GRIPGOning aptekalardagi narxlari
GRIPGO tabletkalari N100
|
|
166 ta dorixonada bor
|
90 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
112 000 so'mdan
Bron qilish
|
Yetkazib berish xizmati haqida ma'lumot:
Yetkazib berish xizmatlarini taklif qiluvchi dorixonalar katalogda "yetkazib berish" belgisi bilan ajratilgan.
Shu tarzda belgilangan dorixona bilan telefon orqali aloqaga chiqing va buyurtmaning narxi va yetkazib berish muddatini aniqlashtirib oling.
Odatda, dorixona buyurtmani 1 soat ichida yuboradi.
GRIPGO ko'rsatmalar
– феохромоцитома;
– берк бурчакли глаукома;
– парацетамолга ёки препаратнинг бошқа таркибий моддаларига ўта юқори сезувчанлик;
– болалик ёши (12 ёшгача бўлган болалар);
– ҳомиладорлик, эмизиш даври;
– оғир даражали жигар ёки буйрак етишмовчилиги, гипертензия, гипертиреоидизм, қандли диабет, юрак касалликлари;
– трициклик антидепрессантлар ёки бета-блокаторлар қабул қилаётган пациентлар, шунингдек моноаминоксидаза ингибиторларини қабул қилаётган ёки сўнгги икки ҳафта давомида қабул қилган пациентларда қўллаш мумкин эмас.
Ушбу препарат қуйидаги пациентларга: простата бези гипертрофияси, окклюзион қон томир касалликлари (масалан, Рейно феномени), юрак-қон томир касалликлари бўлган пациентларга қўлланилишидан олдин шифокор билан маслаҳатлашиш керак. Грипго® препарати бошқа симпатомиметикларни (масалан, антиконгестантлар, иштаҳани туширадиган дори препаратлари ва масалан амфетамин каби психостимуляторларни) қабул қилаётган пациентларга буюрилмаслиги керак.
Грипго® препаратини қабул қилиш вақтида кофеин (масалан, қаҳва, чой ва айрим ичимликлар) ҳаддан ташқари истеъмол қилинишидан сақланиш керак. Доза ошириб юборилмаслиги керак.
Пациентларга бошқа конгестивга қарши препаратларни, шунингдек шамоллашни даволаш учун мўлжалланган таркибида парацетамолни сақлайдиган препаратларни бир вақтда қабул қилмаслик тавсия этилиши керак. Пациентлар варфарин қабул қилаётган бўлсалар, бу ҳақида ўз шифокорига маълум қилишлари керак.
Эмизиш вақтида, шифокор томонидан рухсат берилган алоҳида ҳолатлардан ташқари, ушбу препаратдан фойдаланмаслик керак.
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
GRIPGO®
GRIPGO®
Preparatning savdo nomi: Gripgo®
Dori shakli: tabletkalar
Tarkibi:
Har bir tabletka saqlaydi:
faol moddalar: parasetamol 500 mg, kofein (suvsiz) 30 mg, fenilefrin gidroxloridi 10 mg, xlorfeniramin maleati 2 mg.
yordamchi moddalar: mikrokristal sellyuloza (Ph 102), natriy kroskarmelloza, magniy stearati
Ta‘rifi: oq ikkiyoqlama qavariqli kapsulasimon shakldagi tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi: Shamollash kasalliklari va gripp simptomlarini bartaraf qilish uchun vosita.
ATX kodi: N02BE51
Farmakologik xususiyatlari
Ta‘sir mexanizmi:
Parasetamol: Parasetamol og‘riqni qoldiruvchi va isitmani tushiruvchi vosita sifatida yaxshi ma‘lum. Parasetamol asosan isitmani tushiruvchi vosita sifatida qo‘llaniladi. Parasetamolning isitmani tushiruvchi ta‘siri, termoregulyasiyaning gipotalamik markazlariga bevosita ta‘siri bilan bog‘liq, buning natijasida qon tomirlarni kengayishi va ter ajralib chiqishini kuchayishi tufayli, tanadan issiqlikni ajralishi kuchayadi.
Fenilefrin gidroxloridi: Fenilefrin gidroxloridi adrenergik reseptorlarga bevosita ta‘sir qiladigan adrenomimetik vosita hisoblanadi (asosan alfa-adrenergik faolligi), bu burun shishini kamayishiga olib keladi.
Kofein: Kofein markaziy nerv tizimini rag‘batlantirishga nisbatan ksantinni faolroq hosilasi hisoblanadi, bu tetiklik holatiga va aqliy faolligini oshishiga olib keladi.
Xlorfeniramin maleati: Xlorfeniramin maleati kuchli ta‘sir qiluvchi antigistamin (N1-antagonisti) preparati hisoblanadi. Antigistamin preparatlar to‘qima sohasida gistaminni N1-reseptorlarini raqobatli qaytuvchan blokadasi orqali organizmda gistaminni ta‘sirini kamaytiradi yoki neytrallaydi. Shuningdek xlorfeniramin antixolinergik faolikka ham ega.
Farmakokinetikasi
Parasetamol jigarning mikrosomal fermentlari orqali metabolizmlanadi. U me‘da-ichak yo‘llaridan tez va to‘liq so‘riladi. Plazmadagi cho‘qqi konsentrasiyasiga yarim soatdan bir soatgacha erishiladi, plazmadagi yarim parchalanish davri bir soatdan uch soatgacha vaqtni tashkil qiladi, so‘ngra butun organizm bo‘ylab teng taqsimlanadi.
Fenilefrin gidroxloridi me‘da-ichak yo‘lidan notekis so‘riladi.
Kofein me‘da-ichak yo‘llarida tez so‘riladi.
Xlorfeniramin peroral qabul qilingandan keyin me‘da-ichak yo‘lidan yaxshi so‘riladi. Samarasi 30 minut davomida, maksimum 1-2 soat davomida namoyon bo‘ladi va 4 dan 6 soatgacha davom etadi. Plazmadan yarim chiqarilish davri, baholashga ko‘ra, 12 dan 15 soatgacha tashkil qiladi.
Xlorfeniramin maleati metabolizmi natijasida monometil va dimetil unumlari hosil bo‘ladi.
Peroral dozaning taxminan 22% siydik bilan o‘zgarmagan holda chiqariladi. Faqat ozgina miqdorigina ahlatda aniqlangan.
Qo‘llanilishi
Gripgo® oddiy shamollashni davolashda yordamchi vosita sifatida qo‘llanadi. Shamollash, gripp, sinusitning turli belgilarini samarali yengillashtirish uchun qo‘llanadi, burun shilliq qavatini shishi, rinit, isitmalash, bosh og‘rig‘i, aksa urishda qo‘llaniladi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Kattalarga: Bir tabletkadan sutkada 3-4 marta, lekin sutka davomida 4 tabletkadan oshmasligi kerak yoki shifokor ko‘rsatmasi bo‘yicha.
Bolalarga: 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarni davolashda dozani shifokor belgilaydi.
Qo‘llash usuli: Peroral
Nojo‘ya ta‘sirlari
Ko‘pchilik hollarda preparat yaxshi o‘zlashtiriladi. Parasetamolning nojo‘ya ta‘sirlari odatda kuchsiz namoyon bo‘ladi. Gematologik tizim tomonidan reaksiyalar haqida xabarlar bor. Ba‘zida toshmalar va boshqa allergik teri reaksiyalari (toshma, eritema, eshakemi) paydo bo‘ladi.
Odatda kofein bilan bog‘liq bo‘lgan nojo‘ya ta‘sirlari me‘da-ichak yo‘llarini ta‘sirchanlik va markaziy nerv tizimini rag‘batlantirishidir (bosh aylanishi, uyquning buzilishi, yuqori ta‘sirchanlik). Fenilefrinning nojo‘ya ta‘sirlari – arterial gipertenziya, taxikardiya. Xlorfeniraminning nojo‘ya ta‘sirlari – xlorfeniramin maleati qabul qilganidan keyingi ko‘ngil aynishi, qusish yoki qorin og‘rig‘i kuzatilishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Preparatning komponentlarga yuqori sezuvchanlik;
- Feoxromasitoma;
- Parasetamol yoki preparatning boshqa komponentlariga o‘ta yuqori sezuvchanlik;
- Bolalar (12 yoshgacha);
- Homiladorlik, laktasiya davri;
- Jigar yoki buyrak yetishmovchiligida;
- Gipertoniya;
- Gipertireoz;
- Diabet va yurak kasalligi;
- Trisiklik antidepressantlar yoki beta-blokatorlarni qabul qilayotgan, shuningdek monoaminoksidaza ingibitorlarni qabul qilayotgan yoki so‘nggi ikki haftada qabul qilgan pasientlarda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Gripgo® monoaminooksidaza (MAO) ingibitorlari, sedativ preparatlar, etanolning samarasini kuchaytiradi.
