Deksilant
Deksilant chiqarish shakllari



Deksilant qo'llanmasi
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
DEKSILANT
DEXILANT
Preparatning savdo nomi: Deksilant
Ta‘sir etuvchi modda (XPN): dekslansoprazol
Dori shakli: ajralib chiqishi modifikasiyalangan kapsulalar.
Tarkibi:
1 kapsula 30 mg quyidagilarni saqlaydi:
faol moda: dekslansoprazol – 30 mg;
yordamchi moddalar: qand krupkasi*(500 mkm dan 710 mkm gacha) 28,8 mg, mangiy karbonati 11,5 mg, saxaroza 41,5 mg, quyialmashingan giproloza 8,64 mg, giproloza 0,34 mg, gipromelloza 2910 7,54 mg, talk 16,64 mg, titan dioksidi 5,5 mg, metakril kislotasining sopolimeri dispersiyasi** 9,66 mg, makrogol – 8000 0,96 mg, polisorbat-80 0,44 mg, kolloid kremniy dioksidi 0,09 mg, metakril kislotasi va metilmetakrilat sopolimeri (1:2) 15,95 mg, metakril kislotasi va metilmetakrilat sopolimeri (1:1) 5,32 mg, trietilsitrat 2,12 mg;
kapsula qobig‘i: karraginan 0,192-0,624 mg, kaliy xloridi 0,144-0,48 mg, titan dioksidi 2,4768 mg, indigotin bo‘yovchisi Ye132 0,3456 mg, sariq va qizil temir oksidi bo‘yovchisi 0,0576 mg, gipromelloza q.s. 48 mg gacha, markirovka uchun kulrang tozalangan siyox*** juda oz miqdorda.
*Qand krupkasining tarkibi: saxaroza 18-26,352 mg, makkajo‘xori kraxmali 2-448-10,8 mg;
**Metakril kislotasi sopolimeri dispersiyasining tarkibi: metakril kislota 4,4436 mg, etakrilat 4,2504 mg, natriy laurilsulfati 0,2254 mg, polisorbat-80 0,7406 mg;
***Markirovka uchun kulrang tozalangan kulrangli siyox qizil temir oksidi bo‘yovchisi, sariq temir oksidi bo‘yovchisi, indigotin bo‘yovchisi Ye132, karnnaub mumi, shellak, gliseril monooleatidan tashkil topgan.
1 kapsula 60 mg quyidagilarni saqlaydi:
faol moda: dekslansoprazol – 60 mg;
yordamchi moddalar: qand krupkasi*(500 mkm dan 710 mkm gacha) 40,0 mg, mangiy karbonati 16,0 mg, saxaroza 39,52 mg, quyialmashingan giproloza 12,0 mg, giproloza 0,48 mg, gipromelloza 2910 10,5067 mg, talk 27,5499 mg, titan dioksidi 6,9933 mg, metakril kislotasining dispersiyaning sopolimeri** 7,02 mg, makrogol-8000 0,7 mg, polisorbat-80 0,32 mg, kolloid kremniy dioksidi 0,13 mg, metakril kislotasi va metilmetakrilat sopolimeri (1:2) 31,19 mg, metakril kislotasi va metilmetakrilat sopolimeri (1:1) 10,64 mg, uchetilsitrat 4,24 mg;
kapsula qobig‘i: karraginan 0,24-0,78 mg, kaliy xloridi 0,18-0,6 mg, titan dioksidi 2,52 mg, indigotin bo‘yovchisi Ye132 1,08 mg, gipromelloza q.s. 60 mg gacha, markirovka uchun kulrang tozalangan siyox*** juda oz miqdorda.
*Qand krupkasining tarkibi: saxaroza 25-36,6 mg, makkajo‘xori kraxmali 3,4-15 mg;
**Metakril kislotasi sopolimeri dispersiyasining tarkibi: metakril kislota 3,2292 mg, etakrilat 3,0888 mg, natriy laurilsulfati 0,1638 mg, polisorbat-80 0,5382 mg;
***Markirovka uchun kulrang tozalangan siyox qizil temir oksidi bo‘yovchisi, sariq temir oksidi bo‘yovchisi, indigotin bo‘yovchisi Ye132, karngaub mumi, shellak, gliseril monooleatidan tashkil topgan.
Ta‘rifi:
Doza 30 mg
Tiniq bo‘lmagan xavorang qopqoqcha va tiniq bo‘lmagan kulrang korpusli kapsulalar. Qopqoqchasiga to‘q-kulrang siyox bilan “TAR” logotipi, korpusiga – “30” yozuvi tushirilgan.
Kapsulalarning ichidagisi – oqdan to deyarli oq rangligacha bo‘lgan granulalar.
Doza 60 mg
Tiniq bo‘lmagan xavorang qopqoqcha va korpusli kapsulalar. Qopqoqchasiga to‘q-kulrang siyox bilan “TAR” logotipi, korpusiga – “60” yozuvi tushirilgan.
Kapsulalarning ichidagisi – oqdan to deyarli oq rangligacha bo‘lgan granulalar.
Farmakoterapevtik guruxi: Proton nasosi ingibitori.
ATX kodi: A02VS06
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamikasi
Dekslansoprazol lansoprazolning R-enantiomeri bo‘lib, proton pompasining ingibitori hisoblanadi. Me‘dadagi parietal hujayralarining N+/K+ ATF-azasi faolligini susaytirish yo‘li bilan me‘da shirasining sekresiyasini yakuniy bosqichini susaytiradi. Ingibisiya qilishi dozaga bog‘liq va qaytuvchi xarakterga ega bo‘lib, me‘da shirasining ham bazal, xam rag‘batlantirilgan sekresiyasiga ta‘sir qiladi. Dekslansoprazol parietal hujayralarda to‘planadi va ularning kislotali muxitida faollashadi, shundan so‘ng u, N+/K+ ATF-azaning sulfgidril guruxi bilan reaksiyaga kirishib, fermentlar faolligini ingibisiya qilinishini chaqiradi.
Antisekretor faolligi
Deksilant uchun me‘daning o‘rtacha rN 4,55 ni tashkil qiladi. Kun davomidagi me‘da ichki rN ko‘rsatkichini 4 dan ortiq vaqtning o‘rtacha foizi Deksilant uchun 71% (17 soat davomida), va lansoprazol uchun 60% (14 soat davomida) ni tashkil qiladi.
Zardobdagi gastringa ta‘siri
Deksilantni zardobdagi gastringa ta‘siri klinik tadqiqotlarda 1 yilgacha ishtirok etgan pasientlarda o‘rganilgan. Deksilant bilan 30 mg va 60 mg dozada davolash vaqtida, och qoringa gastrinning o‘rtacha konsentrasiyasi ko‘rsatkichlarini oshishi kuzatilgan. 6 oydan ko‘proq davolangan pasientlarda davolashning birinchi 3 oyi davomida zardob gastrinining o‘rtacha qaymatini oshishi va davolashning oxirigacha saqlanib qolishi kuzatilgan.
Zardob gastrinining qiymati dastlabki ko‘rsatkichlariga qabul qilish to‘xtatilgandan keyin 1 oy davomida qaytgan.
Antisekretor preparatlar bilan davolash vaqtida, xlorid kislotasini ishlab chiqarilishini pasayishiga javoban, zardob gastrini oshadi. Shuningdek me‘daning kislotali muhitining pastligi tufayli, Xromogranin A (CgA) darajasini oshishi kuzatiladi. Xromogranin A (CgA) darajasini yuqori bo‘lishi neyroendokrin o‘smalarga tekshiruv natijalariga ta‘sir qilishi (interferensiya) mumkin.
Xozirgi vaqtdagi bor bo‘lgan isbotli ma‘lumotlarga qo‘ra, Xromogranin A (CgA) ga o‘tkazilgan tekshirishgacha 5 kundan 2 haftagacha muddatlarda proton nasosi ingibitorlarini qabul qilish to‘xtatish tavsiya etiladi. Bu Xromogranin A (CgA) darajasini referens qiymatlar darajasiga qaytarish imkoniyatini beradi, proton nasosi ingibitorlarini qabul qilish vaqtida ularni soxta oshishi kuzatilishi mumkin.
Enteroxromaffinsimon hujayralar (ECL). 30 mg, 60 mg, 90 mg dozada dekslansoprazol bilan 12 oygacha davolangan pasientlar me‘dasini biopsiyasida, enteroxromaffinsimon hujayralarning giperplaziyasi xaqida xabarlar tushmagan.
Yurak repolyarizasiyasiga ta‘siri
Deksilant 90 mg yoki 300 mg dozada sog‘lom sinaluvchilarda plaseboga nisbatan yurak repolyarizasiyasini sekinlashishini chaqirmagan.
Farmakokinetikasi
Ikki tomonlama ajralib chiqishi sekinlashtirilgan texnologiyasini ishlatish bilan aniqlangan. Deksilantning farmakokinetik profili plazmada dekslansoprazolning konsentrasiyasini ikkita cho‘qqiga egaligini ko‘rsatdi, birinchi cho‘qqi qabul qilgandan keyin 1-2 soat o‘tgach kuzatiladi, navbatdagi ikkinchi cho‘qqi qabul qilgandan keyin 4-5 soat o‘tgach aniqlanadi.
So‘rilishi
Deksilant 30 mg va 60 mg dozada ichga qabul qilgandan keyin sog‘lom sinaluvchilarda, plazmada dekslansoprazolning maksimal konsentrasiyasi (Smax) va egri chiziq ostidagi maydoni (AUC), taxminan qabul qilingan dozaga proporsional oshgan. Qon plazmasidagi cho‘qqi darajalari 4 dan 6 soatgacha vaqt davomida paydo bo‘lgan.
Taqsimlanishi
Sog‘lom ko‘ngillilarda dekslansoprazolning plazma oqsillari bilan bog‘lanishi 96,1% va 98,8% orasida o‘zgarib turadi va ml da 0,01 dan 20 mkg gacha chegaralarda bo‘lgan konsentrasiyaga bog‘liq bo‘lmagan. Simptomatik gastro-ezofaleal reflyuks kasalligi (GERK) li pasientlarda bir necha dozalardan keyin taqsimlanish xajmi 40,3 l ni tashkil qilgan.
Metabolizmi
Dekslansoprazol jigarda oksidlanish, qaytarilish jarayonlari va keyinchalik sulfatli, glyukuronidli va glutationli birikmalar xosil bo‘lishi bilan nofaol metabolitlari hosil bo‘lishi bilan jadal metabolizmga uchraydi.
Oksidlanish sitoxrom R450 tizimi fermentlari yordamida amalga oshiriladi, u gidroksillanish (asosan CYP2C19 izofermenti tomonidan) jarayonlarida ham, oksidlanish (CYP3A4 izofermenti tomonidan) jarayonlarida xam ishtirok etadi. CYP2C19 izofermenti polimorf jigar izofermenti hisoblanadi, u substratlar metabolizmida turli xususiyatlar nomoyon qiluvchi (tez, o‘rtacha va sekin metabolizatorlar) 3 xil fraksiyalarda mavjud bo‘ladi.
Odatda, o‘rtacha va kuchsiz metabolizatorlarda dekslansoprazolning AUC (egri chiziq osti maydoni) ko‘rsatkichi yuqori bo‘ladi.
CYP2C19 izofermentining o‘rtacha va kuchli metabolizatorlari bo‘lgani xollarda, qon plazmasidagi asosiy metaboliti 5-gidroksidekslansoprazol va uning glyukuronli birikmasi xisoblanadi. CYP2C19 izofermentining kuchsiz metabolizatorlari bo‘lgan xollarda esa – dekslansoprazol sulfon asosiy metobolit hisoblanadi.
Chiqarilishi
Deksilant qabul qilgandan keyin, dekslansaprazol siydikda o‘zgarmagan xolda aniqlanmaydi.
Sog‘lom ko‘ngillilar nishonlangan [14C] dekslansoprazol qabul qilganlaridan keyin, taxminan 50,7% siydik bilan va 47,6% axlat bilan chiqarilgan. 30 yoki 60 mg sutkalik doza 5 kun qabul qilgandan keyin sog‘lom sinaluvchilarda klirens muvofiq 11,4 dan 11,6 l/s gachani tashkil qilgan.
Preparat jigarda jadal metabolizmlanishi tufayli, buyraklar faoliyatini buzilishi bo‘lgan pasientlarda dekslansoprazol qo‘llanganda, dozani pasaytirish talab etilmaydi.
To‘g‘ri chiziqlilik/to‘g‘ri chiziqlilik emas
Sog‘lom ko‘ngilliklar dekslansoprazolning 30 dan 120 mg gacha bir martalik va ko‘p martalik dozalarini qabul qilganlaridan keyin, Smax va AUC ning o‘rtacha qiymatlari dozaga proporsional ravishda oshgan. Dekslansoprazolning farmakokinetikasi doza va vaqtga bog‘liq emas, yarim chiqarilish davri t1/2 taxminan 1-2 soatni tashkil qilgan. Dekslansoprazolning bir martalik sutkalik dozasi qabul qilingandan keyin faol moddalarning kumulyasiyasi axamiyatsiz yoki mavjud emas, bu xaqida, sutkalik doza bir marta va ko‘p marta qabul qilinganidan keyin, muvozanat konsentrasiyaga erishilganda Smax va AUC ning o‘xshash qiymatlari dalolat beradi.
Ovqatning ta‘siri
Ovqat iste‘mol qilish dekslansoprazol tomonidan me‘da rN ni 24 soatlik nazoratiga klinik axamiyatli ta‘sir ko‘rsatmaydi.
Pasientlarning alohida guruxi
Keksalik yoshi
Deksilantni 60 mg bir marta dozada qabul qilgan sog‘lom keksa erkaklar va ayollarda o‘tkazilgan tadqiqotlar, terminal yarim chiqarilishi davrining (t1/2) tezligi yosh ko‘ngillilarga nisbatan statistik ahamiyatli pastligini ko‘rsatadi (muvofiq ravishda 2,23 va 1,5 soat). Shuningdek desklansoprazol, yosh ko‘ngillilarga nisbatan keksa yoshdagi tekshiriluvchilarda yuqori tizimli ekspozisiyani ko‘rsatgan (35,4% ga). Bu ma‘lumotlar klinik axamiyatli hisoblanadi. Keksa pasientlarda doza individual ravishda tanlanadi va agar sutkalik dozani oshirishga aloxida ko‘rsatmalar bo‘lmasa, doza sutkada 60 mg dan oshmasligi kerak.
Buyrak funksiyasini buzilishi
Dekslansoprazol jigarda nofaol metabolitlarigacha jadal metabolizmga uchraydi. Ichga qabul qilinganidan keyin siydikda faol metabolitlari aniqlanmaydi. Demak, buyrak funksiyasini buzilishi bo‘lgan pasientlarda dozaga tuzatish kiritish talab etilmaydi. Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda tadqiqotlar o‘tkazilmagan. “Maxsus ko‘rsatmalar” bo‘limiga qarang.
Jigar funksiyasini buzilishi
Jigar funksiyasini o‘rtacha buzilishlari bo‘lgan pasientlarda o‘tkazilgan tadqiqotlarda Deksilantning 60 mg bir martalik dozasi qabul qilingandan keyingi jigar funksiyasi normal bo‘lgan ko‘ngillilarga nisbatan, plazmada bog‘langan va bog‘lanmagan dekslansoprazolning miqdorini (AUC) 2 marta oshishi aniqlangan.
Jigar funksiyasini yengil buzilishlari bo‘lgan pasientlar uchun dekslansoprazolning dozasiga tuzatish kiritish etilmaydi. Jigar funksiyasini o‘rtacha buzilishlari bo‘lgan pasientlar ko‘proq kuzatuv ostida bo‘lishlari kerak, maksimal tavsiya etitladigan sutkalik doza, sutkada 30 mg dan oshmasligi kerak. Jigar funksiyasini og‘ir buzilishlari bo‘lgan pasientlarga dekslansoprazolni qabul qilish tavsiya etilmaydi, ma‘lumotlar mavjud emas. “Maxsus ko‘rsatmalar” bo‘limiga qarang.
Bolalar
Simptomatik GERK bo‘lgan 12 dan 17 yoshgacha bo‘lgan 36 nafar pasientlarda dekslansoprazolning farmakokinetikasini o‘rganish bo‘yicha o‘tkazilgan ko‘p markazli tadqiqotlar, bu yosh guruxi pasientlarida dekslansoprazolning farmakokinetikasi umuman olganda, katta sog‘lom ko‘ngillilardagi farmakokinetikasi bilan o‘xshashligini ko‘rsatgan.
Jins
Deksilantning 60 mg li bir martalik dozasini qabul qilgan sog‘lom erkaklar va ayollardagi tadqiqotlarda, erkaklarga nisbatan ayollarda tizimli ekspozisiyasi (AUC) yuqori (42,8% ga) bo‘lgan. Jinsga qarab, Deksilantning dozasiga tuzatish kiritish talab etilmaydi.
Qo‘llanishi
Kattalar va 12 dan 17 yoshgacha bo‘lgan bolalarda:
- eroziv reflyuks ezofagitni davolash;
- bitgan eroziv reflyuks ezofagitni tutib turuvchi davolash va jig‘ildon qaynashi ko‘rinishlarini yengillashtirish uchun;
- simptomatik noeroziv gastroezofagal reflyuks kasalligida (GERK) jig‘ildon qaynashi va kislotali regurgitasiyani qisqa muddatli davolash uchun qo‘llaniladi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Ichga: kapsula butunligicha, ovqat qabul qilishdan qat‘iy nazar qabul qilinadi. Shuningdek kapsulani ochish undan granulalarni osh qoshiqqa to‘kish va ularni olma pyuresiga aralashtirish; so‘ngra darxol, chaynamasdan yutish kerak.
Eroziv reflyuks ezofagitni davolash
Kattalar va 12 dan 17 yoshgacha bo‘lgan bolalar
Tavsiya etilgan doza 60 mg sutkada 1 marta xisoblanadi, davolash 4 xafta davom etadi. 4 xaftada to‘liq bitish yuz bermagan pasientlarda, davolash usha dozada yana 4 xaftaga uzaytirilishi mumkin.
Bitgan eroziv reflyuks ezofagitni tutib turuvchi davolash va jig‘ildon qaynashi ko‘rinishlarini yengillashtirish uchun
Kattalarga:
Kislotali muhitni uzoq muddatli susaytirilishiga muxtoj bo‘lgan pasientlarga tavsiya etilgan doza 30 mg sutkada 1 marta xisoblanadi, davolash 6 oygacha davom etadi.
Kattalar va 12 dan 17 yoshgacha bo‘lgan bolalar:
Tavsiya etilgan sutkalik doza sutkada 1 marta 30 mgni tashkil qiladi. Davolash davomiyligi mutaxassis tomonidan belgilanadi.
Simptomatik noeroziv gastroezofagal reflyuks kasalligi (GERB)
Kattalar va 12 dan 17 yoshgacha bo‘lgan bolalar:
Tavsiya etilgan sutkalik doza 30 mg sutkada 1 marta xisoblanadi. Davolash kursi – 4 xaftagacha davom etadi.
Pasientlarning alohida guruxlari
Keksalar
Keksa yoshdagi pasientlarda dekslansoprazolning klirensini pastligi tufayli, dozani tanlash individual ravishda amalaga oshirishishi kerak. Keksa pasientlarda sutkalik doza, majbur bo‘lgan klinik ko‘rsatmalar xollaridan tashqari, 60 mg dan oshmasligi kerak (Farmakokinetika bo‘limiga qarang).
Buyrak funksiyasini buzilishi
Buyrak funksiyasini buzilishi bo‘lgan pasientlarda dozaga tuzatish kiritish talab etilmaydi. Farmakokinetikasi bo‘limiga qarang.
Jigar funksiyasini buzilishi
Jigar funksiyasini yengil buzilishi bo‘lgan pasientlarda dozaga tuzatish kiritish talab etilmaydi. Jigar funksiyasini o‘rtacha buzilishlari bo‘lgan pasientlar sinchkov tibbiy kuzatuv ostida bo‘lishlari kerak, maksimal sutkalik doza 30 mg ni tashkil qiladi. Jigar funksiyasini og‘ir buzilishlari bo‘lgan pasientlarda ma‘lumotlar yo‘qligi tufayli (Maxsus ko‘rsatmalar va Farmakokinetikasi bo‘limlariga qarang), bu gurux pasientlarga dekslansoprazolni qabul qilish tavsiya etilmaydi.
Bolalar
12 dan 17 yoshgacha bo‘lgan bolalar
Eroziv reflyuks ezofagitni davolash
12 dan 17 yoshgacha bo‘lgan bolalarga Deksilantning dozasi, kattalardagi kabi bo‘ladi.
Bitgan eroziv reflyuks ezofagitni tutib turuvchi davolash va jig‘ildon qaynashi ko‘rinishlarini yengillashtirish uchun
12 dan 17 yoshgacha bo‘lgan bolalarga Deksilantning dozasi, kattalardagi kabi bo‘ladi.
Simptomatik noeroziv gastroezofagal reflyuks kasalligi (GERB)
12 dan 17 yoshgacha bo‘lgan bolalarga Deksilantning dozasi, kattalardagi kabi bo‘ladi.
12 yoshgacha bo‘lgan bolalar
12 yoshgacha bo‘lgan bolalarda Deksilantning xavfsizligi va samaradorligi o‘rganilmaganligi tufayli. Ma‘lumotlar yo‘q.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Xavfsizlik profilining qisqacha bayoni
Kattalar
Preparatni 1 yilgacha qabul qilgan pasientlarda 30, 60, yoki 90 mg dozalarda Deksilantning xavfsizligini baxolash o‘tkazilgan. Bu klinik tadqiqotlarning natijalariga muvofiq, Deksilantni qabul qilish bilan bog‘liq bo‘lgan nojo‘ya reaksiyalar, plasebo yoki lansoprazolni qabul qilishda xam paydo bo‘lish tez-tezligi bo‘yicha asosan yengil yoki o‘rtacha bo‘lgan. Eng ko‘p diareya, qorinda og‘riq, bosh og‘rig‘i, ko‘ngil aynishi, qorinda diskomfort, meteorizm va qabziyatlar ko‘rinishidagi nojo‘ya reaksiyalar xaqida xabar berilgan. Bu nojo‘ya reaksiyalarni namoyon bo‘lish tezligi jins, yosh yoki irqqa bog‘liq bo‘lmagan.
Nojo‘ya reaksiyalar jadvali
Quyida klinik tadqiqotlar va postmarketing tajriba davomida olingan nojo‘ya reaksiyalar to‘g‘risidagi xabarlar (MedDRA-Boshqaruv faoliyati uchun Tibbiy lug‘at bo‘yicha atamalarga muvofiq) tizim-a‘zo-sinf va mutloq tez-tezlik tasnifi bo‘yicha. ko‘rsatilgan.
Namoyon bo‘lish tez-tezligi quydagi tarzda aniqlangan:
juda tez-tez (≥ 1/10);
tez-tez (≥ 1/100 dan ≤ 1/10 gacha);
tez-tez emas (≥ 1/1000 dan ≤ 1/100 gacha);
kam xollarda (≥ 1/10000 dan ≤ 1/1000 gacha);
juda kam xollarda (≤ 1/10000);
noma‘lum (mavjud bo‘lgan ma‘lumotlar asosida aniqlash mumkin emas).
Xar bir gurux doirasida nojo‘ya reaksiyalar namoyon bo‘lish og‘irligini kamayishi tartibida berilgan:
| Tizim-a‘zo-a‘zolar sinfi | Tez-tez | Tez-tez emas | Kam | Noma‘lum |
| Qon va limfa tizimi tomonidan buzilishlari | Autoimmun gemo-
litik anemiya1,2 Idiopatik trombo- sitopenik purpura2 |
|||
| Immun tizimining buzilishlari | Anafilaktik reaksiya
O‘ta yuqori sezuvchanlik1,2 Anafilaktik shok2 |
|||
| Moddalar almashinuvi va ovqatlanishni buzilishlari | Gipomagniemiya2
(Maxsus ko‘rsatma- lar bo‘limiga qarang) |
|||
| Tayanch-xarakat apparati va biriktiruvchi to‘qimaning buzilishlari | Son, bilak yoki umurtqa pog‘onasini sinishi (Maxsus ko‘rsatmalar
bo‘limiga qarang) |
|||
| Ruxiy buzilishlar | Uyqusizlik
Depressiya |
Eshitish gallyusinasiyalari | ||
| Nerv tizimining buzilishlari | Bosh og‘rig‘i | Bosh aylanishi
O‘zgarishi ta‘mni |
Tirishishlar
Parasteziyalar |
|
| Ko‘rishni buzilishlari | Ko‘rishni buzilishi | Ko‘rishni xiralashishi2 | ||
| Eshitish va koordinasiyani buzilishlari | Fazoviy orientasiyani buzilishi | Karlik2 | ||
| Qon tomir buzilishlari | Gipertenziya
Qizib ketishlar hissi |
|||
| Nafas tizimi, ko‘krak qafasi va ko‘ks oralig‘i a‘zolarining buzilishlari | Yo‘tal | |||
| Me‘da-ichak buzilishlari | Diareya1
Qorinda og‘riq1 Ko‘ngil aynishi Qorinda diskomfort Meteorizm Qabziyat Fundal bezlardan poliplar (xavfsiz) |
Qusiish
Og‘izni qurishi |
Kandidoz | |
| Gepatobiliar
Tizimining buzilishlari |
Jigar funksiyasini baxolash testini normadan og‘ishi | Dorivor gepatit | ||
| Teri va teri osti to‘qimasining buzilishlari | Eshakemi
Qichishish Toshma |
Nimo‘tkir teri qizil yugirik (Maxsus ko‘rsatmalar bo‘limiga qarang)
Stivens-Djonson sindromi2 Toksik epidermal nekroliz2 |
||
| Umumiy buzilishlar va yuborish joyidagi reaksiya | Asteniya
Ishtaxani o‘zgarishi |
1 “Ayrim nojo‘ya reaksiyalarning ta‘rifi” bo‘limiga qarang.
2 dekslansoprazol maqullanganidan keyin kuzatilgan nojo‘ya reaksiyalar (bu reaksiyalar xaqidagi xabarlar aniqlanmagan miqdorda aholi tomonidan
ixtiyoriy ravishda yo‘llanganligi tufayli, bor bo‘zlgan ma‘lumotlar asosida namoyon bo‘lishi tezligini baxolash mumkin emas.
Ayrim nojo‘ya reaksiyalarni ta‘rifi
Diareya va qorinda og‘riq
klinik tadqiqotlarning III fazasi davomida eng ko‘p uchraydigan reaksiya diareya (infeksion diareyani xisoblamaganda) bo‘lgan, ko‘pchilik xollarda u juda jiddiy bo‘lmagan.
Umuman, tekshirilayotgan ko‘p bo‘lmagan pasientlar (2,4%) nojo‘ya reaksiyalari tufayli, dekslansoprazol bilan davolashdan muddatidan oldin voz kechganlar.
Muddatidan oldin bekor qilishga olib kelgan eng ko‘p (≥ 0,5%) nojo‘ya reaksiyalar diareya, me‘da-ichak yo‘llari va qorinda og‘riq bo‘lgan. Diareya va qorinda og‘riqlarning dastlabki boshlanishi ta‘sir qilishning davomiyligiga bog‘liq bo‘lmagan va ko‘pchilik xollarda og‘irligi yengildan o‘rtacha og‘irlik darajasigacha bo‘lgan. Bu ko‘rinishlarning tez-tezligi dozaga bog‘liq xarakterga ega bo‘lmagan.
O‘ta yuqori sezuvchanlik
Postmarketing kuzatishlarda jiddiy o‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalarining bir necha xollari to‘g‘risida xabar berilgan. O‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari xollari ko‘proq (74%) ayollarda kuzatilgan. Ko‘pchilik jiddiy xolatlar steroidlar va/yoki antigistamin pareparatlari yordamida va dori vositasini bekor qilish yo‘li bilan bartaraf etilgan. Og‘ir reaksiyalar, Stivens-Djonson sindromi va toksik epidermal nekroliz ko‘p bo‘lmagan pasientlarda qayd etilgan.
Gemolitik anemiya
Postmarketing kuzatuvlar davomida dekslansoprazol 60 mg dozada 4 dan 7 oygacha qabul qilinganda gemolitik anemiyaning jiddiy xollari to‘g‘risida xabar berilgan.
Bolalar
12 dan 17 yoshgacha bo‘lgan bolalarda xavfsizlik profili kattalardagi xavfsizlik profili bilan o‘xshash bo‘lgan. 166 nafar kattalarda tadqiqotlarda, bir pasientdan ko‘prog‘ida kuzatilgan nojo‘ya ta‘siri qorinda og‘riq bo‘lgan. Xar bir pasientda diareya, eshakemi, og‘izni qurishi va bosh og‘rig‘i, qo‘shimcha nojo‘ya ta‘siri kuzatilgan.
Dori preparatlarining nojo‘ya reaksiyalariga gumon to‘g‘risidagi postregistrasion xabarlar muximdir. Ular dori preparatining foyda/xavf balansini uzuluksiz monitoringini amalga oshirish imkoniyatini beradi. Xaar qanday nojo‘ya reaksiyaga gumon qilinganda, sog‘liqni saqlash mutaxassislaridan maxalliy formani to‘ldirish va joylardagi organlarga nojo‘ya reaksiyalar xaqida xabar berish talab etiladi.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan xolatlar
- Faol moddaga yoki yordamchi moddalardan xar qandayiga yuqori sezuvchanlik.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
O‘zaro ta‘siri yuzasidan tadqiqotlar faqat kattalarda o‘tkazilgan.
Boshqa preparatlarni dekslansoprazolga ta‘siri.
CYP2C19 va CYP3A4 ni dekslansoprazolning metabolizmida ishtirok etishi ko‘rsatilgan.
CYP2C19 ni ingibisiya qiluvchi preparatlar
CYP2C19 ingibitorlari (masalan, fluvoksamin), ko‘proq, dekslansoprazolning tizimli ta‘sirini oshiradi.
CYP2C19 va CYP3A4 ni induksiya qiluvchi preparatlar
Rifampisin va dalachoy (Hypericum perforatum) kabi CYP2C19 va CYP3A4 ga ta‘sir etuvchi fermentlarning induktorlari, qon plazmasida dekslansoprazolning konsentrasiyasini pasaytirishlari mumkin.
Boshqa preparatlar
Sukralfat/Antasidlar
Sukralfat/Antasidlar dekslansoprazolning biokiraolishini pasaytirishlari mumkin. Shuning uchun dekslansoprazolni bu preparatlar qabul qilingandan keyin 1 soat o‘tgach qabul qilish kerak.
Dekslansoprazolni boshqa dori preparatlarga ta‘siri
So‘rilishi rN ga bog‘liq bo‘lgan dori preparatlari
Biokiraolishligida me‘daning rN xal qiluvchi axamiyatga ega bo‘lgan preparatlarning so‘rilishiga dekslansoprazol ta‘sir ko‘rsatishi mumkin.
OITV proteaza ingibitorlari
Dekslansoprazolni atazanavir va nelfinavir (ularning so‘rilishi rN ga bog‘liq) kabi OITV proteaza ingibitorlari bilan ularning biokiraolishligini axamiyatli pasayishi tufayli, bir vaqtda qo‘llash tavsiya etilmaydi. Maxsus ko‘rsatmalar bo‘limiga qarang.
Ketokonazol, itrakonazol va erlotinib
Me‘da-ichak yo‘llarida ketokonazol, itrakonazol va erlotinibni so‘rilishi me‘da kislotasining ta‘siri ostida kuchayadi. Dekslansoprazolni qabul qilish ketokonazol, itrakonazol va erlotinibning sub-terapevtik konsentrasiyalariga olib kelishi mumkin. Dekslansoprazolni ketokonazol, itrakonazol va erlotinib bilan birga qabul qilish tavsiya etilmaydi.
Digoksin
Dekslansoprazol va digoksinni birga qabul qilish, qon plazmasida digoksinning darajasini oshishiga olib kelishi mumkin. Shuning uchun plazmada digoksinning darajasini nazorat qilish kerak, zarurati bo‘lganda dekslansoprazol bilan davolash boshlanganda va yakunlanganda digoksinning dozasiga tuzatish kiritish kerak.
Sitoxrom R450 tizimi fermentlari tomonidan metabolizmga uchraydigan dori preparatlari
CYP fermentlari (CYP 1A1
Deksilant o'xshash dorilari
Deksilant barcha rasmlari















