Neyromidinning aptekalardagi narxlari
NEYROMIDIN tabletkalari 20mg N50
|
|
253 ta dorixonada bor
|
162 400 so'mdan
Dorixonadan topish
|
225 000 so'mdan
+ yetkazish
Buyurtma berish
|
220 000 so'mdan
Bron qilish
|
NEYROMIDIN eritma 5mg/ml 1ml N10
|
|
202 ta dorixonada bor
|
100 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
|
140 000 so'mdan
Bron qilish
|
NEYROMIDIN eritma 15mg/ml 1ml N10
|
|
180 ta dorixonada bor
|
156 800 so'mdan
Dorixonadan topish
|
330 000 so'mdan
+ yetkazish
Buyurtma berish
|
268 800 so'mdan
Bron qilish
|
Yetkazib berish xizmati haqida ma'lumot:
Yetkazib berish xizmatlarini taklif qiluvchi dorixonalar katalogda "yetkazib berish" belgisi bilan ajratilgan.
Shu tarzda belgilangan dorixona bilan telefon orqali aloqaga chiqing va buyurtmaning narxi va yetkazib berish muddatini aniqlashtirib oling.
Odatda, dorixona buyurtmani 1 soat ichida yuboradi.
Neyromidin ko'rsatmalar
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
NEYROMIDIN
NEYROMIDIN
Preparatning savdo nomi: Neyromidin
Ta‘sir etuvchi modda (XPN): ipidakrin (ipidacrinum)
Dori shakli: mushak ichiga va teri ostiga yuborish uchun in‘eksiya uchun eritma.
Tarkibi:
1 ml in‘eksiya uchun eritma 5 mg/ml ipidakrin gidroxloridi saqlaydi.
1 ml in‘eksiya uchun eritma 15 mg/ml ipidakrin gidroxloridi saqlaydi.
Yordamchi moddalar: xlorid kislotasi, in‘eksiya uchun suv.
Ta‘rifi: tiniq, rangsiz suyuqlik.
Farmakoterapevtik guruhi: antixolinesteraz vositalar.
ATX kodi: N06DA05.
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamikasi
Neyromidin – xolinesterazaning qaytuvchan ingibitoridir. Preparat bevosita nerv-mushak sinapsida va markaziy nerv tizimida (MNT) membranalarning kalsiy kanallarini bloklashi oqibatida, impulsning o‘tkazilishini rag‘batlantiradi. Neyromidin silliq mushaklarga nafaqat asetilxolin mediatorining ta‘sirini, balki adrenalin, serotonin, gistamin va oksitosinning ta‘sirini ham kuchaytiradi.
Neyromidin quyidagi farmakologik samaralarga ega:
- nerv-mushak o‘tkazuvchanligini tiklaydi va rag‘batlantiradi;
- periferik nerv tizimida turli omillar ta‘siri oqibatida (jarohat, yallig‘lanish, mahalliy anestetiklar, ayrim antibiotiklar, kaliy xloridi va boshqalarning ta‘siri) buzilgan impulslarning o‘tkazilishini tiklaydi;
- barcha agonistlar ta‘sirida, kaliy xlorididan tashqari, silliq mushakli a‘zolarda qisqaruvchanlikni kuchaytiradi;
- alohida sedativ samaralarning ko‘rinishlari bilan majmuada MNT ni o‘rtacha rag‘batlantiradi;
- xotirani yaxshilaydi.
Preparat teratogen, embriotoksik, mutagen va kanserogen, shuningdek allergik va immunotoksik ta‘sirlarga ega emas, endokrin tizimiga salbiy ta‘sir ko‘rsatmaydi.
Farmakokinetikasi
Teri ostiga va mushak ichiga yuborilganda qondagi maksimal konsentrasiyasiga, yuborilgandan keyin 25-30 minutdan so‘ng erishiladi. Faol moddaning 40-55% qon plazmasi oqsillari bilan bog‘lanadi. Neyromidin to‘qimalarga tezda kelib tushadi va barqarorlashish bosqichida qon plazmasida faol moddaning faqat 2% gina aniqlanadi. Preparat jigarda metabolizmga uchraydi. Preparatning eliminasiyasi buyrak orqali amalga oshiriladi. Yarim chiqarilish davri 40 minutni tashkil etadi. Neyromidin preparatining buyrak orqali ekskresiyasi asosan buyrak naychalari sekresiyasi yo‘li bilan va faqat preparatning 1/3 qismi kalavalar filtrasiyasi yo‘li bilan chiqariladi. Preparatning dozasini 34,8%, preparat parenteral yuborilgandan keyin siydik bilan o‘zgarmagan holda chiqariladi.
Qo‘llanilishi
Periferik nerv tizimining kasalliklari (nevrit, polinevrit va polinevropatiya, poliradikulonevropatiya, miasteniya va turli etiologiyali miastenik sindrom); bulbar falajlar va parezlar; harakat buzilishlari bilan birga kechuvchi MNT ning organik shikastlanishlardagi tiklanish davri; demielinlovchi kasalliklarini kompleks davolash; turli kelib chiqishga ega bo‘lgan xotirani buzilishi (Alsgeymer kasalligi va qarilik natijasidagi aqli zaiflikni boshqa shakllari); ichak atoniyasida qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Neyromidin 5 mg/ml va 15 mg/ml in‘eksiya uchun eritmalari mushak ichiga yoki teri ostiga yuboriladi. Dozalari va davolash davomiyligi kasallikning og‘irlik darajasiga qarab shaxsiy ravishda belgilanadi.
Periferik nerv tizimining kasalliklari, miasteniya va miastenik sindrom: mushak ichiga yoki teri ostiga – 1 ml 5 mg/ml – 1 ml 15 mg/ml in‘eksiya uchun eritma kuniga 1-2 marta yuboriladi.
Davolash kursi bir oydan ikki oygachani tashkil qiladi. Zarurati bo‘lganida davolash kursini, kurslari orasida 1-2 oylik tanaffus bilan bir necha marta takrorlash mumkin.
Nerv-mushak o‘tkazuvchanligining og‘ir buzilishlarida miastenik krizlarning oldini olish uchun qisqa muddat parenteral 1-2 ml (15-30 mg) Neyromidin® 15 mg/ml in‘eksiya uchun eritmasi yuboriladi, so‘ngra davolash Neyromidin 20 mg tabletkalari bilan davom ettiriladi, doza 20-40 mg (1-2 tabletka) gacha oshirilishi mumkin, kuniga 5-6 marta.
Bulbar falajalar va parezlar; MNT organik shikastlanishlarida tiklash davri: 1 ml
5 mg/ml – 1 ml 15 mg/ml in‘eksiya uchun eritma kuniga 1-2 marta yuboriladi. Davolash kursi 15 kungacha, imkoniyati bo‘lganida preparatning tabletka shakliga o‘tiladi.
Kelib chiqishi turlicha bo‘lgan xotirani buzilishi (Alsgeymer kasalligi va keksalik aqli zaiflikni boshqa shakllari): dozasi va davolashning davomiyligi shaxsiy ravishda belgilanadi, maksimal sutkalik doza ba‘zida 200 mg yetishi mumkin, davolash kursi – bir oydan bir yilgachani tashkil etadi.
Agar Siz preparatning navbatdagi dozasini o‘tkazib yuborgan bo‘lsangiz, davolash kursini avval buyurilgan dozada davom ettiring. Zarurati bo‘lganida davolovchi shifokor bilan maslahatlashing.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Boshqa dori vositalari kabi, Neyromidin xam nojo‘ya ta‘sirlar chaqirishi mumkin, ular barcha pasientlarda ham namoyon bo‘lmaydi.