Antidepressantlar, parkinsonizmga qarshi vositalar, antipsixotik vositalar, fenotiazin hosilalari siydik tutilishi, og‘izni qurishi, qabziyat rivojlanishi xavfini oshiradi. Glyukokortikosteroidlar glaukoma rivojlanishi xavfini oshiradi. Parasetamol diuretik preparatlarning samarasini pasaytiradi. Xlorfeniramin monoaminoksidaza ingibitorlari, furazolidon bilan birga gipertonik xuruj, qo‘zg‘aluvchanlik, giperpireksiyaga olib kelishi mumkin. Trisiklik antidepressantlar simptomatik ta‘sirni kuchaytiradi, galotan bilan bir vaqtda qo‘llash yurak qorinchalari aritmiyasining rivojlanishi xavfini oshiradi. Guanitidinning gipotenziv ta‘sirini pasaytiradi, u esa o‘z navbatida alfa-adrenostimulyasiyalovchi faolligini kuchaytiradi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Preparatni parasetamol saqlovchi boshqa preparatlar bilan birga qabul qilish mumkin emas. Preparat bilan davolash davrida jigar, buyrak faoliyatini va periferik qon manzarasini nazorat qilish kerak. Preparatni qo‘llash vaqtida preparatning gepatotoksik ta‘sirini kuchayishi mumkinligi tufayli, alkogolni iste‘mol qilish mumkin emas.
Gripgo® tabletkalarini quyidagi kasalliklarda faqat shifokor nazorati ostida qo‘llash lozim:
- Prostata bezini kattalashishi
- Vazopastik buzilishlar (masalan, Reyno Fenomeni)
- Yurak qon-tomir kasalliklari
- Ushbu preparat varfarin va boshqa simptomatik vositalarni (dimlanishga qarshi, ishtahani pasaytiruvchi vositalar va amfetamin kabi psixostimulyatorlar) qabul qilayotgan pasientlar qo‘llashi mumkin emas.
- Agar yuqorida ko‘rsatilgan sharoitlarda preparat qabul qilinsa, kofeinni (kofe, choy va boshqa) xaddan ziyod qabul qilishdan saqlanish lozim, shuningdek parasetamol saqlovchi preparatlarni bekor qilish kerak. Ko‘rsatilgan dozadan oshirilmasin.
Preparatni nojo‘ya ta‘sirlari belgilari yoki dozani oshirib yuborish hollari paydo bo‘lganda shifokor bilan maslahatlashing.
Homiladorlik va laktasiya
Fenilfrin gidroxloridi, xlorfeniramin maleati va kofenin saqlaganligi tufayli, ushbu preparatni homiladorlik vaqtida qo‘llash tavsiya etilmaydi (bolani kam vazn bilan tug‘ilishi, homilani o‘z-o‘zidan tushishi, yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda tirishish xavfi oshadi).
Preparatni shifokor ruhsat bergan zarur holatlardan tashqari, emizish vaqtida qo‘llanilmasin.
(kofein gemato-yo‘ldosh to‘sig‘idan o‘tib va ko‘krak sutiga chiqarilib, bir yoshgacha bo‘lgan bolalarda so‘rilmaydi, organizmda to‘planib jizzakilik va bezovtalikni chaqirib nerv tizimi faoliyatini buzadi).
Avtotransport va boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri.
Bosh aylanish holatlari bo‘lishi haqida pasientlarni ogohlantirish lozim, natijada – avtotransportni va boshqa mexanizmlarni boshqarishga ruhsat etilmaydi.
Xlorfeniramin maleati uyquchanlik, bosh aylanishi, ko‘rishni xiralashuvi va psixomotor yomonlashuvni chaqirishi mumkin, bu avtotransportni va boshqa mexanizmlarni boshqarishda pasientlar uchun jiddiy to‘siqlarga olib keladi.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari: allergik reaksiyalar, bosh og‘rig‘i, psixomotor qo‘zg‘alishlar, bosh
aylanishi, ko‘ngil aynishi, qusish.
