Apteka.uz
SavatKirish

Ornidazol

Ornidazol chiqarilish shakllari

ORNIDAZ inyeksiya uchun eritma 100ml 500mg/100ml
Retseptli
ORNIDAZ inyeksiya uchun eritma 100ml 500mg/100ml
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
SR Pharmaceutical Ind. Pvt. Ltd., Indiya proizvedeno: Aishwariya Healthcare
•5 ta dorixonada bor
Narxi
63 000 so'm dan
- Ornidazol qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- Ornidazolning tarkibi
- Ornidazol ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- Ornidazol narxi Toshkent dorixonalarida

Ornidazol qo'llanmasi

Ishlab chiqarilish joyi
Rossiya Federatsiyasi,
Hindiston,
O'zbekiston
Kategoriya
Faol modda

Qo‘llash ko‘rsatmalari

  • Trixomoniaz (Trichomonas vaginalis chaqirgan ayollar va erkaklardagi siydik-tanosil infektsiyalari); amebiaz (Entamoeba histolytica chaqirgan barcha ichak infektsiyalari, shu jumladan amebli dizenteriya, va amebiazning barcha ichakdan tashqari shakllari, ayniqsa jigar amebli xo'ppozi); lyamblioz. Yo'g'on ichakdagi operatsiyalarda va ginekologik aralashuvlarda anaerob infektsiyalar profilaktikasi.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

  • MNT kasalliklari, o‘tkir nevrologik kasalliklar, homiladorlikning I trimestri, laktatsiya davri, ornidazolga yuqori sezuvchanlik. Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanilishi: Homiladorlikning I trimestrida, laktatsiya davrida qo‘llash mumkin emas. Homiladorlikda qo‘llash faqat mutlaq ko‘rsatmalar bo‘yicha, agar ona uchun kutilayotgan foyda homila uchun potentsial xavfdan yuqori bo‘lsagina mumkin. Bolalarda qo‘llanilishi: Dozalash rejimiga muvofiq qo‘llash mumkin.

Tarkibi

  • 1 tab. ornidazol 500 1 tab. ornidazol 500 mg Yordamchi moddalar: mikrokristall tsellyuloza - 88 mg, makkajo‘xori kraxmali - 42 mg, povidon K25 - 42 mg, karboksimetilkraxmal natriy - 21 mg, magniy stearati - 7 mg. Qobiq tarkibi: gipromelloza - 9 mg, makrogol-4000 - 1.9 mg, titan dioksidi - 4.1 mg. 1 tabletka saqlaydi faol modda: Ornidazol – 500 mg yordamchi moddalar: laktoza (sut qandi), magniy stearati, kolloid kremniy dioksidi (aerosil), mikrokristall tsellyuloza, povidon (kollidon 30), natriy kroskarmeloza (primelloza), talk, natriy laurilsulfat ornidazol 500 mg Yordamchi moddalar: laktoza (sut qandi), mikrokristall tsellyuloza, povidon (polivinilpirrolidon), natriy laurilsulfat, kaltsiy stearati, kolloid kremniy dioksidi (aerosil), primelloza (natriy kroskarmelloza), gipromelloza (gidroksipropilmetiltsellyuloza), makrogol 4000 (polietilenglikol 4000), talk, titan dioksidi.

Farmakokinetikasi

So‘rilishi: Ichga qabul qilingandan so‘ng ornidazol me'da-ichak traktida tez so‘riladi. Preparatning biokiraolishligi 90% ga yetadi. Plazmada maksimal konsentratsiyalar 3 soat ichida erishiladi. Taqsimlanishi: Ornidazolning oqsillar bilan bog‘lanishi taxminan 13% ni tashkil qiladi. Faol modda ona sutiga va ko‘pchilik to‘qimalarga, orqa miya suyuqligiga, organizmning boshqa suyuqliklariga o‘tadi, gematoensefalik to‘siq va yo‘ldosh orqali o‘tadi. Plazmadagi ornidazol konsentratsiyalari 6-36 mg/l diapazonida, ya'ni preparatni qo‘llash uchun turli ko‘rsatmalar uchun optimal hisoblangan darajada bo‘ladi. Metabolizmi: Ornidazol jigarda asosan 2-gidroksimetil- va alfa-gidroksimetilmetabolitlar hosil bo‘lishi bilan metabolizmga uchraydi. Ikkala metabolit ham Trichomonas vaginalis va anaerob bakteriyalarga nisbatan o‘zgarmagan ornidazolga qaraganda kamroq faol. Chiqarilishi: Yarim chiqarilish davri taxminan 13 soatni tashkil qiladi. Bir martalik qabuldan so‘ng dozaning 85% dastlabki 5 kun ichida chiqariladi. Metabolitlar ko‘rinishida buyraklar orqali 60-80% va ichak orqali 20-25% chiqariladi. Qabul qilingan dozaning taxminan 4% buyraklar orqali o‘zgarmagan holda chiqariladi.

Farmakologik ta'siri

Protozoyaga qarshi va mikroblarga qarshi preparat, 5-nitroimidazol hosilasi. Ta'sir mexanizmi anaerob mikroorganizmlar va sodda jonivorlarning hujayra ichidagi transport oqsillari tomonidan ornidazol 5-nitro guruhining biokimyoviy tiklanishidan iborat. Tiklangan ornidazol 5-nitro guruhi mikroorganizmlar DNK-hujayralari bilan o'zaro ta'sir qilib, ularning nuklein kislotalari sintezini ingibitsiya qiladi, bu bakteriyalarning nobud bo'lishiga olib keladi. Trichomonas vaginalis, Gardnerella vaginalis, Giardia intestinalis, Entamoeba histolitica, Lamblia spp., shuningdek obligat anaeroblar Bacteroides spp. (shu jumladan Bacteroides fraglis, Bacteroides distasonis, Bacteroides ovatus, Bacteroides thetaiotaomicron, Bacteroides vulgatus), Fusobacterium spp., Veillonela spp., Prevotella (P.bivia, P.buccae, P.disiens) va ba'zi grammusbat mikroorganizmlarga (Eubacterium spp., Clostridium) nisbatan faol. Ornidazolga aerob mikroorganizmlar sezgir emas.

Nojo'ya ta'sirlar

  • Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: bo'lishi mumkin - ko'ngil aynishi, jig'ildon qaynashi, bosh aylanishi, uyquchanlik, teri toshmasi. Asab tizimi tomonidan: bo'lishi mumkin - bosh og'rig'i, bosh aylanishi, ongning buzilishi, tremor, mushak rigidligi, harakat koordinatsiyasining buzilishi, tirishishlar, sensor yoki aralash periferik nevropatiya, ko'ngil aynishi, qusish, diareya. Charchoq, vaqtincha hushdan ketish, sensor yoki aralash periferik neyropatiya, ta'm bilishning buzilishi, "jigar" fermentlari faolligining o'zgarishi, allergik reaktsiyalar. Dozani oshirib yuborish Simptomlari: epileptiform tirishishlar, depressiya, periferik nevrit. Davolash: simptomatik (tirishishlarda - diazepam).

Dori shaklining ta'rifi

  • Parda qobiq bilan qoplangan tabletkalar Oq yoki sarg'ish tusli oq rangli parda qobiq bilan qoplangan, dumaloq, ikki tomonlama qavariq tabletkalar; tabletka sinig'ida ikki qatlam ko'rinadi: deyarli oqdan och-sariq ranggacha bo'lgan yadro va parda qobiq Oq yoki deyarli oq rangli, ikki tomonlama qavariq, uchlari yumaloqlangan cho'zinchoq shaklli, chiziqchali parda qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta’siri. Kumarin qatori antikoagulyantlari samarasini kuchaytiradi, vekuroniy bromidning miorelaksatsiyalovchi ta’sirini uzaytiradi. Boshqa imidazol hosilalaridan (metronidazol) farqli ravishda etanol bilan mutanosib (atsetaldegiddegidrogenazani ingibitsiya qilmaydi).

