GINOSPORIN ko'rsatmalar
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
GINOSPORIN
GINOSPORIN
Preparatning savdo nomi: Ginosporin
Ta‘sir etuvchi modda (XPN): klotrimazol
Dori shakli: vaginal krem
Tarkibi:
Har bir gramm krem quyidagilarni saqlaydi:
faol modda: 20 mg klotrimazol;
yordamchi moddalar: benzoy kislotasi, setil spirti, tozalangan suv, emulsiya mumi, tozalangan gliserin, gliserin monostearati, suvsiz lanolin, suyuq parafin, metilparaben, propilparaben, stearin kislotasi, oq rangli neft jelesi.
Ta‘rifi: oq rangli, yarim qattiq krem.
Farmakoterapevtik guruhi: Mahalliy qo‘llash uchun zamburug‘larga qarshi vositalar, imidazol va triazol hosilalari.
ATX kodi: D01AC01.
Farmakologik xususiyatlari
Ta‘sir mexanizmi
Klotrimazol ergosterol sintezini ingibisiya qilish yo‘li orqali zamburug‘larga qarshi ta‘sir ko‘rsatadi. Ergosterol sintezini ingibisiya qilish sitoplazmatik membrananing struktur va funksional yetishmovchiligiga olib keladi.
Farmakodinamikasi
Klotrimazol in vitro va in vivo sharoitlarda keng antimikotik ta‘sir doirasiga ega, ular dermatofitlar, achitqisimon, mog‘or zamburug‘larini o‘z ichiga oladi va hokazo.
Klotrimazolning ta‘sir mexanizmi: infeksiya o‘chog‘ida klotrimazolning konsentrasiyasiga qarab fungistatik va fungisid ta‘sir ko‘rsatadi. In vitro sharoitida zamburug‘ elementlarini ko‘payishini bloklaydi, lekin zamburug‘larning sporalari uning ta‘siriga sezuvchanligi past bo‘ladi.
Zamburug‘larning sezgir turlarini birlamchi rezistentligi juda kam hollarda uchraydi, sezgir zamburug‘larning ikkilamchi rezistentligini rivojlanishi faqat davolash ta‘siri ostida rivojlanishi mumkin.
Farmakokinetikasi
Farmakokinetik tadqiqotlar vaginal qo‘llangandan keyin klotrimazolning faqat oz miqdori (dozaning 3-10%) so‘rilishini ko‘rsatdi.
Jigarda tez metabolizmi tufayli klotrimazolning plazmadagi cho‘qqi konsentrasiyasi 500 mg doza vaginal qo‘llangandan keyin 10 ng/ml dan kamroqni tashkil etadi, bu klotrimazolni intravaginal qo‘llash sezilarli tizimli va tizimli bo‘lmagan buzilishlarga olib kelmasligini ko‘rsatadi.
Qo‘llanilishi
Klotrimazol vaginal kandidoz va trixomonada mavjudligiga gumon bilan kechuvchi aralash vaginal infeksiyalarni davolash uchun tavsiya etiladi. Preparat trixomonadalarni tizimli davolash mumkin bo‘lmagan holatlardan tashqari yagona davolash vositasi sifatida qo‘llanilmaydi.
Klotrimazol kandidoz vaginitni davolash uchun tavsiya etiladi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Krem to‘plamda mavjud bo‘lgan applikator yordamida intravaginal yuboriladi.
Kattalar
Krem kechqurun (uyqudan oldin) applikator yordamida (5 g) qinga kuniga ikki marta 3 kun davomida, yoki kuniga bir marta olti kun davomida chuqur yuboriladi.
Umumiy
Davolashni hayz ko‘rish vaqtida qo‘llash mumkin emas, chunki hayz qoni yuborilgan kremni chiqarib yuborishi mumkin. Davolash hayz sikli boshlanguncha tugatilishi kerak. Preparatni qo‘llash vaqtida tamponlar, intravaginal dushlar, spermisidlar yoki boshqa vaginal preparatlardan foydalanish tavsiya etilmaydi.
Bolalar
16 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Keltirilgan noxush samaralar spontan ravishda olingan ma‘lumotlarga asoslangan, to‘g‘ri buyurilganda uchrash tez-tezligi ehtimol kamayishi mumkin.
Immun tizimi tomonidan: allergik reaksiyalar (xushdan ketish, arterial bosimni pasayishi, dispnoe, eshakemi, qichishish).
Reproduktiv tizim tomonidan: mahalliy reaksiyalar: terini kepaklanishi va ta‘sirlanishi, qichishish, toshma, shish, diskomfort, achishish, chanoq sohasida og‘riq.
Me‘da-ichak yo‘llari tomonidan: abdominal og‘riq.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Klotrimazol, setostearil spirti yoki preparatning boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Laborator tekshiruvlar preparatni lateks kontraseptivlar bilan bir vaqtda ishlatilganida kontraseptiv preparatning strukturasini buzilishi kuzatilishini ko‘rsatdi. Shuning uchun bunday kontraseptiv preparatlarning samaradorligi pasayishi mumkin.
Pasientlarga bu mahsulot ishtilgandan keyin kamida besh kun muqobil ehtiyotkorlik choralarini ko‘rish tavsiya etiladi.
Vaginal krem ko‘rinishida klotrimazol va peroral qo‘llash uchun takrolimus bilan bir vaqtda davolash plazmada takrolimusning darajasini oshishiga olib kelishi mumkin.
Maxsus ko‘rsatmalar
Homiladorlik va laktasiya davrida qo‘llanishi
Homiladorlik: Klotrimazolni homiladorlikda qo‘llash mumkin, faqat shifokor yoki akusher kuzatuvi ostida.
Laktasiya: Klotrimazolni ko‘krak sutiga o‘tishi haqida ma‘lumotlar yo‘q. Lekin, preparat mahalliy va intravaginal qo‘llanganidan keyin tizimli so‘rilishi minimal darajada bo‘ladi. Ishlab chiqaruvchilar emizikli onalar tomonidan mahalliy qo‘llanilganida ehtiyotkorlik bilan qo‘llash tavsiya etiladi.
Preparatni bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
To‘satdan ichga qabul qilinganda: agar dozani oshirib yuborilishining klinik simptomlari yaqqol bo‘lsa (bosh aylanishi, ko‘ngil aynishi yoki qusish) me‘dani yuvish, kabi tegishli choralar o‘tkaziladi. Simptomatik davolash faqat nafas yo‘llarining adekvat himoyasi imkoniyati bo‘lganida o‘tkaziladi.
Chiqarilish shakli
35 g krem alyumin tubada. Polietilen paketchaga qadoqlangan plastik applikator joylangan. Tuba, applikator va qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi ikkilamchi karton qutiga joylangan.
Saqlash sharoiti
Salqin va quruq joyda, 30°S dan past bo‘lgan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Shifokor resepti bo‘yicha.
Chiqarish shakllari