MONTAFEKS analoglari
Guruh analoglari
MONTAFEKS
Montelukast ingalyatsion kortikosteroidlarni qabul qilish yetarli darajada nazorat qilmaydigan yengildan o‘rtachagacha og‘irlik darajasidagi vaqti-vaqti bilan zo‘rayuvchi astmasi bo‘lgan, shuningdek “zaruratga qarab” qisqa ta'sirga ega β-agonistlarni qo‘llash astmani yetarli darajada klinik nazoratni ta'minlamaydigan patsiyentlarda astmani davolash uchun qo‘llanadi. Montelukast ko‘rsatilgan bronxial astmasi bo‘lgan patsiyentlarda ushbu dori vositasi mavsumiy allergik rinit simptomlarini yengillashtirishi mumkin.
Montelukast shuningdek jismoniy yuklama chaqirgan bronxospazm dominatsiya qiluvchi komponent bo‘lgan astmani oldini olish uchun ham buyuriladi.
Mavsumiy allergik rinit:
Feksofenadin gidroxloridi kattalar, 6 yosh va undan katta bolalarda mavsumiy allergik rinit bilan bog‘liq belgilarini yengillashtirish uchun buyuriladi.
Belgilar aksirish, rinoreya, burun/tanglay/tomoqni qichishishi, qichishuvchi/namlangan/ qizargan ko‘zlarni o‘z ichiga oladi.
Surunkali idiopatik eshakemi:
Feksofenadin gidroxloridi kattalar, 6 yosh va undan katta bolalarda teridagi surunkali idiopatik eshakemining murakkab bo‘lmagan ko‘rinishlarini davolash uchun buyuriladi. U qichishish va g‘o‘ddalarning (qavarchiqlarning) sonini ahamiyatli kamaytiradi.
Retseptli
- Tabletkalar