Umumiy ma'lumot

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

ORNIDAZ®

ORNIDAZ®

 

Preparatning savdo nomi: Ornidaz®

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): ornidazol

Dori shakli: infuziya uchun eritma.

Tarkibi:

100 ml eritma quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: 500 mg ornidazol IP;

yordamchi moddalar: natriy xloridi USP, in‘eksiya uchun suv.

Ta‘rifi: tiniq rangsiz yoki och sariq rangli eritma.

Farmakoterapevtik guruhi: protozoylarga qarshi vosita.

ATX kodi: J01X D03.

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

Ornidaz® – 5-nitroimidazolning xosilasi, metronidazol va boshqa 5-nitroimidazol-larning ta‘siriga o‘xshash antibakterial ta‘sirga ega.

Trichomonas vaginalis, Entamoeba histolytica, Giardia lamblia(Giardia intestinalis), shuningdek Gardnerella vaginalis, Bacteroides va Clostridium spp., Fusobacterium kabi ayrim anaerob bakteriyalarga va anaerob kokklarga nisbatan faol. Balantidium coli, Blastocystis hominis, Trichomonas vaginalis, Trichomonas foetus, Giardia intestinalis va Entamoeba histolytica ga qarshi protozoylarga qarshi ta‘sirga ega.

Ta‘sir mexanizmi bo‘yicha Ornidaz® –nitroguruhni kimyoviy jihatdan qaytarish va oqsillarning feridoksinlarini nitrobirikmalar bilan o‘zaro ta‘sirini katalizlash qobiliyatiga ega bo‘lgan ferment tizimlariga ega mikroorganizmlarga nisbatan tanlov faollikka ega DNK-trop preparatdir. Preparat mikrob xujayrasiga kirganidan keyin uning ta‘sir mexanizmi, mikroorganizmning nitroreduktazalari ta‘siri ostida nitroguruhni tiklanishi va tiklangan nitroimidazolning faolligi bilan bog‘liq. Tiklanish mahsulotlari DNK bilan majmualar hosil qiladi, bu uni degradasiyasiga olib keladi, DNK replikasiyasi va transkripsiyasi jarayonlarini buzadi. Bundan tashqari, preparatning metabolizmini mahsulotlari sitotoksik xususiyatlarga ega va xujayra nafasi jarayonlarini buzadi.

Farmakokinetikasi

Vena ichiga tomchilab 15 mg/kg boshlang‘ich dozada yuborilganida va keyingi tana vazniga 7,5 mg/kg dozada har 6 soatda yuborilganida, maksimal muvozanat konsentrasiyasi
26 mkg/ml, minimali esa – 18 mkg/ml ni tashkil qiladi. Ornidazol organizmning safro, so‘lak, plevral, peritoneal va orqa miya suyuqligi (qon plazmasidagi konsentrasiyasidan taxminan 43%), qin sekreti, suyak to‘qimasi, jigar, eritrositlar kabi ko‘pchilik to‘qimalari va biologik suyuqliklarida taqsimlanadi. Plazma oqsillari bilan bog‘lanishi 20% dan kamroqni tashkil qiladi. Ornidazol yo‘ldosh to‘sig‘i orqali o‘tadi, ko‘krak sutiga chiqariladi. Organizmda preparatning deyarli 30-60% gidroksillanish, oksidlanish va glikozillanish yo‘li bilan metabolizmga uchraydi. Asosiy metaboliti
(2-oksimetronidazol) ham protozoylarga qarshi va antibakterial ta‘sirga ega. Ornidazol bir marta yuborilganidan keyin asosan siydik bilan (60-80%), qisman – safro bilan o‘zgarmagan holda va metabolitlari ko‘rinishida 5 sutka davomida chiqariladi.

Qo‘llanilishi

Trixomoniaz, amyobiaz, amyobali dizenteriya, ichakdan tashqari amyobiaz (shu jumladan jigarning amebali absessi); lyamblioz; ornidazolga sezgir anaerob bakteriyalar chaqirgan tizimli infeksiyalar: septisemiya, meningit, peritonit, operasiyadan keyingi jarohat infeksiyalari, operasiyadan keyingi sepsis, tug‘ruqdan keyingi sepsis, septik abort va endometrit; yo‘g‘on ichakdagi jarroxlik aralashuvlaridan va ginekologik aralashuvlaridan keyin anaerob bakteriyalar tomonidan chaqirilgan infeksiyalarni oldini olishda qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Preparat vena ichiga yuboriladi.

Anaerob infeksiyada kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalarga 500-1000 mg boshlang‘ich dozada qo‘llanadi, keyin – 500 mg dan har 12 soatda yoki 1000 mg dan har 24 soatda 5-10 kun davomida (pog‘onali doza). Pasientning holati barqarorlanganidan keyin, ornidazolni og‘iz orqali qabul qilishga o‘tish kerak (masalan, 500 mg li tabletkalar, 1 tabletkadan har 12 soatda).

Tana vazni 6 kg dan katta 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarga sutkalik doza tana vazniga 20 mg/kg hisobidan buyuriladi, 2 yuborishga bo‘lingan, 5-10 sutka davomida.

Anaerob infeksiyalarni oldini olish uchun kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalarga Ornidaz® vena ichiga 500-10000 mg dozada operativ aralashuvdan yarim soat oldin yuboriladi.

Aralash infeksiyalarni oldini olish uchun Ornidaz®ni aminoglikozidlar, penisillin yoki sefalosporinlar bilan birga qo‘llash kerak. Preparatlarni aloxida yuborish kerak.

Trixomoniaz

Kattalar – 0,5 g kuniga 3 marta 5 kun davomida yoki 1 g metronidazolni kechqurunga intra vaginal yuborilishi bilan birga majmuada buyuriladi. Bolalarga – sutkada tana vazniga 25 mg/kg doza hisobilan bir marta buyuriladi.

Kechishi og‘ir bo‘lgan amebali dizenteriya, amebiazning barcha ichakdan tashqari shakillari.

Kattalar va tana vazni 35 kg dan ortiq bolalar uchun birinchi yuborish 500-1000 mg ni tashkil qiladi, keyin – 500 mg dan xar 12 soatda, 3-6 sutka davomida buyuriladi.

Tana vazni 35 kg dan kam bolalarga Ornidaz® sutkada tana vazniga 25 mg/kg hisobidan yuboriladi, 2 yuborishga bo‘linadi.

Lyamblioz

Kattalar va tana vazni 35 kg dan ortiq bolalar – sutkada 1,5 g dan buyuriladi.

Tana vazni 35 kg dan kam bolalarga – sutkada 40 mg/kg dozada buyuriladi. Davolash davomiyligi 1-2 kun.

Buyraklar faoliyatini buzilishida yuborishlar orasidagi interval uzaytiriladi yoki preparatning bir martalik va sutkalik dozasi pasaytiriladi.

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

Meda-ichak yo‘llari tomonidan: metall ta‘mi, og‘izni qurishi, tilni oqarishi, ko‘ngil aynishi, ishtahani yo‘qolishi, qorin og‘rig‘i, diareya, qusish, jigar sinamalarining ko‘rsatgichlarini o‘zgarishi.

Nerv tizimi tomonidan: bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, tremor, mushaklarning rigidligi, harakat koordinasiyasini buzilishi, ataksiya, tirishishlar, ongni chalkashishi, sensor yoki aralash periferik neyropatiyaning belgilari.

Allergik reaksiyalar: juda kam – angionevrotik shish; teri toshmalari, qichishish, eshakemi.

