Ташкент
logo
SavatKirish

Baneotsin

Baneotsin chiqarish shakllari

BANEOSIN 20,0 maz
Retseptsiz
BANEOSIN 20,0 maz
Avstriya
Ishlab chiqaruvchi:
Merk KGaA und Ko. / Sandoz GmbX
BANEOSIN 10,0 poroshok
Retseptsiz
BANEOSIN 10,0 poroshok
Sloveniya
Ishlab chiqaruvchi:
Lek Farmasyutikalz d. d.
- Baneotsin qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- Baneotsinning tarkibi
- Baneotsin ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- Baneotsin narxi Toshkent dorixonalarida

Baneotsin qo'llanmasi

Farmakoterapevtik guruh

tashqi foydalanish uchun boshqa antibiotiklar

Ishlab chiqarilish joyi
Avstriya,
Sloveniya
Kategoriya
Nimaga qarshi
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

Batsitratsinga va (yoki) neomitsinga, aminoglikozid qatorining boshqa antibioktilariga yoki preparatning yordamchi moddalaridan birontasiga o‘ta yuqori sezuvchanlik.

Terining katta sohalarini og‘ir shikastlanishlarida qo‘llashdan saqlanish kerak, chunki preparatni so‘rilishi eshitishni yo‘qolishi bilan kechuvchi ototoksiklikka olib kelishi mumkin.

Yurak yoki buyrak yetishmovchiligi oqibatida ajratuvchi funksiyani yaqqol buzilishlarida va davolashni boshlashdan oldin, agar preparat so‘rilishi mumkin bo‘lsa vestibulyar va (yoki) koxlear tizimni shikastlanishi bo‘lganda qo‘llash mumkin emas.

Quloq pardasini perforatsiyasi bo‘lganda tashqi eshituv yo‘liga qo‘llanilmasin. Preparatni ko‘zlarga surtish mumkin emas.

Tarkibi

1 g kukun quyidagilarni saqlaydi: 

faol moddadar: batsitratsin rux – 250 XB; neomitsin sulfati – 5000 XB.

Yordamchi moddalar: sterillangan kukun asosi (2% gacha magniy oksidi saqlovchi makkajo‘xori kraxmali).

Farmakodinamikasi

Baneotsin faqat mahalliy qo‘llash uchun mo‘ljallangan majmuviy antibakterial preparat bo‘lib hisoblanadi.
Baneotsin ikkita antibiotiklar: neomitsin va batsitratsin saqlaydi.
Batsitratsin bakteriyalar xujayra qobig‘ining sintezini ingibitsiya qiluvchi polipeptid antibiotigi bo‘lib hisoblanadi.
Neomitsin bakteriyalar oqsillarining sintezini ingibitsiya qiluvchi aminoglikozid antibiotigi bo‘lib hisoblanadi.
Batsitratsin asosan gemolitik streptokokk, stafilokokk, Clostridium spp., Corynebacterium diphtheriae, Treponema pallidum kabi grammusbat mikroorganizmlarga, shuningdek Neisseria spp. va Haemophilus influenzae kabi grammanfiy mikroorganizmlarga nisbatan faol. Ta’sir doirasiga shuningdek aktinomitsetlar va fuzobakteriyalar kiradi. Batsitratsinga rezistentlik juda kam xollarda kuzatiladi.
Neomitsin stafilokokki, Proteus, Enterobacter aerogenes, Klebsiella pneumoniae, Salmonellae, Shigellae, Haemophilus influenzae, Pasteurella, Neisseria meningitidis, Vibrio cholerae, Bordetella pertussis, Bacillus anthracis, Corynebacterium diphtheriae, Streptococcus faecalis, Listeria monocytogenes, Escherichia coli, Mycobacterium tuberculosis, Borrelia i Leptospira interrogans (L. icterohaemorrhagicae) kabi grammusbat va grammanfiy mikroorganizmlarga nisbatan faol.
Batsitratsin va neomitsinni majmuaviy qo‘llash mikroblarga qarshi keng ta’sir doirasini ta’minlaydi, garchi preparat Pseudomonas, Nocardia spp., zamburug‘lar va viruslarga qarshi faol emas.

Farmakokinetikasi

Baneotsin ko‘rsatmalar bo‘yicha qo‘llanilganda surtish joyida mahalliy ta’sir ko‘rsatadi. Ammo so‘rilganda neomitsin va batsitratsin uchun qon zardobidan yarim chiqarilish davri taxminan 2-3 soatni tashkil qiladi. Baneotsinning alohida faol moddalari uchun quyidagi farmakokinetik ma’lumotlar xos. Batsitratsin teri va shilliq qavatlar orqali so‘rilmaydi. Shunga qaramasdan ochiq yaralar bo‘lganida so‘rilishini e’tiborga olish kerak. Neomitsin shikastlanmagan teri orqali ahamiyatsiz darajada so‘riladi, ammo u muguz qavati bo‘lmagan teri orqali (yara, jarohat, kuyishlar va boshqalar) va yallig‘langan va jarohatlangan teri orqali tez so‘riladi.

To‘qimalar tomonidan o‘zlashtirilishi yaxshi, biologik mahsulotlar, qon va to‘qima komponentlari tomonidan faolsizlanishi kuzatilmaydi. Agar preparat teri shikastlanishining katta sohalariga surtilsa, preparatni so‘rilishi va uning oqibatlarini e’tiborga olish kerak («Nojo‘ya ta’siri», «Boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta’siri», «Qo‘llash mumkin bo‘lmagan xolatlar» va «Ehtiyotkorlik choralari» bo‘limlariga qarang).


Homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llanishi

Agar homiladorlik va emizish davrida Baneotsinni so‘rilish xavfi mavjud bo‘lsa, quyidagilarni e’tiborga olish kerak. Boshqa barcha aminoglikozidlar kabi neomitsin yo‘ldosh to‘sig‘idan o‘tadi. Aminoglikozidlarni yuqori dozalarda tizimli qo‘llanilganda homilada eshitish apparatini shikastlanishi kuzatilgan.

Shuning uchun ushbu preparatni faqat, agar homila uchun potensial foyda yuqori bo‘lgandagina qo‘llash kerak.

Dozirovkasi

Sirtga qo‘llanadi. Kattalar va bolalarda kukun shikastlangan sohalarga yupqa qavat qilish sutkada 2-3 marta surtiladi. Zarurati bo‘lganida bog‘lam qo‘yiladi. Surtish sohasi tana yuzasining 1% dan (taxminan patsiyentning kaft o‘lchamiga mos keladi) oshmasligi kerak.
Davolash davomiyligi 7 kundan oshmasligi kerak.
Jigar/buyrak funksiyasini buzilishlari bo‘lgan patsiyentlar: tavsiya etilgan dozalardan ahamiyatli yuqori dozalarda qo‘llaganda, faol moddalarni so‘rilishi mumkinligi tufayli nefro- va (yoki) ototoksiklikka ko‘rsatuvchi simptomlarga e’tibor qaratish kerak. Qon va siydik tahlili, shuningdek audiometrik tekshiruv o‘tkazish tavsiya etiladi.
Bolalar: dozalash bo‘yicha maxsus tavsiyalarga yo‘q.
Keksa patsiyentlar (65 yoshdag oshgan): dozalash bo‘yicha maxsus tavsiyalarga yo‘q.

Dozani oshirib yuborilishi

Tavsiya etilganidan sezilarli darajada yuqori dozalarda qo'llanilganda, faol moddalarning so'rilishi mumkinligi sababli, nefro- va (yoki) ototoksiklikni ko'rsatadigan alomatlarga e'tibor qaratish lozim.

 


Maxsus saqlash sharoitlari

Avtotransport vositalarini yoki boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri Ma'lum emas.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Faol moddalar so‘rilgan xolatlarda sefalosporinlarni yoki aminoglikozidlar qatoridagi boshqa antibiotiklarni yondosh buyurish nefrotoksiklikni oshirishi mumkin.

Etakrin kislotasi yoki furosemid kabi diuretiklarni bir vaqtda qo‘llash oto- va nefrotoksiklikni oshirishi mumkin.

Preparat so‘rilgan xolatlarda narkotik vositalar, anestetiklar va (yoki) miorelaksantlarni yuborish nevr-mushak blokadasini kuchaytirishi mumkin.

Umumiy ma'lumot

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

BANEOSIN®

BANEOCIN®

 

Preparatninig savdo nomi: Baneosin®

Ta‘sir etuvchi moddalar (XPN): basitrasin+neomisin

Dori shakli: sirtga qo‘llash uchun kukun.

Tarkibi:

1 g kukun quyidagilarni saqlaydi: 

faol moddalar:basitrasin rux – 250 XB; nemisin sulfat – 5000 XB,

yordamchi moddalar: sterillangan kukun asosi (2% dan ko‘p bo‘lmagan magniy oksidini saqlovchi makkajo‘xori kraxmali).

Ta‘rifi: oqdan sarg‘ish rangli bo‘lgan mayda dispers kukun.

Farmakoterapevtik guruhi: majmuaviy antibiotik

ATX kodi: D06AX.

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

Baneosin mahalliy qo‘llash uchun mo‘ljallangan majmuaviy antibakterial preparat hisoblanadi.

Baneosin ikkita bakterisid antibiotik: neomisin va basitrasin saqlaydi.

Basitrasin bakteriya hujayra qobig‘ini sintezini ingibisiya qiluvchi polipeptid antibiotik hisoblanadi.

Neomisin bakteriya oqsilini sintezini ingibisiya qiluvchi aminglikozid – antibiotik hisoblanadi.

Basitrasin asosan gemolitik streptokokk, stafilokokk, ayrim Clostridium spp., Corynebacterium diphtheriae, Treponema pallidum grammusbat mikroorganizmlarga, shuningdek Neisseria spp. va Haemophilus influenza kabi grammanfiy patogen mikroorganizmlarga nisbatan faol. Preparatning ta‘sir doirasi shuningdek aktinomisetlarni va fuzobakteriyalarni ham o‘z ichiga oladi. Basitrasinga nisbatan rezistentlik juda kam hollarda uchraydi.

Neomisin stafilokokklar, Proteus, Enterobacter aerogenes, Klebsiella pneumoniae, Salmonellae, Shigellae, Haemophilus influenzae, Pasteurella, Neisseria meningitidos, Vibrio cholerae, Bordetella pertussis, Bacillus anthracis, Corynebacterium diphtheriae, Streptococcus faecalis, Listeria monocytogenes, Escherichia coli, Mycobacterium turerculosis, Borrelia va Leptospira interrogans (L. Icterohaemorrhagicae) kabi grammusbat va grammanfiy mikroorganizmlarga nisbatan faol. Preparat Pseudomonas, Nocardia spp., zamburug‘larga va viruslarga nisbatan faol bo‘lmasada, basitrasin va neomisinni majmuaviy qo‘llash keng antimikrob ta‘sir doirasini ta‘minlaydi.

Farmakokinetikasi

Baneosinni ko‘rsatma bo‘yicha ishlatilganda surtish joyiga mahalliy ta‘sir ko‘rsatadi. Ammo so‘rilgan hollarda qon zardobidan yarim chiqarilish davri neomisin va basitrasin uchun taxminan 2-3 soatni tashkil qiladi. Baneosinning alohida faol ingredientlari uchun quyidagi umumiy farmakokinetik ma‘lumotlar tegishli. Basitrasin teri va shilliq qavatida deyarli so‘rilmaydi. Shunga qaramasdan, ochiq jarohatlar bo‘lganida so‘rilishini hisobga olish kerak. Neomisin shikastlanmagan teri orqali oz miqdorda so‘riladi. Shunga qaramasdan u shox qavatiga ega bo‘lmagan teri (yaralar, jarohatlar, kuyishlar va boshqalar) va yallig‘langan yoki shikastlangan teri orqali tez so‘riladi.

Baneosin yaxshi o‘zlashtiriladi. To‘qimalardagi o‘zlashtirolishligi a‘lo deb baholanadi, biologik mahsulotlar, qon va to‘qima komponentlari tomonidan faolsizlantirilishi kuzatilmaydi. Agar preparat terining katta shikastlangan sohalariga surtilsa, preparatni so‘rilishini mumkinligini va uning oqibatlarini e‘tiborga olish kerak. (“Nojo‘ya ta‘sirlari”, “Dorilarning o‘zaro ta‘siri”, “Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar” va “Maxsus ko‘rsatmalar” ga qarang).

Qo‘llanilishi

Baneosin neomisinga va/yoki basitrasinga sezgir mikroorganizmlar chaqirgan infeksiyalarda qo‘llash uchun ko‘rsatilgan.

  • Terining tarqalishi cheklangan bakterial infeksiyalari, masalan, xo‘llangan kontagioz impetigo, oyoqlarni infeksiyalangan  trofik yaralarida, infeksiyalangan ekzemada, bakterial taglik dermatitida, bakterial asoratlarda (Herpes simplex va Herpes zorter yoki suvchechak vezikulalarida).
  • Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda kindik infeksiyasining profilaktikasi.
  • Jarrohlik (dermatologik) muolajalardan keyingi infeksiyalarning profilaktikasi: Baneosin kukunini operasiyadan keyingi davrda (kesilgandan, kauterizasiyadan, epiziotomiyadan keyin, terida yoriqlarni, nam (bo‘kkan) jarohatlarni va choklarni davolash uchun) qo‘shimcha davolash uchun qo‘llash mumkin.

Qo‘llash usuli va dozalari

Sirtga qo‘llanadi. Kukunni shikastlangan sohalarga yupqa qavat qilib surtiladi.

Kattalarga va bolalarga Baneosinni odatda sutkada 2-4 marta qo‘llanadi.

Tana yuzasining 20% ko‘proq kuygan bemorlarda Baneosin kukunini kuniga bir martadan tez, ayniqsa buyrak faoliyatini pasayishi tufayli qo‘llanmasligi kerak, chunki faol ingredientni so‘rilishi yuz berishi mumkin. Mahalliy qo‘llanganda neomisinning 7 kun davomida dozasi sutkada 1 g dan oshmasligi kerak (taxminan 200g sirtga qo‘llash uchun kukun). Qayta kurslarda maksimal doza ikki marta kamaytirilishi kerak.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Teriga, shilliq qavatiga va jarohat yuzalariga mahalliy surtilganda Baneosin odatda yaxshi o‘zlashtiriladi.

Preparatni uzoq vaqt qo‘llagan bemorlarda terining qizarishi va qurishi, teri toshmalari va qichishishi ko‘rinishidagi allergik reaksiyalar rivojlanishi mumkin.

Allergik reaksiyalar asosan kontakt ekzema turi bo‘yicha kechadi va u kam hollarda uchraydi. Taxminan 50% hollarda ular boshqa aminoglikozid-antibiotiklariga kesishgan allergiya bilan bog‘liq.

Teri qoplamalarini katta shikastlanishlari bo‘lgan bemorlarni davolashda preparatni so‘rilishi mumkinligini va buning oqibatida vestibulyar va koxlear apparatini shikastlanishi, nefrotoksik samara va neyromushak o‘tkazuvchanligini blokadasi kabi asoratlarni paydo bo‘lishini hisobga olish kerak.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Basitrasinga va/yoki neomisinga yoki aminoglikozid qatori antibiotiklarga yuqori sezuvchanlik.

Terini katta shikastlanishlarida qo‘llash mumkin emas, chunki preparatni so‘rilishi eshitishni yo‘qotish bilan birga kechuvchi ototoksik samarani chaqirishi mumkin.

Preparatni chiqarish faoliyatini yaqqol buzilishlari oqibatida yurak yoki buyrak yetishmovchiligi va mavjud bo‘lgan vestibulyar va koxlear tizimini shikastlanishi bo‘lgan bemorlarda, agar preparatni so‘rilishi mumkin bo‘lsa qo‘llamaslik kerak. Kukunni ko‘z atrofi sohasiga surtish mumkin emas. Nog‘ora pardani perforasiyasida tashqi eshitish yo‘liga qo‘llanmasin.

Ehtiyotkorlik bilan

So‘rilish mumkin bo‘lganida (teri qoplamalarining butunligini katta buzilishlari) mumkin bo‘lgan neyromushak blokadasi belgilarini paydo bo‘lishini ayniqsa, asidozli, og‘ir miasteniyali yoki boshqa neyromushak kasalliklari bo‘lgan bemorlarda kuzatish lozim. Neyromushak blokadasi rivojlanganida kalsiy preparatlari yoki neostigmin qo‘llash ko‘rsatilgan.

Preparatni uzoq vaqt qo‘llanganda rezistent organizmlarni haddan ziyod o‘sishi mumkinligini kuzatish kerak. Agar shunday holat yuz bersa, tegishli davolashni buyurish lozim.

Allergik reaksiyalar yoki superinfeksiya rivojlangan bemorlarda Baneosin preparati bilan davolashni to‘xtatish lozim.

 

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Agar tizimli so‘rilish bo‘lsa, sefalosporinlarni yoki aminoglikozid qatori antibiotiklarni yondosh buyurish nefrotoksik reaksiyalari ehtimolini oshirishi mumkin.

Baneosin bilan etakrin kislotasi yoki furosemid kabi diuretiklarni bir vaqtda ishlatish oto- va nefrotoksik samaralarni keltirib chiqarishi mumkin.

Narkotiklarni, anestetiklarni va miorelaksantlarni qabul qilayotgan bemorlarda Baneosinni so‘rilishi neyromushak o‘tkazuvchanligini blokadasi holatini kuchaytirishi mumkin.

Basitrasin va neomisin uchun nomutanosiblik holatlari aniqlanmagan.

Maxsus ko‘rsatmalar

Tavsiya qilingandan dozadan sezilarli darajada yuqori dozalarda qo‘llanganda Baneosinni so‘rilishi oqibatida nefro- va/yoki ototoksik reaksiyalarni ko‘rsatuvchi simptomlarga e‘tiborni qaratish lozim.

Jigar va/yoki buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda jigar va/yoki buyrak faoliyati pasayganida toksik samaralari xavfi oshganligi sababli, Baneosin preparati bilan davolashdan oldin va davolash vaqtida audiometrik tekshirishlar bilan birga qon va siydik tahlilini o‘tkazish lozim.

Agar Baneosinni so‘rilishi mumkin bo‘lsa, ayniqsa asidozli, yondosh og‘ir miasteniyali (myasthenia gravis) yoki boshqa neyromushak kasalliklari bo‘lgan bemorlarda neyromushak o‘tkazuvchanligini potensial blokadasiga e‘tiborni qaratish lozim.

Uzoq vaqt davolanganda chidamli mikrororganizmlarni o‘sishi mumkinligiga e‘tiborni qaratish kerak. Bunday hollarda tegishli davolashni buyurish lozim.

Preparatni bolalarda, jigar va buyrak faoliyatini buzilishlari bo‘lgan pasientlarda, shuningdek ishlov beriladigan yuzalarning katta maydoniga, uzoq vaqt qo‘llanganda va terining chuqur shikastlanishlarida qo‘llash hollarida shifokor bilan oldindan maslahatlashish tavsiya qilinadi.

Allergiya yoki superinfeksiya rivojlangan bemorlarda preparatni bekor qilish kerak.

Homiladorlik va laktasiya

Baneosinni so‘rilish xavfi mavjudligi tufayli, preparatni homiladorlik va emizish vaqtida qo‘llanganda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak. Boshqa aminoglikozid-antibiotiklari kabi neomisin yo‘ldosh to‘sig‘i orqali o‘tadi. Aminoglikozidlarni yuqori dozalarda tizimli qo‘llanishi natijasida homilada eshitishni buzilishi to‘g‘risida xabar berilgan.

Avtotransportni yoki boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri

Noma‘lum.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Tavsiya qilingandan dozadan sezilarli darajada yuqoriroq dozalarda qo‘llanganda preparatning faol moddalarini so‘rilishi tufayli nefro- va/yoki ototoksik reaksiyalarni ko‘rsatuvchi simptomlarni bo‘lishi mumkinligi hisobga olish lozim.

 

Chiqarilish shakli

10 g dan sirtga qo‘llash uchun kukun 250 XB/5000 XB/1 g polietilen bankalarda; 1 bankadan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.

 

Saqlash sharoiti

Yorug‘likdan va namlikdan himoyalangan joyda, 25ºS dan past haroratda.

Yaroqlilik muddati

2 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Reseptsiz.

 

Ulashish:
Saqlash shartlari

25 ° C dan past haroratda yorug'lik va namlikdan himoyalangan joyda saqlang. Bolalar qo'li etmaydigan joyda saqlang.

Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli

Sirtga qo‘llash uchun kukun

Farmakoterapevtik guruh

tashqi foydalanish uchun boshqa antibiotiklar

Dori shakli

Mayda oq yoki sarg'ish kukun

Nojo'ya samaralari

Nojo‘ya reaksiyalar tizimlar va ularni yuzaga kelishi tez-tezligi bo‘yicha quyidagicha tasniflangan: juda tez-tez (≥1/10), tez-tez (≥ 1/100, <1/10); tez-tez emas (≥1/1 000, <1/100), kam xollarda (≥1/10 000, <1/1 000), juda kam xollarda (<1/10 000), tez-tezligi noma’lum (mavjud ma’lumotlar asosida baholab bo‘lmaydi).

Immun tizimi tomonidan buzilishlar

Kam xollarda: neomitsinga allergiya bo‘lganida 50% xolatlarda boshqa aminoglikozid antibiotiklariga kesishgan allergiya kuzatiladi.

Tez-tezligi noma’lum: surunkali dermatozlari (masalan dimlangan dermatit yoki surunkali o‘rta otit) bo‘lgan patsiyentlarda qo‘llaganda sog‘lom teriga ta’siriga nisbatan ko‘pgina boshqa preparatlarga, shu jumladan neomitsinga sensibilizatsiya odatda kuchayadi. Ayrim xolatlarda allergiya ko‘rinishi bo‘lib preparatning bitkazuvchi samarasini kuzatilmasligi hisoblanishi mumkin.


Nerv tizimi tomonidan buzilishlar

Tez-tezligi noma’lum: vestibulyar nervni shikastlanishi, neyro-mushak blokadasi.


Eshitish va labirint tomonidan buzilishlar

Tez-tezligi noma’lum: ototoksiklik.


Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan buzilishlar

Kam xollarda: asosan kontakt dermatit bilan namoyon bo‘luvchi allergiyalar.

Tez-tezligi noma’lum: uzoq vaqt qo‘llash terini qizarishi, qurishi va kepaklanishi, teri toshmasi va qichishish bilan kechuvchi allergik reaksiyalar rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Shikastlanishni tarqalishi yoki bitkazuvchi samarasini yo‘qligi allergiyaning ko‘rinishi bo‘lishi mumkin.


Buyrak va siydik chiqarish yo‘llari tomonidan buzilishlar

Tez-tezligi noma’lum: nefrotoksiklik.


Yuqorida sanab o‘tilgan yoki ushbu yo‘riqnomada ko‘rsatilmagan boshqa nojo‘ya reaksiyalar paydo bo‘lganda shifokorga murojaat etish kerak.

Qo'llanilishi

Baneotsin neomitsinga va (yoki) batsitratsinga sezgir mikroorganizmlar chaqirgan infeksiyalarni davolash uchun ko‘rsatilgan.
Namlanuvchi kontagioz impetigo, oyoqlarning infeksiyalangan trofik yaralari, infeksiyalangan ekzema, bakterial taglik dermatiti, oddiy va o‘rab oluvchi gerpesda, suvchechakda bakterial asoratlar kabi terining tarqalganligi cheklangan bakterial infeksiyalari.
Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda kindik infeksiyasini oldini olish.
Jarroxlik (dermatologik) aralashuvlardan keyin infeksiyalarni oldini olish: Baneotsin kukuni operatsiyadan keyingi davrda (kesishdan, kauterizatsiyadan keyin, terida yorilishlarni, epizitomiya, namlanuvchi yaralar va choklarni davolash uchun) qo‘shimcha davolash uchun qo‘llanishi mumkin.

Ta'rifi

Mayda oq yoki sarg'ish kukun

Ehtiyot choralari

Baneotsinni og‘izga, ayniqsa bolalarda tushishiga yo‘l qo‘yish mumkin emas.
Tavsiya etilgan dozalardan yuqori dozalarda qo‘llanilganda, preparatni so‘rilishi mumkinligi tufayli nefro- va (yoki) ototoksiklikka ko‘rsatuvchi simptomlarga, ayniqsa (neyro)trofik yaralar bo‘lgan patsiyentlarda e’tiborni qaratish kerak.

Jigar va (yoki) buyrak funksiyasini buzilishi bo‘lgan patsiyentlarda ushbu xavf yuqori. Shuning uchun bunday patsiyentlarda Baneotsin bilan jadal davolashdan oldin va davolash vaqtida qon va siydik tahlilini, shuningdek audiometrik tekshiruvni o‘tkazish kerak.

Baneotsinni nazoratsiz so‘rilishi xolatida nerv-mushak o‘tkazuvchanligini blokadasi, ayniqsa atsidoz, miasteniya gravis yoki boshqa neyromushak buzilishlari bo‘lgan patsiyentlarda e’tiborni qaratish kerak. Kalsiy preparatlari yoki neostigmin yordamida bunday blokadani bartaraf etish mumkin.

Uzoq vaqt qo‘llaganda chidamli mikroorganizmlarni, ayniqsa zamburug‘larni haddan tashqari o‘sishigi e’tibor qaratish kerak. Agar bu kuzatilsa, tegishli davolashni buyurish kerak.
Allergik reaksiyalar yoki superinfeksiya rivojlanganda preparat bilan davolash to‘xtatiladi.

Yaroqlilik muddati (oy)

2 yil. Paketda ko'rsatilgan yaroqlilik muddati o'tganidan keyin foydalanmang.

Dori shakli
Polietilen dispenserli polietilen idishlarda tashqi foydalanish uchun 10 g kukun; Karton qutida tibbiy foydalanish bo'yicha ko'rsatmalar bilan 1 banka.

Baneotsin barcha rasmlari

Barcha rasmlar
Barcha rasmlar

Baneotsin savollari

Baneotsin fikr-mulohazalari

Reyting 5.0, 5 ta sharh asosida
Басида
13.12.2019 06:36
5
У меня сахарный диабет. Поэтому в моем случае каждая ранка, прорез или ссадина – это надолго. Не так давно от знакомого врача услышала о банеоцине. Решила попробовать. Когда в очередной раз порезалась на кухне, купила, нанесла. Рана действительно зажила очень быстро. Я была приятно удивлена. Приберегу банеоцин теперь в своей аптечке.
Альвина
16.04.2021 06:08
5
Использую банеоцин уже много лет. Не придумали еще средства лучше при ранках и ссадинах. А в семье, где есть дети, считаю, что он просто не заменим. Мне больше нравится в форме порошка. Поранился, посыпал поврежденное место порошочком, и через какое-то время ранка начинает уже покрываться коркой. А на следующий день и вовсе засыхает. Прямо чудо-средство какое-то. Я очень довольна. Рекомендую.
Яркиной
26.12.2019 23:57
5
Банеоцин – это просто находка! Я использую его уже много лет. Будь то порез, царапина или ссадина – со всем этим банеоцин справится отлично. Заживает все очень быстро. Побочных реакций нет никаких. Цена – вполне адекватная для препарата такого воздействия. Никаких нареканий на препарат нет. Рекомендую его всем и каждому. Если еще не пробовали, то обязательно попробуйте.
Дилором
25.02.2021 02:45
5
Я не знаю, что бы я делала, если бы не банеоцин. С моим «чертенком» он просто как воздух необходим. Я не знаю, как он это делает, но практически каждый день у сына появляется новая ссадина или порез. Зимой еще потише, но вот летом… Спасаемся только банеоцином. Это настоящая панацея для таких непосед. Препарат не щиплет, аккуратненько посыпал ранку, и очень быстро все проходит. Потрясающее средство.
Фотима
16.06.2020 14:49
5
Однажды у меня на одной из ягодиц вскочил чирей. В общем, к врачу я идти постеснялась. Но теперь-то я понимаю, какой дурой была. Решила, что справлюсь сама. Занялась лечением. Начиталась в интернете, начала прикладывать к очагу мазь Вишневского. Время шло, а легче мне не становилось. Чирей не прорывал и не проходил. Все-таки через силу пришлось обратиться к доктору. В больнице мне назначили банеоцин. Наносила мазь каждые четыре часа, при этом меняла пластырь. Уже на второй день использования чирей вскрылся и стал проходить. Вот это я понимаю эффективный препарат. А не эта бесполезная мазь Вишневского. Ни капли не жалею о потраченных деньгах. Препарат того стоит. Кстати, следов после чирея у меня не осталось. Думаю, что здесь тоже без участия банеоцина не обошлось.

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil