LEVODEKSning aptekalardagi narxlari
LEVODEKS tabletkalari 500mg N6
|
|
32 ta dorixonada bor
|
29 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
Yetkazib berish xizmati haqida ma'lumot:
Yetkazib berish xizmatlarini taklif qiluvchi dorixonalar katalogda "yetkazib berish" belgisi bilan ajratilgan.
Shu tarzda belgilangan dorixona bilan telefon orqali aloqaga chiqing va buyurtmaning narxi va yetkazib berish muddatini aniqlashtirib oling.
Odatda, dorixona buyurtmani 1 soat ichida yuboradi.
LEVODEKS ko'rsatmalar
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
LEVODEKS
LEVODEX
Preparatning savdo nomi: Levodeks
Ta‘sir etuvchi modda (XPN): levofloksasin (levofloxacin)
Dori shakli: tabletkalar, infuziy uchun eritma
Tarkibi:
1 tabletka quyidagilarni saqlaydi
faol modda: 250,0 mg levofloksasinga ekvivalent, levofloksasin gemigidrat
yordamchi moddalar: makkajo‘xori kraxmali, kalsiy gidrofosfat, mikrokristall sellyuloza, krospovidon (K-30), talk, magniy stearat, natriy kraxmalglikolyat, natriy kroskarmeloza.
100 ml preparat quyidagilarni saqlaydi
faol modda: 0,3 g levofloksasin
yordamchi moddalar: natriy xlorid, natriy gidroksid, in‘eksiya uchun suv.
Ta‘rifi: tabletka: plyonka qobiq bilan qoplangan sariq rangli oval bir tomonida riskali bilan bo‘lgan tabletkalar.
Infuziya uchun eritma: tiniq, sariq rangdan yashil ranggacha bo‘lgan suyuqlik.
Farmakoterapevtik guruhi: antibakterial-sintetik vosita (ftorxinolonlar guruhi)
ATX kodi: J01MA12
Farmakologik xususiyati
Levofloksasin – xinolonlar (ftorxinolon) guruhidan bo‘lgan keng ta‘sir doirasiga ega bakterisid antibiotik. Levofloksasin ofloksasinning chapga aylanuvchi izomeri hisoblanadi. Levofloksasin DNK – giraza (topoizomeraza II) va topoizomeraza IV ni bloklashi natijasida, DNKning superspirilizasiyasini va uzilishlarining tikilishini buzadi, DNK sintezini ingibirlaydi bu esa mikroorganizmlarning sitoplazmasining, xujayra devorida va membranasida chuqur morfologik o‘zgarishlarni chaqiradi. Levofloksasin in vitro va in vivo sharoitida mikroorganizmlarning ko‘pchilik shtammlariga nisbatan faol:
– aerob grammusbat mikroorganizmlar: Sorynebacterium diphtheriae; Enterococcus faecalis; Listeria monocytogenes; Staphylococcus spp. (koagulanegativ, metisillinga sezgir/ metisillinga o‘rtacha sezgir shtammlari), Staphylococcus aureus, epidermidis (metisillinga sezgir shtammlari), Streptococcus pyogenes, agalactiae, pneumoniae (penisillinga sezgir/ penisillinga o‘rtacha sezgir/ penisillinga – chidamli shtammlari), Streptococcus (S, G guruhlari) Viridans group streptococci (penisillinga sezgir va penisillinga chidamli shtammlar) ni ham qo‘shib.
– aerob grammanfiy bakteriyalar: Acinetobacter spp., shu jumladan Acinetobacter anitratus, baumannii, calcoaceticus; Actinobacillus actinomycetemcomitans; Bordetella pertussis; Citrobacter freundii, diversus; Eikenella corrodens; Enterobacter spp., shu jumladan Enterobacter aerogenes, agglomerans, cloacae, sakazakii; Escherichia coli, Gardenella vaginalis, Haemophilus ducreyi, influenzae (ampisillinga sezgir/ ampisillinga – chidamli shtammlari), Haemophilus parainfluenzae, Helicobacter pylory; Klebsiella spp., shu jumladan Klebsiella oxytoca, pneumoniae; Moraxella catarrhalis, Morganella morganii; Neisseria gonorrhoeae (shu jumladan penisillin ishlab chiqaruvchi shtammlari), Neisseria meningitides, Pasteurella spp., shu jumladan Pasteurella canis, dogmatis, multocida; Proteus mirabilis, vulgaris; Providencia spp., shu jumladan Providencia rettgeri, stuartii; Pseudomonas spp., Pseudomonas aeruginosa, fluorescens ni ham qo‘shib; Salmonella spp.; Serratia spp. Serratia marcescens ni ham qo‘shib;
– anaerob mikroorganizmlar: Bacteroides fragilis; Bifidobacterium spp.; Clostridium perfringens; Fusobacterium spp.; Peptostreptococcus.; Propionibacterium spp.; Veillonella spp.;
– boshqa mikroorganizmlar: Bartonella spp.; Chlamydia pneumoniae, psittaci ,trachomatis; Legionella spp., Legionella pneumophila ni ham qo‘shib. Mycobacterium spp., Mycobacterium leprae, tuberculosis ni ham qo‘shib; Mycoplasma pneumoniae; Rickettsia spp.; Ureaplasma urealyticum.
Farmakokinetikasi
Levofloksasin ichga qabul qilinganidan so‘ng tez va amalda to‘liq so‘riladi. Ovqat so‘rilishining tezligi va to‘liqligiga kam ta‘sir qiladi. Og‘iz orqali qabul qilinganidan keyin 500 mg levofloksasinning biokiraolishligi 99% ni tashkil qiladi. 250 mg preprat bir marta qabul qilinganidan so‘ng Smax 2,8±0,4 mkg/ml, Tmax -1,6±1,0 soatni, yarimchiqarilish davri 7,3±0,9 soatni tashkil qiladi. 500 mg levofloksasin qabul qilinganidan so‘ng farmakokinetik xarakteristikasi muvofiq Smax -5,1±0,8 mkg/mlni, Tmax-1,3±0,6 soatni, yarimchiqarilish davri – 6,3 ±0,6 soatni tashkil qiladi.
Sog‘lom ko‘ngillilarga 500 mg doza levofloksasinning 60 minutlik vena ichiga infuziyasidan so‘ng plazmasidagi o‘rtacha cho‘qqi konsentrasiyasi 6,2 mkg/ml tashkil qiladi. 500 mg levofloksasin bir marta vena ichiga yuborilganidan keyin farmakinetik xarakteristikasi muvofiq Smax 6,2±1,0 mkg/mlni, Tmax-1,0±0,1 soatni, yarimchiqarilish davri 6,4±0,7 soatni tashkil qiladi.
Levofloksasinning farmakokinetikasi to‘g‘ri chiziqli xarakterga ega bo‘lib bir marta va ko‘p marta yuborilganda o‘zgarmaydi. Levofloksasinning plazmadagi konsentrasiyasi v/i yuborilganidan keyin tabletka ko‘rinishida qabul qilingandagiga o‘xshash, shuning uchun og‘iz orqali va v/i yuborish yo‘li bir-birining o‘rnini bosishi mumkin. Levofloksasinning o‘rtacha taqsimlanish hajmi 500 mg doza bir marta va ko‘p marta v/i yuborilganidan keyin 89 dan 112 l gachani tashkil qiladi.
Plazma oqsillari bilan bog‘lanishi 30-40% tashkil qiladi. Levofloksasinning o‘rtacha yakuniy yarim chiqarilishi davri bir marta yoki ko‘p martalik dozalardan so‘ng 6 dan 8 soatgachani tashkil qiladi. Levofloksasin a‘zolar va to‘qimalarga yaxshi kiradi: o‘pkalar, bronxlarning shilliq qavati va balg‘am, siydik-jinsiy tizimi a‘zolari, shu jumladan prostata bezi, suyak to‘qimasi, orqa miya suyuqligi, polimorf yadroli leykositlar, alveolyar magrofaglariga yaxshi kiradi.
Levofloksasin asosan o‘zgarmagan holda siydik bilan chiqariladi. Jigarda unchalik katta bo‘lmagan qismi oksidlanadi va/yoki asetil guruhini yo‘qotadi. Og‘iz orqali qabul qilinganidan so‘ng qabul qilingan dozani taxminan 87% siydik bilan o‘zgarmagan holda 48 soat davomida chiqariladi. 4% dan kamrog‘i axlatda 72 soat mobaynida aniqlangan.
Qo‘llanilishi
Levofloksasinga sezgir bakteriyalar bilan infeksiyalanish natijastda rivojlangan infeksion- yallig‘lanish kasalliklari:
- qorin bo‘shlig‘i a‘zolarining infeksiyalari;
- surunkali bronxitning zo‘rayishi;
- kasalxonadan tashqari pnevmoniyalar;
- prostata bezining yallig‘lanishi;
- o‘tkir sinusit;
- siydik -chiqarish yo‘llarining asoratsiz infeksiyalari;
- bakteriemiya/septisemiya (qo‘llanishdagi ta‘rifida keltirilganlar bilan assosiyalangan);
- siydik chiqarish yo‘llarining asoratlangan infeksiyalari (shu jumladan pielonefrit ham);
- yumshoq to‘qimalar va teri qoplamalariinng infeksion kasalliklari.
Qo‘llash usuli va dozalari
Levofloksasin tabletkalari ovqat qabullari orasida yoki ovqatdan oldin og‘iz orqali qabul qilinadi. Sutkalik dozani 2 ta qabulga bo‘lish mumkin. Tabletkalarni chaynash mumkin emas. 0,5-1 stakan suv bilan ichish kerak.
Infuziya ko‘rinishidagi Levofloksasin vena ichiga tomchilab qo‘llanadi (belgilarni yaqqolligiga qarab-0,5 g/sutkada 2 marta).
Preparatni qo‘llash sxemasi kasallikning og‘irlik darajasiga, mikroorganizmlarning sezgirligiga va patologik jarayonning kechishiga bog‘liq.
Normal yoki buyraklar faoliyatining axamiyatsiz pasayishida (kreatinin klirensi ≤50 ml/min darajasida) kattalar uchun quyidagi davolash sxemasi qo‘llanadi:
- Sinusit-0,5 g dan 1 marta, davolash kursi – 10 dan 14 kungacha ;
- Kasalxonadan tashqari pnevmoniya – 0,5 g dan sutkada 1 yoki 2 marta, davolash kursining davomiyligi -7 dan 14 kungacha;
- Surunkali bronxit (zo‘rayishi)- 0,5-0,25 g dan sutkada 1 marta, davolash kursi-7 dan -14 kungacha;
- Prostatit – 28 kun 0,5 g dan sutkada 1 marta;
- Siydik-chiqarish yo‘llarining asoratlangan infeksiyalari (shu jumladan va pielonefrit ham) – 0,25 g dan sutkada 1 marta, davolash kursi – 7 dan 10 kungacha;
- Siydik chiqarish yo‘llarining asoratsiz infeksiyalari – 3 kun 0,25 g dan sutkada 1 marta;
- Bakteriemiya yoki septisiemiya – davolash Levofloksasinni vena ichiga infuziyasidan boshlanadi, so‘ngra esa Levofloksasinning tabletka shaklida 0,5 yoki 0,25 g dan sutkada 1 yoki 2 marta davom ettiriladi, davolash kursi – 1-2 hafta;
- Teri va yumshoq to‘qimalarning infeksiyalari – 0,25 g dan sutkada 1 marta 1-2 hafta davomida yoki 0,5 g dan sutkada 1 yoki 2 marta, 1-2 hafta davomida;
- Qorin bo‘shlig‘i infeksiyalari – 0,5 yoki 0,25 g dan sutkada 1 marta, davolash kursi – 1-2 hafta, davolashni boshqa anaerob qo‘zg‘atuvchilarga nisbatan faollikka ega mikroblarga qarshi vositalar bilan to‘ldirish kerak.
Preparatni qabul qilishda barcha antibakterial vositalarga tegishli qoidalarga rioya qilish lozim:
Qo‘zg‘atuvchilar ishonchli chiqarililganidan yoki tana harorati me‘yorlashganidan keyin, kamida 48-72 soat davomida tabletkalar qabul qilishni davom ettirish kerak. Agarda pasientda buyraklar faoliyatini buzilishi bo‘lsa, u holda preparatning dozasi o‘zgartiriladi:
- kreatinin klirensi 20 dan 50 ml/min gachada: 0,25 g sutkalik lik doza 1 qabulda ishlatilganida boshlang‘ich doza 0,25 g ni, keyinchalik – 125 mg dan; 0,5 g li sutkalik doza 1 qabulda ishlatilganida boshlang‘ich doza 0,5 g, keyinchalik – 0,25 g; 1 g li sutkalik doza 2 qabulda ishlatilganida, boshlang‘ich doza 0,5 g, keyinchalik 0,25 g.
- kreatinin klirensi 10 dan 19 ml/min gachada: 0,25 g li sutkalik doza 1 qabulda ishlatilganida boshlang‘ich doza 0,25 g, keyinchalik – 125 mg, har 48 soatda; 0,5 g li sutkalik doza 1 qabulda ishlatilganida boshlang‘ich doza 0,5 g, keyinchalik – 125 mg sutkada 1 marta; 1 gli sutkalik doza 2 qabulda ishlatilganida boshlang‘ich doza 0,5 g, keyinchalik 125 gdan har 12 soatni tashkil qiladi.
- kreatinin klirensi 10 gachaligida, shuningdek dializdagi bemorlar uchun (ambulator doimiy peritoneal dializni ham qo‘shib): 0,25 g sutkalik doza 1 qabulda ishlatilganida, boshlang‘ich doza 0,25 g, keyinchalik 125 mgdan har 48 soatda; 0,5 g sutkalik doza 1 qabulda ishlatilganida boshlang‘ich doza 0,5 g ni, keyinchalik 125 mg dan sutkada 1 marta; 1 g sutkalik dozani 2 qabulda ishlatilganida boshlang‘ich doza 0,5 g ni, keyinchalik 125 mg dan sutkada 1 martani tashkil qiladi.
Doimiy tartibdagi ambulator peritoneal dializdan (DAPD) yoki genodializdan keyin Levofloksasinning qo‘shimcha dozalarini yuborish talab etilmaydi.
Keksa yoshdagi pasientlar uchun Levofloksasinning odatdagi dozalash tartibini o‘zgartirish talab qilinmaydi, past kreatinin klirensi past bo‘lgandan tashqari hollarda.
Jigar faoliyatining buzilishlarida preparatning dozasini va dozalash tartibini maxsus tanlash talab qilinmaydi, chunki Levofloksasin gemigidrati faqat axamiyatsiz darajada jigarda metabolizmga uchraydi.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Teri reaksiyalari va o‘ta yuqori sezuvchanlikning umumiy reaksiyalari:
Ba‘zida: terining qichishishi va qizarishi. Kam hollarda: eshakemi, bronxlarni torayishi va og‘ir bo‘g‘ilishlar, shuningdek kam hollarda teri va shilliq qavatlarini shishi (masalan, yuz va xalqum sohasida) kabi belgilar bilan bo‘lgan o‘ta yuqori sezuvchanlikning umumiy reaksiyalari (anafilaktik va anafilaktoid reaksiyalar).
Juda kam: arterial bosimning to‘satdan pasayishi va shok; quyosh va ultrabinafsha nurlanishga yuqori sezuvchanlik. Alohida hollarda: pufakchalarni hosil bo‘lishi bilan bo‘lgan terini og‘ir toshmalari, masalan, Stivens-Djonson sindromi, toksik epidermal nekroliz (Layell sindromi) va ko‘pshaklli ekssudativ eritema.
O‘ta yuqori sezuvchanlikning umumiy reaksiyalari oldidan ba‘zida yengilroq teri reaksiyalari kuzatilishi mumkin. Yuqorida ta‘kidlangan reaksiyalar Levofloksasinning birinchi dozasi yuborilganidan bir necha minut yoki soat o‘tgach rivojlanadi.
Me‘da-ichak yo‘llariga va moddalar almashinuviga ta‘siri:
Tez-tez: ko‘ngil aynishi, diareya. Ba‘zida: ishtahani yo‘qolishi, qusish, qorinda og‘riq, ovqat hazm bo‘lishining buzilishi. Kam: qonli ich ketishi, u juda kam hollarda ichakni yallig‘lanishi va xatto soxtamembranoz kolit belgilari bo‘lishi mumkin. Juda kam: qandli diabeti bo‘lgan bemorlar uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan, qonda qand miqdorining pasayishi (gipoglikemiya); gipoglikemiyaning mumkin bo‘lgan belgilari: “bo‘ri” ishtahasi, asabiylik, terlash, titrash.
