Apteka.uz
SavatKirish

Selevo

Selevo chiqarilish shakllari

SELEVO tabletkalari 500mg N1
Retseptli
SELEVO tabletkalari 500mg N1
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
«UNITED BIOTECH (P) LTD», Indiya.
•10 ta dorixonada bor
Narxi
18 800 so'm dan
- Selevo qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- Selevoning tarkibi
- Selevo ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- Selevo narxi Toshkent dorixonalarida

Selevo haqida qo'llanma

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar


• preparat komponentlari yoki ftorxinolonlarga nisbatan yuqori sezuvchanlik;

• ilgari xinolinlar bilan davolash o‘tkazilganidagi paylarning shikastlanishi;

• tutqanoq;

• homiladorlik;

• bolalar va 18 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlarda qo‘llash mumkin emas;


Tarkibi


Xar bir plyonka qobiq bilan qoplangan tabletka quyidagilarni saqlaydi:
Faol modda:
Levofloksatsina gemigidrat 512,50 mg
levofloksatsinga qayta hisoblaganda 500 mg
Yordamchi moddalar:
Qayta jelatinlangan kraxmal 26 mg
Makkajo‘xori kraxmali 70 mg
Mikrokristall sellyuloza 51,50 mg
Laurilsulьfat natriy 4 mg
Natriy kraxmali glikolyati 15 mg
Kroskarmelloza natriy 15 mg
Kolloidli kremniy dioksidi 2 mg
Talьk 7 mg
Magniy stearati 7 mg
Ximoya qatlami uchun material: oq (IC -MS 218) namlikdan izolyatsiya qiluvchi qatlam, titan dioksidi, izopropil spirti, metilenxlorid.
Plyonka qoplama materiali: oq (IG- 001) yorug‘likdan himoyalovchi qatlam, izopropil spirti, metilenxlorid

Farmakodinamikasi


Keng ta'sir doirasiga ega, ftorxinolonlar guruhiga mansub, faol modda sifatida ofloksatsinning chapga aylanuvchi izomerini saqlovchi mikroblarga qarshi preparat. Bakteritsid ta'sir qiladi. DNK – giraza (topoizomeraza II) va topoizomeraza IV ni bloklaydi, DNKning superspirilizatsiyasini va uzilishlarining tikilishini buzadi, DNK sintezini susaytiradi, mikroorganizmlarning sitoplazmasida, xujayra devorida va membranasida chuqur morfologik o‘zgarishlarni chaqiradi. In vitro va in vivo sharoitida mikroorganizmlarning ko‘pchilik shtammlariga nisbatan samarali.

Levofloksatsinga sezgir mikroorganizmlar:

 – Aerob grammusbat mikroorganizmlar: Sorynebacterium diphtheriae; Enterococcus faecalis; Listeria monocytogenes; Staphylococcus spp. (koagulaza-negativ metitsillinga sezgir/metitsillinga o‘rtacha sezgir shtammlari), Staphylococcus aureus (metitsillinga sezgir shtammlari), Staphylococcus epidermidis (metitsillinga sezgir shtammlari), Staphylococcus spp. (leykotoksin saqlovchi); Streptococcus spp. S va G guruhlari, Streptococcus agalactiae, Streptococcus pneumoniae (penitsillinga sezgir/penitsillinga o‘rtacha sezgir/penitsillinga – chidamli shtammlari), Streptococcus pyogenes, Viridans guruhidagi Streptococcus (penitsillinga sezgir va penitsillinga chidamli shtammlari) ni ham qo‘shib;

– Aerob grammanfiy bakteriyalar: Acinetobacter spp., shu jumladan Acinetobacter baumanii; Acinobacillus actinomycetemcomitans; Citrobacter freundii, diversus; Eikenella corrodens; Enterobacter aerogenes, Enterobacter agglomerans, Enterobacter spp. (shu jumladan Enterobacter cloacae), Escherichia coli, Gardnerella vaginalis, Haemophilus ducreyi, Haemophilus influenzae (ampitsillinga sezgir/ampitsillinga – chidamli shtammlari), Haemophilus parainfluenzae, Helicobacter pylory; Klebsiella spp. (shu jumladan Klebsiella oxytoca, Klebsiella pneumoniae), Moraxella catarrhalis (beta-laktamaza ishlab chiqaruvchi va ishlab chiqarmaydigan shtammlari), Morganella morganii; Neisseria gonorrhoeae (shu jumladan penitsillinazani ishlab chiqaruvchi va ishlab chiqarmaydigan shtammlari), Neisseria meningitides, Pasteurella spp. (shu jumladan Pasteurella canis, Pasteurella dogmatis, Pasteurella multocida), Proteus mirabilis, Proteus vulgaris, Providencia spp. (shu jumladan Providencia rettgeri, Providencia stuartii), Pseudomonas spp. (shu jumladan Pseudomonas aeruginosa), Serratia spp. (shu jumladan Serratia marcescens), Salmonella spp.;

– Anaerob mikroorganizmlar: Bacteroides fragilis, Bifidobacterium spp., Clostridium perfringens, Fusobacterium spp., Peptostreptococcus spp., Propionibacterium spp., Veilonella spp.;

– Boshqa mikroorganizmlar: Bartonella spp., Chlamydia pneumoniae, Chlamydia psittaci, Chlamydia trachomatis, Legionella spp. (shu jumladan Legionella pneumophila), Mycobacterium spp. (shu jumladan Mycobacterium leprae, Mycobacterium tuberculosis); Mycoplasma hominis, Mycoplasma pneumoniae, Rickettsia spp., Ureaplasma urealyticum.

Levofloksatsinga o‘rtacha sezgir mikroorganizmlar (MPK > 4 mg/l):

- Aerob grammusbat mikroorganizmlar: Corynebacterium urealyticum, Corynebacterium xerosis, Enterococcus faecium, Staphylococcus epidermidis (metitsillin-rezistentli shtammlari), Staphylococcus haemolyticus (metitsillin-rezistentli shtammlari);

- Aerob grammanfiy mikroorganizmlar: Burkholderia cepacia, Campylobacter jejuni, Campylobacter coli;

- Anaerob mikroorganizmlar: Bacteroides thetaiotaomicron, Bacteroides vulgatus, Bacteroides ovatus, Prevotella spp., Porphyromonas spp.

Levofloksatsinga chidamli mikroorganizmlar (MPK > 8 mg/l):

- Aerob grammusbat mikroorganizmlar: Corynebacterium jeikeium, Staphylococcus aureus (metitsillin-rezistentli shtammlari), boshqa Staphylococcus spp. (koagulaza-negativ metitsillin-rezistentli shtammlari);

- Aerob grammanfiy mikroorganizmlar: Alcaligenes xylosoxidans;

- Boshqa mikroorganizmlar: Mycobacterium avium.


Farmakokinetikasi


So‘rilishi

Ichga qabul qilinganida levofloksatsin tez va deyarli to‘liq so‘riladi (ovqat qabul qilish so‘rilish tezligiga va to‘liqligiga kam ta'sir qiladi).

Biokiraolishligi – 99%. Plazmadagi maksimal kontsentratsiyaga erishish vaqti (Tmax) - 1-2 soat. 500 mg qabul qilinganida plazmadagi maksimal kontsentratsiyasi (Smax) 5,2 mkg/ml ni tashkil qiladi. 

Taqsimlanishi 

Plazma oqsillari bilan bog‘lanishi taxminan 30-40%. Levofloksatsinning o‘rtacha kumulyatsiyasi preparat 500 mg dozada kuniga 2 marta qabul qilinganida uchinchi kuni kuzatiladi. A'zo va to‘qimalarga yaxshi kiradi: o‘pka, bronxlarni shilliq qavati, balg‘am, siydik-jinsiy tizimi a'zolari, polimorf-yadroli leykotsitlar, alьveolyar makrofaglar. 

Levofloksatsinni Smax ko‘rsatkichlari 500 mg preparatni peroral qabul qilinganidan keyin:

– bronxlarning shilliq qavatida va epitelial qoplami suyuqligida muvofiq ravishda – 8,3 mkg/g va 10,8 mkg/ml; 

– qavariqlarning suyuqligida – 4,0-6,7 mkg/ml (Tmax esa bunda 2-4 soatni tashkil qiladi);

– o‘pka to‘qimasidagi – 11,3 mkg/g (Tmax esa -4-6 soatni tashkil qiladi);

– prostata bezi to‘qimasida davolashning uchinchi kuni preparat qabul qilinganidan so‘ng 2, 6 va 24 soat o‘tganidan keyin muvofiq ravishda – 8,7 mkg/g, 8,2 mkg/g va 2,0 mkg/g;

– siydikda qabul qilinganidan so‘ng 8-12 soatdan keyin – 200 mkg/l. 

Levofloksatsin oz miqdorda orqa miya suyuqligiga kiradi. Prostata bezi/plazma kontsentratsiyalarining nisbati o‘rtacha – 1,84 ni tashkil qiladi.

Metabolizmi va chiqarilishi

Jigarda preparatning katta bo‘lmagan qismi oksidlanadi va/yoki dezatsetillanadi. Yarim chiqarilish davri (T½) – 6-8 soat. Organizmdan asosan buyraklar orqali (qabul qilingan dozaning taxminan 85%) kalavasimon naylar filьtratsiyasi va naychalar sekretsiyasi yo‘li bilan chiqariladi. Levofloksatsinning ichga qabul qilingan dozasining 4% ichak orqali 72 soat davomida chiqariladi. 

O‘ziga hos klinik holatlardagi farmakokinetikasi 

Buyraklar faoliyatining buzilishlarida va buyrak klirensini kamayishida T½ oshadi. 


 

Homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llanishi

Qo‘llash mumkin emas. Preparatni laktatsiya davrida va undan keyin (bir necha kun davomida) ko‘krak bilan emizishni to‘xtatib turish lozim.

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: MAT darajasida namoyon bo‘ladi (ongning chalkashishi, bosh aylanishi, ongning buzilishi va tirishish xurujlari). Bundan tashqari, me'da-ichak buzilishlari (masalan, ko‘ngil aynishi) va shilliq qavatlarini shikstlanishi; QT oralig‘ining uzayishi (tadqiqotlarda, terapevtikdan yuqori dozalar qo‘llanganida ko‘rsatilgan) kuzatilishi mumkin. Davolash: simptomatik. Levofloksatsin gemodializ va peritoneal dializ orqali chiqarilmaydi. Maxsus antidoti yo‘q.

Maxsus ko‘rsatmalari


Ko‘k yiringli tayoqcha (Pseudomonas aeruginosa) chaqiradigan gospital infektsiyalari majmuaviy davolash talab qilishi mumkin.

Levofloksatsin bilan davolash vaqtida yoki undan so‘ng rivojlanuvchi, ayniqsa og‘ir, kuchli va/yoki qonli diareya, Clostridium difficile chaqiradigan sohta membranozli kolit simptomlari bo‘lishi mumkin. Sohta membranozli kolit rivojlanganligiga gumon qilinganida levofloksatsin bilan davolashni darhol to‘xtatish va zudlik bilan tegishli antibakterial davolashni (vankomitsin, teykoplanin yoki metronidazol ichishni) boshlash kerak.

Xinolonlar, jumladan levofloksatsin qo‘llanganida kam kuzatiladigan tendinit, paylarni, jumladan axill payini uzilishiga olib kelishi mumkin. Bu nojo‘ya ta'sir davolash boshlanganidan so‘ng 48 soat davomida rivojlanishi va ikki tomonlama bo‘lishi mumkin. Keksa yoshdagi bemorlarda tendinitning rivojlanishiga moyillik ko‘proq. Paylarni uzilish havfi GKS bilan bir vaqtda qabul qilinganida oshishi mumkin. Tendinitga gumon qilinganida Selevo preparati bilan davolashni darhol to‘xtatish va shikastlangan payni tegishli ravishda davolashni boshlash, masalan, uni yetarlicha immobilizatsiya qilish lozim.

Preparatni qo‘llash davomida superinfektsiya rivojlanishi mumkin, ayniqsa uzoq muddat yuqori dozada qabul qilinganida. Shu sabab davolash vaqtida bemorning holatini albatta qaytadan baholash va superinfektsiya rivojlangani tasdiqlanganda tegishli choralarni ko‘rish kerak.

Peroral gipoglikemik vositalar, masalan, glibenklamid yoki insulin qabul qiladigan qandli diabeti mavjud bo‘lgan bemorlarda xinolonlar qo‘llanganida gipoglikemiyani rivojlanish havfi oshadi. Shu sabab bu bemorlarda qonda glyukozaning kontsentratsiyasini sinchklab monitoring qilish talab qilinadi.

Ftorxinolonlar, jumladan levofloksatsin qabul qilayotgan bemorlarda boshlanishi tez bo‘lishi mumkin bo‘lgan sensor va sensor-motor periferik neyropatiya kuzatilgan. Agarda bemorda neyropatiyaning simptomlari namoyon bo‘lsa, levofloksatsin qo‘llashni to‘xtatish kerak. Bu kelib chiqishi mumkin bo‘lgan qaytmas o‘zgarishlarning rivojlanishi havfini minimallashtiradi.

Avtomobilni va murakkab mexanizmlar boshqarish qobiliyatiga ta'siri

Davolash davrida yuqori diqqat va tezkor psixomotor reaktsiya talab qiluvchi avtomobilni xaydash va boshqa potentsial havfli mashg‘ulot faoliyat turlari bilan ishlashda ehtiyotkorlikka rioya qilish lozim.

Preparat yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng ishlatilmasin va bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.



Dori vositalarining o'zaro ta'siri

•buyrak/jigar yetishmovchiligi (shu jumladan jigar porfiriyasi); •tutqanoq reaktsiyalarga moyillik (bosh miya qon-tomirlari aterosklerozi, anamnezida bosh miya qon aylanishining buzilishlari, MAT (markaziy nerv tizimini) ning organik kasalliklari), anamnezidagi psixoz va boshqa psixik buzilishlar; •tug‘ma QT intervalining uzayish sindromi, yurak kasalliklari (yurak yetishmovchiligi, miokard infarkti, bradikardiya); •bir vaqtning o‘zida QT intervalining uzayishiga sabab bo‘luvchi dorilarni va bosh miyada tirishishga tayyorgarlik bo‘sag‘asini pasaytiruvchi dori (fenbufen, teofillin) •elektrolit disbalansi (masalan, gipokaliyemiya, gipomagniyemiya); vositalari qabul qilinganida («Dorilar bilan o‘zaro ta'siri» bo‘limiga qarang); •qandli diabet; •miasteniya; •glyukozo-6-fosfatdegidrogenazani yetishmovchiligi; •keksalar (yondosh buyrak faoliyatining pasayishi ehtimoli yuqori bo‘lganligi sababli).

Qo‘llash usuli va dozirovkasi


Preparatga sezgir mikroorganizmlar chaqiradigan infektsion-yallig‘lanish kasalliklari:

• LOR-a'zolari infektsiyalarida (o‘tkir sinusit, o‘tkir otit);

• quyi nafas yo‘llari infektsiyalarida (surunkali bronxit zo‘rayish davri; kasalxonadan tashqari pnevmoniya);

• siydik-tanosil tizimi infektsiyalarida (shu jumladan o‘tkir piyelonefrit, prostatit, urogenital xlamidioz);

• teri va yumshoq to‘qimalarning infektsiyalarida (yiringli ateroma, abstsess, furunkullar);

• intraabdominal (qorin bo‘shlig‘i) infektsiyalarida;

• tuberkulyoz (dorilarga chidamli shakllarini majmuaviy davolashda) qo‘llanadi.

Buyraklarning me'yoriy faoliyatida dozalash tartibi,har 24 soatda

KK, ml/daqiqa

50-20

19-10

< 10 (gemodializni va DAPD* ham qo‘shib)

500 мг

birinchi dozasi: 500 mg, so‘ngra: har 24 soatda 250 mg dan

birinchi dozasi: 500 mg, so‘ngra: har 48 soatda 250 mg dan

birinchi dozasi: 500 mg, so‘ngra: har 48 soatda 250 mg dan

250 мг

dozani to‘g‘irlash talab qilinmaydi

250 mg dan har 48 soatda, agarda siydik-chiqarish yo‘llarining infektsiyalari og‘irlashmasa, u holda dozaga tuzatish kiritish talab qilinmaydi

Dozani tuzatish kiritish mumkinligi to‘g‘risida ma'lumotlar yo‘q

* doimiy ambulator peritoneal dializ. 

Gemodializ seansidan yoki doimiy ambulator peritoneal dializidan (DAPD) so‘ng, bemorlarga qo‘shimcha doza buyurilishi shart emas.

Jigar faoliyati buzilishi bo‘lgan bemorlarda dozani maxsus tanlash talab qilinmaydi, chunki levofloksatsin jigarda oz miqdordagina parchalanadi va asosan buyraklar orqali chiqariladi. Agarda preparatni qabul qilish o‘tkazib yuborilgan bo‘lsa, iloji boricha tezroq, keyingi qabul qilish vaqti yaqinlashgunicha qabul qilish kerak. Keyin levofloksatsinni sxema bo‘yicha qabul qilishni davom ettirish kerak.

Keksa yoshdagi bemorlarga KK 50 ml/min. va undan past bo‘lgan holatlardan tashqari dozaga tuzatish kiritish talab etilmaydi.

Barcha hollarda davolashni kasallikning belgilari yo‘qolganidan keyin 48 dan 72 soatgacha davom ettirish kerak. 



Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Selevo preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing
Manbalar ro‘yxati:

Selevo narxlari

Dorixonalar
Manzil
Ish vaqti
Sotib olish
Target Farm №6
Olmazor tumani, Farobiy ko'ch., 28/6 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 09:00-22:00
18 800 so'm
Bron qilish
CITY PHARM Sergeli 42
Sergeli tumani, 7 mavze, Mirzo Tursunzoda ko'ch., 29 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-00:00
55 000 so'm
Bron qilish
GoPharm
Olmazor tumani, Адрес
24/7
52 600 so'm
Buyurtma berish
Marjon Farm Trade №2
Mirzo Ulug'bek tumani, Mirzo Ulug'bek ko'ch., 109 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-23:00
18 800 so'm

Selevo haqida savollar

Selevo haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil