Ташкент
logo
SavatKirish

Kandid

Kandid chiqarish shakllari

KANDID eritma 15ml 1%
Retseptsiz
KANDID eritma 15ml 1%
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Glenmark Pharmaceuticals Ltd
•8 ta dorixonada bor
Narxi
109 900 so'm dan
KANDID eritma 15ml 1%
Retseptsiz
KANDID eritma 15ml 1%
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Glenmark Pharmaceuticals Ltd
•8 ta dorixonada bor
Narxi
109 900 so'm dan
KANDID B krem 15g
Retseptsiz
KANDID B krem 15g
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Glenmark Pharmaceuticals Ltd
•99 ta dorixonada bor
Narxi
41 400 so'm dan
KANDID eritma 15ml 1%
Retseptsiz
KANDID eritma 15ml 1%
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Glenmark Farmasyutikalz Ltd
•8 ta dorixonada bor
Narxi
109 900 so'm dan
KANDID krem 20g 1%
Retseptsiz
KANDID krem 20g 1%
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Glenmark Pharmaceuticals Ltd
•112 ta dorixonada bor
Narxi
25 800 so'm dan
- Kandid qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- Kandidning tarkibi
- Kandid ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- Kandid narxi Toshkent dorixonalarida

Kandid qo'llanmasi

Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Qo‘llash ko‘rsatmalari
  • —bosh (sh.j. yuz), tana, oyoqlar dermatofitiyasi; —tirnoqlar mikozi; —rang-barang temiratki; —teri kandidozi; —kandidozli paronixiya; —kandidozli vulvit; —kandidozli balanit; —tashqi jinsiy a'zolar va anorektal soha kandidozi; —zamburug'li yo'rgak dermatiti; —eritrazma.
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
  • — teri tuberkulyozi; — zaxm (sifilis)ning teri ko‘rinishlari; — suvchechak; — oddiy gerpes; — emlashdan keyingi teri reaksiyalari; — 7 yoshgacha bo‘lgan bolalar; — homiladorlik; — laktatsiya davri (ko‘krak suti bilan boqish); — ochiq yara yuzasiga surtish; — preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlik.
Tarkibi
  • beklometazon dipropionati 250 mkg klotrimazol 10 mg gentamitsin (sulfat shaklida) 1 mg Yordamchi moddalar: propilenglikol, tsetomakrogol, vazelin, suyuq parafin, benzil spirti, metilparagidroksibenzoat (metilparaben), propilparagidroksibenzoat (propilparaben), butilgidroksitoluo, natriy digidrofosfati monogidrati, natriy gidrofosfat, tozalangan suv. klotrimazol 500 mg Yordamchi moddalar: laktoza, kraxmal, karboksimetilkraxmal natriy, tozalangan talk, magniy stearati, kolloid kremniy dioksidi, metilparagidroksibenzoat (metilparaben), propilparagidroksibenzoat (propilparaben). klotrimazol 20 mg Yordamchi moddalar: tsetil spirti, propilenglikol, glitserol, benzil spirti, tsetomakrogol emulsion mumi, karbopol 940 (karbomer 940), natriy gidroksidi, xlorokrezol, tozalangan suv.
Farmakokinetikasi
Absorbtsiya: Sirtga qo‘llanilganda klotrimazol teri orqali yomon so‘riladi. Biokiraolishligi 0,5% dan kamni tashkil qiladi. Taqsimlanishi: Epidermisning shox qavatida ko‘pchilik patogen zamburug‘lar uchun minimal bostiruvchi konsentratsiyadan (MBK) yuqori konsentratsiyada (50 - 100 mkg/ml) to‘planadi. Epidermisning bazal qavatidagi konsentratsiya 1,53-3 mkg/ml ni tashkil qiladi. Tirnoqlar keratiniga kiradi. Metabolizmi va chiqarilishi: Jigarda faol bo‘lmagan metabolitlargacha biotransformatsiyaga uchraydi va ichak orqali chiqariladi. Buyraklar orqali chiqariladi (buyrak ekskretsiyasi ulushi 0,05% - 0,5% ni tashkil qiladi). Dastlabki moddaning yarim chiqarilish davri 3,5 - 5 soatni tashkil qiladi.
