparat bolalarga tana vaznidan kelib chiqib buyuriladi:
Tana vazni | Azilab peroral suspenziya tayyorlash uchun kukun
100 mg/5 ml |
5 kg | 2,5 ml (50 mg) |
6 kg | 3 ml (60 mg) |
7 kg | 3,5 ml (70 mg) |
8 kg | 4 ml (80 mg) |
9 kg | 4,5 ml (90 mg) |
10-14 kg | 5 ml (100 mg) |
Tana vazni 14 kg dan ortiq bo‘lgan bolalarga uzoq ta‘sir qiluvchi suspenziya shaklini buyurish tavsiya etiladi.
Surunkali migrasiyalanuvchi eritema
Preparatning bir kurs dozasi 60 mg/kg tashkil qiladi: 1-kunida 20 mg/kg dan va keyingi 2 dan 5-kungacha 10 mg/kg dan bir marta qabul qilinadi.
Me‘da va o‘n ikki barmoqli ichakni Helicobacter pylori chaqirgan kasalliklari:
Tana vazniga 20 mg/kg kuniga bir marta antisekretor vositalar va boshqa dori preparatlari bilan birga buyuriladi.
Preparatning dozasi o‘tkazib yuborilgan holda, uni darhol qabul qilish kerak, so‘ngra esa navbatdagi dozalari 24 soat interval bilan qabul qilinadi.
Qabul qilishdan oldin flakonning ichidagisi bir xil suspenziya hosil bo‘lgunicha yaxshilab chayqatiladi. Suspenziyani bevosita qabul qilgandan so‘ng og‘iz bo‘shlig‘ida qolgan suspenziyaning miqdorini yuvish va yutish uchun bolaga bir necha qultum suyuqlik beriladi.
Nojo‘ya ta‘sirlari
- qusish, diareya, qorinda og‘riq, ko‘ngil aynishi, meteorizm, qabziyat;
- qonda jigar aminotransferazalari, bilirubin, eozonofillarning miqdorini tranzitor oshishi. Ko‘rsatkichlar davolash tugaganidan so‘ng 2-3 haftadan keyin normaga qaytadi;
- xolestatik sariqlik, gepatit;
- o‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari (qizarish, teri toshmasi, qichishish, angionevrotik shish, yorug‘likka sezuvchanlik).
Juda kam hollarda:
- ko‘p shaklli eritema, Stivens-Djonson sindromi va toksik epidermal nekroliz;
- toliqish, bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, ta‘m va hid bilishni buzilishi, paresteziyalar, xushdan ketish, bezovtalik, asabiylik, uyqusizlik;
- yurakni tez urishi, aritmiyalar;
- artralgiya, interstisial nefrit, o‘tkir buyrak yetishmovchiligi.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- makrolid antibiotiklariga yuqori sezuvchanlik;
- jigar va buyraklar faoliyatini og‘ir darajadagi buzilishlarida qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Antasidlar Azilab® suspenziyasini so‘rilishini ahamiyatli darajada kamaytiradilar, shuning uchun preparatni bu preparatlarni qabul qilishdan bir soat oldin yoki ikki soat keyin qabul qilish kerak. Makrolid antibiotiklar digoksin, siklosporin, astemizol, triazolam, midazolam yoki alfentanil bilan o‘zaro ta‘sir qiladi. Bu preparatlar bir vaqtda qabul qilinganida sinchkovlik bilan kuzatish tavsiya etiladi.
Azitromisin sitoxrom R-450 bilan bog‘lanmaydi va shuning uchun teofillin, terfenadin, varfarin, karbamazepin, metilprednizolon va simetidin bilan o‘zaro ta‘sir qilmaydi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Azilab® 100 mg/5 ml suspenziyasi bolalarda qo‘llash uchun mo‘ljallangan. Preparatni qo‘llash davomiyligi yo‘riqnomada ko‘rsatilgan muddatdan oshmasligi kerak. Azilab® preparatini jigar faoliyati buzilgan pasientlarga ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Azilab®ning dozasini oshirib yuborilishi bo‘yicha ma‘lumotlar yo‘q. Makrolid antibiotiklarining dozalarini oshirib yuborilishi eshitishni vaqtinchalik yo‘qolishi, og‘ir darajadagi ko‘ngil aynishi, qusish va diareya bilan namoyon bo‘ladi. Bunday holatda qusishni chaqirish va zudlik bilan simptomatik davolash kerak.
Chiqarilish shakli
15 ml suspenziya RET jigarrang flakonda. 1 flakon o‘lchov qalpoqchasi bilan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.
Saqlash sharoiti
25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
24 oy.
Dorixonalardan berish tartibi
Resept bo‘yicha.
Chiqarish shakllari