Apteka.uz
SavatKirish

BEYBIKOL

BEYBIKOL chiqarilish shakllari

BEYBIKOL tomchilari 15ml N1
Retseptsiz
BEYBIKOL tomchilari 15ml N1
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Vegapharm Life Sciences Pvt. Ltd., Indiya proizvedeno: Next Wave (India)
•3 ta dorixonada bor
Narxi
22 000 so'm dan
- BEYBIKOL qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- BEYBIKOLning tarkibi
- BEYBIKOL ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- BEYBIKOL narxi Toshkent dorixonalarida

BEYBIKOL haqida qo'llanma

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlik;
- ichak tutilishida qo'llash mumkin emas.

Tarkibi

Har bir ml quyidagilarni saqlaydi:
faol moddalar:
Simetikon emulsiyasi simetikonga USP ga ekvivalent 40 mg;
Shivit moyi VR 0,005 ml;
Oddiy fenxel moyi 0,0007 ml;
Xushbo'ylashtirilgan sirop asosi q.s.
yordamchi moddalar: mentol, saxaroza, natriy metilparabeni, natriy propilparabeni, ksanton kamedi, suyuq sorbitol (sorbitol
eritmasi 70%), polisorbat 80, xloroform, bronopol, aspartam, fenxelya ta'mli (arpabodiyon essentsiyasi №1), natriy tsitrati,
kolloidliy kremniy dioksidi va tozalangan suv.

Farmakodinamikasi

Beybikol – ichaklarda gazlar miqdorini kamaytiradigan preparat. Ta'sir etuvchi modda – simetikon yuzasi faol xususiyatlariga va
suyuqlik – gaz muxitini bo'linishi chegarasidayuzaki tortilish qobiliyatini pasaytirish xususiyatiga ega. Bunda gaz pufakchalarini
qo'shilishi va ko'piklarni buzilishi yuz beradi, natijada ajralib chiqqan gazni so'rilib ketishiga imkon yaratiladi yoki tabiiy yo'l
bilan ichak peristaltikasi orqali chiqariladi. Me'da-ichak yo'llaridan so'rilmaydi. Metabolizmga uchramaydi va ichak orqali
o'zgarmagan ko'rinishda chiqariladi.
Shivit moyi –spazmolitik vosita sifatida ta'sir etadi. Ovqat hazm bo'lish jarayonini buzilishida, ichakda achish jarayonida, qorin
og'riqlarida yordam beradi. Shuningdek shivit moyi gazlarni chiqarilishiga, spazm og'riqlarini bartaraf qilishga yordam beradi.
Oddiy fenxel moyi – qusishga qarshi, safro haydovchi, el haydovchi, ich suruvchi, spazmolitik, diuretik, mikroblarga qarshi va
sedativ ta'sir ko'rsatadi. Ichak tonusini oshiradi va ishtahani qo'zg'atadi.

Farmakokinetikasi

Me'da ichak yo'llaridan so'rilmaydi. Metabolizmga uchramaydi va ichak orqali o'zgarmagan ko'rinishda chiqariladi.

Dozani oshirib yuborilishi

Shu vaqtgacha dozani oshirib yuborilishihollari ma'lum emas. Simetikonni kimyoviy va fiziologik inert bo'lganligi tufayli
intoksikasiya holati deyarli istisno qilinadi. Tavsiya qilingandan yuqori dozalarda qo'llash hollarida, shifokorga murojaat
qilish kerak.

Maxsus ko‘rsatmalari

Preparat paragidroksibenzoatlarni saqlaydi, ular allergik reaktsiyalarni chaqirishi mumkin (kechikish bo'lishi mumkin).
Avtotransport va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Aniqlanmagan

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Levotiroksin simetikon bilan bog'lanishi mumkin. Beybikol preparati bilan bir vaqtda qo'llanilganda levotiroksinni ichakka so'rilishi buzilishi mumkin

Qo‘llash usuli va dozirovkasi

Flakonni qo'llashdan oldin chayqatish kerak.Preparatni ovqatlanish vaqtida yoki ovqatdan keyin ichga, zarur bo'lganda uyqudan oldin
qabul qilinadi.
6 oygacha bo'lgan go'daklar: 5-10 tomchidan kniga 4 marta;
6-12 oygacha bo'lgan bolalar: 20-25 tomchidan kniga 4 marta;
1 yoshdan oshgan bolalar: 20-25 tomchidan kniga 4 marta;
yoki shifokor ko'rsatmasi bo'yicha.

Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli

15 ml tomchi tomchilagichi bo'lgan shisha flakonlarda, tibbiyotda qo'llanilishiga doir yo'riqnomasi bilan birga karton o'ramlarda.

Nojo'ya samaralari

Ayrim hollarda – preparat komponentlarini individual o'zlashtiraolmaslik.

Ta'rifi

Qaxrabo rangli shisha flakonga to'ldirilgan deyarli oq rangli suspenziya

Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. BEYBIKOL preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing
Manbalar ro‘yxati:

BEYBIKOL narxlari

Dorixonalar
Manzil
Ish vaqti
Sotib olish
Europharm
Mirzo Ulug'bek tumani, Buyuk Ipak Yoʻli dahasi, 26 uy, 13 xonadon
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-23:00
24 200 so'm
Buyurtma berish
А5 Filial Markaz 1
Mirzo Ulug'bek tumani, 1 mavze, 6/1 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 09:00-18:00
22 000 so'm
А5
Mirobod tumani,
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-02:00
48 000 so'm

BEYBIKOL haqida savollar

BEYBIKOL haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil