Apteka.uz
SavatKirish

Geptrong

Geptrong chiqarilish shakllari

GEPTRONG inyeksiya uchun eritma 3ml N5
GEPTRONG inyeksiya uchun eritma 3ml N5
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
OOO SP "NOVOPHARMA PLUS"
Geptrong
Geptrong
O'zbekiston
- Geptrong qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- Geptrongning tarkibi
- Geptrong ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- Geptrong narxi Toshkent dorixonalarida

Geptrong qo'llanmasi

Ishlab chiqarilish joyi
O'zbekiston
Kategoriya

Umumiy ma'lumot

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

GEPTRONG

NEPTRONG

 

Preparatning savdo nomi: Geptrong

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): asal konsentrati

Dori shakli: in‘eksiya uchun suv.

Tarkibi:

faol modda: asal konsentrati – 4 g;

yordamchi moddalar:  natriy xloridi – 9 g, bidistillangan suv – 1 l.

Ta‘rifi: rangsiz yoki biroz sarg‘ish rangli o‘ziga xos asal hidli suyuqlik.

Farmakoterapevtik guruhi: Zaharlanish va intoksikasiyalarda qo‘llanadigan vosita, gepatoprotektorlar.

ATX kodi: A05VA

 

Farmakologik xususiyatlari

Preparat antioksidant va immunomodulyasiya qiluvchi ta‘sir ko‘rsatadi, gepatositlar membranalarini barqarorlashishiga va o‘tkazuvchanligini kamayishiga yordam beradi, qon zardobida gepatositlarning zararlanish markerlari-ALT, AST, IF, GGTP fermentlar faolligini kamaytiradi, jigarni antitoksik faoliyatini kuchaytiradi. Jigarni oqsil sintez qiluvchi va yog‘lar hosil qiluvchi faoliyatini yaxshilaydi. Jigardagi yallig‘lanish o‘zgarishlarini kamaytiradi, bu esa destruktiv jarayonlar faolligini kamayishiga olib keladi, o‘tkir holatlarni surunkali holatga o‘tishini kamaytiradi va surunkali virusli gepatitlarda serokonversiyaga erishishiga yordam beradi, gepatitni intensivligini kamaytiradi va klinik belgilarini (dispeptik, xolestatik va astenovegetativ sindromlar, gepato- va splenomegaliya) yo‘qolishini tezlashtiradi. Jigarni funksional holatini yaxshilab, homiladorlarni ko‘ngil aynishi va qusish sindromini (erta toksikoz) sezilarli (to‘liq bartaraf qilingunicha) darajada zaiflashtiradi.

 

Qo‘llanilishi

O‘tkir virusli A va V gepatitlarni, surunkali virusli V va S gepatitlarni davolashda qo‘llanadi. Akusherlik va ginekologiyada homiladorlarni ko‘ngil aynishi va qusish sindromida (erta toksikoz) (ko‘ngil aynishi va qusishni yo‘q qilishi uchun) jigar faoliyatini buzilishini majmuaviy davosi tarkibida qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Mushak ichiga sutkada bir marta, ertalab quyidagi sxema bo‘yicha: 1-3 kunlari – 3 ml dan, 4-5 chi kunlari – 6 ml dan, 6-7 kunlari – 9 ml dan, 8-9 kunlari – 6 ml dan, 10-12 chi kunlari – 3 ml dan.

II sxema buyicha: xar kuni 10-15 ml dan vena ichiga, tomchilab, preparatni oldindan eritilgan 100 ml natriy xloridining 0,9% izotonik eritmasi bilan 10 kun davomida yuboriladi.

Zarur bo‘lganida davolash kursini 2-3 haftadan keyin qaytarish mumkin.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Alohida hollarda uyqusizlik, ishtahani ko‘tarilishi kuzatiladi.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Asal mahsulotlariga bo‘lgan yaqqol allergiyalarda qo‘llash mumkin emas.

 

Maxsus ko‘rsatmalar

Qandli diabetda ehtiyotkorlik bilan qo‘llanadi (qonda glyukoza miqdorini nazorati ostida).

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va uni yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin ishlatilmasin.

 

Chiqarilish shakli

In‘eksiya uchun eritma, 5 ml, 3 ml va 10 ml dan ampulalarda.

Saqlash sharoiti

Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 250S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

3 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Ulashish:
Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Geptrong preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing

Geptrong barcha rasmlari

Barcha rasmlar
Barcha rasmlar

Geptrong haqida savollar

Geptrong haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil