Ташкент
logo
SavatKirish

Morecin

Morecin chiqarish shakllari

Morecin granulalari 3G N1
Morecin granulalari 3G N1
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Avantika Medex Pvt.Ltd.
•1 ta dorixonada bor
Narxi
67 800 so'm dan
- Morecin qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- Morecinning tarkibi
- Morecin ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- Morecin narxi Toshkent dorixonalarida

Morecin qo'llanmasi

Ishlab chiqarilish joyi
Hindiston
Kategoriya
Faol modda
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

•fosfomisin trometamolga o'ta yuqori sezuvchanlik; 

•og'ir darajadagi buyrak etishmovchiligi (kreatinin klirensi < 10 ml/min); 

5 yoshgacha bo'lgan bolalarda qo'llash mumkin emas.

Farmakodinamikasi

  Fosfomisin trometamoli – fosfonat kislotasining hosilasi bo'lib, keng ta'sir doirasiga ega bo'lgan antibiotikdir. 

Moresin preparati bakterisid ta'sirga ega. Ta'sir mexanizmi bakteriyalarning hujayra devori sintezini birinchi bosqichini susaytirishi bilan bog'liq. Fosfoenol piruvatga struktur jihatdan o'xshash bo'lib, N-atsetil-glyukozamino-3-o-enolpiruvil-transferaza fermenti bilan raqobatli o'zaro ta'sir qiladi, natijada bu fermentni o'ziga xos, tanlab va qaytmas ingibitsiya bo'lishi yuz beradi, bu holat antibiotiklarning boshqa sinflari bilan kesishgan rezistentlik bo'lmasligini hamda boshqa antibiotiklar bilan sinergizm bo'lishi mumkinligini ta'minlaydi (in vitro sharoitlarida amoksisillin, tsefaleksin, pipemidin kislotasi bilan sinergizm kuzatiladi). In vitro sharoitlarida fosfomisin trometamolning antibakterial ta'sir doirasiga ko'pchilik oddiy grammusbat qo'zg'atuvchilar (Enterococcus spp., Enterococcus faecalis, Staphylococcus aureus, Staphylococcus saprophyt., Staphylococcus spp.) va grammanfiy qo'zg'atuvchilar (E. coli, Citrobacter spp., Enterobacter spp., Klebsiella spp., Klebsiella pneumoniae, Morganella morganii, Proteus mirabilis, Pseudomonas spp., Serratia spp.) kiradi. In vitro sharoitlarida fosfomisin trometamol qator bakteriyalarni siydik chiqarish yo'llarining epiteliysiga adgeziyasini pasaytiradi.

Farmakokinetikasi

Preparat peroral qabul qilinganida me'da-ichak yo'llari (miy) dan tez so'riladi. 

Organizmda fosfomisin va trometamolga dissosiasiya bo'ladi. Trometamol antibakterial hususiyatlarga ega emas. 3 g dozasi ichga bir marta qabul qilinganida Biokiraolishligi 34% dan 65% gacha bo'lgan qiymatni tashkil etadi. Plazmada maksimal kontsentrasiyasi peroral qabul qilinganidan so'ng 2-2,5 soatdan keyin kuzatiladi va 22-32 mg/l ni tashkil etadi. Plazmadan yarim chiqarilish davri 4 soatlarga teng. 

Fosfomisin plazma oqsillari bilan bog'lanmaydi, metabolizmga uchramaydi, asosan siydikda to'planadi. 3 g bir martalik dozasi peroral qabul qilinganida siydikda siydik chiqarish yo'llarining ko'pchilik odatdagi qo'zg'atuvchilari uchun 99% ga bakterisid bo'lgan yuqori kontsentrasiyasiga (1053 mg/l dan 4415 mg/l gacha) erishadi. Ushbu qo'zg'atuvchilar uchun preparatning minimal ingibitsiya qiluvchi kontsentrasiyasi 128 mg/l ni tashkil etadi. Bu kontsentrasiya siydikda 24-48 soat davomida saqlanib turadi, bu bir marta qabul qilish bilan davolash imkonini beradi. Siydikda Moresinning E. coli uchun minimal susaytiruvchi kontsentrasiyadan yuqori kontsentrasiyasi kamida 80 soat davomida saqlanib turadi. 

Preparatning 90% buyraklar orqali o'zgarmagan holda siydikda yuqori kontsentrasiyalarni hosil qilib chiqariladi. Qabul qilingan dozaning taxminan 10% ichak orqali o'zgarmagan holda chiqariladi. Buyrak funktsiyasi o'rtacha darajada past bo'lgan (kreatinin klirensi < 80 ml/min) pasientlarda, shu jumladan keksa yoshdagi shaxslarda uni fiziologik pasayishida fosfomisinning yarim chiqarilish davri biroz uzayadi, ammo siydikdagi kontsentrasiyasi terapevtik darajada qoladi.

Dozirovkasi

Moresin ichga qabul qilinadi. Granulalar 1 stakan suvda suyultiriladi. Preparat ichga sutkada bir marta och qoringa ovqatdan 2 soatdan oldin yoki 2 soat keyin qabul qilinadi, uyqudan oldin, qovuq bo'shagandan keyin qabul qilgan afzal.

Kattalarga 1 paketchadan kuniga 1 marta buyuriladi.

Jarrohlik aralashuvida, transuretral diagnostik muolajalar o'tkazilganida siydik chiqarish yo'llarini infektsiyalanishini oldini olish maqsadida 1 paketcha Moresin preparati aralashuvdan 3 soat oldin va ikkinchi paketcha aralashuvdan so'ng 24 soatdan keyin qabul qilinadi. 

5 yoshdan 18 yoshgacha bo'lgan bolalarga 2 g dan kuniga 1 marta buyuriladi. 

Davolash kursi 1 kunni tashkil etadi. 

Og'irroq holatlarda (keksa yoshdagi pasientlar, qaytalanuvchi infektsiyalar) 24 soatdan keyin yana 1 paketcha qabul qilinadi. 

Buyrak etishmovchiligida preparatning dozasi kamaytiriladi va qabul qilishlar o'rtasidagi intervallar uzaytiriladi.

 

Maxsus saqlash sharoitlari

Ovqat bilan bir vaqtda qabul qilish Moresinning so'rilishini sekinlashtiradi, shuning uchun preparatni ovqatlanishdan 2 soat oldin yoki 2 soat keyin qabul qilish kerak. 

Qandli diabet bilan xastalangan bemorlarga buyurilganida, 3 g fosfomisin saqlagan 1 paketchada 2,166 g saxaroza borligini inobatga olish kerak. 

Homiladorlikda va laktasiya davrida qo'llanishi

Homiladorlikda preparat ona uchun davolashdan kutilgan foyda homila uchun potentsial havfdan ustun bo'lgan holatdagina buyuriladi. 

Laktasiya davrida preparatni buyurish zarurati bo'lganida davolanish vaqtida emizishni to'xtatish kerak. 

Pediatriyada qo'llanishi 

Preparatni 5 yoshgacha bo'lgan bolalarga qo'llash mumkin emas. 

Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri 

Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga fosfomisinning ta'sirini ko'rsatuvchi ma'lumotlar yo'q.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Metoklopramid bilan bir vaqtda qo'llashdan saqlanish kerak, chunki bu holat qon zardobi va siydikda fosfomisinning kontsentrasiyasini pasayishiga olib kelishi mumkin.

Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli

Ichga qabul qilish uchun eritma tayyorlash uchun granulalar paketchalarda. 

1 paketcha tibbiyotda qo'llanilishiga doir yo'riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.

Nojo'ya samaralari

Me'da-ichak yo'llari tomonidan buzilishlar (ko'ngil aynishi, jig'ildon qaynashi, diareya), teri toshmalari, allergik reaktsiyalar bo'lishi mumkin.

Qo'llanilishi

•o'tkir bakterial tsistit, qaytalanuvchi bakterial tsistitning o'tkir hurujlari; 

•bakterial nospesifik uretrit; 

•homiladorlarda simptomsiz kechuvchi massiv bakteriuriya; 

•siydik yo'llarini operasiyadan keyingi infektsiyalari; 

•jarrohlik aralashuvida va transuretral diagnostik tekshiruvlarda siydik chiqarish yo'llarining infektsiyasini oldini olish uchun qo'llanadi.

Ta'rifi

oq rangdan deyarli oq ranggacha bo'lgan sochiluvchan granulalar.

Morecin barcha rasmlari

Barcha rasmlar

Morecin savollari

Morecin fikr-mulohazalari

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil