Bromkamfora ko'rsatmalar
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
BROMKAMFORA
BROMCAMPHORAE
Preparatning savdo nomi: Bromkamfora
Ta‘sir etuvchi modda (XPN): bromkamfora
Dori shakli: tabletkalar
Tarkibi:
1 tabletka quyidagilarni saqlaydi:
faol modda: bromkamfora – 250 mg;
yordamchi moddalar: kartoshka kraxmali -34 mg, talk- 5 mg, laktoza monogidrati – 8 mg, kolloid kremniy dioksidi – 3 mg.
Ta‘rifi: oq yoki kulrang-oq rangli, bromkamfora kristallarining dog‘lari bo‘lgan, riska va faskali, o‘ziga xos kamfora hidiga ega yassi silindrik shaklli tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi: sedativ vosita.
ATX kodi: N05CM
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamikasi
Sedativ vosita – brom preparatidir. Boshqa bromidlar kabi bosh miya po‘stlog‘ida, ayniqsa markaziy nerv tizimining kuchli qo‘zg‘alishida tormozlanish jarayonini kuchaytirish qobiliyatiga ega. Tabiiy uyqu kelishini yengillashtiradi.
Farmakokinetikasi
Me‘da-ichak yo‘llarida oson so‘riladi. Gistogematik, shuningdek yo‘ldosh to‘sig‘i orqali o‘tadi. Jigarda oksimetabolitlargacha gidroksilizasiyaga uchraydi, ular buyrak orqali glyukuronidlar ko‘rinishida chiqariladi.
Qo‘llanilishi
Yuqori qo‘zg‘aluvchanlik, nevrasteniya, uyquni buzilishi, kardialgiya, taxikardiya, o‘zgaruvchan arterial bosimda qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Ichga, ovqatdan so‘ng buyuriladi. Kattalar va 14 yoshdan katta bolalarga – 1-2 tabletkadan kuniga 2-3 marta; 7-10 yoshdagi bolalarga – 1 tabletkadan kuniga 2 marta, 10-14 yoshdagi bolalarga – 1 tabletkadan kuniga 2-3 marta buyuriladi. Maksimal sutkalik doza: kattalar va 14 yoshdan katta bolalar uchun – 1,5 g; 7-10 yoshdagi bolalar uchun – 0,5 g; 10-14 yoshdagi bolalar uchun – 0,75 g ni tashkil qiladi. Davolash kursi – 10-15 kun.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Allergik reaksiyalar, tormozlanish, uyquchanlik, dispepsik ko‘rinishlar.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan xolatlar
Kamfora, bromid yoki preparatning boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlik, jigar va/yoki buyrak yetishmovchiligi, laktozani o‘zlashtiraolmaslik, laktaza tanqisligi, glyukozo-galaktoz malabsorbsiya. 7 yoshgacha bolalarda qo‘llash mumkin emas.
Ehtiyotkorlik bilan
Jigar funksiyasini buzilishlari, anamnezida allergik kasalliklari bo‘lgan pasientlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llanadi.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Markaziy nerv tizimini susaytiruvchi dori vositalari (shu jumladan uxlatuvchi vositalar) ning ta‘sirini kuchaytiradi, bu ularning dozasiga tuzatish kiritishni talab etadi.
Agar Siz boshqa preparatlarni qabul qilayotgan bo‘lsangiz, shifokor bilan maslahatlashing.
Maxsus ko‘rsatmalar
Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanilishi
Homiladorlik va emizish davrida preparatni qo‘llash mumkin emas. Bromkamfora yo‘ldosh to‘sig‘i orqali o‘tadi, teratogen ta‘sir ko‘rsatadi. Ko‘krak sutiga kiradi, bolada sedasiya rivojlanishi xavfi mavjud. Bundan tashqari bromkamforani qo‘llash emizikli ayollarda laktasiyani to‘xtashiga olib keladi.
Transport vositalari, mexanizmlarni bajarish qobiliyatiga ta‘siri
Preparat bilan davolash davrida transport vositalarini boshqarishdan va diqqatni yuqori jamlash va psixomotor reaksiya tezligini talab qiluvchi boshqa potensial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanishdan voz kechish kerak.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlar: ko‘ngil aynishi, qusish, qorinda og‘riq, tana haroratini oshishi, anuriya, deliriy, mushak tortishishi, tutqanoqqa o‘xshash tirishishlar, markaziy nerv tizimini susayishi, nafas olishni qiyinlashishi, nafas chiqarishda kamforaning o‘ziga xos xidi, nafas yetishmovchiligi, koma.
Davolash: me‘dani yuvish, ichga tuzli surgi vositalarini va faollashtirilgan ko‘mirni buyurish. Tirishishlarda vena ichiga diazepam yoki tez ta‘sir etuvchi barbituratlar (tiopental natriy) qo‘llanadi.
Lipidli dializat bilan gemodializ.
Chiqarilish shakli
250 mg tabletkalar.
10 tabletkadan kontur uyali o‘ramda.
25, 30, 50 yoki 100 tabletkadan shisha yoki polimer bankalarda.
2, 3 yoki 5 kontur uyali o‘ramlar yoki 1 banka tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutiga joylangan.
Saqlash sharoiti
Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
5 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Reseptsiz.
Chiqarish shakllari