Nojo‘ya ta‘sirlarning MedDRA (Medisinskiy slovar terminologii reglamentarnoy deyatelnosti) tasnifi tizimi bo‘yicha tez-tezligi:
Juda tez-tez (≥1/10); tez-tez (≥1/100 dan <1/10 gacha); tez-tez emas (≥1/1000 dan <1/100 gacha); kam hollarda (≥1/10 000 dan <1/1000 gacha); juda kam hollarda (<1/10000);
* – noma‘lum (mavjud ma‘lumotlar bo‘yicha aniqlab bo‘lmaydi).
Nafas tizimi, ko‘krak qafasi va ko‘ks oralig‘i a‘zolari tomonidan buzilishlar: tez-tez emas – bronxlardagi sekretni chiqarilishini kuchayishi.
Nerv tizimi tomonidan buzilishlar: tez-tez emas, yuqori dozalar qo‘llangan hollarda – bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i, holsizlik, uyquchanlik, mushaklarni tirishishi.
Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan buzilishlar: tez-tez – kuchli terlash, tez-tez emas, yuqori dozalar qo‘llangan hollarda – terida allergik reaksiyalar (qichishish, toshma).
Me‘da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar: tez-tez – so‘lak ajralishini kuchayishi, ko‘ngil aynishi; tez-tez emas, yuqori dozalar qo‘llangan hollarda – qusish; kam hollarda –epigastriyada og‘riq, ich ketishi.
Yurak tomonidan buzilishlar: tez-tez – yurakni tez urib ketishi, bradikardiya.
So‘lak oqishi va bradikardiyani m-xolinoblokatorlar (atropin va boshq.) yordamida kamaytirish mumkin. Nojo‘ya samaralar namoyon bo‘lgan hollarda doza kamaytiriladi yoki preparatni qabul qilishda qisqa vaqt (1-2 kun) tanaffus qilinadi.
Agar davolash vaqtida ushbu yo‘riqnomada ko‘rsatilmagan har qanday nojo‘ya ta‘sirlari paydo bo‘lsa yoki ko‘rsatilgan nojo‘ya ta‘sirlaridan birontasi juda kuchli ifodalansa, shifokorga murojaat qilishingizni so‘raymiz.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Ipidakrin yoki preparatning yordamchi moddalariga yuqori sezuvchanlik. Tutqanoq, giperkinezli ekstrapiramid kasalliklar, stenokardiya, yaqqol bradikardiya, bronxial astma, ichak tutilishi va/yoki siydik yo‘llarini tiqilib qolishi, vestibulyar buzilishlar, zo‘rayish bosqichidagi me‘da yoki o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligida qo‘llash mumkin emas.
Emizish davrida qo‘llash mumkin emas. Homiladorlik vaqtida qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Agar Siz boshqa dori vositalarini qabul qilayotgan bo‘lsangiz, bu haqida o‘z davolovchi shifokoringizni xabardor qiling.
Neyromidin markaziy nerv tizimini susaytiruvchi vositalar bilan majmuada sedativ samarani kuchaytiradi. Boshqa xolinestraza ingibitorlari va M-xolinomimetik vositalar bilan birga qo‘llanganida ta‘siri va nojo‘ya samaralari kuchayadi. Myasthenia gravis li bemorlarda, agar Neyromidin boshqa xolinergik vositalar bilan bir vaqtda qo‘llansa, xolinergik kriz rivojlanishini xavfi oshadi. Neyromidin preparati bilan davolanishdan oldin, agar b-adrenoblokatorlar qo‘llangan bo‘lsa, bradikardiya rivojlanishini xavfi oshadi. Preparatni serebralizin bilan majmuada qo‘llanishi mumkin.
Alkogol preparatning nojo‘ya ta‘sirlarini kuchaytiradi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Me‘da va o‘n ikki barmoq ichakning yara kasalligida, tireotoksikozda, yurak-qon tomir tizimining kasalliklarida, shuningdek anamnezida nafas yo‘llarining kasalliklari bo‘lgan pasientlarga yoki nafas yo‘llarining o‘tkir kasalliklarida ehtiyotkorlik bilan buyuriladi.
Pediatriya amaliyotida qo‘llashning o‘ziga xos xususiyatlari
Pediatriya amaliyotida qo‘llash samaradorligi va xavfsizligi to‘g‘risida ma‘lumotlar yo‘q.
Geriatriya amaliyotida qo‘llashning o‘ziga xos xususiyatlari
Keksa yoshdagi pasientlarda Neyromidinning noxush ta‘siri yoki dozani pasaytirish zarurati to‘g‘risida ma‘lumotlar yo‘q.
Jigar va buyrak faoliyatini buzilishi bo‘lgan shaxslarda qo‘llashning o‘ziga xos xususiyatlari
Jigar va buyrak faoliyatiga Neyromidinning noxush ta‘siri to‘g‘risida ma‘lumotlar yo‘q.
Jigar va buyrak faoliyatini buzilishi bo‘lgan shaxslarda dozaga tuzatish kiritish zarurati yo‘q.
Dori vositasini homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi
Preparat bachadon tonusini oshiradi va muddatidan oldin tug‘ish faoliyatini chaqirishi mumkin, shuning uchun homiladorlik vaqtida qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Emizish davrida – qo‘llash mumkin emas.
Transport vositalarini boshqarish qobiliyatiga ta‘siri
Sedativ ta‘siri kuzatilayotgan pasientlar, davolanish vaqtida transport vositalarini boshqarishda yoki mexanizmlarga xizmat ko‘rsatishda ehtiyotkorlikka rioya qilishlari kerak.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Neyromidin preparati bilan zaharlanishda yoki uning dozasi nisbatan oshirib yuborilganida darhol shifokorni chaqirish kerak.
Doza kuchli oshirib yuborilganida “xolinergik kriz” rivojlanishi mumkin.
Simptomlari: bronxospazm, ko‘zlarni yoshlanishi, kuchli terlash, qorachiqlarni torayishi, nistagm, o‘z-o‘zidan ich kelishi va siyish, qusish, bradikardiya, aritmiyalar, arterial bosimni pasayishi, bezovtalik, xavotirlik, qo‘zg‘alish, qo‘rquv hissi, ataksiya, tirishishlar, koma, nutqni noaniqligi, uyquchanlik va holsizlik. Simptomlari kuchsiz ifodalangan bo‘lishi mumkin.
Davolash: simptomatik davolash qo‘llanadi, M-xolinblokatorlar: atropin, siklodol, metasin va boshqalar qo‘llanadi.
Chiqarilish shakli:
5 mg/ml yoki 15 mg/ml mushak ichiga va teri ostiga yuborish uchun eritma 1 ml dan neytral shisha ampulalarda, o‘ramda 10 ampula va qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi.
Saqlash sharoiti
Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Resept bo‘yicha.
Murakkab:
Faol modda:
1 ml in'ektsiya uchun eritma 5 mg / ml ipidakrin gidroxloridni o'z ichiga oladi.
1 ml in'ektsiya uchun eritmada 15 mg/ml ipidakrin gidroxloridi mavjud.
Yordamchi moddalar: xlorid kislotasi, in'ektsiya uchun suv
Ipidakrin quyidagi farmakologik ta'sirga ega:
• nerv-mushak uzatilishini tiklaydi va rag'batlantiradi;
• turli omillar (travma, yallig'lanish, mahalliy og'riqsizlantiruvchi vositalar, ayrim antibiotiklar, kaliy xlorid va boshqalar ta'siri) ta'sirida buzilgan periferik asab tizimida impulslarning o'tkazuvchanligini tiklaydi;
• kaliy xloriddan tashqari barcha agonistlar ta'sirida silliq mushak organlarining kontraktilligini oshiradi;
• individual sedativ ta'sirlarning namoyon bo'lishi bilan birgalikda markaziy asab tizimini o'rtacha darajada rag'batlantiradi;
• xotirani yaxshilaydi.
Bolalarda preparatning xavfsizligi bo'yicha tegishli klinik tadqiqotlar mavjud emas.
Chiqarish shakllari