Apteka.uz
SavatKirish

Kation

Kation chiqarilish shakllari

Kation infuziya uchun eritma 100 ml
Kation infuziya uchun eritma 100 ml
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
TEMUR MED FARM, OOO po zakazu DREAM PHARMA GROUP, OOO
•12 ta dorixonada bor
Narxi
80 600 so'm dan
- Kation qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- Kationning tarkibi
- Kation ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- Kation narxi Toshkent dorixonalarida

Kation haqida qo'llanma

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

 L-lizin essinatiga va/yoki preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik;

 buyraklar faoliyatining og‘ir buzilishlari;

 jigar faoliyatining og‘ir buzilishlari;

 xomiladorlik;

 emizish davri;

Tarkibi

Faol modda: L-lizin essinat 0,01 g; 

Yordamchi moddalar: natriy xlorid, etanol 96%, propilenglikol, in’eksiya uchun suv.

Farmakokinetikasi

O‘rganilmagan.

Farmakologik ta'siri

Preparat yallig‘lanishga qarshi, shishga qarshi va og‘riqni qoldiruvchi ta’sir ko‘rsatadi. Essin lizosomal gidrolazalar faolligini pasaytiradi, bu kalillyarlarning devoridagi va ularning atrofidagi biriktiruvchi to‘qimadagi mukopolisaxaridlarning parchalanishini oldini olib, tomir-to‘qima o‘tkazuvchanligini normallashtiradi va ekssudatsiyaga qarshi (shishga qarshi), yallig‘lanishga qarshi va og‘riqni qoldiruvchi ta’sir ko‘rsatadi. Preparat tomirlarning tonusini oshiradi, o‘rtacha immunitetni muvofiqlashtiruvchi va gipoglikemik samaralar ko‘rsatadi.

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: qizish, taxikardiya, menorragiya, ko‘ngil aynishi, jig‘ildon qaynashi, epigastriy soxasida og‘riq.

Davolash: simptomatik davolash.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

KATION bilan davolanishda boshqa dori vositalarini (yallig‘lanishga qarshi, analgetiklar, mikroblarga qarshi vositalarni) muvofiq ko‘rsatmalar bo‘yicha buyurish mumkin.

KATIONni aminoglikozidlar bilan, ularning nefrotoksikligini oshishi mumkinligi tufayli, bir vaqtda qo‘llash mumkin emas. Preparatni buyurishdan oldin antikoagulyantlar bilan davomli davolash o‘tkazilgan hollarda, yoki preparat va antikoagulyantlarni bir vaqtda buyurishning zarurati bo‘lganida, oxirgisining dozasini to‘g‘rilash (dozani kamaytirish) va protrombin indeksini nazorat qilish lozim.

Sefalosporin qatori antibiotiklari bilan bir vaqtda qo‘llanganida essinning plazma oqsillari bilan bog‘lanishi yomonlashadi, bu essinning nojuya samaralarini rivojlanish havfi bilan birga uning qondagi erkin konsentratsiyasi oshishi mumkin.

Qo‘llash usuli va dozirovkasi

Preparat faqatgina vena ichiga asta-sekin yuboriladi (arteriya ichiga yuborishga yo‘l qo‘yilmaydi!). Vena ichiga tomchilab yuborish tavsiya etiladi. 

Bemorning hayotiga havf tug‘diruvchi holatlarda (o‘tkir bosh-miya jaroxati, operatsiya vaqtidagi va undan keyingi bosh miya va orqa miyaning shish-bo‘kish ko‘rinishlari bo‘lgan shishi, yumshoq to‘qimalar va tayanch-harakat apparatining katta jarohatlari oqibatidagi katta o‘lchamli shishlar) sutkalik doza ikki marta yuborishga bo‘linib, 200 ml gacha oshiriladi. Kattalar uchun maksimal sutkalik doza - 250 ml. Bolalarda bir martalik doza:  1-5 yosh - 1 kg tana vazniga 0,22 mg L-lizin essinati; 5-10 yosh - 0,18 mg/kg; 10 yosh va undan kattalarda - 1kg tana vazniga 0,15 mg ni tashkil qiladi. Preparat sutkada 2 marta yuboriladi.

Davolash kursining davomiyligi bemorning holati va davolashning samaradorligiga qarab, 2 kundan 8 kungacha davom ettiriladi.

Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Kation preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing
Manbalar ro‘yxati:

Kation haqida savollar

Kation haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil