Pantogamning aptekalardagi narxlari
PANTOGAM tabletkalari 250mg N50
|
|
267 ta dorixonada bor
|
112 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
154 600 so'mdan
+ yetkazish
Buyurtma berish
|
130 000 so'mdan
Bron qilish
|
PANTOGAM tabletkalari 500mg N50
|
|
268 ta dorixonada bor
|
145 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
230 000 so'mdan
+ yetkazish
Buyurtma berish
|
180 000 so'mdan
Bron qilish
|
PANTOGAM kapsulalar 300mg N60
|
|
218 ta dorixonada bor
|
135 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
|
158 000 so'mdan
Bron qilish
|
PANTOGAM sirop 100mg/ml 100ml N1
|
|
243 ta dorixonada bor
|
54 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
150 000 so'mdan
+ yetkazish
Buyurtma berish
|
127 000 so'mdan
Bron qilish
|
Yetkazib berish xizmati haqida ma'lumot:
Yetkazib berish xizmatlarini taklif qiluvchi dorixonalar katalogda "yetkazib berish" belgisi bilan ajratilgan.
Shu tarzda belgilangan dorixona bilan telefon orqali aloqaga chiqing va buyurtmaning narxi va yetkazib berish muddatini aniqlashtirib oling.
Odatda, dorixona buyurtmani 1 soat ichida yuboradi.
Pantogam ko'rsatmalar
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
PANTOGAM
PANTOGAM
Preparatnig savdo nomi: Pantogam
Ta‘sir etuvchi modda (XPN): gopanten kislotasi (acidum hopantenicum)
kimyoviy nomi: (R)-4-[2,4-Dihydroxy-3,3-dimethyl-butyril)amino]butyrate calcium (2:1)
Dori shakli: sirop
Tarkibi:
faol modda: kalsiy gopantenati (Pantogam®) – 10,0 g;
yordamchi moddalar: gliserol (100% ga qayta hisoblanganda) 25,8 g, sorbit 15,0 g, limon kislotasi monogidrati 0,1 g, natriy benzoati 0,1 g aspartam 0,05 g, “Olcha 667” ozuqa aromatizatori 0,01 g, tozalangan suv – 100 ml gacha.
Ta‘rifi: rangsiz yoki biroz sarg‘ish olcha xidli suyuqlik.
Farmakoterapevtik guruhi: Nootrop vosita.
ATX kodi: N06BX
Farmakologik xususiyatlari
Pantogamning ta‘sir doirasi uning strukturasida gamma-aminomoy kislotasining bo‘lishi bilan bog‘liq. Ta‘sir mexanizmi Pantogamning GAMKB-reseptor-kanal kompleksiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta‘siri bilan bog‘liq. Preparat nootrop va tirishishga qarshi ta‘sirlarga ega. Preparat miyaning gipoksiyaga va toksik moddalarning ta‘siriga chidamliligini oshiradi, neyronlarda anabolik jarayonlarni rag‘batlantiradi, o‘rtacha sedativ ta‘siri yengil rag‘batlantiruvchi samarasi bilan qo‘shiladi, motor qo‘zg‘aluvchanlikni kamaytiradi, aqliy va jismoniy ish qobiliyatini faollashtiradi. Surunkali alkogolli intoksikasiyada va etanol bekor qilinganidan keyin GAMK metabolizmini yaxshilaydi. Novokain va sulfanilamidlarning faolsizlantirish mexanizmlarida ishtirok etuvchi asetillanish reaksiyalarini ingibisiya qilish xususiyatiga egaligi tufayli, oxirgi ikkala moddaning ta‘sirini uzayishiga erishiladi. Patologik oshgan qovuq refleksini va detruzor tonusini tormozlanishini chaqiradi.
Farmakokinetikasi
Pantogam me‘da-ichak yo‘llaridan tez so‘riladi, gemato-ensefalik to‘siq orqali o‘tadi, jigarda, buyrakda, me‘da devorida va terida eng yuqori konsentrasiyalari hosil bo‘ladi. Preparat metabolizmga uchramaydi va o‘zgarmagan holda 48 soat davomida chiqariladi: qabul qilingan dozaning 67,5% buyrak orqali chiqariladi, 28,5% ahlat bilan chiqariladi.
Qo‘llanilishi
- hayotining birinchi kunlaridan boshlab perinatal ensefalopatiyasi bo‘lgan bolalar;
- bolalar serebral falajining turli shakllari;
- turli darajada ifodalangan, shu jumladan ahloqiy buzilishlar bilan kechuvchi aqliy qoloqlik;
- bolalarda umumiy ruhiy rivojlanishni kechikishi, maktab ko‘nikmalarini (o‘qish, yozish, hisoblash va boshqalarni) shakllanishini, nutq va harakat faoliyatini spesifik buzilishlari va ularni birga qo‘shilishi ko‘rinishidagi bolalardagi ruhiy holatning buzilishlari;
- giperkinetik buzilishlar, shu jumladan diqqatni tanqisligi bilan kechuvchi giperfaollik sindromi;
- nevrozsimon holatlar (duduqlanishda, asosan klonik shaklida, tiklarda, noorganik ahlatni va siydikni tutib tura olmaslikda);
- bosh miya qon tomirlarining aterosklerotik o‘zgarishlari oqibatidagi mnestik-intellektual mahsullikni pasayishi, senil demensiyasini boshlang‘ich shakllarida, bosh miyaning travmatik, toksik, neyroinfeksion genezli organik shikastlanishlarida;
- serebral organik yetishmovchilik bilan kechuvchi shizofreniya (psixotrop preparatlar bilan majmuada);
- miyaning organik kasalliklarida (mioklonus tutqanoq, Gentington xoreyasi, gepatolentikulyar degenerasiya, Parkinson kasalligi va boshqalar), shuningdek neyroleptiklarni qabul qilish oqibatidagi ekstrapiramid sindromini davolash va oldini olish uchun;
- ruhiy jarayonlarning sekinlashishi va antikonvulsantlar bilan birga bo‘lgan kognitiv mahsullikni pasayishi bilan birga bo‘lgan tutqanoq;
- psixoemosional zo‘riqishlar, aqliy va jismoniy ish qobiliyatini pasayishi, diqqatni jamlashni va eslab qolishni yaxshilash uchun;
- siyishning neyrogen buzilishlari (pollakiuriya, siyishga imperativ qistovlar, siydikni imperativ tutib tura olmaslik) da qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
100 mg/ml sirop ichga, ovqatdan 15-30 minut keyin qabul qilinadi. Kattalar uchun bir martalik doza sutkada 2,5-10 ml (0,25-1 g), bolalar uchun – 2,5-5 ml (0,25-0,5 g), kattalar uchun sutkalik doza – 15-30 ml (1,5-3 g), bolalar uchun – 7,5-30 ml (0,75-3 g). Davolash kursi – 1-4 oy, ba‘zida 6 oygacha. 3-6 oydan keyin takroriy davolash kurslarini o‘tkazish mumkin.
Bolalarga, yoshi va nerv tizimining patologiyasiga qarab, quyidagi dozalar diapazoni tavsiya qilinadi: bir yoshgacha bo‘lgan bolalarga sutkada – 5-10 ml (0,5-1 g), 3 yoshgacha – sutkada 5-12,5 ml (0,5-1,25 g), 3 dan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarga 7,5-15 ml (0,75-1,5 g), 7 yoshdan kattalarga – 10-20 ml (1-2 g) buyuriladi. Davolash taktikasi dozani 7-12 kun davomida oshirishni, maksimal dozada 15-40 va undan ko‘proq kun davomida qabul qilishni va asta-sekin 7-8 kun davomida kamaytirib bekor qilishni nazarda tutadi. Davolash kursi 30-90 kun (ayrim kasalliklarda 6 oy va undan ko‘proq) ni tashkil qiladi.