Boshqalar: o‘rtacha leykopeniya, siydikning rangini to‘qlashashi, yurak-tomir buzilishlari.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

O‘ta yuqori sezuvchanlik; homiladorlikning I uch oyligi; laktasiya davri; markaziy nerv tizimining organik kasalliklari.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Ornidazol kumarin qatori peroral antikoagulyantlarning ta‘sirini potensiyalaydi, bu dozani muvofiq to‘g‘irlashni talab qiladi. Ornidazol vekuroniy bromidining miorelaksasiyalovchi ta‘sirini uzaytiradi.

Preparatning konsentrasiyasi mikrosomal fermentlarning induktorlari (fenobarbital, rifampisin) bilan bir vaqtda qo‘llanganida pasayadi va jigarning mikrosomal tizimi ingibitorlari, xususan N2-reseptorlarning blokatorlari (simetidin) bilan bir vaqtda ishlatilgagnida oshadi.

5-nitroimidazolning boshqa xosilalari bilan qo‘llanganida periferik nefrit, ruxiy depressiya, tutqanoqqa o‘xshash tirishishlarni aloxida hollari haqida xabar berilgan.

 

Maxsus ko‘rsatmalar

Jigar faoliyatining yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarga (dozani kamaytirish kerak), bosh miyaning shikastlanishi bo‘lgan bemorlarga, qon yaratilishining buzilishi bo‘lgan bemorlarga (leykopeniya, neytropeniya rivojlanishining katta xavfi); alkogolni suiste‘mol qiluvchi pasientlarga ehtiyotkorlik bilan buyuriladi.

Homiladarlik va laktasiya davrida qo‘llanishi

Ornidaz®ni homiladorlikning I uch oyligida qo‘llash mumkin emas. II va III oyliklarida preparat faqat mutloq ko‘rsatmalar bo‘yicha buyuriladi.

Laktasiya davrida Ornidaz® preparatini qo‘llashning zarurati bo‘lganida emizishni to‘xtatish kerak.

Avtomobilni boshqarish yoki harakatlanuvchi mexanik qurilmalarga xizmat ko‘rsatish qobiliyatiga ta‘siri

Ornidaz® diqqatni jamlash qobiliyatini va psixomotor reaksiyalar tezligini pasaytiradi.

Avtotransportni boshqaruvchi yoki boshqa mexanizmlarda ishlovchi pasientlar bunday ko‘rinishlari bo‘lishi mumkinligini hisobga olishlari kerak.

Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: xushni yo‘qotish, bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, qaltirash, tirishishlar, depressiya, pnriferik nefrit, ko‘ngil aynishi, qusish.

Davolash: simptomatik, spesifik antidoti ma‘lum emas.

Chiqarilish shakli

Infuziya uchun eritma 5 mg/ml.

100 ml dan LDPE turidagi flakonda.

Bir flakon qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga qarton qutida.

Saqlash sharoiti

25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda, quruq, yorug‘likdan ximoyalangan joyda saqlansin.

Muzlatilmasin.

 

Yaroqlilik muddati

2 yil.

 

Berish tartibi

Resept bo‘yicha beriladi.

Ulashish:
Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Ornidazol preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing

Ornidazol narxlari

Dorixonalar
Manzil
Ish vaqti
Sotib olish
D5 №4
Shayxontoxur tumani, Samarqand Darvoza ko'ch., 1 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 09:00-18:00
67 200 so'm
Bron qilish
Insof Baraka Farm
Olmazor tumani, Sebzor ko'chasi, c-17/18, uy-44
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-23:30
59 000 so'm
Diamonds pharm №2
Olmazor tumani, Qorasaroy ko'ch., 243 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-00:00
70 000 so'm
Diamonds pharm №1
Olmazor tumani, Sebzor ko'chasi, 39-uy, 64-xonadon
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-00:00
70 000 so'm

Ornidazol barcha rasmlari

Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar

Ornidazol haqida savollar

Ornidazol haqida fikr-mulohazalar

Reyting 5.0, 5 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil