Ekoklavning aptekalardagi narxlari
EKOKLAV tabletkalari 500mg/125mg N15
|
|
1 ta dorixonada bor
|
52 800 so'mdan
Dorixonadan topish
|
Yetkazib berish xizmati haqida ma'lumot:
Yetkazib berish xizmatlarini taklif qiluvchi dorixonalar katalogda "yetkazib berish" belgisi bilan ajratilgan.
Shu tarzda belgilangan dorixona bilan telefon orqali aloqaga chiqing va buyurtmaning narxi va yetkazib berish muddatini aniqlashtirib oling.
Odatda, dorixona buyurtmani 1 soat ichida yuboradi.
Ekoklav ko'rsatmalar
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
EKOKLAV
ECOCLAV
Preparatning savdo nomi: Ekoklav
Ta‘sir etuvchi moddalar (XPN): amoksisillin + klavulanat kislotasi
Dori shakli: ichga qabul qilish uchun suspenziya tayyorlash uchun kukun
Tarkibi:
Tayyor suspenziyaning har 5 ml (bir o‘lchov qoshiq) quyidagilarni saqlaydi:
faol moddalar: amoksisillin trigidrati (amoksisillinga qayta hisoblaganda) – 125 mg yoki 250 mg, klavulanat kaliy + kremniy dioksidi (1:1) (klavulanat kislotasiga qayta hisoblaganda) – 31,25 mg yoki 62,5 mg;
yordamchi moddalar: laktuloza, aspartam, ksantan kamedi, krospovidon (kollidon CL-M), suvsiz limon kislotasi, natriy sitrat digidrati, natriy benzoati, talk, mannitol (mannit), qulupnay aromatizatori.
Ta‘rifi: oq yoki deyari oq rangli, kuchsiz meva hidli kukun. Suvda eritilganidan keyin deyarli oqdan to och-sariq rangligacha bo‘lgan meva xidli suspenziya hosil bo‘ladi.
Farmakoterapevtik guruhi: antibiotik – yarimsintetik penisillin beta-laktamazalar ingibitori bilan majmuada.
ATX kodi: J01CR02.
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamikasi
Amoksisillin va beta-laktamazalar ingibitori – klavulanat kislotasining majmuaviy preparatidir. Amoksisillin – keng ta‘sir doirasiga ega yarimsintetik antibiotik; sezgir bakteriyalarning o‘sish bosqichida xujayra devori sintezini susaytirib, bakterisid ta‘sir qiladi. Klavulanat kislotasi bakterial beta-laktamazalarga yuqori yaqinlikka ega va ular bilan barqaror kompleks hosil qiladi. Shunday qilib, amoksisillining beta-laktamazalar tomonidan parchalanishini oldi olinadi, antibiotikning bakterisid ta‘siri esa saqlanib qoladi. Klavulanat kislotasi Richmond-Sayks tasnifi bo‘yicha beta-laktamazalarning II-V turlarini ingibisiya qiladi va Pseudomonas aeruginosa, Serratia spp., Anobacter spp. ishlab chiqaruvchi beta-laktamazalarning I turiga nisbatan faol emas.
Amoksisillin va klavulanat kislotasining majmuaviy preparati in vitro sharoitda tekshirishlar va klinik tadqiqotlarning natijalari bo‘yicha quyidagi mikroorganizmlarga nisbatan faol:
Grammusbat aerob mikroorganizmlar:
Staphylococcus aureus beta-laktamazalarni hosil qiluvchi va hosil qilmaydigan shtammlari);
Grammanfiy aerob mikroorganizmlar:
Enterobacter spp. (Enterobacter ning ko‘pchilik shtammlari in vitro sharoitda chidamliligiga qaramasdan, siydik chiqarish tizimining bu qo‘zg‘atuvchi tomonidan chaqirilgin infeksion kasalliklarini davolashda preparatning samaradorligi klinik isbotlangan);
Escherichia coli (beta-laktamazalarni hosil qiluvchi va hosil qilmaydigan shtammlari);
Haemophilus influenzae (beta-laktamazalarni hosil qiluvchi va hosil qilmaydigan shtammlari);
Klebsiella spp. (beta-laktamazalarni ishlab chiqaruvchi barcha ma‘lum bo‘lgan shtammlari);
Moraxella catarralis beta-laktamazalarni hosil qiluvchi va hosil qilmaydigan shtammlari);
in vitro sharoitda tekshirishlarning natijalari bo‘yicha amoksisillin va klavulanat kislotasining majmuasiga quyidagi mikroorganizmlarning sezuvchanligi ko‘rsatilgan:
Grammusbat aerob mikroorganizmlar:
Enterococcus facealis**;
Staphylococcus yepidernidis (beta-laktamazalarni hosil qiluvchi va hosil qilmaydigan shtammlari);
Staphylococcus saprophuticus (beta-laktamazalarni hosil qiluvchi va hosil qilmaydigan shtammlari);
Streptococcus pneumoniae (beta-laktamazalarni hosil qilmaydigan);
Streptococcus pyogenes** (beta-laktamazalarni hosil qilmaydigan);
Streptococcus spp. Viridans** beta-laktamazalarni hosil qilmaydigan);
Grammanfiy aerob bakteriyalar:
Eikenella corrodens beta-laktamazalarni hosil qiluvchi va hosil qilmaydigan shtammlari);
Neisseria gonorrhoeae** (beta-laktamazalarni hosil qiluvchi va hosil qilmaydigan shtammlari);
Proteus mirabilis** (beta-laktamazalarni hosil qiluvchi va hosil qilmaydigan shtammlari);
Anaerob mikroorganizmlar:
Bacteroides spp., Bacteroides fragilis (beta-laktamazalarni hosil qiluvchi va hosil qilmaydigan shtammlari);
Fusobacterium spp. (beta-laktamazalarni hosil qiluvchi va hosil qilmaydigan shtammlari);
Peptostreptococcus spp. (beta-laktamazalarni hosil qilmaydigan).
IZOH:** – (bu qo‘zg‘atuvchilar bilan chaqirilgan qator infeksiyalarni davolashda amoksisillinning samaradorligi klinik isbotlangan).
Farmakokinetikasi
So‘rilishi. Ichga qabul qilinganidan keyin preparatning ikkala komponenti me‘da-ichak yo‘llaridan tez so‘riladi. Preparat ovqatlanishni boshida qabul qilingan holda uning ikkala faol komponentini so‘rilishi optimal bo‘ladi.
125 mg+31,25 mg doza qabul qilinganidan keyin:
- amoksisillinning Smax – 1,96 mkg/ml, klavulanat kislotasiniki – 0,77 mkg/ml;
- amoksisillinning Tmax – 1,5 soat, klavulanat kislotasiniki – 1,0 soat;
- amoksisillinning AUC – 9,19 mg·soat/l, klavulanat kislotasiniki – 2,60 mg·soat/l.
Preparat qo‘llanganida qon zardobidagi amoksisillinning konsentrasiyasi, amoksisillinning bir o‘zini ekvivalent dozalarini peroral qabul qilishdagi shundaylar bilan o‘xshash.
Taqsimlanishi. Preparatning ikkali komponentlari yaxshi taqsimlanish hajmi bilan xarakterlanadi – amoksisillin va klavulanat kislotasining terapevtik konsentrasiyalari turli a‘zolar va to‘qimalarda, interstisial suyuqlikda: o‘pkada, o‘rta quloqda, qorin bo‘shlig‘i a‘zolarida, kichik chanoq a‘zolarida (prostata bezi, bachadon, tuxumdonlar), teri; yog‘, suyak va mushak to‘qimalarida; plevral, sinovial va peritoneal suyuqliklarda; plazmada, safroda, yiringli ajralmalarda, balg‘amda, bronxial sekretida hosil bo‘ladi.
Amoksisillin va klavulanat kislotasi plazma oqsillari bilan muvofiq 18% va 25% ga o‘rtacha bog‘lanish darajasiga ega.
Preparatning ikkala komponenti yo‘ldosh to‘sig‘i orqali o‘tadi, lekin homilaga salbiy ta‘siri haqida ma‘lumotlar chop etilmagan.
Amoksisillin va klavulanat kislotasi ko‘krak sutida past konsentrasiyalarda aniqlanadi.
Metabolizmi, chiqarilishi. Amoksisillinning taxminan 60-70% buyraklar orqali naychalar sekresiyasi va kalavalar filtrasiyasi yo‘li bilan o‘zgarmagan holda, taxminan 1-25% nofaol penisillat kislotasi ko‘rinishida chiqariladi. Kalavulanat kislotasi jigarda faol metabolizmga uchraydi va kalavalar filtrasiyasi (40-65%) yo‘li bilan, qisman metabolitlari ko‘rinishida chiqariladi. Kam qismi ichak orqali chiqariladi. Buyrak yetishmovchiligida amoksisillin va klavulanat kislotasining klirensi kamayadi, shuning uchun dozaga tuzatish kiritish talab etiladi.
Qo‘llanilishi
Preparatga sezgir mikroorganizmlar chaqirgan quyidagi infeksion-yallig‘lanish kasalliklarida:
- quyi nafas yo‘llarining infeksiyalari (bronxit, pnevmoniya);
- LOR-a‘zolarining infeksiyalari (sinusit, tonzillit, o‘rta otit);
- siydik-jinsiy tizimi va kichik chanoq a‘zolarining infeksiyalari (pielonefrit, pielit, sistit, uretrit, bakterial prostatit, servisit, salpingit, salpingoofarit, endometrit, bakterial vaginit, septik abort, yumshoq shankr, gonoreya);
- teri va yumshoq to‘qimalarning infeksiyalari (saramas, impetigo, ikkilamchi infeksiyalangan dermatozlar, abssess, flegmona, jarohat infeksiyasi);
- suyaklar va bo‘g‘imlarning infeksiyalarida qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Ichga buyuriladi.
Dozalash tartibi pasientning tana vazniga, infeksion jarayonni kechish og‘irligiga va joylashishiga, shuningdek qo‘zg‘atuvchining sezgirligiga qarab shaxsiy ravishda belgilanadi.
Antibakterial davolashning minimal kursi – 5 kun. Davolashni klinik vaziyatni qayta ko‘rib chiqmasdan 14 kundan ortiq davom ettirish mumkin emas. O‘tkir asoratlanmagan o‘rta otitni davolash davomiyligi 5-7 kun, 2 yoshgacha bo‘lgan bolalarda – 7-10 kunni tashkil qiladi.
Bir martalik doza yosh va tana vazniga qarab belgilanadi (amoksisillin bo‘yicha hisoblanadi):
- 3 oylikkacha bo‘lgan bolalar – sutkada 30 mg/kg 2 qabulda;
- 3 oylik va undan katta bolalar:
- past dozalari (teri va yumshoq to‘qimalarning infeksiyalarini, shuningdek surunkali tonzillitni davolash uchun) – sutkada 20 mg/kg 3 qabulda:
- yuqori dozalari (o‘rta otit, sinusit, quyi nafas yo‘llarining infeksiyalari, siydik chiqarish yo‘llarining infeksiyalari) – sutkada 40 mg/kg 3 qabulda.
Tana vazni 40 kg va ko‘proq bo‘lgan bolalarga kattalardagi kabi dozalar buyuriladi.
Kattalarda yutish qiyinligida suspenziyani qo‘llash mumkin.
Kattalar uchun tavsiya etiladigan dozalash tartibi: 20 ml suspenziya 125 mg+31,25 mg/5 ml dozada yoki 10 ml suspenziya 250 mg+62,5 mg/5 ml dozada sutkada 2-3 marta.
Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalar uchun amoksisillinning maksimal sutkalik dozasi
6 g, 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun – tana vazniga 45 mg/kg.
Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalar uchun klavulanat kislotasining maksimal dozasi
600 mg, 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun – tana vazniga 10 mg/kg.
Buyrak faoliyatini buzilishi bo‘lgan pasientlar:
Dozaga tuzatish kiritish amoksisillinning tavsiya etilgan maksimal dozasi kreatinin klirensining qiymatiga asoslangan.
- Bolalar
Kreatinin klirensi minutiga 30 ml dan yuqori bo‘lganida dozaga tuzatish kiritish talab etilmaydi;
Kreatinin klirensi minutiga 10-30 ml – 15 mg/3,75 mg/kg sutkada 2 marta, maksimal doza 500 mg+125 mg (20 ml suspenziya 125 mg+31,25 mg/5 ml dozada yoki 10 ml suspenziya
250 mg+62,5 mg/5 ml dozada sutkada 2 marta;
Kreatinin klirensi minutiga 10 ml – 15 mg/3,75 mg/kg sutkada 1 marta, maksimal doza
500 mg+125 mg (20 ml suspenziya 125 mg+31,25 mg/5 ml dozada yoki 10 ml suspenziya
250 mg+62,5 mg/5 ml dozada).
- Kattalar
Kreatinin klirensi minutiga 30 ml dan yuqori bo‘lganida dozaga tuzatish kiritish talab etilmaydi;
Kreatinin klirensi minutiga 10-30 ml – 500 mg+125 mg (20 ml suspenziya
125 mg+31,25 mg/5 ml dozada yoki 10 ml suspenziya 250 mg+62,5 mg/5 ml dozada) stkada 2 marta;
Kreatinin klirensi minutiga 10 ml – 500mg+125 mg (20 ml suspenziya 125 mg+31,25 mg/
5 ml dozada yoki 10 ml suspenziya 250 mg+62,5 mg/5 ml dozada) sutkada 1 marta.
Gemodializda bo‘lgan pasientlar:
Dozaga tuzatish kiritish amoksisillinning tavsiya etilgan maksimal dozasiga asoslangan
- Bolalar – 15 mg/3,75 mg/kg sutkada 1 marta.
Gemodializ seansi oldidan 15 mg/3,75 mg/kg qo‘shimcha bir dozani qabul qilish kerak.
Qonda preparatning faol komponentlarining konsentrasiyasini tiklash uchun
15 mg/3,75 mg/kg ikkinchi qo‘shimcha dozani gemodializ seansidan keyin qabul qilish kerak.
- Kattalar – 500 mg+125 mg (20 ml suspenziya 125 mg+31,25 mg/5 ml dozada yoki 10 ml suspenziya 250 mg+62,5 mg/5 ml dozada) xar 24 soatda bir marta.
Dializ seansi vaqtida qo‘shimcha 1 doza va dializ seansi oxirida yana bir doza (amoksisillin va klavulanat kislotasining zardobdagi pasaygan konsentrasiyalarini kompensasiya qilish uchun).
Suspenziyani tayyorlash usuli:
Suspenziya bevosita qo‘llash oldidan tayyorlanadi.
Flakondagi kukun oldin silkitiladi, so‘ngra katta bo‘lmagan miqdorda qaynatilgan va xona haroratigacha sovutilgan suv qo‘shib, bir xil suspenziya olingunicha aralashtiriladi, so‘ngra suv flakondagi belgigacha qo‘shiladi. Suspenziyani aniq dozalash uchun dozalangan ikki tomonlama qoshiqchadan foydalanish kerak, uni har bir qo‘llashdan keyin suv bilan yaxshilab chayish kerak. Suyultirilganidan keyin suspenziyani sovutgichda 7 kungacha saqlash mumkin, muzlatish mumkin emas.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Preparat yaxshi o‘zlashtiriladi. Nojo‘ya ta‘sirlari kam hollarda paydo bo‘ladi, asosan kuchsiz ifodalangan va o‘tkinchi xarakterga ega bo‘ladi.
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, gastrit, stomatit, glossit, xolestatik sariqlik, gepatit, jigar yetishmovchiligi (ko‘proq keksalarda, erkaklarda, uzoq muddatli davolashda), kolit (shu jumladan soxtamembranoz kolit), qora “tukli” til, tish emalini qorayishi, “jigar” transaminazalari faolligini oshishi, bilirubin miqdorini va ishqoriy fosfataza faolligini oshishi.
Qon yaratish a‘zolari tomonidan: protrombin vaqti va qon ketishi vaqtini qaytuvchan oshishi, trombositopeniya, trombositoz, eozinofiliya, leykopeniya, agranulositoz, gemolitik anemiya.
Markaziy nerv tizimi tomonidan: bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i, o‘ta yuqori faollik, xavotirlik, xulqni o‘zgarishi, tirishishlar.
Allergik reaksiyalar: eshakemi, eritematoz toshmalar, ko‘p shaklli ekssudativ eritema, anafilaktik shok, angionevrotik shishi, eksfoliativ dermatit, xavfli ekssudativ eritema (Stivens-Djonson sindromi), allergik vaskulit, zardob kasalligi bilan o‘xshash sindrom, o‘tkir yoyilgan ekzantematoz pustulyoz.
Buyraklar va siydik chiqarish tizimi tomonidan: interstisial nefrit, kristalluriya, gematuriya.
Boshqalar: kandidoz, superinfeksiya rivojlanishi.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
O‘ta yuqori sezuvchanlik (shu jumladan sefalosporinlar va boshqa beta-laktamli antibiotiklarga xam), infeksion mononukleoz, anamnezdagi amoksisillin/klavulanat kislotasini qo‘llash natijasidagi sariqlik yoki jigar faoliyatini buzilishini epizodlari, fenilketonuriyada (aspartam saqlaydi) qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Amoksisillin va klavulanat kislotasining majmuaviy preparatlarini probenesid bilan bir vaqtda qo‘llash tavsiya etilmaydi. Probenesid amoksisillinning naychalar sekresiyasini pasaytiradi, shuning uchun ularni birga qo‘llash zardobda amoksisillinning konsentrasiyasini oshishiga va persistensiyasiga olib kelishi mumkin, bunda klavulanat kislotasining zardobdagi konsentrasiyasi o‘zgarmaydi.
Diuretiklar, allopurinol, fenilbutazon, nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlar va naychalar sekresiyasini bloklovchi boshqa dori vositalari amoksisillinning konsentrasiyasini oshiradi (klavulanat kislotasi asosan kalavalar filtrasiyasi yo‘li bilan chiqariladi).
Antasidlar, glyukozamin, surgi vositalari amoksisillinning so‘rilishini sekinlashtirali va pasaytiradi; askorbin kislotasi – oshiradi.
Allopurinol teri toshmasi paydo bo‘lishi xavfini oshiradi.
Boshqa keng ta‘sir doirali antibiotiklar kabi, amoksisillin va klavulanat kislotasining majmuaviy preparati, peroral kontraseptivlarning samaradorligini pasaytirishi mumkin, bu xaqida pasientlarni xabardor qilish kerak.
Adabiyotlarda asenokumarol yoki varfarin va amoksisillin birga qo‘llanganida pasientlarda xalqaro normallashtirilgan nisbatni (XNN) oshishini kamdan-kam hollari ta‘riflangan. Amoksisillin va klavulanat kislotasining majmuaviy preparatini bilvosita antikoagulyantlar bilan bir vaqtda qo‘llashning zarurati bo‘lganida, preparat buyurilganida yoki bekor qilinganida protrombin vaqti yoki XNN sinchiklab monitoring qilinishi kerak.
Ehtiyotkorlik choralari
Og‘ir jigar yetishmovchiligida, me‘da-ichak yo‘llarining kasalliklarida (shu jumladan anamnezdagi penisillinlarni qo‘llash bilan bog‘liq bo‘lgan kolit), surunkali buyrak yetishmovchiligi.
Homiladorlik va laktasiya davridva qo‘llanishi
Amoksisillin va klavulanat kislotasining majmuaviy preparatini homiladorlikda faqat,uni qabul qilishdan ona uchun kutilayotgan foyda, homila uchun potensial xavfdan yuqori bo‘lgan hollarda buyurish tavsiya etiladi.
Preparatni emizish vaqtida qo‘llash mumkin. Bu preparatning faol ingredientlarining juda oz miqdorida ko‘krak sutiga o‘tishi bilan bog‘liq bo‘lgan sensibilizasiya xavfidan tashqari, emizikli chaqaloqlarda hech qanday boshqa noxush samaralar aniqlangan emas.
Maxsus ko‘rsatmalar
Preparat ovqatlanishni boshida qabul qilinganida me‘da-ichak simptomlarining yaqqolligi kamayadi.
Kursli davolashda qon yaratish a‘zolari, jigar va buyrakning funksional holatini nazorat qilish kerak.
Qo‘zg‘atuvchining rezistent shakllarini seleksiyasi hisobiga superinfeksiya rivojlanishi mumkin.
Siydikda glyukozani aniqlashda soxtamusbat natijalar olinishi mumkin. Bunday holda siydikda glyukozani aniqlashning glyukozooksidaz usulini qo‘llash tavsiya etiladi.
Penisillinlarga yuqori sezuvchanligi bo‘lgan pasientlarda sefalosporin antibiotiklariga kesishgan allergik reaksiyalar bo‘lishi mumkin.
Infeksion mononukleozga gumon qilingan xolda preparatni qo‘llash mumkin emas, chunki bu kasalligi bo‘lgan pasientlarda amoksisillin qizamiqsimon teri toshmasini chaqirishi mumkin, bu kasallik tashxisini aniqlashni qiyinlashtiradi.
Transport vositalarini boshqarish va diqqatni yuqori jamlashni va psixomotor reaksiyalar tezligini talab qiluvchi ishlarni bajarish qobiliyatiga ta‘siri
Markaziy nerv tizimi tomonidan nojo‘ya samaralar rivojlanishi ehtimolini hisobga olib, transport vositalarini boshqarishda va harakatlanuvchi mexanizmlar bilan ishlashda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari: me‘da-ichak yo‘llarining faoliyatini va suv-elektrolit balansini buzilishi.
Davolash: simptomatik. Gemodializ samarali.
Chiqarilish shakli
25 g dan 125 ml hajmli, belgisi va buraluvchi plastmassa qopqog‘i bo‘lgan jigarrang shisha flakonlarda.
Flakonga o‘zi yopishadigan etiketka yopishtiriladi.
Har bir flakon dozalovchi ikki yoqlama qoshiqcha (kichik hajm – 2,5 ml, katta hajm – 5 ml) va qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida.
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan ximoyalangan joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Tayyor suspenziya 2-8oS haroratda zich yopilgan flakonda saqlanadi.
Yaroqlilik muddati
2 yil. Tayyor suspenziya – 7 kun.
Dorixonalardan berish tartibi
Resept bo‘yicha beriladi
Chiqarish shakllari