Shizofreniyada psixotrop preparatlar bilan majmuada sutkada 5 dan 30 ml gacha (0,5-3 g) buyuriladi. Davolash kursi – 1 dan 3 oygacha. Tutqanoqda antikonvulsantlar bilan majmuada – sutkada 7,5 dan 10 ml gacha (0,75-1 g) dozada buyuriladi. Davolash kursi – 1 yil va undan ko‘proq davom etadi. Ekstrapiramid buzilishlar bilan birga kechuvchi neyroleptik sindromida sutkalik doza – 30 ml gacha (3 g gacha) buyuriladi, davolash bir necha oy davom etadi.
Nerv tizimining organik kasalliklari bo‘lgan bemorlarda ekstrapiramid giperkinezlarda sutkada 5 dan 30 ml gacha (0,5-3 g) buyuriladi. Davolash kursi – 4 oy va undan ko‘proq davom etadi.
Neyroinfeksiyalar va bosh-miya jarohatlari oqibatlarida – sutkada 3 dan 30 ml gacha (0,5-3 g) buyuriladi.
Kuchli zo‘riqishlarda va astenik holatlarda ish qobiliyatini tiklash uchun preparat 2,5-5 ml dan (0,25-0,5 g) sutkada 3 marta buyuriladi.
Siyishni buzilishlarida bolalarga – 2,5-5,0 ml dan (0,25-0,5 g), sutkalik doza 2,5-50 mg/kg ni tashkil qiladi, davolash kursi 1-3 oy, kattalarga – 5-10 ml dan (0,5-1 g) sutkada 2-3 marta buyuriladi.
Uzoq muddatli davolash sharoitida preparatni boshqa nootrop va rag‘batlantiruvchi vositalar bilan bir vaqtda buyurish tavsiya qilinmaydi. Preparatning nootrop ta‘sirini hisobga olib, uni tonggi va kunduzgi soatlarda qabul qilgan ma‘qul.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Allergik reaksiyalar (rinit, kon‘yunktivit, terida allergik reaksiyalar) bo‘lishi mumkin. Bunday hollarda preparat bekor qilinadi.
Juda kam hollarda markaziy nerv tizimi (MNT) tomonidan noxush reaksiyalar (o‘ta yuqori qo‘zg‘aluvchaanlik, uyquni buzilishi yoki uyquchanlik, lohaslik, tormozlanish, bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, boshda shovqin) qayd etiladi. Bunday hollarda preparat bekor qilinadi.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatga yuqori sezuvchanlik, buyrakning o‘tkir og‘ir kasalliklari, homiladorlik (I uch oyligi), fenilketonuriyada (sirop aspartam saqlaydi) qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Barbituratlarning ta‘sirini uzaytiradi, tirishishga qarshi vositalarning ta‘sirini kuchaytiradi, fenobarbital, karbamazepin va neyroleptiklarning nojo‘ya ta‘sirlarini oldini oladi. Preparatning samarasi glisin, etidron kislotasi bilan birga qo‘llanganida kuchayadi. Mahalliy anestetiklar (prokain) ning ta‘sirini potensiyalaydi.
Dozani oshirib yuborilishi
Nojo‘ya ko‘rinishlarining simptomatikasini (uyquni buzilishi yoki uyquchanlik, boshda shovqin) kuchayishi kuzatiladi.
Davolash: faollashtirilgan ko‘mirni buyurish, me‘dani yuvish, simptomatik davolash o‘tkaziladi.
Chiqarilish shakli
100 mg/ml 100 ml dan birinchi marta ochilishini nazorat xalqasi bo‘lgan qopqoqchalar bilan berkitilgan to‘q shisha flakonlarda. Har bir flakon «1/2» markirovkali riskali (bu 2,5 ml ga muvofiq keladi) nominal xajmi 5 ml li o‘lchov qoshiqchasi yoki «1/4» va «1/2» markirovkali riskali (bu 1,25 ml va 2,5 ml ga muvofiq keladi) nominal hajmi 5 ml o‘lchov qoshiqchasi va rus va davlat tillaridagi qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.
Saqlash sharoiti
Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 15 dan 25ºS gacha bo‘lgan haroratda saqlansin.
Ochilganidan keyin flakon sovutgichda 1 oydan ko‘p bo‘lmagan muddatda saqlansin.
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil. Yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Dorixonalardan berish tartibi
Resept bo‘yicha.
Chiqarish shakllari