Ташкент
logo
SavatKirish

BEYBIKOL tomchilari 15ml N1

Retseptsiz
Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:Vegapharm Life Sciences Pvt. Ltd., Indiya proizvedeno: Next Wave (India)
Teglar:Ichak uchun
Vakil:VEGAPHARM
ATX kodi:A03AX13
Barcha BEYBIKOL dorilari
7 ta dorixonada bor
Narxi 22 000 so'm dan
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 7 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

BEYBIKOL tomchilari 15ml N1 o'xshash dorilari

RENNI jevatelnie tabletkalari so vkusom mentola N24
Retseptsiz
RENNI jevatelnie tabletkalari so vkusom mentola N24
Germaniya
Vakil:
Bayer
Ishlab chiqaruvchi:
Bayer Consumer Care AG
Narxi
35 000 so'm dan
ENTEROJERMINA suspenziya 2mlrd/5ml 5ml N10
Retseptsiz
ENTEROJERMINA suspenziya 2mlrd/5ml 5ml N10
Italiya
Vakil:
Sanofi
Ishlab chiqaruvchi:
Sanofi S.p.A.
•123 ta dorixonada bor
Narxi
50 000 so'm dan

BEYBIKOL tomchilari 15ml N1 qo'llanmasi

Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Tarkibi

Har bir ml quyidagilarni saqlaydi:
faol moddalar:
Simetikon emulsiyasi simetikonga USP ga ekvivalent 40 mg;
Shivit moyi VR 0,005 ml;
Oddiy fenxel moyi 0,0007 ml;
Xushbo'ylashtirilgan sirop asosi q.s.
yordamchi moddalar: mentol, saxaroza, natriy metilparabeni, natriy propilparabeni, ksanton kamedi, suyuq sorbitol (sorbitol
eritmasi 70%), polisorbat 80, xloroform, bronopol, aspartam, fenxelya ta'mli (arpabodiyon essentsiyasi №1), natriy tsitrati,
kolloidliy kremniy dioksidi va tozalangan suv.

Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli

15 ml tomchi tomchilagichi bo'lgan shisha flakonlarda, tibbiyotda qo'llanilishiga doir yo'riqnomasi bilan birga karton o'ramlarda.

Farmakodinamikasi

Beybikol – ichaklarda gazlar miqdorini kamaytiradigan preparat. Ta'sir etuvchi modda – simetikon yuzasi faol xususiyatlariga va
suyuqlik – gaz muxitini bo'linishi chegarasidayuzaki tortilish qobiliyatini pasaytirish xususiyatiga ega. Bunda gaz pufakchalarini
qo'shilishi va ko'piklarni buzilishi yuz beradi, natijada ajralib chiqqan gazni so'rilib ketishiga imkon yaratiladi yoki tabiiy yo'l
bilan ichak peristaltikasi orqali chiqariladi. Me'da-ichak yo'llaridan so'rilmaydi. Metabolizmga uchramaydi va ichak orqali
o'zgarmagan ko'rinishda chiqariladi.
Shivit moyi –spazmolitik vosita sifatida ta'sir etadi. Ovqat hazm bo'lish jarayonini buzilishida, ichakda achish jarayonida, qorin
og'riqlarida yordam beradi. Shuningdek shivit moyi gazlarni chiqarilishiga, spazm og'riqlarini bartaraf qilishga yordam beradi.
Oddiy fenxel moyi – qusishga qarshi, safro haydovchi, el haydovchi, ich suruvchi, spazmolitik, diuretik, mikroblarga qarshi va
sedativ ta'sir ko'rsatadi. Ichak tonusini oshiradi va ishtahani qo'zg'atadi.

Farmakokinetikasi

Me'da ichak yo'llaridan so'rilmaydi. Metabolizmga uchramaydi va ichak orqali o'zgarmagan ko'rinishda chiqariladi.

Nojo'ya samaralari

Ayrim hollarda – preparat komponentlarini individual o'zlashtiraolmaslik.

Maxsus saqlash sharoitlari

Preparat paragidroksibenzoatlarni saqlaydi, ular allergik reaktsiyalarni chaqirishi mumkin (kechikish bo'lishi mumkin).
Avtotransport va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Aniqlanmagan

Qo'llanilishi

me'da ichak yo'llarida gazlarni xaddan ziyod ko'p hosil bo'lishi va to'planishi: meteorizm simptomlari (me'da osti sohasida
achishish va to'lib qolish hissi ichakni, dam bo'lishi), Aerofagiya, dispepsiya;
- yangi tug'ilgan va emizikli chaqaloqlarda ichak sanchiqlari;
- operasiyadan keyingi yuqori gaz hosil bo'lishi;
- qorin bo'shlig'i va kichik chanoq a'zolarini diagnostik tekshiruvlariga tayyorgalik (UTT, rentgenografiya va boshqalar), shu
jumladan ikkilamchi kontrastlash usuli bo'yicha tasvirlarni olish uchun kontrast vositalari suspenziyalariga qo'shimcha sifatida;
- tenzidlar bilan zaharlanishda (shu jumladan yuvish vositalari tarkibiga kiruvchi yuzaki-faol moddalar) ko'pik o'chiruvchi
sifatida.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlik;
- ichak tutilishida qo'llash mumkin emas.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Levotiroksin simetikon bilan bog'lanishi mumkin. Beybikol preparati bilan bir vaqtda qo'llanilganda levotiroksinni ichakka so'rilishi buzilishi mumkin

Ta'rifi

Qaxrabo rangli shisha flakonga to'ldirilgan deyarli oq rangli suspenziya

Dozirovkasi

Flakonni qo'llashdan oldin chayqatish kerak.Preparatni ovqatlanish vaqtida yoki ovqatdan keyin ichga, zarur bo'lganda uyqudan oldin
qabul qilinadi.
6 oygacha bo'lgan go'daklar: 5-10 tomchidan kniga 4 marta;
6-12 oygacha bo'lgan bolalar: 20-25 tomchidan kniga 4 marta;
1 yoshdan oshgan bolalar: 20-25 tomchidan kniga 4 marta;
yoki shifokor ko'rsatmasi bo'yicha.

Dozani oshirib yuborilishi

Shu vaqtgacha dozani oshirib yuborilishihollari ma'lum emas. Simetikonni kimyoviy va fiziologik inert bo'lganligi tufayli
intoksikasiya holati deyarli istisno qilinadi. Tavsiya qilingandan yuqori dozalarda qo'llash hollarida, shifokorga murojaat
qilish kerak.

Xususiyatlar BEYBIKOL tomchilari 15ml N1

BEYBIKOL tomchilari 15ml N1 boshqa chiqarish shakllari

BEYBI BAKTRIN suspenziya 60ml
BEYBI BAKTRIN suspenziya 60ml
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Vexta Laboratories Pvt. Ltd., Indiya proizvedeno: Ankur Drugs & Pharma Ltd.
Analoglar BEYBIKOL tomchilari 15ml N1
Analoglari yo'q

BEYBIKOL tomchilari 15ml N1 savollari

BEYBIKOL tomchilari 15ml N1 fikr-mulohazalari

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil