Lessinat
Lessinat chiqarilish shakllari
Lessinat haqida qo'llanma
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
- preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik; - buyrak funktsiyasining og'ir buzilishlari; - jigar funktsiyasining og'ir buzilishlari; - beqaror gemodinamika bilan kechadigan faol qon ketishi; - 1 yoshgacha bo'lgan bolalar; - homiladorlik; - laktatsiya davrida qo'llash mumkin emas. Ehtiyotkorlik bilan: alkogolizmda, jigar kasalliklari bo'lgan bemorlarda, tutqanog'i bo'lgan patsientlarda, 1 yoshdan oshgan bolalarda.
Tarkibi
faol moddalar: L-lizin gidroxloridi – 0,12 mg; natriy estsinati – 0,88 mg; yordamchi moddalar: 96% etanol; propilenglikol'; in'ektsiya uchun suv 1 ml gacha.
Farmakodinamikasi
Preparat lizosomal gidrolazlar faolligini pasaytiradi, bu kapillyarlarni va ularni o'rab turgan biriktiruvchi to'qimalarni devorlarida mukopolisaxaridlarni parchalanishi oldini oladi va shu tarzda yuqori qon-tomir to'qimalarini o'tkazuvchanligini nomallashtiradi va antiekssudativ (shishga qarshi) va og'riqsizlantiruvchi ta'sir ko'rsatadi. Dori vositasi tomirlar tonusini oshiradi, o'rtacha immun tuzatuvchi va gipoglikemik ta'sir ko'rsatadi.
Farmakokinetikasi
Estsinning plazma oqsillari bilan bog'lanishi 84 % tashkil qiladi. 5 mg estsinning vena ichiga yuborganda yarim chiqarilish shakli 1,74 soatni tashkil qiladi. Estsinni vena ichiga yuborgandi organizmdan siydik (33%) va safro (66% dan ko'p) bilan ajraladi.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari: isitma, taxikardiya, menorragiya, ko'ngil aynishi, jig'ildon qaynashi, epigastriyada og'riq. Davolash: simptomatik davolash.
Maxsus ko‘rsatmalari
Gepatoxoletsistiti bo'lgan ayrim bemorlarda dori vositasini buyurilganda transaminazlarni faolligini va bilirubinni (bevosita fraktsiyasi) qisqa muddatli oshishi mumkin, bu bemorlar uchun xavf tug'dirmaydi va dori vositasini bekor qilinishini talab etmaydi. Avtotransportni haydash va boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri Preparatni qo'llanishi transport vositalarini va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'sir qilmaydi, biroq preparatni qo'llanishi ko'rsatilgan jarohatni og'irligi sababli ushbu omil, odatda, ahamiyatga ega emas.
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Preparat bilan davolashda muvofiq ko'rsatmalarda boshqa dori vositalarini (yallig'lanishga qarshi, analgetik, mikrobga qarshi dori vositalarini) buyurish mumkin. Preparat aminoglikozidlar bilan ularni nefrotoksikligini oshirish ehtimoli tufayli bir vaqtda qo'llash mumkin emas. Yaqinda preparatni oldin buyurilgan, antikoagulyantlar bilan uzoq vaqt davolash xolatlari yoki uni va antikoagulyantlarni bir vaqtda buyurish zarur bo'lganda protrombin indeksini nazorati ostida oxirgisining dozalariga tuzatish kiritish kerak. Tsefalosporin qatori antibiotiklari bilan bir vaqtda qo'llanganda estsinning plazma oqsillari bilan bog'lanishi qiyinlashadi, bu qonda oxirgisini nojo'ya samaralarini rivojlanish xavfi bilan bo'lgan erkin estsin kontsentratsiyasini oshirishi mumkin. Preparatni tarkibiga 96% etil spirti kiradi. Spirtni boshqa dori preparatlari bilan o'zaro ta'sirlashuvi mumkinligini hisobga olish kerak.
Qo‘llash usuli va dozirovkasi
Preparatni qa'tiy vena ichiga (v/i), asta-sekin, tomchilab, patsient ahvoli nazorati ostida yuboriladi. Arteriya ichiga yuborish taqiqlangan! Infuzion eritmasini tayyorlash uchun preparatning 1-2 (5 ml yoki 10 ml) ampulasini 50-100 ml 0,9% natriy xloridi eritmasi bilan aralashtiriladi. Tavsiya etiladigan sutkalik dozalari: Kattalar uchun: preparatni tavsiya etiladigan sutkalik dozasi 5-10 ml ni tashkil etadi. Preparat oldindan eritmasdan qo'llash mumkin emas! Bemorni hayotiga xavf soluvchi holatlarda (o'tkir bosh-miya jarohati, shishib-bo'rtish alomatlari bilan bo'lgan bosh va orqa miyaning intra- va operatsiyadan keyingi shishlari, yumshoq to'qimalari va tayanch-harakat apparatini katta jarohatlanishi oqibatidagi katta o'lchamli shishlar) sutkalik dozani 2 yuborishga bo'lib 20 ml gacha oshiriladi, davolash kursi 8 sutkagachani tashkil etadi. BMQSB va vegeto-qon tomir distoniyasida likvor-venoz buzilishlarida va sutkada 10 ml dan, davolash kursi 10 sutkani tashkil etadi. Davolash kursining optimal tavsiya etiladigan davomiyligi dori vositasi har kuni yuboriladigan 5-10 kunni tashkil etadi. Kattalar uchun maksimal sutkalik doza – 25 ml. Bolalar. Preparat 1 yoshgacha bolalarga qo'llanilmaydi. Bolalarda bir martalik doza quyidagilarni tashkil etadi: 1-5 yoshda – 1 kg tana vazniga 0,22 mg preparat; 5-10 yoshda – 0,18 mg/kg ni; 10 yoshli va undan katta yoshdagilarda – tana vazniga kg 0,15 mg. Preparatni sutkada 2 marta yuboriladi. Davolash kursining davomiyligi – bemor ahvoliga va davolashni samaradorligiga ko'ra 2 kundan 8 kungacha.
- 1. Dori vositalari va tibbiy buyumlar Davlat reestri (O‘zbekiston Respublikasi)
- 2. Ishlab chiqaruvchining rasmiy yo‘riqnomasi
- 3. Anatomik-terapevtik-kimyoviy tasnif (ATX)














