DIARKAL ko'rsatmalar
· D3 vitamini va kaltsiyni tanqisligi bo'lgan pasientlarda osteoporoz (menopauzal, senil, steroid osteoporoz) ni oldini olish va kompleks davolashda;
· suyak sinishlarida, suyak to'qimasini jarohatdan keyingi regenerasiya jarayonlarini sekinlashishida;
· kaltsiy va D3 vitamini tanqisligini rivojlanish havfi yuqori bo'lganida qo'llanadi.
· giperkaltsiemiya, giperkaltsiuriyada;
· siydik-tosh kasalligi (nefrolitiaz) da;
D3 gipervitaminozida qo'llash mumkin emas
Qabul qilingan kaltsiyning dozasini taxminan 30% me'da-ichak yo'llari orqali so'riladi. Kaltsiyning 99% organizmning qattiq tuzilmalarida (suyaklar, tishlar) to'planadi, 1% - xujayra ichi va tashqarisida qoladi. Qondagi kaltsiyning taxminan 50% fiziologik faol ionlashgan shaklda bo'ladi. Taxminan 10% tsitratlar, fosfatlar va boshqa anionlar bilan kompleks holatida bo'ladi, qolgan 40% oqsillar, asosan albuminlarning tarkibiga kiradi. Kaltsiy axlat, siydik va ter bilan chiqariladi.
D3 vitamini ingichka ichakda oson so'riladi. Xolekaltsiferol va uning metabolitlari qonda spesifik globulinlar ko'rinishida aylanib yuradi. Xolekaltsiferol jigarda gidroksi faol shakli 25-gidroksikaltsiferolga aylanadi, so'ngra buyraklarda kaltsiyni kuchli so'rilishiga javob beradigan, 1,25-gidroksixolekaltsiferolga aylanadi. Metabolizmga uchramagan D3 vitamini mushak va yog'to'qimasida to'planadi. D3 vitamini axlat va siydik bilan chiqariladi.
Preparatni kaltsiy va D3 vitaminini saqlovchi vitamin-mineral komplekslari bilan birga vaqtida qabul qilish tavsiya etilmaydi. Organizmga D3 vitaminini boshqa manbalardan qo'shimcha ravishda kirib kelishini inobatga olish kerak.
Buyrak etishmovchiligi bo'lgan pasientlarda D3 vitaminini metabolizmida o'zgarishlar kuzatiladi. Agarda bunday pasientlar kolekaltsiferol qabul qilayotgan bo'lsalar, uni kaltsiy va fosfatlarning gomeostaziga ta'sirini tekshirish kerak.
D3 vitamini va uning parchalanish mahsulotlari ko'krak sutiga o'tadi. D3 vitaminining miqdori yuqori bo'lganligi sababli, Diarkal preparatini laktasiya davrida qabul qilish mumkin emas.
faol moddalar:
kaltsiya karbonata – 1250,0 mg (elementar kaltsiyga ekvivalent– 500 mg);
kolekaltsiferol – 1,0 mg (D3 vitaminga ekvivalent– 200 XB);
yordamchi moddalar: natriy kraxmalglikolyat A turi, mikrokristallik tsellyuloza, kolloidli kremniy dioksid, kukuruz kraxmali, povidon PVP K-30, natriy metilgidroksibenzoati, natriy propilgidroksibenzoati, natriy lauril sulfati, natriy kroskarmelloza, tozalangan talk, magniy stearati, oq bo'yoq SC-SP-3180 (Spraycel) (gidroksipropilmetilsellyuloza, polietilenglikol, tozalangan talk, titan dioksidi), tozalangan suv.
Osteoporoz profilaktikasi uchun – kattalarga 1 tabletkadan kuniga 1 marta; osteoporozni kompleks davolashda - kattalarga 1 tabletkadan kuniga 1-2 marta.
Profilaktika vositasi sifatida – kattalar va 12 yoshdan katta bolalarda kuniga 1 tabletkadan. 5 yoshdan 12 yoshgacha bo'lgan bolalarga – to'liq bo'lmagan dozalarda qabul qilish (tabletkaning yarmi).
Kaltsiy va D3 vitamini tanqisligini to'ldirish uchun o'rtacha davolash kursini davomiyligi kamida 4-6 hafta qo'llash kerak. Takroriy kurslarning soni yil davomida individual ravishda belgilanadi.
Profilaktika uchun qo'llanilishida va osteoporozni kompleks davolashda davolashning davomiyligi shifokor tomonidan individual ravishda belgilanadi.
Moddalar almashinuvi tomonidan: uzoq muddat yuqori dozalar bilan davolanganda giperkaltsiuriya va giperkaltsiemiya kuzatiladi.
Yurak glikozidlari bilan bir vaqtda qo'llanganida EKG ni va pasientning klinik holatini nazorat qilish kerak, chunki kaltsiy preparatlari yurak glikozidlarining terapevtik va toksik samaralarini kuchaytirishi mumkin.
Qo'shimcha ravishda bisfosfonatlar, natriy ftoridi yoki tetrasiklinlar og'iz orqali qabul qilinganida, preparatni faqat 3 soatdan keyin qo'llash tavsiya etiladi (bisfosfonatlar, natriy ftoridi yoki tetrasiklinlarni me'da-ichak yo'llari orqali so'rilishini pasayish xavfi mavjud).
Tiazid diuretiklar qo'llanganida giperkaltsiemiyani rivojlanish xavfi oshadi, chunki ular kaltsiyni buyrak naychalari orqali qayta so'rilishini oshiradilar. Furosemid va boshqa xalqali diuretiklar esa aksincha, buyraklar orqali kaltsiyning chiqarilishini oshiradilar.
Preparatni glyukokortikosteroidlar bilan birga qo'llash kaltsiyning so'rilishini pasayishiga olib kelishi mumkin.
Oksalatlar saqlovchi ozuqa maxsulotlari (shovul va ismaloq) va fitin (yorma) kaltsiyni so'rilish hususiyatini pasaytiradi, shuning uchun shovul, ismaloq, yorma maxsulotlarini qabul qilgandan so'ng 2 soat davomida Diarkal preparatini qabul qilish mumkin emas.
3 blister tibbiyotda qo'llanilishiga doir yo'riqnomasi bilan birga karton qutida
Kaltsiy suyak to'qimasini shakllanishida, tishlarni mineralizasiyalanishida, nerv o'tkazuvchanligi va mushaklar qisqarishini boshqarishda, yurak faoliyatini stabil tutib turishda ishtirok etadi, qon ivish tizimining komponenti hisoblanadi.
D3 vitamini ichakda kaltsiyning so'rilishini va uni suyak to'qimasi bilan bog'lanishini kuchaytiradi, organizmda kaltsiy va fosfor almashinuvini boshqaradi.
Kaltsiy va D3 vitaminini qo'llash oshgan suyak rezorbtsiyasi (kaltsiyni suyaklardan chiqib ketishi) ni stimulyatori hisoblangan, paratireoid gormon (PTG) ishlab chiqarilishini oshishiga to'sqinlik qiladi.
Yaroqlilik muddati-3 yil.
Yaroqlilik muddati tugaganidan so'ng ishlatilmasin.
Dozani surunkali oshirib yuborilishi, giperkaltsiemiya tufayli tomirlar va boshqa a'zolarning kaltsinoziga olib kelishi mumkin.
Davolash: kaltsiy va D3 vitaminini qabul qilishni to'xtatish, organizmga ko'p miqdorda suyuqlik yuborish kerak.
Chiqarish shakllari