Boshqa xinolonlarni qo‘llash tajribasi ushbu kasalligi bo‘lgan bemorlarda, ularni porfiriyaning zo‘rayishini chaqirish qobiliyatiga ega ekanligini ko‘rsatadi. Bunday samara Levofloksasin qo‘llanganida ham istisno qilinmaydi.
Nerv tizimiga ta‘siri. Ba‘zan: bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi va/yoki tormozlanib qolish, uyquchanlik, uyquning buzilishi. Kam: noxush hislar (masalan, qo‘l panjalarining paresteziyalari), qaltirash, bezovtalik, qo‘rquv holati, tirishish xurujlari va ongning chalkashishi. Juda kam: ko‘rish va eshitishni, ta‘m va hid bilish hissini buzilishlari, taktil sezuvchanlikni pasayishi, gallyusinasiya va depressiyalar turidagi psixotik reaksiyalar, shuningdek xarakatning buzilishi, jumladan yurishda.
Yurak–tomir tizimiga ta‘siri. Kam: yurakning tez urishi, arterial bosimini pasayishi. Juda kam: (shokka o‘xshash) tomirli kollaps.
Mushaklar, paylar va suyaklarga ta‘siri. Kam: paylarning shikastlanishi (tendinitni ham qo‘shib), bo‘g‘im va mushak og‘riqlari. Juda kam: paylarning uzilishi (masalan, axillov payini); ushbu nojo‘ya ta‘sirlari davolash boshlangandan keyin 48 soat davomida kuzatilishi va ikkitomonlama xarakterga ega bo‘lishi mumkin. Myasthenia gravisi bo‘lgan bemorlar uchun alohida ahamiyatga ega bo‘lgan mushak xolsizligi. Alohida hollarda: mushaklarni shikastlanishi (rabdomioliz).
Jigar va buyraklarga ta‘siri. Tez-tez: jigar fermentlarining faolligini oshishi (masalan, alaninaminotrasferazalar va aspartataminotransferazalar). Ba‘zida kon zardobida bilurubin va kreatinin darajasini oshishi (jigar va buyraklar faoliyatini cheklanishini belgisi). Juda kam: jigar reaksiyalari (masalan, jigarni yallig‘lanishi), buyraklar faoliyatni xatto o‘tkir buyrak yetishmovchiligigacha qadar yomonlashish, masalan, allergik reaksiyalar oqibatida (interstisial nefrit).
Qonga ta‘siri. Ba‘zida: qonning ayrim hujayralari sonini oshishi (eozinofiliya), oq qon tanachalari sonini kamayishi (leykopeniya). Kam: ayrim oq qon tanachalarining sonini kamayishi (neytropeniya), qon quyilishi yoki qon ketishlariga moyillikni kuchaytirish qobiliyatiga ega bo‘lgan trombositlar sonini kamayishi (trombositopeniya). Juda kam: og‘ir og‘riqli belgilarning rivojlanishiga yordam beruvchi (tana xaroratini turg‘un yoki qaytalanuvchi oshishi, tomoqni yallig‘lanishi va holatning turg‘un yomonlashishi) ayrim oq qon tanachalarining sonini juda kuchli kamayishi (agragranulositoz). Ayrim hollarda: qizil qon tanachalarining parchalanish natijasida sonini; kamayishi (gemolitik anemiya); qonning barcha turdagi hujayralarining sonini kamayishi (pansitopeniya).
Boshqa nojo‘ya ta‘sirlari. Ba‘zida: umumiy holsizlik (asteniya). Juda kam: isitma, o‘pkalar darajasida (allergik pnevmonit) yoki mayda qon tomirlar darajasida (vaskulit) allergik reaksiyalar.
