Ideosning aptekalardagi narxlari
IDEOS chaynash tabletkalari 500mg N30
|
|
79 ta dorixonada bor
|
35 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
56 000 so'mdan
+ yetkazish
Buyurtma berish
|
30 000 so'mdan
Bron qilish
|
Yetkazib berish xizmati haqida ma'lumot:
Yetkazib berish xizmatlarini taklif qiluvchi dorixonalar katalogda "yetkazib berish" belgisi bilan ajratilgan.
Shu tarzda belgilangan dorixona bilan telefon orqali aloqaga chiqing va buyurtmaning narxi va yetkazib berish muddatini aniqlashtirib oling.
Odatda, dorixona buyurtmani 1 soat ichida yuboradi.
Ideos ko'rsatmalar
- Preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlik;
- Giperkalsiemiya (qonda kalsiy konsentratsiyasini oshishi);
- Giperkalsiuriya (siydik bilan kalsiyni ko’p ajralishi) va giperkalsiemiya yoki giperkalsiuriyaga olib keluvchi kasalliklar (masalan, mielom kasalligi, suyakdagi metastazlar, birlamchi giperparatireoz);
- Siydik-tosh kasalligi (kalsiy toshlarini hosil bo’lishi);
- Uzoq vaqt immobilizatsiya bilan bog’liq osteoporoz.
- D gipervitaminozi
- Buyrak yetishmovchiligi.
Sarkaidozda preparatni qabul qilishda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.
Keksa yoshli odamlarda kalsiyga bo’lgan ehtiyoj sutkada 1,5 g ni, D3 vitaminiga bo’lgan ehtiyoj 500-1000 XB ni tashkil qiladi.
Sarkoidoz, buyrak yetishmovchiligi yoki anamnezida qandni o’zlashtiraolmaslikda Ideos preparatini qo’llashdan oldin shifokorga murojaat qiling.
Dozani oshirib yuborilishidan saqlanish uchun boshqa manbalardan D3 vitaminini qo’shimcha tushishini e’tiborga olish kerak. Shovul kislotasi (shovul, ismaloq) fosfatlar (kolbasa mahsulotlari, sosiskalar, eritilganpishloq) va fitin kislotasini (yormasi) saqlovchi oziq-ovqat mahsulotlari kalsiyni so’rilishini kamaytiradi, shuning uchun yuqoridagi sanab o’tilgan mahsulotlarni qabul qilingandan keyin 2 soat davomida Ideosni qabul qilish mumkin emas.
Transport vositalarini boshqarish qobiliyatiga ta’siri
Transport vositalari va boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga preparatning salbiy ta’siri haqida ma’lumotlar yo’q.
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o’tgach qo’llanilmasin.
Davolashni boshlashdan oldin shifokor bilan maslahatlashing. O’rtacha sutkalik doza, agar shifokorning boshqa ko’rsatmalari bo’lmasa, 2 tabletkani tashkil qiladi (1 tabletkadan ertalab va kechqurun). Tabletkalarni shimish yoki chaynash kerak.
Davolash kursining davolmiyligini kasallikni kechishiga qarab, shifokor belgilaydi.
Ba’zan (100 odamdan 1 tasida kuzatiladi):
— Qon yoki siydikda kaltsiyning yuqori darajasi
Kam hollarda (1000 odamdan 1 tasida kuzatiladi):
— qabziyat yoki ich ketishi, qorinni dam bo’lishi, qorin og’rig’i, xolsizlik (ko’ngil aynishi)
— qichishish, teri toshmalari, eshakemi.
Noma’lum (mavjud ma’lumotlarga ko’ra, davriylikni baholash mumkin emas):
— Qonda yuqori kaltsiy kontsentratsiyasi (giperkalsiemiya), yuqori qon pH (alkaloz) va buyrak etishmovchiligi bilan bog’liq bo’lgan sut-ishqoriy sindromi, preparatning katta dozalarini qabul qilishda paydo bo’lishi mumkin (qarang:» maxsus ko’rsatmalar va ehtiyot choralari «va «IDEOS preparat miqdorini tavsiya etilganidan ko’ra ko’proq qabul qilganda»)
— Jiddiy allergik reaktsiyalar (yuqori sezuvchanlik), masalan, nafas olish qiyinlashishiga olib kelishi mumkin bo’lgan yuz, lablar, til yoki tomoqning shishishi (angionevrotik yoki laringeal shish)
Nojo’ya ta`sirlari xaqida xabarlar
Nojo’ya ta’sirlar paydo bo’lganda, shifokor yoki farmatsevt bilan maslahatlashing.
Bu ushbu yo’riqnomada ko’rsatilmagan har qanday nojo’ya samaralarga nisbatan qo’llaniladi
Nojo’ya ta’sirlar haqida to’g’ridan-to’g’ri mamlakatdagi Farmakonadzor bo’yicha milliy tizim orqali xabar berish mumkin. Nojo’ya ta’sirlar haqidagi xabarlar ushbu preparatning xavfsizligi haqida ko’proq ma’lumot beradi.
Dozani oshirib yuborilishidan saqlanish uchun boshqa manbalardan D3 vitaminini qo’shimcha tushishini e’tiborga olish kerak. Kalsiy va D3 vitaminini saqlovchi boshqa vitamin majmualari bilan bir vaqtda qo’llash mumkin emas. Fenitoin, barbituratlar, glyukortikosteroidlar D3 vitaminining ta’sirini kamaytiradi. Glyukokortikoidlar kalsiy so’rilishini kamaytiradi.
Xolestiramin, orlistat, surgi vositalari (parafin moyi) D3 vitaminining so’rilishi kamaytiradi. Ideos bifosfonatlar, natriy ftoridining so’rilishini kamaytiradi, shuning uchun ushbu preparatlarni qabul qilish orasidagi interval kamida 2 soat bo’lishi kerak.
Ideos tetratsiklin guruhi antibiotiklarining so’rilishini kamaytiradi, shuning uchun ushbu preparatlarni qabul qilish orasidagi interval kamida 3 soat bo’lishi kerak.
Ideos preparati bilan bir vaqtda qabul qilinganda yurak glikozidlarining toksikligi ortadi. EKG va klinik holatni muntazam nazorat qilish kerak. Estramustin, tireoid gormonlar, stronsiy, temir tuzlari, rux saqlovchi preparatlar – preparatning biokiraolishliligini 60-70% ga kamayishi xavfi tufayli, Ideos preparati bilan qabul qilish orasidagi interval 2 soat bo’lishi tavsiya qilinadi. Ideos preparatini tiazid diuretiklar bilan qabul qilishda giperkalsiemiya rivojlanishi xavfi ortadi.
Furosemid va boshqa “halqali” diuretiklar kalsiyni buyraklar orqali chiqarilishini oshiradi.
Soyaga yuqori sezuvchanlik, sorbitol va saxarozani o’zlashtiraolmaslikda preparatni qabul qilishda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak. Agar Sizda qandni o’zlashtiraolmaslik yoki soya yoki yeryong’oqqa allergiya bo’lsa, Ideos preparatini qo’llash mumkinligi haqida shifokor bilan maslahatlashish uchun murojaat qiling.
1 tabletka quyidagilarni saqlaydi:
faol moddalar: kalsiy karbonati 1250 mg, bu 500 mg elementar kaltsiyga mos keladi, kolekaltsiferol (D3 vitamini) 400 XB (10 mkg)
yordamchi moddalar: ksilitol, povidon, magniy stearati, limon aromatizatori, sorbitol.
D3 vitaminining tarkibi: alfa-tokoferol, qisman gidrogenlangan soya moyi, jelatin, saxaroza, makkajo’xori kraxmali.
Limon aromatizatori tarkibi: limon va apelsin efir moylari, liteya cubeda, maltodekstrin, akatsiya kamedi, natriy tsitrati.
Chiqarilish shakli
10 yoki 15 tabletkadan tubada.
2, 4, 5, 6, 10, 12 tuba tibbiyotda qo’llanilishiga doir yo’riqnomasi bilan birga qutida.
Ushbu yordamchi moddalarga yuqori sezuvchanligi bo’lgan va o’zlashtiraolmaydigan patsientlarga e’tibor berish kerak -“Maxsus ko’rsatmalar” bo’limiga qarang
D3 vitamini ichakda kalsiy so’rilishini oshiradi. Kalsiy va D3 vitaminini qo’llash yuqori suyak rezorbsiyasini (suyakdan kalsiyni yuvib chiqarilishi) rag’batlantiruvchisi hisoblangan paratireoid gormonini (PTG) ishlab chiqarilishini oshishiga to’sqinlik qiladi.
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansimn
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Preparatni yaroqlilik muddati o’tgach qo’llanilmasin.
Ortiqcha dozalarni uzoq muddat qo’llanganda, qon tomirlari va to’qimalarning kalsinozi bo’lishi mumkin. Davolash: organizmga ko’p miqdordagi suyuqlikni yuborish, halqali diuretiklarni (masalan, Furosemid), glyukokortikosteroidlar, kalsitonin, bifosfonatlarni qo’llash.
Dozani oshirib yuborilishi belgilari aniqlangan hollarda, yordam uchun shifokorga murojaat qiling. Dozani oshirib yuborilishining klinik simptomlari rivojlangan hollarda qonda kalsiy va kreatinin miqdorini aniqlash kerak. Qon zardobida kalsiy va kreatinin miqdori oshgan hollarda davolashni to’xtatish va shifokorga murojaat qilish kerak.
Chiqarish shakllari