PANTOGAM sirop 100ml 10%

PANTOGAM sirop 100ml 10% o'xshash dorilari

PANTOGAM sirop 100ml 10% qo'llanmasi
Pantogam me'da-ichak yo'llaridan tez so'riladi, gemato-ensefalik to'siq orqali o'tadi, eng yuqori kontsentratsiyalar jigar, buyraklar, me'da devori va terida hosil bo'ladi. Preparat metabolizmga uchramaydi va 48 soat ichida o'zgarmagan holda chiqariladi: qabul qilingan dozaning 67,5% i buyraklar orqali, 28,5% i axlat bilan chiqariladi.
Allergik reaksiyalar (rinit, kon’yunktivit, teri allergik reaksiyalari) bo‘lishi mumkin. Bu holda preparatni bekor qiladilar.
Juda kam hollarda MNS tomonidan noxush reaksiyalar (giperqo‘zg‘aluvchanlik, uyqu buzilishi yoki uyquchanlik, lanjlik, tormozlanish, bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, boshda shovqin) qayd etiladi. Bu holda preparat dozasini kamaytiradilar.
Preparatga yuqori sezuvchanlik, o'tkir og'ir buyrak kasalliklari, homiladorlik (1 trimestr), fenilketonuriya (sirop aspartam saqlaydi).
Barbituratlar ta'sirini uzaytiradi, tutqanoqqa qarshi vositalar ta'sirini kuchaytiradi, fenobarbital, karbamazepin, neyroleptiklarning nojo'ya ko'rinishlarini oldini oladi. Pantogam samarasi glitsin, etidron kislotasi bilan kombinatsiyada kuchayadi. Mahalliy anestetiklar (prokain) ta'sirini potensiyalaydi.
Bolalarga yoshi va asab tizimi patologiyasiga qarab quyidagi doza diapazoni tavsiya etiladi: bir yoshgacha bo'lgan bolalar – sutkasiga 5 - 10 ml (0,5 - 1 g), 3 yoshgacha – sutkasiga 5 – 12,5 ml (0,5 – 1,25 g), 3 yoshdan 7 yoshgacha bo'lgan bolalar – 7,5-15 ml (0,75 - 1,5 g), 7 yoshdan katta – 10 – 20 ml (1 - 2 g.). Davolash taktikasi dozani 7 - 12 kun davomida oshirishni, 15 - 40 va undan ortiq kun davomida maksimal dozada qabul qilishni va dozani 7 - 8 kun davomida bekor qilingunga qadar asta-sekin kamaytirishni nazarda tutadi. Davolash kursi – 30 - 90 kun (ayrim kasalliklarda 6 oy va undan ko'proq).
Shizofreniyada psixotrop preparatlar bilan kombinatsiyada - sutkasiga 5 dan 30 ml gacha (0,5 - 3 g). Terapiya kursi - 1 dan 3 oygacha. Epilepsiyada antikonvulsantlar bilan kombinatsiyada - sutkasiga 7,5 dan 10 ml gacha (0,75 - 1 g) dozada. Terapiya kursi - 1 yil va undan ko'proq. Ekstrapiramidal buzilishlar bilan kechuvchi neyroleptik sindromda, sutkalik doza – 30 ml gacha (3 g gacha), davolash bir necha oy davomida. Asab tizimining organik kasalliklari bo'lgan bemorlarda ekstrapiramidal giperkinezlarda - sutkasiga 5 dan 30 ml gacha (0,5 - 3 g). Davolash kursi - 4 oy va undan ko'proq.
Neyroinfeksiyalar va kalla-miya jarohatlari oqibatlarida - sutkasiga 5 dan 30 ml gacha (0,5 - 3 g).
Yuqori yuklamalarda va astenik holatlarda ish qobiliyatini tiklash uchun pantogam 2,5 – 5 ml dan (0,25 -0,5 g) sutkasiga 3 marta tayinlanadi.
Siydik chiqarish buzilishlarida bolalarga - 2,5 - 5 ml dan (0,25 - 0,5 g), sutkalik doza 25 - 50 mg/kg ni tashkil qiladi, davolash kursi 1 - 3 oy; kattalarga – 5 – 10 ml dan (0,5 – 1 g) sutkasiga 2 – 3 marta.
Uzoq muddatli davolash sharoitida preparatni boshqa nootrop va rag'batlantiruvchi vositalar bilan bir vaqtda tayinlash tavsiya etilmaydi. Preparatning nootrop ta'sirini hisobga olgan holda, uni qabul qilish afzalroq ertalabki va kunduzgi soatlarda amalga oshiriladi.Dozani oshirib yuborishNojo'ya hodisalar simptomatikasi kuchayishi (uyquning buzilishi yoki uyquchanlik, boshda shovqin). Davolash: faollashtirilgan ko'mir, oshqozonni yuvish, simptomatik terapiya.
Pantogam boshqa chiqarish shakllari



PANTOGAM sirop 100ml 10% analoglari










