Apteka.uz
SavatKirish

Kation infuziya uchun eritma 100 ml

Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:O'zbekiston
Kategoriya:Yurak-qon tomir
Faol modda:L-lizina essinat
Ishlab chiqaruvchi:TEMUR MED FARM, OOO po zakazu DREAM PHARMA GROUP, OOO
ATX kodi:С05СХ
Barcha Kation dorilari
12 ta dorixonada bor
Narxi 80 600 so'm dan
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 0 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

Kation infuziya uchun eritma 100 ml haqida qo'llanma

Tarkibi

Faol modda: L-lizin essinat 0,01 g; 

Yordamchi moddalar: natriy xlorid, etanol 96%, propilenglikol, in’eksiya uchun suv.

Farmakokinetikasi

O‘rganilmagan.

Farmakologik guruhlari

Angioprotektor. Kapillyarlarni barqarorlovchi vosita

Farmakologik ta'siri

Preparat yallig‘lanishga qarshi, shishga qarshi va og‘riqni qoldiruvchi ta’sir ko‘rsatadi. Essin lizosomal gidrolazalar faolligini pasaytiradi, bu kalillyarlarning devoridagi va ularning atrofidagi biriktiruvchi to‘qimadagi mukopolisaxaridlarning parchalanishini oldini olib, tomir-to‘qima o‘tkazuvchanligini normallashtiradi va ekssudatsiyaga qarshi (shishga qarshi), yallig‘lanishga qarshi va og‘riqni qoldiruvchi ta’sir ko‘rsatadi. Preparat tomirlarning tonusini oshiradi, o‘rtacha immunitetni muvofiqlashtiruvchi va gipoglikemik samaralar ko‘rsatadi.

Nojo'ya samaralari

Essinga shaxsiy yuqori sezuvchanlikda ayrim bemorlarda quyidagilar bo‘lishi mumkin:

allergik reaksiyalar: teri toshmasi (papullyoz, petexial, eritematozli), qichishish, yuz terisini qizarishi, isitma, eshakemi, alohida hollarda - Kvinke shishi, anafilaktik shok; 

markaziy va periferik nerv tizimi tomonidan: bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, tremor, paresteziyalar, alohida hollarda - chayqalib yurish, muvozanatni buzilishi, qisqa muddatli hushni yo‘qotish; 

jigar va biliar tizimi tomonidan: transaminazalar va bilirubinning darajasini oshishi;

me’da-ichak yo‘llari tomonidan: ko‘ngil aynishi, alohida hollarda qusish, diareya, qorin og‘rig‘i;

yurak-tomir tizimi tomonidan: arterial gipotenziya, arterial gipertenziya, taxikardiya, to‘sh orqasida og‘riq; 

nafas a’zolari tomonidan: alohida hollarda - havo yetishmovchiligi hissi, xansirash, bronxoobstruksiya, quruq yo‘tal; 

mahalliy reaksiyalar: yuborishda vena yo‘llari bo‘ylab achishish hissi, flebit, yuborish joyida og‘riq va shish; 

boshqalar: umumiy xolsizlik, qaltirash, qizish hissi, belda og‘riq, terlash.

Qo'llanilishi

Travmadan keyingi, operatsiya vaqtidagi va undan keyingi turli maxalliy shishlar: bosh va orqa miyani og‘ir shishlari, shu jumladan bosh miya ichki qon quyilishlari, bosh miya ichki bosimini oshishi va shish-bo‘kish ko‘rinishlari; miya qon aylanishining surunkali likvor-venoz buzilishlar va vegeto-tomir distoniyasi; qon bilan ta’minlanishini lokal buzilishlari va og‘riq sindromi bilan kechuvchi tayanch-harakat apparatini jalb qilinishi bilan yumshoq to‘qimalarning shishlari; umurtqa pog‘onasi, tana, oyoq-qo‘llarning shishli-og‘riqli sindromlari, shishli - yallig‘lanish sindromi bilan birga kechuvchi o‘tkir tromboflebitdagi oyoqlarning venoz qon aylanishining og‘ip buzilishlari.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

 L-lizin essinatiga va/yoki preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik;

 buyraklar faoliyatining og‘ir buzilishlari;

 jigar faoliyatining og‘ir buzilishlari;

 xomiladorlik;

 emizish davri;

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

KATION bilan davolanishda boshqa dori vositalarini (yallig‘lanishga qarshi, analgetiklar, mikroblarga qarshi vositalarni) muvofiq ko‘rsatmalar bo‘yicha buyurish mumkin.

KATIONni aminoglikozidlar bilan, ularning nefrotoksikligini oshishi mumkinligi tufayli, bir vaqtda qo‘llash mumkin emas. Preparatni buyurishdan oldin antikoagulyantlar bilan davomli davolash o‘tkazilgan hollarda, yoki preparat va antikoagulyantlarni bir vaqtda buyurishning zarurati bo‘lganida, oxirgisining dozasini to‘g‘rilash (dozani kamaytirish) va protrombin indeksini nazorat qilish lozim.

Sefalosporin qatori antibiotiklari bilan bir vaqtda qo‘llanganida essinning plazma oqsillari bilan bog‘lanishi yomonlashadi, bu essinning nojuya samaralarini rivojlanish havfi bilan birga uning qondagi erkin konsentratsiyasi oshishi mumkin.

Ta'rifi

Tiniq, rangsiz eritma.

Dozirovkasi

Preparat faqatgina vena ichiga asta-sekin yuboriladi (arteriya ichiga yuborishga yo‘l qo‘yilmaydi!). Vena ichiga tomchilab yuborish tavsiya etiladi. 

Bemorning hayotiga havf tug‘diruvchi holatlarda (o‘tkir bosh-miya jaroxati, operatsiya vaqtidagi va undan keyingi bosh miya va orqa miyaning shish-bo‘kish ko‘rinishlari bo‘lgan shishi, yumshoq to‘qimalar va tayanch-harakat apparatining katta jarohatlari oqibatidagi katta o‘lchamli shishlar) sutkalik doza ikki marta yuborishga bo‘linib, 200 ml gacha oshiriladi. Kattalar uchun maksimal sutkalik doza - 250 ml. Bolalarda bir martalik doza:  1-5 yosh - 1 kg tana vazniga 0,22 mg L-lizin essinati; 5-10 yosh - 0,18 mg/kg; 10 yosh va undan kattalarda - 1kg tana vazniga 0,15 mg ni tashkil qiladi. Preparat sutkada 2 marta yuboriladi.

Davolash kursining davomiyligi bemorning holati va davolashning samaradorligiga qarab, 2 kundan 8 kungacha davom ettiriladi.

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: qizish, taxikardiya, menorragiya, ko‘ngil aynishi, jig‘ildon qaynashi, epigastriy soxasida og‘riq.

Davolash: simptomatik davolash.

Ehtiyot choralari

Gepatoxoletsistiti bo‘lgan ayrim bemorlarda preparat buyurilganida, transaminazalar va bilirubinning (to‘g‘ridan to‘g‘ri fraksiyalari) faolligini qisqa muddatli oshishi kuzatilishi mumkin, bu bemorlar uchun xavf tug‘dirmaydi va preparatni bekor qilinishini talab qilmaydi.

Xomiladorlik va emizish davrida qo‘llanilishi.

Preparatni xomiladorlik va emizish davrida qo‘llash mumkin emas (davolash vaqtida emizishni to‘xtatish kerak).

Avtotransportni boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlashda reaksiya tezligiga ta’sir qilish qobiliyati.

Hozirgi vaqtda ma’lumotlar yo‘q, biroq preparatni qo‘llashda nerv tizimi tomonidan taxmin qilingan nojuya reaksiyalari rivojlanishi mumkinligini hisobga olish lozim.

Bolalar. Preparat 1 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llanilmaydi. 

Preparatni bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Kation infuziya uchun eritma 100 ml preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing

Kation infuziya uchun eritma 100 ml o'xshash dorilari

AMLOMAKS tabletkalari 5mg N30
AMLOMAKS tabletkalari 5mg N30
Polsha
Ishlab chiqaruvchi:
Adamed Pharma S.A. Pieńków, ul. Mariana Adamkiewicza 6A, 05-152 Czosnów, Polsha/Polsha
Narxi
13 000 so'm dan
FLEBODIA 600 0,6 tabletkalari N18
FLEBODIA 600 0,6 tabletkalari N18
Frantsiya
Ishlab chiqaruvchi:
Innotera Shuzi
•74 ta dorixonada bor
Narxi
108 000 so'm dan
KASARK tabletkalari 16mg N30
Retseptli
KASARK tabletkalari 16mg N30
Ukraina
Vakil:
Arterium
Ishlab chiqaruvchi:
Kievmedpreparat, PAO
Narxi
60 000 so'm dan
FLEBODIA 600 tabletkalari 600mg N60
Retseptsiz
FLEBODIA 600 tabletkalari 600mg N60
Frantsiya
Ishlab chiqaruvchi:
Innothera Chouzy
•112 ta dorixonada bor
Narxi
348 000 so'm dan
Analoglar Kation infuziya uchun eritma 100 ml
Analoglari yo'q

Kation infuziya uchun eritma 100 ml narxlari va Toshkentdagi dorixonalardagi mavjudligi

Marjon Farm Trade №2
Mirzo Ulug'bek tumani, Mirzo Ulug'bek ko'ch., 109 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-23:00
90 000 so'm
A1
Uchtepa tumani, Chilonzor 12 daha, 18 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 09:00-18:00
91 500 so'm
Ok Pharm №4
Yunusobod tumani, 17 daha, 7a uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-00:00
95 000 so'm
Top-Pharm №16
Mirzo Ulug'bek tumani, Sayram ko'ch., 35 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-23:00
105 900 so'm

Kation infuziya uchun eritma 100 ml haqida savollar

Kation infuziya uchun eritma 100 ml haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil