Pantenning aptekalardagi narxlari
PANTENOL (DETSKIY) sprey 5% 130g N1
|
|
4 ta dorixonada bor
|
95 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
|
|
PANTENOL (CONSUMED) sprey 5% 58ml N1
|
|
1 ta dorixonada bor
|
60 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
|
|
PANTENOL sprey 5% 130g N1
|
|
2 ta dorixonada bor
|
75 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
|
PANTENOL maz 5% 25g N1
|
|
6 ta dorixonada bor
|
20 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
|
PANTENOL krem 5% 50ml N1
|
|
5 ta dorixonada bor
|
22 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
|
|
PANTENOL krem 5% 50g N1
|
|
3 ta dorixonada bor
|
46 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
|
|
PANTENOL (PLYUS XLORGEKSIDIN) krem 5% 50g N1
|
|
2 ta dorixonada bor
|
49 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
|
|
PANTENOL-ZD krem 50ml N1
|
|
48 ta dorixonada bor
|
18 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
26 000 so'mdan
+ yetkazish
Buyurtma berish
|
26 000 so'mdan
Bron qilish
|
PANTENOL aerozol 5% 58g N1
|
|
111 ta dorixonada bor
|
38 100 so'mdan
Dorixonadan topish
|
66 100 so'mdan
+ yetkazish
Buyurtma berish
|
46 000 so'mdan
Bron qilish
|
PANTENOL aerozol 5% 116g N1
|
|
112 ta dorixonada bor
|
55 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
88 600 so'mdan
+ yetkazish
Buyurtma berish
|
55 000 so'mdan
Bron qilish
|
PANTENOL-ZD balzam 200ml N1
|
|
14 ta dorixonada bor
|
40 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
|
40 000 so'mdan
Bron qilish
|
Yetkazib berish xizmati haqida ma'lumot:
Yetkazib berish xizmatlarini taklif qiluvchi dorixonalar katalogda "yetkazib berish" belgisi bilan ajratilgan.
Shu tarzda belgilangan dorixona bilan telefon orqali aloqaga chiqing va buyurtmaning narxi va yetkazib berish muddatini aniqlashtirib oling.
Odatda, dorixona buyurtmani 1 soat ichida yuboradi.
Panten ko'rsatmalar
- mukovistsedoz;
- surunkali pankreatit;
- pankreatektomiya;
- gastroektomiya;
- me'da osti bezi raki;
- me'dani to'liq youi qisman rezektsiyasidan (masalan Bil'rot II bo'yicha gastroenterotomiyadan) keyingi holat;
- pankreatik yoki umumiy o't yo'lining obstruktsiyasi (masalan, o'sma bilan);
- Shvaxman-Daymond sindromi;
- patsient enteral oziqlanishga o'tkazilgan vaqtdan boshlab, o'tkir pankreatitni zo'rayishidan keyingi holat.
Klinikagacha bo'lgan tadqiqotlarning ma'lumotlari o'tkir, nim surunkali yoki surunkali toksikligini ko'rsatmadi. Genotoksiklik, kantserogenlik yoei reproduktivlikka toksik ta'sirini o'rganish bo'yicha tadqiqotlari o'tkazilmagan.
Homiladorlik va emizish davrida qo'llanishi
Me'da osti bezi fermentlarini homiladorlikni kechishiga ta'siri bo'yicha klinik tekshirishlarning ma'lumotlari yo'q, shuning uchun homilador ayollarga ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak. Hayvonlarda o'tkazilgan tadqiqotlar cho'chqa me'da osti bezi fermentlarini so'rilish belgilari yo'qligini ko'rsatgan. Shunday qilib, reproduktsiya faollikka va homilani rivojlanishiga toksik ta'sirining borligi kutilmaydi.
Hayvonlardagi o'tkazilgan tadqiqotlar emizuvchi ayolda me'da osti bezi fermentlarining tizimli ekspozitsiyasi yo'qligidan dalolat berishi tufayli, emizikli bolaga biron-bir ta'siri taxmin qilinmaydi. Shuning uchun emizish davrida me'da osti bezining fermentlarini qabul qilish mumkin.
Zarurati bo'lganida homiladorlar yoki emizuvchi ayollar, Pantenni ovqatlanishning adekvat holatini ta'minlash uchun yetarli dozalarda qabul qilishlari mumkin.
Bolalar.
Pantenni bolalarda qo'llash mumkin.
Avtotransport yoki boshva mexanizmlarni boshqarishda reaktsiya tezligiga ta'sir qilish qobiliyati.
Panten preparatining transport vositalari yoki boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri yo'q yoki hisobga olinmaydigan darajada kam hisoblanadi.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o'tgach qo'llanilmasin.
Preparatni ovqatlanish vaqtida yoki ovqatdan keyin darhol qabul qilish tavsiya etiladi. Kapsulalarni butunligicha, sindirmasdan va chaynamasdan yetarli miqdordagi suyuqlik bilan birga yutish yoki yengil nonushta bilan iste'mol qilish kerak.
Agar kapsulani butunligicha yutish mumkin bo'lmasa (bolalar va keksa yoshli shaxslar) uni ochish va mikrosferik granulalarni chaynashni talab qilmaydigan va nordon ta'mga (rN<5,5) ega yumshoq ovqatga qo'shish, yoki shuningdek nordon ta'mga (rN<5,5) bo'lgan suyuqlik bilan qabul qilish kerak. Masalan mikrosferalarni rN 5,5 dan kam bo'lgan olma pyuresiga, yogurtga yoki meva (olma, apel'sin yoki ananas) sharbatiga qo'shish mumkin. Bunday aralashmani darhol qabul qilish kerak, saqlash mumkin emas.
Mikrosferalarni maydalash yoki chaynash, shuningdek ularni rN 5,5 dan yuqori bo'lgan ovqat yoki suyuqlik bilan aralashtirish, ularning ichakda eruvchi himoya qobiqlarini parchalashi mumkin. Bu fermentlarni og'iz bo'shlig'ida erta ajralib chiqishiga, samaradorligini pasayishiga va shilliq qavatlarni ta'sirlanishiga olib kelishi mumkin. Mikrosferalarni og'izda qolmaganligiga ishonch hosil qilish kerak.
Panten preparati bilan davolanish vaqtida yetarli miqdordagi suyuqlikni, ayniqsa uni yuqori yo'qotilish davrida, iste'mol qilish juda muximdir. Suyuqlikning tanqisligi qabziyat chaqirishi mumkin.
Mukovistsidozda kattalar va bolalar uchun dozalash.
Mukovistsidoz (MV) bo'yicha Muvofiqlashtirish konferentsiyasining, AQSh MV Assotsiatsiyasining «tasodif-nazorat» tekshirishlariga va Buyukbritaniyadagi «tasodif-nazorat» tekshirishlariga asoslanib, me'da osti bezi fermentlari bilan o'rinbosar davolash uchun quyidagi umumiy tavsiyalarni taklif qilish mumkin:
- 4 yoshgacha bo'lgan bolalar uchun har bir ovqat qabul qilish vaqtida tana vaznining kg ga boshlang'ich doza 1000 TB lipazani tashkil qiladi, 4 yoshdan boshlab bolalar uchun har bir ovqat qabul qilish vaqtida tana vaznining kg ga - 1000 TB lipaza to'g'rilanadi.
- Dozani kasallikning og'irligi, steatoreyani va kerakli nutritiv holatni tutib turishni nazoratiga qarab, shaxsiy tanlash kerak.
- Ko'pchilik patsientlar uchun tutib turuvchi doza tana vaznining kg ga sutkada 10000 TB lipazadan yoki 1 gramm iste'mol qilingan yog'ga 4000 TB lipazadan oshmasligi kerak.
Me'da osti bezining ekzokrin yetishmovchiligini boshqa turlarida dozalash.
Ovqat hazm bo'lishining buzilish darajasi va ovqatning yog'li tarkibiga qarab, dozani shaxsiy ravishda tanlash kerak.
Odatdagi boshlang'ich doza har bir asosiy ovqat qabul qilish vaqtida 10000 dan 25000 TB lipazani tashkil qiladi. Asosiy ovqat qabul qilishlar vaqtida doza 25000 dan 80000 TB gacha lipaza bo'lishi mumkin, yengil nonushta qabul qilish vaqtida esa, shaxsiy dozaning yarmini tashkil qilishi kerak.
Eng ko'p xabar berilgan nojo'ya reaktsiyalari, asosan yengil va og'irligi o'rtacha darajali ovqat hazm qilish yo'llarining buzilishlari bo'lgan.
Klinik tekshirishlar davomida quyida ko'rsatilgan tez-tezlik bilan, quyidagi nojo'ya reaktsiyalar kuzatilgan
A'zolar tizimi |
Juda tez-tez, ≥1/10 |
Tez-tez, ≥1/1000 |
Tez-tez emas |
Tez-tezdigi noma'lum |
Me'da ichak yo'llari tomonidan buzilishlar |
qorin og'rig'i* |
ko'ngil aynishi, qusish, qabziyat, qorinni dam bo'-lishi, diareya* |
|
yonbosh, ko'r va yo'g'on ichakning striktu-rasi (fibroz kolonopatiya) |
Teri va teri osti to'qimalari tomonidan buzilishlar |
|
|
toshma |
qichishish, eshakemi |
Immun tizimi tomonidan buzilishlar |
|
|
|
o'ta yuqori sezuvchan-lik (anafilaktik reaktsiyalar) |
*- me'da-ichak yo'llari tomonidan buzilishlar asosan asosiy kasallik bilan bog'liq. Qorin sohasida og'riq va diareya kabi noxush reaktsiyalarni paydo bo'lish tez-tezligi, platsebo qo'llaganida past yoki undagi bilan bir hil bo'lgan.
Yonbosh, ko'r va yo'g'on ichakni strikturasi (fibroz kolonopatiya), pankreatinning yuqori dozalarini olgan mukovistsidozi bo'lgan patsientlarda kuzatilgan («Maxsus ko'rsatmalar» bo'limiga qarang).
Kuzatilgan allergik reaktsiyalar, asosan, lekin faqat emas, teri bilan cheklangan va nojo'ya reaktsiyalar sifatida postmarketing qo'llangan aniqlangan. Bu reaktsiyalar xaqidagi xabarlar spontan bo'lganligi va aniq bo'lmagan o'lchamli populyatsiyadan olinganligi tufayli, bu reaktsiyalarning aniq tez-tezligini baholash mumkin emas.
Bolalar
Bolalarda spetsifik noxush reaktsiyalari aniqlanmagan. Mukovistsidozi bo'lgan bolalardagi nojo'ya reaktsiyalarning tez-tezligi, turi va og'irligi kattalardagi bilan bir hil bo'lgan.
Faol modda:.
Panten: 1 kapsula YeF bo'yicha 25000 tb. lipaza, YeF bo'yicha 18000 tb. amilaza, YeF bo'yicha 600 tb. proteaza fermentativ faollikka muvofiq keluvchi 300 mg pankreatin saqlaydi;
yordamchi moddalar: granulalar yadrosi – makrogol 4000, granulalar qobig'i – gipromelloza ftalati, tsetil spirti, trietiltsitrat, dimetikon 1000, kapsula qobig'i – jelatin, temir oksidi (E172), titan dioksidi (E171), natriy laurilsul'fati.
Сhiqarilish shakli
10 kapsuladan alyumin/alyumin fol'gali (alu/alu) blisterlarda. 2 blisterdan qo'llash bo'yicha yo'riqnomasi bilan birga karton qutida.
Kapsulalar ko'p dozali printsip bo'yicha ko'p sonli mikrosferalarni ajratib, me'dada tez eriydi, bu me'da ichidagisi bilan yaxshi aralashishini, me'dadan uning ichidagisi bilan birga ichakka o'tishini va ajralib chiqqanidan keyin ichak ichidagi fermentlarni yaxshi taqsimlanishini ta'minlaydi.
Mikrosfera ingichka ichakka tushganida va qobiq (rN>5,5 da) tez parchalanadi, lipolitik, amilolitik va proteolitik fermentlarni ajratib chiqaradi, bu yog'lar, karbonsuvlar va oqsillarni parchalanishini ta'minlaydi.
Pankreatik fermentlar ta'sirida ovqat hazm bo'lishi natijasida hosil bo'lgan mahsulotlar darhol yoki ichak fermentlari tomonidan keyingi gidrolizga uchraganidan so'ng so'riladi.
Klinik samaradorligi.
Me'da osti bezining ekzokrin yetishmovchiligi bo'lgan patsientlarda Pantenning samaradorligini o'rganish bo'yicha ja'mi 30 tadqiqot o'tkazilgan. Ulardan o'ntasi platsebo-nazoratli bo'lgan yoki ularda dastlabki ko'rsatgichlar bilan qiyoslash qo'llangan; bu tadqiqotlarda mukovistsidoz, surunkali pankreatit yoki operatsiyadan keyingi holatlari bo'lgan patsientlar ishtirok etishgan.
Barcha randomizatsiyalangan samaradorlikni o'rganish bo'yicha platsebo-nazoratli tadqiqotlarida oldindan belgilangan birlamchi maqsad samaradorlikning birlamchi ko'rsatgichi – yog'larning so'rilish koeffitsienti (YoSK) bo'yicha Pantenni platsebo ustidan ustunligini isbot qilish bo'lgan.
Yog'larni so'rilish koeffitsienti, ovqat bilan iste'mol qilingan yog'lar va ahlat bilan chiqarilgan yog'larni hisobga olgan holda organizmga so'rilgan yog'larning foizini aks ettiradi. Me'da osti bezining tashqi sekretor yetishmovchiligini o'rganish bo'yicha platsebo-nazoratli klinik tekshirishlarda, YoSK ning (%) o'rtacha qiymati Panten bilan davolashda (83,0%), platsebo ishlatilganiga qaraganda (62,6) yuqori bo'lgan. Barcha tadqiqotlarda, ularning dizaynidan qat'iy nazar, YoSK ning (%) o'rtacha qiymati Panten bilan davolash davrining oxirida, platsebo-nazoratli tadqiqotlarda Panten qo'llanganidagi yog'larning so'rilish koeffitsientining o'rtacha qiymatlari bilan bir xil bo'lgan. Barcha o'tkazilgan tadqiqotlarda, kasallikning etiologiyasidan qat'iy nazar, xarakterli simptomatikani (ich kelishini tez-tezligi, uning konsistentsiyasi, meteorizm) ham yaxshilanishi kuzatilgan.
Bolalar
Mukovistsidozi bo'lgan bemorlarda Panten preparatining samaradorligi yangi tug'ilganlardan to o'smirlik yoshigacha bo'lgan 288 patsientlarda namoyish qilingan. Barcha tadqiqotlarda bolalarda Panten preparati bilan davolashning oxirida YoSK o'rtacha ko'rsatgichi,patsientlarning yoshidan qat'iy nazar 80% dan yuqori bo'lgan.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Chiqarish shakllari