Davolash: me‘dani yuvish, simptomatik davolash.
Chiqarilish shakli: 4 tabletka blister qog‘oz konvertlarga joylanadi. 50 qog‘oz konvertlar qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutiga joylanadi.
10 tabletka blisterda, 1 blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutiga joylanadi.
10 tabletka blisterda, 10 blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutiga joylanadi.
Saqlash sharoiti
250S dan yuqori bo‘lmagan haroratda, quruq, salqin, yorug‘likdan himoyalangan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Reseptsiz.
Болалар: 12 ёшгача бўлган болаларни даволашда доза шифокор томонидан белгиланади.
Клиник тадқиқотлар маълумотлари чекланган сонли бўлганлиги туфайли ушбу ножўя реакцияларнинг такрорланиш тезлиги номаълум (мавжуд маълумотлар асосида баҳоланиши мумкин эмас), бироқ постмаркетинг тажрибаси парацетамол учун ножўя реакциялар кам ҳолларда учрашини, жиддий ножўя реакциялар эса жуда кам ҳолларда учрашини кўрсатади.
Тизим-аъзо синфи |
Ножўя реакциялар |
Қон ва лимфатик тизим томонидан бузилишлар |
Тромбоцитопения, агранулоцитоз. (Ушбу ножўя таъсирлар муқаррар равишда парацетамол қабул қилиниши билан боғлиқ бўлмаган) |
Иммун тизим томонидан бузилишлар |
Анафилактик реакция. Тошма, агио-шишиш, Стивенс-Джонсон синдроми, токсикли эпидермал некроз каби ўта юқори сезувчанлик реакциялари. |
Нафас олиш тизими, кўкрак қафаси ва кўкс оралиғи аъзолари томонидан бузилишлар |
Бронхоспазм (парацетамол билан боғлиқ бронхоспазм ҳолатлари қайд этилган, бу ацетилсалицил кислотасига ва бошқа ностероидли яллиғланишга қарши препаратларга сезувчан астма бўлган пациентларда кўпроқ кузатилган). |
Жигар ва ўт чиқариш йўллари томонидан бузилишлар |
Жигар касалликлари. |
Постмаркетинг даврида кофеиндан фойдаланилганда аниқланган ножўя реакциялар қуйида келтирилган. Ушбу реакцияларнинг такрорланиш тезлиги номаълум.
Нерв тизими бузилиши – асабийлашиш ва безовталик, аччиғланиш, хавотирланиш ва асаб қўзғалувчанлиги, бош айланиши.
Қуйидаги ножўя таъсирлар фенилэфрин билан клиник тадқиқотларда кузатилган бўлиб, тегишли равишда, энг кенг тарқалган ножўя реакциялар ҳисобланади.
Тизим-аъзо синфи |
Ножўя реакциялар |
Психиатрик бузилишлар |
Асабийлашиш. |
Нерв тизими томонидан бузилишлар |
Бош оғриши, бош айланиши, уйқусизлик. |
Юрак томонидан бузилишлар |
Артериал босим ошиши. |
Меъда-ичак томонидан бузилишлар |
Кўнгил айниши, қайт қилиш. |
Маҳсулот рўйхатдан ўтказилгандан сўнг маълум қилинган ножўя реакциялар қуйида келтирилган. Ушбу ножўя таъсирларнинг такрорланиш тезлиги номаълум.
Тизим-аъзо синфи |
Ножўя реакциялар |
Кўриш аъзоси томонидан бузилишлар |
Мидриаз, ўткир даражали берк бурчакли глаукома (кўпроқ қорамтир берк бурчакли глаукома бўлган пациентларда учрайди). |
Юрак томонидан бузилишлар |
Тахикардия, тез-тез юрак уриши. |
Тери ва тери ости бириктирувчи тўқималар томонидан бузилишлар |
Аллергик реакциялар (тошма, эшакеми, аллергик дерматит каби). |
Буйраклар ва сийдик йўллари томонидан бузилишлар |
Дизурия, сийдик ушланиб қолиши (кўпроқ қовуқ обструкцияси бўлган пациентларда, масалан, простата бези гипертрофиясида учрайди). |
Хлорфенирамин малеатнинг энг кенг тарқалган ножўя реакциялари қуйидагилардан иборат:
Тизим-аъзо синфи |
Ножўя реакциялар |
Иммун тизим томонидан бузилишлар |
Тошма, эшакеми, дерматит. Тери ва тери ости бириктирувчи тўқималар томонидан бузилишлар. |
Нерв тизими томонидан бузилишлар |
Седатив ҳолат, бош оғриши, кўриш майдони хиралашиши, концентрация йўқлиги, толиқувчанлик. |
Юрак томонидан бузилишлар |
Тахикардия, юрак ўйноғи, аритмия, гипотензия, кўкрак қисилиши ҳисси, бош айланиши. |
Меъда-ичак томонидан бузилишлар |
Кўнгил айниши, қайт қилиш, диарея. |
Буйраклар ва сийдик йўллари томонидан бузилишлар |
Сийдик ушланиб қолиши. |
Парацетамол, кофеин, фенилэфрин ва хлорфенирамин малеатни қуйидаги препаратлар билан комбинацияда қабул қилишдан олдин шифокор билан маслаҳатлашиш керак:
– моноаминоксидаза ингибиторлари (шу жумладан моклобемид) – фенилэфрин каби симпатомиметик аминлар моноаминоксидаза ингибиторлари билан комбинацияда қабул қилинганда гипертензия;
– симпатомиметик аминлар – фенилэфриннинг бошқа симпатомиметик аминлар билан бир вақтда қабул қилиниши юрак-қон томир ножўя реакциялари пайдо бўлиш хавфини ошириши мумкин;
– бета-блокаторлар ва бошқа гипотензив препаратлар (шу жумладан дебрисохин, гуанетидин, резерпин, метилдопа) – фенилэфрин бета-блокаторлар ва гипотензив препаратлар самарадорлигини пасайтириши, гипертония хавфини ва бошқа юрак-қон томир ножўя таъсирларини ошириши мумкин;
– трициклик антидепрессантлар (масалан, амитриптилин) фенилэфрин билан бир вақтда буюрилганида юрак-қон томир ножўя реакциялари хавфини ошириши мумкин;
– дигоксин ва юрак гликозидлари – фенилэфриннинг дигоксин ёки юрак гликозидлари билан бир вақтда қабул қилиниши аритмия ва миокард инфаркти пайдо бўлиш хавфини ошириши мумкин;
– споринлар алкалоидлари (эрготамин ва метизергид) – эрготизмнинг юқори хавфи;
– варфарин ва бошқа кумаринлар – парацетамол ҳар куни, мунтазам равишда ва узоқ муддат бир вақтда қўлланилганида варфарин ва бошқа кумаринларнинг антикоагулянт таъсири кучайиши мумкин, мунтазам қабул қилмаслик сезиларли самара бермайди;
– уйқу дорилари ёки анксиолитиклар – седатив таъсирни кучайтиради;
– фенитоин – фенитоин метаболизми сусайиши ва токсиклик хавфи ошиши мумкин.
Болалар ололмайдиган жойда сақлансин.
Яроқлилик муддати
4 йил.
Препаратни яроқлилик муддати ўтгач қўлланилмасин.
10 г ёки ундан кўпроқ парацетамол қабул қилган катта ёшдаги пациентларда жигар шикастланиши мумкин. 5 г ёки ундан кўпроқ парацетамол қабул қилиниши хавф омиллари (карбамазепин, фенобарбитал, фенитоин, примидон, рифампицин, қизилпойча ёки жигар ферментларини фаоллаштирувчи бошқа препаратлар билан узоқ вақт даволаниш, ортиқча қўлланилиши, гликол қўлланилиши, глутатион танқислик, масалан, овқат ҳазм бўлиш бузилишлари, муковисцидоз, ОИВ-инфекцияси, очлик, кахексия) бўлган пациентларда жигар шикастланишига олиб келиши мумкин.
Даволаш муҳим функцияларни қўллаб-қувватлаш орқали симптоматик амалга оширилади. Доза ошириб юборилгандан сўнг 1 соат давомида фаоллаштирилган кўмир буюрилиши тавсия этилади.
Chiqarish shakllari