Har qanday antibiotiklar bilan davolash odamda me‘yorda bo‘ladigan mikrofloraning o‘zgarishini chaqirishi mumkin (bakteriyalar va zamburug‘lar). Shu sababli qo‘llanayotgan antibiotikka chidamli bo‘lgan (ikkilamchi infeksiya) bakteriya va zamburug‘larning jadal ko‘payishi yuz berishi, bu esa ba‘zi hollarda qo‘shimcha davolashni talab qilishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Levofloksasin yoki boshqa xinolonlarni shaxsiy o‘zlashtiraolmaslik (shu jumladan anamnezdagi o‘ta yuqori sezuvchanlik);
- Tutqanoq;
- Xinolonlar bilan ilgari davolashdagi paylarning shikaslanishi;
- Bo‘g‘im tog‘aylarining shikastlanishini ehtimoli tufayli, o‘sish davridagi bolalar va o‘smirlar (18 yoshgacha).
- Homiladorlik;
- Emizish davri;
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Alyuminiy va magniy saqlovchi antasidlar, sukralfat va temir saqlovchi preparatlar bir vaqtda qo‘llanganida Levofloksasinning samaradorligi ahamiyatli susayadi. Shuning uchun bu dori vositalarining qabullari orasidagi interval kamida 2 soatni tashkil qilishi kerak. Levofloksasin bilan tirishishga tayyorgarlik bo‘sag‘asini kamaytiruvchi vositalar birga majmuaviy qabul qilinganida tirishishga tayyorgarlik bo‘sag‘asini ahamiyatli kamayishi kuzatiladi. Bu boshqa xinolonlarga ham taaluqli.
Bo‘sag‘ani pasayishi fenbufen, teofillin va ularga o‘xshash nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlarni qabul qilganda ham kuzatiladi. Levofloksasin probenisid va simetidin bilan birga qo‘llaganida Levofloksasinning buyrak klirensini pasayishi kuzatiladi. Bu faqat pasientda buyraklar faoliyatini buzilishlari bo‘lgan xollarda klinik namoyon bo‘lishi mumkin (ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak).
Paylarning uzilishni xavfi, agarda pasient glyukokortikosteroid vositalarni qabul qilayotgan bo‘lsa sezilarli oshadi. Agarda Levofloksasin fonida pasient bilvosita antikoagulyantlarni qabul qilayotgan bo‘lsa, qonning ivish ko‘rsatkichlarini nazorat qilish kerak. Levofloksasin qabul qilganda siklosparinning yarimchiqarilish davri oshadi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Bo‘g‘im tog‘aylarining shikastlanishini hisobga olib, levofloksasinni bolalar va o‘smirlarni davolash uchun qo‘llash mumkin emas.
Keksa yoshdagi bemorlarni davolashda, ushbu guruh bemorlarda ko‘pincha buyraklar faoliyatining buzilishlari bo‘lishini hisobga olish kerak. Pnevmokokklar chaqirgan juda og‘ir o‘pka yallig‘lanishida, Levofloksasin optimal terapevtik samara bermasligi mumkin. Kasalxonada orttirilgan va ma‘lum qo‘zg‘atuvchilar chaqirgan (Rseudomonas aurogenosa) infeksiyalar, majmuaviy davolashni talab qilishi mumkin.
Levofloksasin bilan davolash vaqtida ilgari bosh miyaning shikastlanishi bo‘lgan bemorlarda, ya‘ni masalan, insult yoki og‘ir jaroxat bilan bog‘liq tirishish xurujlari rivojlanishi mumkin.
Fenbufen va unga o‘xshash nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalar yoki teofillin bilan bir vaqtda qo‘llanganida tirishish bo‘lishi ehtimoli oshishi mumkin.
Levofloksasin qo‘llanganda fotosensibilizasiya ko‘rinishi (quyoshdan kuyishini holatini eslatuvchi reaksiyalar bilan bo‘lgan yorug‘likka o‘ta yuqori sezuvchanlik) juda kam kuzatilishiga qaramasdan, fotosensibilizasiyadan saqlanish maqsadida bemorlarga zarurati bo‘lmasa kuchli quyosh yoki sun‘iy ultrabinafsha nurlanishga duchor bo‘lmaslik tavsiya etiladi (masalan, yuqori tog‘ joylarda oftobda yoki solyariyda bo‘lish).
Soxtamembranoz kolitga shubha qilinganda darhol Levofloksasinni bekor qilish va muvofiq davolashni boshlash lozim. Bunday hollarda ichak motorikasini susaytiruvchi dori vositalarini qo‘llash mumkin emas.
Levofloksasin qo‘llaganida kam kuzatiladigan tendinit (avvalo axillov paylarining yallig‘lanishi) paylarning uzilishiga olib kelishi mumkin. Keksa yoshdagi bemorlar tendinitga ko‘proq moyildirlar. Kortikosteroidlar (GKS) bilan davolash ko‘proq paylarning uzilishi xavfini oshiradi. Tendinitga shubha qilinganda darhol levofloksasin bilan davolashni to‘xtatish va shikastlangan payni muvofiq davolashni boshlash kerak, masalan, unga tinch holatini ta‘minlash (immobilizasiya).
Glyukoza–6–fosfatdegidrogenaza yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlar xinolonlarni qabul qilganlarida nisbatda ularda eritrositlarning parchalanishi (gemoliz) kuzatilishi mumkin. Shuning uchun bunday bemorlarni levofloksasin bilan davolashni ehtiyotkorlik bilan o‘tkazish lozim. Qandli diabeti bo‘lgan bemorlarga Levofloksasin buyurilganida, gipoglikemiya rivojlanishi mumkinligini hisobga olish kerak, uni “bo‘ri” ishtahasi, asabiylashish, kuchli terlash, qaltirash ko‘rsatadi.
Tana harorati me‘yorlashgandan so‘ng yoki qo‘zg‘atuvchini ishonchli yo‘qotilganidan keyin Levofloksasinni qabul qilishni kamida 48-78 soat davom ettirish tavsiya qilinadi. Agarda preparatni qabul qilish o‘tkazib yuborilgan bo‘lsa, iloji boricha tezroq, navbatdagi qabul vaqti yaqinlashgunigacha tabletkani qabul qilish, keyin davolashni sxema asosida davom ettirish kerak.
Homiladorlik
Levofloksasin homilador va emizikli ayollarga buyurilmaydi.
Avtomobilni boshqarish yoki mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta‘siri.
Levofloksasinning bosh aylanishi yoki uyquchanlik va ko‘rishning buzilishi kabi nojo‘ya ta‘sirlari, reaksiya va diqqatni jamlash qobiliyatini yomonlashtirishi mumkin. Bu qobiliyatlar muhim ahamiyatga ega bo‘lgan vaziyatlarda ma‘lum xavf tug‘diradi (masalan avtomobilni boshqarishda, mashina va mexanizmlarga xizmat ko‘rsatishda, turg‘un bo‘lmagan holatda ishlarni bajarishda). Bu ayniqsa Levofloksasinni alkogol bilan o‘zaro ta‘siri hollariga taaluqlidir.
Dozani oshirib yuborilishi
Levofloksasinning dozasini oshirib yuborilishining belgilari markaziy nerv tizimi darajasida namoyon bo‘ladi (ongni chalkashishi, bosh aylanishi, ongni buzilishi va tirishish xurujlari). Bundan tashqari, me‘da-ichak buzilishlari (masalan, ko‘ngil aynishi) va shilliq qavatlarining shikstlanishi; EKG da QT oralig‘ining uzayishi (terapevtik dozadan yuqori dozalarni qo‘llanishi bilan bo‘lgan tekshirishlarida ko‘rsatilgan) kuzatilishi mumkin.
Davolashni bemorda namoyon bo‘lgan simptomlarga qarab belgilanadi. Levofloksasin gemodializ va peritoneal dializ orqali chiqarilmaydi. Preparatni maxsus antidoti mavjud emas.
Chiqarilish shakli.
Levofloksasin 500 mg/100 ml infuziya uchun eritma
0,5 g ta‘sir etuvchi modda saqlovchi 100 ml li eritma flakonlarda.
Levofloksasin tabletkalari 250 va 500 mg
Tabletkalar 6 donadan blister o‘ramda.
Saqlash sharoiti.
Preparat yorug‘likdan himoyalangan, bolalar olaolmaydigan joyda, 250S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
Saqlash sharoitiga rioya qilinganida tabletkalar 3 yil va infuziya uchun eritma 2 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Shifokor resepti bo‘yicha.
Chiqarish shakllari