Amoksil
Amoksil qo'llanmasi
Preparat tarkibiy qismlariga, penitsillinlar guruhi har qanday antibakterial vositalariga yuqori sezuvchanlik.
Anamnezda boshqa beta-laktam agentlarni (shu jumladan sefalosporinlar, karbapenemlar yoki monobaktamlar) qo'llash bilan bog'liq og'ir yuqori sezuvchanlik reaksiyalari (shu jumladan anafilaksiya) mavjudligi.
Anamnezda amoksitsillin/klavulanat qo'llash bilan bog'liq sariqlik yoki jigar disfunksiyasi mavjudligi.
Absorbsiya. Preparatning ikkala komponenti (amoksitsillin va klavulan kislotasi) fiziologik pH qiymatlarida suvli eritmalarda to'liq eriydi. Ikkala komponent ham oral qo'llanilganda tez va yaxshi so'riladi. Qon zardobidagi kontsentratsiya cho'qqisiga ichga qabul qilingandan 1 soat o'tgach erishiladi.
Amoksil-K 625 dori vositasining so'rilishi ovqatlanish boshida qo'llanilganda yaxshilanadi.
Amoksitsillin va klavulan kislotasi kombinatsiyalangan dori vositasi qabul qilinganda erishiladigan qon zardobidagi preparat kontsentratsiyasi amoksitsillinning o'zining ekvivalent dozalari oral qabul qilinganda erishiladigan kontsentratsiyaga o'xshashdir.
Probenetsidni bir vaqtda qo'llash amoksitsillin ekskretsiyasini sekinlashtiradi, ammo klavulan kislotasining buyrak ekskretsiyasiga ta'sir qilmaydi.
Taqsimlanishi. Ichga kiritilganda amoksitsillin va klavulan kislotasining terapevtik kontsentratsiyalari to'qimalar va interstitsial suyuqlikda kuzatiladi.
Ikkala moddaning terapevtik kontsentratsiyalari o't pufagida, qorin bo'shlig'i to'qimalarida, terida, yog' va mushak to'qimalarida, shuningdek sinovial va peritoneal suyuqliklarda, safro va yiringda aniqlanadi. Amoksitsillin va klavulan kislotasi oqsillar bilan kuchsiz bog'lanadi; tadqiqotlar shuni ko'rsatdiki, oqsillar bilan bog'lanish ko'rsatkichlari klavulan kislotasi uchun 25% va amoksitsillin uchun 18% ni tashkil qiladi (ularning plazmadagi umumiy kontsentratsiyasidan). Hayvonlarda o'tkazilgan tadqiqotlarda ushbu komponentlarning biron bir organda to'planishi aniqlanmagan.
Amoksitsillin, boshqa penitsillinlar kabi, ko'krak sutida aniqlanishi mumkin. Klavulan kislotasining iz miqdori ham ko'krak sutida aniqlanishi mumkin.
Hayvonlarda reproduktiv funktsiyani o'rganish amoksitsillin ham, klavulan kislotasi ham platsenta to'sig'i orqali o'tishi mumkinligini ko'rsatdi. Biroq, fertil funktsiyaning buzilishi yoki homilaga zararli ta'siri haqida hech qanday ma'lumot aniqlanmagan.
Chiqarilishi. Amoksitsillinning, boshqa penitsillinlar kabi, asosiy chiqarilish yo'li buyrak ekskretsiyasi hisoblanadi, klavulanatning chiqarilishi esa buyraklar va buyrakdan tashqari mexanizmlar yordamida amalga oshiriladi. Taxminan 60-70 % amoksitsillin va 40-65 % klavulan kislotasi dastlabki 6 soat ichida siydik bilan o'zgarmagan holda chiqariladi.
Amoksitsillin – ko‘plab grammusbat va grammanfiy mikroorganizmlarga qarshi keng antibakterial faollik doirasiga ega yarim sintetik antibiotik.
Amoksitsillin beta-laktamazaga sezgir va uning ta’siri ostida parchalanadi, shuning uchun amoksitsillinning faollik doirasi ushbu fermentni sintez qiluvchi mikroorganizmlarni o‘z ichiga olmaydi. Klavulan kislotasi penitsillinlarga o‘xshash beta-laktam tuzilishga ega va penitsillinlar va sefalosporinlarga rezistent mikroorganizmlarga xos bo‘lgan beta-laktamaza fermentlarini faolsizlantiradi. Xususan, u klinik nuqtai nazardan muhim bo‘lgan plazmid beta-laktamazalarga nisbatan yaqqol faollikka ega, ular ko‘pincha antibiotiklarga kesishgan rezistentlik paydo bo‘lishiga javobgar bo‘ladi. Tarkibida klavulan kislotasi mavjudligi
amoksitsillinni beta-laktamaza fermentlari ta’sirida parchalanishdan himoya qiladi va amoksitsillinning antibakterial ta’sir doirasini kengaytiradi, unga amoksitsillinga va boshqa penitsillinlar va sefalosporinlarga rezistent bo‘lgan ko‘plab mikroorganizmlarni kiritadi.
Quyida keltirilgan mikroorganizmlar in vitro sharoitda amoksitsillin/klavulanatga sezgirligiga muvofiq tasniflangan.
Sezgir mikroorganizmlar
Grammusbat aeroblar Bacillus anthracis, Enterococcus faecalis, Listeria monocytogenes, Nocardia asteroids, Streptococcus pyogenes, Streptococcus agalactiae, Streptococcus ning boshqa beta-gemolitik turlari, Staphylococcus aureus (metitsillinga sezgir shtammlar), Staphylococcus saprophyticus (metitsillinga sezgir shtammlar), koagulaza-manfiy stafilokokklar (metitsillinga sezgir shtammlar).
Grammanfiy aeroblar Bordetella pertussis, Haemophilus influenzae, Haemophilus parainfluenzae, Helicobacter pylori, Moraxella catarrhalis, Neisseria gonorrhoeae, Pasteurella multocida, Vibrio cholera.
Boshqalar: Borrelia burgdorferi, Leptospirosa ictterohaemorrhagiae, Treponema pallidum.
Grammusbat anaeroblar: Clostridium turlari, Peptococcus niger, Peptostreptococcus magnus, Peptostreptococcus micros, Peptostreptococcus turlari.
Grammanfiy anaeroblar: Bacteroides turlari (shu jumladan Bacteroides fragilis), Capnocytophaga turlari, Eikenella corrodens, Fusobacterium turlari, Fusobacterium nucleatum, Porphyromonas turlari, Prevotella turlari.
Orttirilgan rezistentlik bo‘lishi mumkin bo‘lgan shtammlar:
Grammanfiy aeroblar Escherichia coli, Klebsiella oxytoca, Klebsiella pneumoniae, Klebsiella turlari, Proteus mirabilis, Proteus vulgaris, Proteus turlari, Salmonella turlari, Shigella turlari.
Grammusbat aeroblar Corynebacterium turlari, Enterococcus faecium, Streptococcus pneumoniae, Streptococcus viridans turlari.
Sezgir bo‘lmagan mikroorganizmlar:
Grammanfiy aeroblar Acinetobacter turlari, Citrobacter freundii, Enterobacter turlari, Hafnia alvei, Legionella pneumophila, Morganella morganii, Providencia turlari, Pseudomonas turlari, Serratia turlari, Stenotrophomas maltophilia, Yersinia enterolitica.
Boshqalar: Chlamydia pneumonia, Chlamydia psittaci, Chlamydia turlari, Coxiella burnetti, Mycoplasma turlari.
Preparatni antibiotikoterapiya bo'yicha rasmiy tavsiyalar va antibiotikka mahalliy sezgirlik ma'lumotlariga muvofiq qo'llash kerak. Amoksitsillin/klavulanatga sezgirlik turli hududlarda farq qiladi va vaqt o'tishi bilan o'zgarishi mumkin.
Zarurat bo'lganda mahalliy sezgirlik ma'lumotlariga murojaat qilish va agar kerak bo'lsa, mikrobiologik aniqlash va sezgirlik testini o'tkazish kerak.
Doza kutilayotgan patogenlarga va ularning antibakterial preparatlarga sezgirligiga, kasallikning og'irligi va infeksiya joylashuviga, bemorning yoshi, tana vazni va buyrak funksiyasiga bog'liq.
Kattalar va tana vazni ≥ 40 kg bo'lgan bolalar uchun sutkalik doza 1500 mg amoksitsillin/375 mg klavulan kislotasini tashkil qiladi.
6 yoshdan boshlab tana vazni 25 dan 40 kg gacha bo'lgan bolalar uchun maksimal sutkalik doza, zarurat bo'lganda, 2400 mg amoksitsillin/600 mg klavulan kislotasiga yetishi mumkin.
Agar davolash uchun amoksitsillinning katta dozalarini tayinlash kerak bo'lsa, klavulan kislotasining ortiqcha yuqori dozalaridan qochish uchun preparatning boshqa shakllarini qo'llash kerak.
Davolash davomiyligini bemorning davolanishga klinik javobiga qarab belgilash kerak.
Ba'zi infeksiyalar (masalan, osteomiyelit) uzoq muddatli davolanishni talab qiladi.
Kattalar va tana vazni ≥ 40 kg bo'lgan bolalar:
1 tabletka Amoksil-K 625 kuniga 3 marta.
6 yoshdan boshlab tana vazni 25 dan 40 kg gacha bo'lgan bolalar:
Doza 20 mg/5 mg/kg tana vazni/sutkadan 60 mg/15 mg/kg tana vazni/sutkagacha, 3 qabulga bo'lingan holda.
Tabletkani bo'lish mumkin emasligi sababli, tana vazni 25 kg dan kam bo'lgan bolalarga preparatni boshqa dori shaklida qo'llash kerak.
Keksa yoshdagi bemorlar:
Keksa yoshdagi bemorlarda dozani to'g'irlash talab etilmaydi. Zarurat bo'lganda doza buyrak funksiyasiga qarab to'g'irlanishi kerak.
Buyrak funksiyasi buzilganda dozalash:
Dozalash amoksitsillinning maksimal darajasini hisoblashga asoslanadi. Kreatinin klirensi >30 ml/daq bo'lgan bemorga dozani o'zgartirishga hojat yo'q.
Kattalar va tana vazni ≥ 40 kg bo'lgan bolalar:
Kreatinin klirensi 10-30 ml/daq - 500 mg/125 mg kuniga 2 marta;
Kreatinin klirensi 10 ml/daq dan kam - 500 mg/125 mg kuniga 1 marta;
Gemodializ - 500 mg/125 mg har 24 soatda plyus 500 mg/125 mg dializ vaqtida (chunki plazmada amoksitsillin va klavulan kislotasi konsentratsiyasi pasayadi).
6 yoshdan boshlab tana vazni 25 dan 40 kg gacha bo'lgan bolalar:
Tabletkani bo'lish mumkin emasligi sababli, 6 yoshdan boshlab tana vazni 25 dan 40 kg gacha bo'lgan, kreatinin klirensi 30 ml/daq dan kam bo'lgan bolalarga yoki gemodializdagi bolalarga preparatning ushbu shakli tayinlanmaydi.
Jigar funksiyasi buzilganda dozalash:
Ehtiyotkorlik bilan qo'llash; jigar funksiyasini muntazam nazorat qilish kerak. Tabletkani butunligicha, chaynamasdan yutish kerak. Agar kerak bo'lsa, tabletkani yarmiga bo'lish va yarimlarini chaynamasdan yutish mumkin. Optimal so'rilish va ovqat hazm qilish trakti tomonidan bo'lishi mumkin bo'lgan nojo'ya ta'sirlarni kamaytirish uchun preparatni ovqatlanish boshida qabul qilish kerak.
Davolash davomiyligini individual ravishda belgilash kerak. Bemorning holatini baholamasdan davolashni 14 kundan ortiq davom ettirmaslik kerak.
Davolashni parenteral boshlash va keyin peroral davom ettirish mumkin.
Amoksil-K 625 preparati bilan terapiyani boshlashdan oldin penitsillinlar, tsefalosporinlar yoki boshqa beta-laktam preparatlariga oldingi o'ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari haqida ma'lumotni sinchkovlik bilan yig'ish kerak («Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar» va «Nojo'ya ta'siri» bo'limlariga qarang).
Penitsillin bilan davolash olgan bemorlarda jiddiy va alohida hollarda o'lim bilan yakunlanuvchi yuqori sezuvchanlik reaksiyalari (anafilaktik reaksiyalar) haqida xabar berilgan. Bunday reaksiyalar anamnezida penitsillinga yuqori sezuvchanligi bo'lgan bemorlarda va atopik kasalliklari bo'lgan bemorlarda uchrashi ehtimoli ko'proq.
Allergik reaksiya paydo bo'lganda amoksitsillin / klavulan kislotasi qo'llanilishini to'xtatish va tegishli muqobil terapiyani boshlash kerak.
Agar infeksiya amoksitsillinga sezgir organizm(lar) tomonidan chaqirilganligi isbotlansa, umumiy qabul qilingan ko'rsatmalarga muvofiq amoksitsillin / klavulan kislotasidan amoksitsillinga o'tishni ko'rib chiqish kerak.
Amoksil-K 625 ehtimoliy kasallik qo'zg'atuvchilari beta-laktam preparatlariga pasaygan sezuvchanlikka yoki klavulan kislotasi bilan ingibirlanishga sezgir beta-laktamazalar bilan vositalanmagan rezistentlikka egaligi yuqori xavfi mavjud bo'lganda qo'llash uchun mos kelmaydi. Ushbu dori shaklini penitsillinga chidamli S. pneumoniae ni davolash uchun qo'llamaslik kerak.
Buyrak funksiyasi buzilgan bemorlarda va preparatning yuqori dozalarini qabul qilayotgan bemorlarda tirishishlar paydo bo'lishi mumkin («Nojo'ya ta'siri» bo'limiga qarang).
Infeksion mononukleozga gumon qilinganda amoksitsillin / klavulan kislotasini qo'llashdan saqlanish kerak, chunki bu holda amoksitsillin qo'llanilishi qizamiqsimon toshma paydo bo'lishi bilan bog'liq bo'lgan.
Amoksitsillin bilan davolash vaqtida allopurinolni bir vaqtda qabul qilish teri tomonidan allergik reaksiyalar paydo bo'lishi ehtimolini oshiradi.
Uzoq muddat qo'llash alohida hollarda preparatga sezgir bo'lmagan organizmlarning haddan tashqari ko'payishiga olib kelishi mumkin.
Davolash boshida pustulalar paydo bo'lishi bilan bog'liq isitmali generalizatsiyalangan eritema paydo bo'lishi o'tkir generalizatsiyalangan ekzantematoz pustulyoz (O'GEP) simptomi bo'lishi mumkin («Nojo'ya ta'siri» bo'limiga qarang). Bunday reaksiya preparatni bekor qilishni talab qiladi va amoksitsillinni keyingi qo'llash uchun qarshi ko'rsatma hisoblanadi.
Jigar funksiyasi buzilgan bemorlarga amoksitsillin / klavulan kislotasini ehtiyotkorlik bilan qo'llash kerak («Dozalash tartibi», «Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar» va «Nojo'ya ta'siri» bo'limlariga qarang).
Asosan erkaklar va keksa bemorlarda jigar tomonidan asoratlar haqida xabar berilgan, ular uzoq muddatli davolash bilan bog'liq bo'lishi mumkin. Bunday asoratlar haqida bolalarda juda kam xabar berilgan. Barcha guruhdagi bemorlarda simptomlar, qoida tariqasida, davolash vaqtida yoki undan keyin tez orada paydo bo'ladi, biroq alohida hollarda faqat davolash tugaganidan keyin bir necha hafta o'tgach paydo bo'lishi mumkin. Bunday hodisalar, qoida tariqasida, qaytuvchan. Jigar tomonidan asoratlar og'ir bo'lishi mumkin, istisno tariqasidagi kamdan-kam hollarda o'lim haqida xabar berilgan.
Bunday hodisalar deyarli har doim og'ir asosiy kasalligi bo'lgan yoki jigar tomonidan asoratlarga olib kelishi mumkin bo'lgan ma'lum potensial ta'sirga ega preparatlarni bir vaqtda qabul qilgan bemorlarda kuzatilgan («Nojo'ya ta'siri» bo'limiga qarang).
Deyarli barcha antibakterial preparatlar, shu jumladan amoksitsillin qo'llanilganda antibiotik bilan bog'liq kolit haqida xabar berilgan, uning og'irlik darajasi yengildan to hayot uchun xavfligacha o'zgarishi mumkin («Nojo'ya ta'siri» bo'limiga qarang). Shuning uchun har qanday dorilarni qabul qilish vaqtida yoki undan keyin diareya mavjud bo'lgan bemorlarda ushbu tashxisni hisobga olish muhim.
Antibiotik bilan bog'liq kolit paydo bo'lganda Amoksil-K 625 qo'llanilishini darhol to'xtatish, tibbiy yordamga murojaat qilish va tegishli davolashni boshlash kerak. Bunday holda peristaltikaga qarshi preparatlarni qo'llash qarshi ko'rsatilgan.
Uzoq muddatli terapiyada organlar tizimlari funksiyalarini, shu jumladan buyrak, jigar va qon yaratish funksiyasini davriy baholash tavsiya etiladi.
Amoksitsillin / klavulan kislotasini qabul qilgan bemorlarda kamdan-kam hollarda protrombin indeksi uzayishi haqida xabar berilgan. Antikoagulyantlar bir vaqtda tayinlanganda tegishli nazoratni amalga oshirish kerak.
Antikoagulyatsiyaning istalgan darajasini ushlab turish uchun peroral qo'llash uchun antikoagulyantlar dozasini korreksiya qilish talab qilinishi mumkin («Dori vositalarining o'zaro ta'siri» va «Nojo'ya ta'siri» bo'limlariga qarang).
Buyrak funksiyasi buzilgan bemorlarga dozani buzilish darajasiga qarab korreksiya qilish kerak («Dozalash tartibi» bo'limiga qarang).
Diurezi pasaygan bemorlarda juda kam hollarda, asosan parenteral terapiyada kristalluriya kuzatilgan.
Amoksitsillinning yuqori dozalarini qabul qilish vaqtida amoksitsillin bilan bog'liq kristalluriya ehtimolini kamaytirish maqsadida yetarli suyuqlik iste'moli va diurezni ushlab turish kerak. Qovug'i kateterizatsiya qilingan bemorlarda kateterlarning o'tkazuvchanligini muntazam tekshirish kerak («Dozani oshirib yuborish» bo'limiga qarang).
Amoksitsillin bilan davolash vaqtida siydikda glyukoza mavjudligiga sinovda glyukooksidazani aniqlashning fermentativ usullarini qo'llash kerak, chunki nofermentativ usullar qo'llanilganda soxta musbat natijalar olinishi ehtimoli bor.
Amoksitsillin / klavulan kislotasini qabul qilgan va keyinchalik Aspergillus infeksiyasi yo'qligi tan olingan bemorlarda Bio-Rad Laboratories ishlab chiqargan Platelia Aspergillus dan foydalangan holda fermentli immunoanalizning musbat natijalari haqida xabar berilgan. Bio-Rad Laboratories ishlab chiqargan Platelia Aspergillus dan foydalangan holda immunoferment tahlilini o'tkazishda non-Aspergillus polisaxaridlari va polifuranozlari bilan kesishgan reaksiyalar haqida xabar berilgan. Shuning uchun amoksitsillin / klavulan kislotasi bilan davolash olayotgan bemorlarda tahlillarning musbat natijalarini ehtiyotkorlik bilan talqin qilish va boshqa diagnostik usullar bilan tasdiqlash kerak.
Preparat yordamchi modda sifatida laktoza saqlaydi, shuning uchun galaktozani ko'tara olmaslik, laktaza tanqisligi yoki glyukoza / galaktoza so'rilishi buzilishi bo'lgan bemorlarga qo'llamaslik kerak.
Preparatning avtotransportni boshqarish va mexanizmlar bilan ishlashda reaksiya tezligiga ta'sir qilish qobiliyati bo'yicha tadqiqotlar o'tkazilmagan. Biroq avtomobilni boshqarish va boshqa mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta'sir qilishi mumkin bo'lgan noxush effektlar (allergik reaksiyalar, bosh aylanishi, tirishishlar kabi) paydo bo'lishi mumkin («Nojo'ya ta'siri» bo'limiga qarang).
Peroral qo'llash uchun antikoagulyantlar
Peroral qo'llash uchun antikoagulyantlar va penitsillin qatori antibiotiklari amaliyotda o'zaro ta'sir haqida xabarlar bo'lmaganda keng qo'llaniladi. Biroq atsenokumarol yoki varfarin qabul qilgan va amoksitsillin bilan davolash kursi yozib berilgan bemorlarda xalqaro normallashgan koeffitsientning oshishi holatlari tasvirlangan. Agar preparatlarni bir vaqtda qabul qilish zarur bo'lsa, amoksitsillin qo'shilganda yoki qabul qilish to'xtatilganda protrombin indeksini yoki xalqaro normallashgan koeffitsientni diqqat bilan nazorat qilish kerak.
Bundan tashqari, peroral qo'llash uchun antikoagulyantlar dozasini to'g'irlash talab qilinishi mumkin (В«Maxsus ko'rsatmalarВ» va В«Nojo'ya ta'sirВ» bo'limlariga qarang).
Metotreksat
Penitsillinlar metotreksat chiqarilishini kamaytirishi mumkin, bu potentsial toksiklik oshishini keltirib chiqaradi.
Probenetsid
Probenetsidni bir vaqtda qo'llash tavsiya etilmaydi. Probenetsid amoksitsillinning buyrak kanalchalari sekretsiyasini kamaytiradi. Uni Amoksil-K 625 bilan bir vaqtda qo'llash uzoq vaqt davomida qonda preparat darajasining oshishiga olib kelishi mumkin, ammo klavulan kislotasi darajasiga ta'sir qilmaydi.
Mikofenolat mofetili
Mikofenolat mofetil bilan davolanayotgan bemorlarda peroral amoksitsillin klavulan kislotasi bilan qo'llash boshlangandan so'ng mikofenol kislotasi faol metabolitining dozadan oldingi kontsentratsiyasi taxminan 50% ga kamayishi mumkin. Bu
dozadan oldingi darajaning o'zgarishi mikofenol kislotasining umumiy ekspozitsiyasi o'zgarishiga to'liq mos kelmasligi mumkin.
Nojo'ya ta'sirlar a'zolar va tizimlar hamda ularning yuzaga kelish chastotasi bo'yicha tasniflangan. Yuzaga kelish chastotasi bo'yicha quyidagi toifalar aniqlanadi: juda tez-tez ≥1 / 10, tez-tez ≥1 / 100 va <1/10, tez-tez emas ≥1 / 1 000 va <1/100, kamdan-kam hollarda ≥1 / 10 000 va <1/1 000, juda kam hollarda <1/10 000, noma'lum (chastotani mavjud ma'lumotlar bo'yicha baholab bo'lmaydi).
Infeksiyalar va invaziyalar:
Tez-tez: teri va shilliq qavatlar kandidozi.
Noma'lum: preparatga sezgir bo'lmagan organizmlarning haddan tashqari ko'payishi.
Qon va limfa tizimlari:
Kamdan-kam hollarda: qaytuvchan leykopeniya (shu jumladan neytropeniya) va trombotsitopeniya.
Juda kam hollarda: qaytuvchan agranulotsitoz va gemolitik anemiya qon ketish vaqti va protrombin indeksining oshishi.
Immun tizimi:
Juda kam hollarda: angionevrotik shish, anafilaksiya, zardob sindromi, allergik vaskulit.
Asab tizimi:
Tez-tez emas: bosh aylanishi, bosh og'rig'i.
Juda kam hollarda: qaytuvchan giperfaollik va tirishishlar. Tirishishlar buyrak faoliyati buzilgan bemorlarda yoki yuqori dozalarda preparat olayotganlarda yuzaga kelishi mumkin.
Noma'lum: aseptik meningit.
Me'da-ichak trakti:
Kattalar:
Juda tez-tez: diareya.
Tez-tez: ko'ngil aynishi, qusish.
Bolalar:
Tez-tez: diareya, ko'ngil aynishi, qusish.
Ko'ngil aynishi ko'proq preparatning yuqori dozalari bilan bog'liq. Ovqat hazm qilish trakti tomonidan yuqorida qayd etilgan simptomlarni, agar preparat ovqat qabul qilish boshida qabul qilinsa, kamaytirish mumkin.
Tez-tez emas: ovqat hazm qilishning buzilishi.
Juda kam hollarda: antibiotik bilan bog'liq kolit (shu jumladan soxtamembranoz va gemorragik kolit), qora tukli til.
Gepatobiliar reaksiyalar:
Tez-tez emas: AST va / yoki ALT darajasining o'rtacha oshishi beta-laktamlar guruhi antibiotiklari bilan davolangan bemorlarda qayd etilgan, ammo buning klinik ahamiyati aniqlanmagan.
Juda kam hollarda: gepatit va xolestatik sariqlik. Ushbu hodisalar boshqa penitsillinlar va sefalosporinlar qo'llanilganda yuzaga kelgan.
Gepatitlar asosan erkaklarda va keksa yoshdagi bemorlarda yuzaga kelgan va ularning yuzaga kelishi uzoq muddatli davolash bilan bog'liq bo'lishi mumkin.
Bolalarda bunday hodisalar juda kam hollarda yuzaga kelgan.
Kasallik simptomlari davolash vaqtida yoki davolashdan so'ng darhol yuzaga keladi, ammo ba'zi hollarda davolash tugagandan so'ng bir necha hafta o'tgach yuzaga kelishi mumkin. Bu hodisalar odatda qaytuvchan xarakterga ega.
Jigar faoliyatining buzilishi og'ir bo'lishi va juda kam hollarda o'lim bilan yakunlanishi mumkin. Deyarli har doim bu og'ir asosiy kasalligi bo'lgan bemorlarda yoki jigarga salbiy ta'sir qiluvchi preparatlarni bir vaqtda qabul qilayotgan bemorlarda sodir bo'ladi.
Teri va teri osti to'qimalari:
Tez-tez emas: teri toshmasi, qichishish va eshakemi.
Kamdan-kam hollarda: polimorf eritema.
Juda kam hollarda: Stivens-Jonson sindromi, toksik epidermal nekroliz, bullez eksfoliativ dermatit, o'tkir generalizatsiyalangan ekzantematoz pustulyoz.
Har qanday allergik dermatit paydo bo'lganda davolashni to'xtatish kerak.
Buyrak va siydik chiqarish tizimi:
Juda kam hollarda: interstitsial nefrit, kristalluriya ("Dozani oshirib yuborish" bo'limiga qarang).
Amoksil barcha rasmlari













