BIVOKSAning aptekalardagi narxlari
BIVOKSA tomchilar 0,5% 5ml N1
|
|
92 ta dorixonada bor
|
40 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
70 000 so'mdan
+ yetkazish
Buyurtma berish
|
45 000 so'mdan
Bron qilish
|
Yetkazib berish xizmati haqida ma'lumot:
Yetkazib berish xizmatlarini taklif qiluvchi dorixonalar katalogda "yetkazib berish" belgisi bilan ajratilgan.
Shu tarzda belgilangan dorixona bilan telefon orqali aloqaga chiqing va buyurtmaning narxi va yetkazib berish muddatini aniqlashtirib oling.
Odatda, dorixona buyurtmani 1 soat ichida yuboradi.
BIVOKSA ko'rsatmalar
BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
BIVOKSA
BIVOXA
Preparatning savdo nomi: Bivoksa
Ta‘sir etuvchi modda (XPN): moksifloksasin
Dori shakli: ko‘z tomchilari
Tarkibi:
1 ml preparat quyidagilarni saqlaydi:
faol modda: 5,0 mg moksifloksasin (moksifloksasin gidroxloridi shaklida);
yordamchi moddalar: natriy xloridi, xloridya kislotasi va/yoki natriy gidroksidi, borat kislotasi, in‘eksiya uchun suv.
Ta‘rifi: och yashil sarg‘ish rangli tiniq eritma.
Farmakoterapevtik guruhi: Oftalmologiyada qo‘llanadigan vositalar. Mikroblarga qarshi vositalar. Ftorxinolonlar.
ATX kodi: S01AE07
Farmakologik hususiyatlari
Farmakodinamikasi
Moksifloksasin – IV avlod ftorxinolonlar guruhiga mansub antibakterial preparat bo‘lib, bakterisid ta‘sirga ega. Grammusbat va grammanfiy mikroorganizmlar, anaerob, kislotaga chidamli va atipik bakteriyalarning keng doirasiga nisbatan faollik namoyon qiladi.
Ta‘sir mexanizmi DNK-giraza va topoizomeraza IV fermentlarini ingibisiya bo‘lishi oqibatida bakteriyalardagi DNK replikasiyasi, reparasiyasi va rekombinasiyasi jarayonlarini buzilishi bilan bog‘liq.
Moksifloksasin mikroorganizmlarning ko‘pchilik shtammlariga nisbatan (ham in vitro, ham in vivo sharoitlarida) faol:
Aerob grammusbat mikroorganizmlar: Corynebacterium spp., shu jumladan Corynebacterium diphtheriae, Micrococcus luteus, Staphylococcus aureus (metisillinga sezgir), Staphylococcus epidermidis, Staphylococcus haemolyticus, Staphylococcus hominis, Staphylococcus warneri, Streptococcus pneumoniae, Streptococcus viridans guruhi;
Aerob grammanfiy mikroorganizmlar: Acinetobacler lwoffii, Haemophilus influenzae (shu jumladan ampisillinga sezgir bo‘lmagan shtammlari), Haemophilus parainfluenzae;
Boshqa mikroorganizmlar: Chlamydia trachomatis.
Moksifloksasin in vitro sharoitlarida quyida sanab o‘tilgan mikroorganizmlarning ko‘pchiligiga qarshi ta‘sir qiladi, ammo bu ma‘lumotlarning klinik ahamiyati ma‘lum emas:
Aerob grammusbat mikroorganizmlar: Listeria monocytogenes, Staphylococcus saprophyticus, Streptococcus agalactiae, Streptococcus mitis, Streptococcus pyogenes, Streptococcus C, G, F guruhlari;
Aerob grammanfiy mikroorganizmlar: Acinetobacter baumannii, Acinetobacter calcoaceticus, Citrobacter freundii, Citrobacter koseri, Enterobacter aerogenes, Enterobacter cloacae, Escherichia coli, Klebsiella oxytoca, Klebsiella pneumoniae, Moraxella catarrhalis, Morganella morganii, Neisseria gonorrhoeae, Proteus mirabilis, Proteus vulgaris, Pseudomonas stutzeri;
Anaerob mikroorganizmlar: Clostridium perfringens, Fusobacterium spp., Prevotella spp., Propionibacterium acnes;
Boshqa mikroorganizmlar: Chlamydia pneumoniae, Legionella pneumophila, Mycobacterium avium, Mycobacterium marinum, Mycoplasma pneumoniae.
Farmakokinetikasi
Mahalliy qo‘llanganida moksifloksasinni tizimli so‘rilishi yuz beradi: maksimal konsentrasiyasi (Cmax) 2,7 ng/ml ni, AUC kattaligi 45 ng soat/ml ni tashkil etadi. Ushbu qiymatlar moksifloksasin 400 mg terapevtik dozada peroral qabul qilinganidan keyingi Cmax va AUC qiymatlariga nisbatan taxminan 1600 marta va 1000 martaga kam. Moksifloksasinni plazmadan yarim chiqarilish davri taxminan 13 soatni tashkil etadi.
Qo‘llanilishi
Preparat moksifloksasinga sezgir mikroorganizmlar tomonidan chaqirilgan bakterial kon‘yunktivitlarni davolash uchun ko‘rsatilgan.
Qo‘llash usuli va dozalari
Faqat mahalliy qo‘llash uchun mo‘ljallangan.
Preparat kon‘yunktivaga yoki ko‘zning bevosita oldingi kamerasiga yuborilishi kerak.
Tomchilagich va eritmani mikroblar bilan ifloslanishini oldini olish uchun tomchilagichning uchini turli yuzalar bilan kontaktda bo‘lishidan saqlanish kerak.
Eritmani burunning shilliq qavati orqali, ayniqsa bolalarda, so‘rilishini oldini olish maqsadida ko‘z yoshi burun yo‘lini preparat tomizilgandan so‘ng 2-3 minutga yopish kerak.
Mahalliy qo‘llash uchun bir qancha oftalmologik preparatlar bir vaqtda buyurilganida ularni qo‘llash o‘rtasidagi tanaffus kamida 5 minut bo‘lishi kerak. Ko‘z surtmalarini oxirida qo‘llash kerak.
Kattalar va 1 yoshdan oshgan bolalarga Bivoksa preparati shikastlangan ko‘zga 1 tomchidan kuniga 3 marta tomiziladi. Odatda ko‘zning holatini yaxshilanishi 5 kundan keyin kuzatiladi, davolashni navbatdagi 2-3 kun davomida davom ettirish kerak. Agar 5 kun davomida holatini yaxshilanishi kuzatilmasa, tashxis va/yoki davolash qayta ko‘rib chiqilishi kerak. Davolashning davomiyligi shikastlangan ko‘zning og‘irlik darajasi, shuningdek kasallikning klinik hamda bakteriologik kechishiga bog‘liq.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Nojo‘ya samaralarning uchrash tezligini quyida keltirilgan ko‘rsatkichlari quyidagi tarzda aniqlangan: tez-tez (≥ 1/100 dan < 1/10 gacha); tez-tez emas (≥ 1/1000 dan < 1/100 gacha); kam hollarda (≥ 1/10000 dan < 1/1000 gacha); uchrash tezligi noma‘lum (ma‘lumotlar yetarli bo‘lmaganligi tufayli, uchrash tezligini aniqlash mumkin emas).
Qon va limfa tizimi tomonidan: kam hollarda – gemoglobinni pasayishi.
Immun tizimi tomonidan: uchrash tezligi noma‘lum – o‘ta yuqori sezuvchanlik.
Nerv tizimi tomonidan: tez-tez emas – bosh og‘rig‘i; kam hollarda – paresteziya; uchrash tezligi noma‘lum – bosh aylanishi.
Ko‘rish a‘zolari tomonidan: tez-tez – ko‘zda og‘riq, ko‘zni ta‘sirlanishi; tez-tez emas – nuqtali keratit, ko‘zni qurishi, kon‘yunktivaga qon quyilishi, ko‘z giperemiyasi, ko‘zni qichishishi, qovoqlarni shishi, ko‘zda diskomfort hissi; kam hollarda – shox parda epiteliysini shikastlanishi, shox pardani shikastlanishi, kon‘yunktivit, blefarit, ko‘zni shishi, kon‘yunktivani shishi, ko‘rishni noaniqligi, ko‘rish o‘tkirligini pasayishi, astenopiya, qovoq eritemasi; uchrash tezligi noma‘lum – endoftalmit, yarali keratit, shox parda eroziyasi, shox pardani yupqalashishi, ko‘z ichki bosimini oshishi, shox pardani xiralashishi, shox pardada infiltrat, shox pardada cho‘kma hosil bo‘lishi, ko‘z allergiyasi, keratit, shox pardani shishi, yorug‘likdan qo‘rqish, ko‘z yoshi ajralishini kuchayishi, ko‘zdan ajralma ajralishi, ko‘zda yod jism borligi hissi.
Yurak tomonidan: uchrash tezligi noma‘lum – yurak urishini tezlashishi.
Nafas a‘zolari, ko‘krak qafasi va ko‘ks oralig‘i a‘zolari tomonidan: kam hollarda – burunda diskomfort hissi, halqum-xiqildoq og‘rig‘i, tomoqda yod jism borligi hissi; uchrash tezligi noma‘lum – hansirash.
Me‘da-ichak yo‘llari tomonidan: tez-tez emas – disgevziya; kam hollarda – qusish; uchrash tezligi noma‘lum – ko‘ngil aynishi.
Jigar va o‘t chiqarish yo‘llari tomonidan: kam hollarda – alaninaminotransferaza va gammaglutamiltransferazaning darajasini oshishi.
Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan: uchrash tezligi noma‘lum – eritema, toshma, qichishish, eshakemi.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatning komponentlariga yoki ftorxinolonlar guruhining boshqa dori vositalariga o‘ta yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Mahalliy qo‘llanganidan so‘ng moksifloksasinning tizimli konsentrasiyasi past bo‘lganligi uchun dorilarning o‘zaro ta‘siri aniqlanmagan.
Maxsus ko‘rsatmalar
Xinolon qatorining tizimli preparatlari qo‘llangan pasientlarda ba‘zida birinchi dozasi qabul qilingan zahoti og‘ir darajadagi o‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari (anafilaksiya) kuzatilgan. Bivoksaga allergik reaksiya paydo bo‘lganida preparatni qo‘llashni to‘xtatish kerak.
Antibiotikni uzoq muddat qo‘llash sezgir bo‘lmagan mikroorganizmlar, shu jumladan zamburug‘larni haddan tashqari o‘sishiga olib kelishi mumkin. Superinfeksiya rivojlanganida preparatni bekor qilish va adekvat davolashni buyurish kerak.
Moksifloksasin tizimli buyurilganida, ayniqsa keksa yoshdagi pasientlarda va kortikosteroidlarni olayotgan pasientlarda paylarni yallig‘lanishi va uzilishi yuz berishi mumkin. Moksifloksasin oftalmologik qo‘llanganidan so‘ng uning plazmadagi konsentrasiyasi ichga qabul qilingandagiga nisbatan ancha past, ammo ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak va paylarni yallig‘lanishini birinchi belgilari paydo bo‘lganida Bivoksa preparati bilan davolash to‘xtatilishi kerak.
Homiladorlik va laktasiya davrida qo‘llanishi
Homiladorlik va laktasiya davrida Bivoksa preparatini ona uchun davolashdan kutiladigan foyda homila yoki bola uchun potensial havfdan ustun bo‘lgan holatdagina qo‘llash mumkin.
Pediatriyada qo‘llanishi
1 yoshgacha bo‘lgan bolalarda moksifloksasin ko‘z tomchilarini qo‘llash havfsizligi va samaradorligi bo‘yicha ma‘lumotlar yo‘q.
Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri
Preparat tomizilgandan keyin ko‘rish o‘tkirligini vaqtinchalik yo‘qotadigan pasientlar diqqatni jamlash va psixomotor reaksiyalar tezligini talab etuvchi potensial havfli faoliyat turlarini bajarishdan saqlanishlari kerak.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Preparatning ortiqcha miqdori ko‘zga tushganida ko‘zni iliq suv bilan yuvish tavsiya etiladi.
Preparat bexosdan ichga qabul qilinganida dozani oshirib yuborilishi simptomlarini paydo bo‘lishi ehtimoli kam.
Chiqarilish shakli
Ko‘z tomchilari 5 ml dan tiqin tomchilagich va himoya xalqasi bilan ta‘minlangan, buraladigan himoya qopqoqli plastik flakonda.
Flakon qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.
Saqlash sharoiti
25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Muzlatilmasin.
Flakon ochilganidan so‘ng preparat 28 kun davomida ishlatilsin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Resept bo‘yicha.
Chiqarish shakllari