Farmakologik ta'siri
Farmakologik ta'siri - mahalliy qo'llash uchun keng ta'sir doirasiga ega zamburug'ga qarshi vosita, antibakterial, protozoyaga qarshi, trixomonatsid. Faol ta'sir etuvchi modda klotrimazolning (imidazol hosilasi) antimikotik samarasi zamburug'lar hujayra membranasi tarkibiga kiruvchi ergosterin sintezining buzilishi bilan bog'liq bo'lib, bu membrana o'tkazuvchanligini o'zgartiradi va keyinchalik hujayra lizisini keltirib chiqaradi. Fungitsid kontsentratsiyalarda mitoxondrial va peroksidaza fermentlari bilan o'zaro ta'sir qiladi, natijada vodorod peroksidi kontsentratsiyasi toksik darajagacha oshadi, bu ham zamburug' hujayralarining parchalanishiga yordam beradi. Dermatomitsetlar (Trichophyton rubrum, Trichophyton mentagrophytes, Epidermophyton floccosum, Microsporum canis), achitqisimon va mog'or zamburug'lari (Candida spp., shu jumladan Candida albicans-, Torulopsis glabrata, Rhodotorula urug'i, Pityrosporum orbiculare) ga nisbatan fungitsid va fungistatik faollik namoyon qiladi. Rang-barang temiratki qo'zg'atuvchisi — Pityrosporum orbiculare (Malassezia furfur) ga nisbatan faol. Eritrazma qo'zg'atuvchisi Corynebacterium minutissimum, shuningdek Staphylococcus spp., Streptococcus spp. kabi grammusbat bakteriyalarga, Bacteroides, Gardnerella vaginalis kabi grammanfiy bakteriyalarga nisbatan samarali. Yuqori kontsentratsiyalarda Trichomonas vaginalis ga nisbatan faol.
Nojo'ya ta'sirlar
  • Dermatologik reaktsiyalar: achishish hissi, giperemiya, eritema, po'st tashlash, qurish, matseratsiya, teri atrofiyasi, striyalar, gipertrixoz, follikulit, issiqlik toshmasi, steroid husnbuzarlar, perioral dermatit, teleangiektaziya, gipopigmentatsiya, piodermiya, furunkulyoz. Allergik reaktsiyalar: shish, eshakemi, allergik kontakt dermatit. Tizimli reaktsiyalar (shu jumladan buyrak usti bezi po'stlog'i funktsiyasining susayishi) uzoq muddat qo'llanilganda bo'lishi mumkin.
Dozirovkasi
  • 1 % 1% 10 mg/g 100 mg 2% 500 mg
Dozani oshirib yuborilishi
Kandidni mahalliy qo‘llashda o‘tkir doza oshib ketishining ehtimoli kam va hayot uchun xavf tug‘diradigan vaziyatga olib kelmaydi.
Dori shaklining ta'rifi
  • Vaginal gel bir xil, oq rangli. Sirtga qo'llash uchun krem Sirtga qo'llash uchun 1% li krem O'ziga xos hidli oqdan och-sariq ranggacha bo'lgan kukun. Mahalliy qo'llash uchun 1% li eritma Sirtga qo'llash uchun 1% li eritma Vaginal tabletkalar
Maxsus saqlash sharoitlari

Agar Kandid B kremi birinchi marta qo'llanilganda terida yuqori sezuvchanlik reaktsiyasi (qichishish, achishish yoki qizarish) rivojlansa, uni qo'llashni darhol to'xtatish va shifokorga murojaat qilish kerak.

Buyrak usti bezlari faoliyati susayishi mumkinligi sababli, ayniqsa bolalarda uzoq muddatli davolashdan imkon qadar saqlanish kerak.

Keng yuzaga surtish yoki okklyuzion bog'lovlarni qo'llash beklometazonning tizimli so'rilishiga olib kelishi mumkin.

Preparatni ko'zga tushishidan saqlanish kerak; ko'z sohasidagi teriga va shilliq qavatlarga surtish mumkin emas.

Infektsiya rivojlanishi yoki tarqalishi preparatni bekor qilishni va mikroblarga qarshi davolashni tayinlashni talab qiladi.

Bakterial infektsiya issiq nam sharoitda, shu jumladan okklyuzion bog'lovlarda saqlanib turadi, shuning uchun kremni surtishdan oldin terini tozalash kerak.

Transport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta'siri. Kandid B, krem preparatining transport vositalarini va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga noxush ta'siri haqida ma'lumotlar mavjud emas.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Kandid B6 vaginal bir vaqtda yuborilganda amfoteritsin V va boshqa polien antibiotiklar faolligini pasaytiradi. Nistatin bilan bir vaqtda qo‘llanilganda Kandid B6 faolligi pasayishi mumkin.
Umumiy ma'lumot

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

KANDID B

CANDID B

 

Preparatning savdo nomi: Kandid B

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): yo‘q

Dori shakli: krem

Tarkibi:

100 g krem quyidagilarni saqlaydi:

faol moddalar:        klotrimazol – 1,000 g,

beklometazon – 0,025 g;

yordamchi moddalar: benzil spirti, oq vazelin jele, suyuq parafin, setomakrogol, emulgirlangan mum, propilenglikol, metilparaben, propilparaben, butilogidroksitoluol, suvsiz natriy fosfat, natriy digidrofosfat, tozalangan suv.

Ta‘rifi: oq rangli yumshoq krem

Farmakoterapevtik guruhi: mahalliy qo‘llash uchun zamburug‘larga qarshi preparatlar. Majmuaviy preparatlar.

ATX kodi: D01AC20

 

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

Kandid B – sirtga qo‘llash uchun yallig‘lanishga qarshi komponentlari bilan zamburug‘larga qarshi majmuaviy preparatdir. Preparatni farmakologik ta‘siri uning tarkibiga kiruvchi klotrimazol va beklametazon dipropionatning xususiyatlari bilan bog‘liq. Klotrimazol – imidazol hosilalari guruhiga mansub keng ta‘sir doirali zamburug‘larga qarshi vosita. Dermatofitlar, achitqi zamburug‘lari (Candida, Torulopsis glabarata, Rhodotorula oilasi), mog‘or zamburug‘i, shuningdek rangbarang temiratki va eritrazmalar klotrimazolga sezgir. Bundan tashqari, klotrimazol grammusbat (stafilakokklar, streptakokklar) va grammanfiy bakteriyalar (Bacteroides, Gardnerella vaginalis) ga nisbatan, shuningdek Trichomonas vaginalis, Malassezia furfur, Corinebacterium minussumum ga nisbatan samaralidir. Klotrimazolni samarasi zamburug‘ hujayralari membranasining tarkibiga kiruvchi ergosterinning sintezini buzish qobiliyati bilan bog‘liq.

Beklametazon dipropionati – sintetik glyukokortikosteroid yallig‘lanishga qarshi, allergiyaga qarshi, antiekssudativ va qichishishlarga qarshi ta‘sir ko‘rsatadi. Glyukokortikosteroidlarni tizimli qo‘llash ta‘sir mexanizmi yallig‘lanishning barcha bosqichlari: spesifik steroid reseptorlari bilan bog‘lanib, ular hujayra yadrosiga kiriladi va DNK bilan bog‘laniladi, informasion RNK hosil bo‘lishini rag‘batlantiriladi; natijada ribosomalarda RNK translyasiyasini turli xil boshqaruvchi oqsillari sintezlanadi

Farmakokinetikasi

Klotrimazol mahalliy qo‘llanganida teri yuzasidan yomon so‘riladi (epidemisni shox qavatida to‘planadi).

Krem uzoq muddat qo‘llanganida beklametazon tizimli so‘rilishga ega. Uning faol metaboliti beklametazon dipropinati tez so‘riladi, qon plazmasidagi maksimal konsentrasiyasiga (Tmax) erishish vaqti 3 soatni tashkil qiladi. Qon plazmasining oqsillari bilan bog‘lanishi birmuncha yuqori – 87%. Beklametazon dipropionati yuqori plazma klirensiga ega. Yarim chiqarilish davri – 0,5 soat. Qon oqimiga tushishi va tizimli paydo bo‘lishi kremning umumiy dozasi va terining gidratasiya darajasiga bog‘liq.

Qo‘llanilishi

Terining zamburug‘li infeksiyalari, ayniqsa agar ular o‘tkir ekzematozni paydo bo‘lishi bilan kechganida:

– tananing turli qismlaridagi dermatomikozlari;

– tovon epidermofitiyasi, chov epidermofitiyasi;

– ikkilamchi asoratlangan infeksiyalar, dermatozlarda qo‘llanadi.

                                                                                                         

Qo‘llash usuli va dozalari                            

Sirtga buyuriladi. Krem terining shikastlangan sohasiga yupqa qatlam qilib kuniga      2-3 marta va ishqalab surtiladi. Shikastlangan sohani birlamchi yuvish va quritish kerak. Odatda dermatozlarni davolash davomiyligi 3-4 hafta, tovon epidermofitiyasida – 4 haftani tashkil qiladi. Uzoq muddat qo‘llash zarurati bo‘lganida kam-kam kunora qo‘llaniladi. Surunkali kasalliklarni davolashda kasallikni qaytalanishidan saqlanish uchun davolashni barcha simptomlari yo‘qolganidan keyin yana bir necha vaqt davom ettirish kerak.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Kandid B kremi odatda yaxshi o‘zlashtiriladi.

Kam hollarda

– preparat surtilgan joyda terini qizarishi, achishish va sanchish hissi.

Juda kam hollarda

– gipopigmentasiya, husnbuzarsimon toshma, kontaktli dermatoz, terini atrofiyasi, terini ikkilamchi infeksiyasi. Ta‘sirlanish paydo bo‘lganida preparatni bekor qilish lozim.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

– preparatni komponentlariga o‘ta yuqori sezuvchanlik;

– teri sili, suvchechak, oddiy gerpes, qizamiq;

– emlashdan keyingi teri reaksiyalari, sifilisni teri ko‘rinishi;

– aktinomikoz, blastomikoz;

– surunkali venoz yetishmovchiligi fonida trofik yaralar;

– teri o‘smasi;

– homiladorlik va laktasiya davrida qo‘llash mumkin emas.

 

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Boshqa dori preparatlari bilan preparatni o‘zaro ta‘siri haqida ma‘lumotlar yo‘q.

Maxsus ko‘rsatmalar

Preparat faqat dermatologiya amaliyotida ishlatish uchun mo‘ljallagan. Krem qo‘llanganida, agar preparat faqat ochiq yoki germetik bog‘lamli jarohatlarga surtilmaganda tizimli nojo‘ya reaksiyalari istisno qilingan. Preparatni ko‘zga tushishidan saqlanish kerak; ko‘z sohasini terisiga va shilliq qavatlarga surtish mumkin emas.

Infeksiyani rivojlanishi yoki tarqalishi preparatni bekor qilish va antibakterial davolashni buyurishni talab etadi.

Pediatriyada qo‘llanishi

2 yoshdan 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarda teri orqali o‘tishini ehtimolligi yuqoriligini va tizimli toksik reaksiyalarni rivojlanishini inobatga olib ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak. 5 yoshgacha bo‘lgan bolalarda germetik bog‘lamlarni qo‘llash tavsiya etilmaydi. Bolalar amaliyotida kremni qo‘llash qat‘iy shifokor kuzatuvi ostida o‘tkazish kerak.

Dori vositalarini transport vositalari yoki potensial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘sir etish xususiyati

Ta‘sir qilmaydi.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Kandid B mahalliy surtilganida o‘tkir dozani oshirib yuborilishining ehtimoli kam va hayot uchun xavf namoyon qilmasligi mumkin.

Chiqarilish shakli

15 g dan krem teshish uchun o‘tkir qopqog‘i bo‘lgan alyumin tyubalarda.

1 tyuba davlat va rus tillaridagi qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.

Saqlash sharoiti

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

 

Yaroqlilik muddati

3 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Ulashish:
Nojo'ya samaralari

Nojo‘ya ta'sirlar, qoida tariqasida, kuchsiz ifodalangan xarakterga ega. Mahalliy allergik reaksiyalar — terining qizarishi, preparat surtilgan joyda achishish va sanchish hissi bo‘lishi mumkin.

Kam hollarda, boshqa GKS qo‘llanilganda bo‘lgani kabi, aknesimon o‘zgarishlar, gipopigmentatsiya, striyalar, teri atrofiyasi, gipertrixoz, teleangiektaziyalar, terining ikkilamchi infektsiyalari rivojlanishi mumkin.

Sotuvi

Retseptsiz.

Kandid narxlari

Dorixonalar
Manzil
Ish vaqti
Sotib olmoq

Kandid barcha rasmlari

Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar

Kandid haqida savollar

Kandid haqida fikr-mulohazalar

Reyting 4.8, 6 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil